Samsung Electronics Galaxy S22 smartfonlar seriyasini taqdim etdi va oldindan buyurtma qilish imkoni haqida e’lon qildi

17/02/2022
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy_S22_Series_1000_563_body

Yangi Galaxy S22 Ultra ikkita flagmanlik to‘plamining eng yaxshi xususiyatlari — Note seriyasining kuchi, S seriyasining unumdorligini va professional darajadagi sifatga ega kamerani o‘zida birlashtirdi. Shuningdek, Galaxy S22 yangi seriyasiga oldindan buyurtma qilsangiz, sovg‘a sifatida Galaxy Watch4 soatini qo‘lga kiritasiz.

 

Qurilmaga o‘rnatilgan S Pen ilk marta S seriyadagi qurilmalarda paydo bo‘ldi. Kechikishning 70 foizga pasayishi maksimal darajadagi tabiiy taassurotlar va ilovalarning imkoniyatlari yanada kengayishini ta’minlaydi.

 

S22 seriyasidagi qurilmