Samsung Electronics EuroCucina 2024 koʻrgazmasida oʻzaro bogʻlangan turmush tarzi va yangi uy ichiga oʻrnatiladigan mahsulotlar kategoriyasini namoyish etdi
Qurilmalar va innovatsion yangi mahsulotlar oʻrtasida uzluksiz ulanuvchanlikni taʼminlashga eʼtibor qaratgan Samsung mijozlarning turmush tarziga qulayliklarni olib kiruvchi yangilanishlarni namoyish etmoqda
Samsung Electronics EuroCucina 2024 koʻrgazmasida oʻzining yangi premium oshxonasi va premium turmush tarzini namoyish etdi. Tadbir Milanda shu paytgacha boʻlib oʻtgan eng yirik xalqaro oshxona tadbirlaridan biri hisoblanadi va u 16-21-aprelda Rho Fiera Milanoda yuz beradi. Samsung ushbu tadbir orqali koʻplab jihozlar oʻrtasidagi oʻzaro ulanuvchanlik va mahsulotlarning yangi ichki innovatsion funksiyalari kundalik uy hayotini qanday oʻzgartirishini namoyish qiladi.
“Ikki hafta oldin boʻlib oʻtgan “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” global start berish tadbiridan soʻng ishtirokchilarga EuroCucina’da biz nima yaratganimizni koʻrsatishdan juda xursandman”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining ijrochi prezident oʻrinbosari va Digital Appliances (DA) Business, mijozlar tajribasi guruhi rahbari Moohyung Lee. “Biz qurilmalar oʻrtasidagi ulanuvchanlik isteʼmolchilar hayotini keyingi bosqichga koʻtarishiga ishonamiz. Shuningdek, mijozlar kundalik hayotida mahsulotlarning yangi va foydali turli xil ichki funksiyalaridan bahramand boʻlishlarini istaymiz. Umid qilamanki, stendga tashrif buyuruvchilar Samsung EuroCucina’ga olib kiradigan yangiliklardan zavqlanishadi.
Samsung’ning EuroCucina’dagi stendi tashrif buyuruvchilarni Bespoke AI[1] va Premium Built-in Kitchen’dan iborat boʻlgan asosiy hududlarga taklif qiladi. Ayniqsa, Premium Kitchen hududida Samsung Yevropa turmush tarziga mos keladigan va yangi innovatsion funksiyalar bilan toʻldirilgan uchta yangi uy ichki mahsulotlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Qurilmalar boʻylab ulanuvchanlikning kengayishi
Samsung stendidagi sayohat Bespoke AI[2] hududidan boshlanadi va u ulanuvchanlik imkoniyatlarining kengayishini namoyish etadi.[3] U nafaqat oshxonada, balki uyning qolgan qismida ham ulanuvchanlikni taʼminlaydi va foydalanuvchilarning hayotini oson va intuitiv qilishga yordam beradi.
Samsung koʻplab ekranlar orqali erishilgan yuqori qulaylikni alohida taʼkidlaydi. AI Family Hub™[4] va AI Home[5] – Bespoke AI Laundry Combo™ va Anyplace Induction’ga oʻrnatilgan 7 dyuymli ekran bu gʻoyaning asosiy komponentlaridir. Ekranlar orqali foydalanuvchilar kir yuvish paytida qurilma haqida foydali maʼlumotlarni olishlari yoki Bespoke AI Laundry Combo™ orqali bevosita telefon qoʻngʻiroqlarini qabul qilishlari mumkin. Ammo eng muhimi shundaki, ekranlar qurilmalarga boshqa qurilmalar bilan ulanuvchanlikni va ularni boshqarish imkonini beradi, bu esa foydalanuvchilarga SmartThings ekotizimi orqali yuqori qulayliklardan foydalanishga yoʻl ochadi.
Masalan, ular SmartThings 3D Map View — uyning uch oʻlchamli koʻrinishida butun uy boʻylab oʻzaro ulangan Samsung jihozlarini koʻrsatuvchi funksiyaga ega. U ulangan qurilmalarni oʻchirish va ularning energiya sarfini tekshirish kabi operatsiyalarni soddalashtiradi.
Stendda real keyslar uchun turli sssenariylar ham tayyorlangan. SmartThings Energy Away maxsus rejimi foydalanuvchilar uydan tashqarida boʻlganida sozlamalarda tanlangan jihozlar va qurilmalarni avtomatik ravishda oʻchiradi va energiyani tejaydi. Buning ustiga, u SmartThings Energy asosida energiya tejovchi yechimlarni ham taqdim etadi. Optimal quvvatlash bilan robot changyutkich eng band boʻladigan paytlarda 60% gacha quvvat oladi va tezda ishga qaytadi, Optimal Scheduling esa idishlarni yuvish mashinasining ish vaqtini avtomatik ravishda tartibga soladi.
Bularning bari foydalanuvchilarning hayot tarziga koʻproq imkoniyatlar va kamroq yumushlar taqdim etadi. Calm Onboarding orqali Samsung foydalanuvchilarga SmartThings ekotizimiga ravon kirib olish imkonini beradi. Mijozlar Samsung akkaunti orqali mahsulotni xarid qilganda SmartThings yetkazib berish xizmati qayerda ekanligini kuzatib boradi va buyurtma oʻrnatib berilgach, foydalanuvchi ishtirokisiz avtomatik ravishda ekotizimga ulaydi. Samsung Knox tomonidan qoʻllab-quvvatlangan ekotizim oʻzaro ulangan hayot tarzini xavotirdan xalos qiladi.
Bu uy ichiga oʻrnatiladigan mahsulotlar turli xil turmush tarziga mos keladi
Yevropa bozorida Samsung muzlatkichlar, idishlarni yuvish mashinalari, induksion pechlar va gaz plitalar kabi uy ichiga oʻrnatiladigan modellarni, shuningdek, AI Pro Cooking kabi innovatsion funksiyalarni joriy etish orqali oʻzining brend mavqeyini yanada mustahkamladi. Premium Built-in Kitchen hududida Samsung oʻz brendini uy ichiga oʻrnatiladigan mahsulotlar bozorida ham mavjud ekanligini koʻrsatuvchi uchta yangi mahsulotni namoyish etadi. Ular sunʼiy intellektga asoslangan, takomillashgan funksiyalarga ega va isteʼmolchilarga oshxonalarini sozlashda keng moslashuvchanlikni taʼminlaydi.
Birinchidan, katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkich (BRB6500D) Samsung’ning sovitkichlar kategoriyasida paydo boʻlgan ilk keng konteynerli modeldir. Sovitkichning ichki Wi-Fi’idan orqali foydalanuvchilar SmartThings AI Energy Mode[6] bilan energiya sarfini 10%[7] gacha kamaytirishlari mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar energiya sarfini kuzatishi va oylik energiya toʻlovlarini hisoblashlari mumkin. Agar ushbu hisob-kitoblar oldindan belgilangan cheklovlardan oshib ketsa, bu rejim foydalanuvchilarga kompressor tezligini va muzlatish davrining chastotasini oʻzgartirish orqali energiyani tejashga yordam beradi.[8] Oziq-ovqatlarni saqlashga kelsak, Twin Cooling™ tizimi mustaqil evaporatator va ventilyatorlar yordamida sovitkich va muzlatkichdagi harorat va namlikni oʻzgartirib, oziq-ovqatni uzoq vaqt saqlashni taʼminlaydi.
Oʻtgan safar “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” global start berish tadbirida taqdim etilgan Anyplace Induction stend hududida namoyish etiladi. Nomidan maʼlumki, Anyplace Induction foydalanuvchilarga pech yuzasining istalgan joyida pishirish imkonini beradi. Bu moslashuvchanlik 22 ta toʻrtburchak qogʻoz metall yordamida pech sirtini keng qoplaydi. Bu oʻlik yuzalarni kamaytiradi va shu sababli anʼanaviy 4 halqali Samsung induksion pechkasiga qaraganda, pishirish uchun keng joyni taʼminlaydi.[9] Bundan tashqari, Intelligent Pan Detection yordamida foydalanuvchilar qozon va kostryulkalarni oʻzlari xohlagan yuzaga qoʻyishi mumkin. Pech qozon va kostryulkalarni aqlli ravishda aniqlash va ularning joylashuvini AI Home displeyida koʻrsatish uchun 76 ta sensordan foydalanadi. Bu foydalanuvchilarga pishirish joylarini tanlash va ular pishirayotgan ovqatiga qarab haroratni belgilash imkonini beradi. Bu funksiyalardan tashqari, Anyplace Induction yuqori darajali 8[10] Mohs qattiqlikka ega boʻlgan Anti-Scratch Glass kabi xususiyatlarga ham ega. Bunday qattiqlik pech yuzasida chizilishlarni kamaytiradi va pechni uzoq muddatga chidamli qiladi va sozlashni osonlashtiradi. Mahsulot Yevropada 2024-yilning 2-yarmidan sotuvga chiqib boshlaydi.
Samsung’ning idishlarni yuvishda yuqori energiya samaradorligini taʼminlovchi eng soʻnggi modelli — Energy Efficient Dishwasher[11] (Energiya tejamkor idishlarni yuvish mashinasi) ham EuroCucina 2024 koʻrgazmasida namoyish etiladi. A/B energiya tejash koʻrsatkichlariga ega[12] idishlarni yuvish mashinasi har tomonlama intensiv tozalashni taʼminlaydigan WaterJet Clean™ tizimiga ega va u shu bilan energiya samaradorligini oshiradi. Extra Silence dasturidan foydalanilganda atigi 41 dB shovqin darajasida ishlaydi.[13] Bundan tashqari, SmartThings orqali foydalanuvchilar qoʻshimcha energiya tejashlari ham mumkin. SmartThings AI Energy rejimi[14] uning quvvat sarfini faol ravishda kuzatib boradi va foydalanish siklini oldindan hisob-kitob qiladi. Mabodo oylik elektr toʻlovi belgilangan cheklovdan oshib ketgandek tuyulsa, foydalanuvchilar energiya tejash rejimini yoqishlari mumkin. Rejim yoqilgach, idish yuvish mashinasi Pots & Pans dasturi[15] bilan yuvish va chayishda suv haroratini pasaytirib, siklni uzaytirish orqali 23% gacha kamroq energiya sarflaydi. Nihoyat Kitchen Fit™ Sliding Door[16] idish yuvish mashinasini zamonaviy oshxonalar bilan uygʻunlashtiradi. Sirgʻaladigan oshiq-moshiq tufayli plintusni kesmasdan mashinaning eshigini oxirigacha ochish mumkin, yaʼni eshik oshxona shkaflari bilan uygʻunlashib ketadi.
Hozir va kelajakni oʻylaydigan sifat va hamkorlik
Samsung mahsulot sifatini saqlab qolish va yaxshi natijalarni taʼminlash uchun harakatda. Ushbu gʻoyani olib kirish uchun kompaniya AI Ecobubble™,[17] kir yuvish mashinasining energiya sarfini kamaytirish[18] va Less Microfiber™ filtri va sikli kabi texnologiyalarni ishlab chiqmoqda, bu esa kir yuvish mashinasidan sizib chiqadigan suvda mikroplastmassa chiqindilarini kamaytiradi.[19]
Bu gʻoyani hayotga tatbiq etuvchi harakatlarning bir qismi sifatida Samsung EuroCucina 2024 koʻrgazmasida tashrif buyuruvchilarga oʻzining soʻnggi saʼy-harakatlarini namoyish etadi. Xususan, kompaniya SmartThings Energy’dan unumli foydalanuvchi hamkorlikka eʼtibor qaratadi. Pirovard natijada Samsung yil hisobida elektr tejamaydigan uyni (Net Zero Home) yaratishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etdi. SmartThings Energy ushbu loyihalarni integratsiya qiladi va uy energiyasidan foydalanishni boshqarish va kuzatishni taʼminlaydi. Shuningdek, u Demand Response (DR) dasturi[20] bilan sinxronlashishi mumkin. Bu DR signali kelganda oʻzaro ulangan qurilmalarning rejimini avtomatik ravishda sozlash imkonini beradi. Samsung mijozlarga energiya tejaydigan turmush tarzida katta yutuqlarga erishishda yordam berish uchun butun dunyo boʻylab hamkorlikni kengaytirishga intiladi.
[1] Sunʼiy intellektga asoslangan funksiyalar muayyan qurilmalardagina mavjud.
[2] Sunʼiy intellektga asoslangan funksiyalar muayyan qurilmalardagina mavjud.
[3] Qurilmalar SmartThings bilan ulangan boʻlishi va yagona Samsung akkauntida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
[4] Family Hub orqali mavjud boʻlgan AI Vision Inside AI’ga asoslangan algoritmdan foydalanadi va aniqlikni oshirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. AI’ga asoslangan algoritmlar noaniq yoki notoʻgʻri maʼlumot berishi mumkin.
[5] Anyplace Induction’da mavjud AI Home uchun: retsept boʻyicha tavsiyalar va AI Home orqali mavjud boʻlgan Bixby AI’ga asoslangan algoritmlardan foydalanadi. AI retsepti tavsiyalariga kirish uchun AI Home menyusidagi SmartThings ilovasida “Oziq-ovqat” xizmatini tanlang. Bespoke AI Laundry Combo™’da mavjud AI Home uchun: AI Opti™ Wash & Dry va AI Home orqali mavjud boʻlgan Bixby AI’ga asoslangan algoritmlardan foydalanadi. AI’ga asoslangan algoritmlarimiz aniqligini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.
[6] Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.
[7] Sinov natijalari AI Energy rejimidan foydalanganda va AI Energy rejimidan foydalanmasdan dastlabki sozlamalardagi haroratni taqqoslashga asoslangan. Natijalar foydalanish shartlari va holatiga qarab farq qilishi mumkin.
[8] SmartThings “Maksimal rejim” va “Maxsus rejim”da saqlash algoritmini faollashtirishdan oldin bildirishnomani koʻrsatadi.
[9] Ichki test asosida. Sinov shartlari: qogʻoz metall bilan qoplangan mavjud pishirish maydonini taqqoslash. Taqqoslangan model: NZ84C605**K/U* (anʼanaviy)
[10] ASTM C1895 ga muvofiq Mohs qattiqlik reytingini Intertek tomonidan sinovdan oʻtkazish asosida: Umumiy keramik shisha = 5, Samsung Anti-Scratch Glass = 8. Taqqoslash uchun: olmos = 10, Masonry drel boltlari = 8, temir mix = 6. Sinov jarayoni sinovchi qurilmaga namunani joylashtirish, tirnash uchun buyum oʻrnatish va uni 70°C ga burchakka qoʻygach boshlanadi. Namunani sinashdan oldin sinov qurilmasiga 200 g buyum qoʻyiladi va namuna 5 marta tirnab olinadi, soʻng sirt tozalanib, qanchalik tirnalganligi koʻzdan kechiriladi.
[11] DW7700B
[12] DW60DG790***** A energiya darajasi, DW60DG770/760***** esa B energiya darajasiga ega.
[13] Ichki test asosida. Extra Silence dasturidan foydalanganda shovqin darajasi uchinchi konteyner oʻrnatilganda 41dB ni tashkil qiladi.
[14] Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.
[15] EN 60436 standartlariga muvofiq holda, AI Energiya rejimi bilan va undan foydalanmasdan Pots & Pans dasturining energiya sarfini oʻlchash uchun DW60DG790I00ET modelidagi ichki testlarga asoslangan. Natija: Pots & Pans dasturi = 1500 vatt/soat sikl va AI Energiya rejimiga ega Pots & Pans dasturi = 1150 vatt/soat sikl. Bu 23,3% ga kamayishdir. Natijalar real muhitda foydalanish shartlariga qarab farq qilishi mumkin. AI Energy rejimida 6 ta yuvish siklidan foydalanish mumkin: Intensive, Express, Extra Silence, Pots & Pans, Plastic, Auto.
[16] Maxsus panel ogʻirligi diapazoni: 4,5-12 kg (Oʻzini oʻzi sozlaydigan).
[17] AI Ecobubble™ faqat maxsus sikllar, xususan, paxta, sintetika va 2 kg dan kam yuk bilan AI yordamida yuvish tanlanganda faollashadi.
[18] Iliq suvda yuvish bilan solishtirganda, Ecobubble™ sovuq suvda yuvishda energiya sarfini 70% gacha kamaytiradi. IEC 60456-2010 / 4kg kirlar / Super Eco sovuq suvda yuvish (WF80F5E5U4W) va Ecobubble™ (WF0702WKU) Ecobubble™ mavjud boʻlmagan 40°C paxta sikliga muvofiq sinovdan oʻtgan. Foydalanuvchilarda natijalar farq qilishi mumkin.
[19] Less Microfiber™ Filtr yuvish paytida mikroplastmassalarning taxminan 89-98% ni ushlab qoladi; WW90T734DWH, WF24A9500KW va kir yuvish mashinasida 2 kg sintetik mato yuki yordamida laboratoriya sinovidan oʻtkazildi. Less Microfiber™ sikli Samsung WW4000T anʼanaviy modelidagi sintetik sikli va WW7000B modelidagi Less Microfiber siklida 2 kg kir 100% polyester xudilarni yuvgan holda Ocean Wise Plastics laboratoriyasi tomonidan oʻtkazilgan sinov asosida kir yuvish mashinasidan toʻkiladigan suvda mikroplastmassa chiqindilari kamaygani tasdiqlandi. Faqat sintetik matolarni yuvishda. Natijalar real muhitdagi kiyim-kechak va foydalanish shartlariga qarab farq qilishi mumkin.
[20] Demand Response (DR) — bu hamma tomonidan eng koʻp elektr energiyasi ishlatiladigan paytlarda elektr energiyasini kam ishlatadigan mijozlarni ragʻbatlantirishning bir necha shakllarini taqdim etadigan dastur.
Pressa uchun > Press-relizlar
Qurilmalar > Uy uchun
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.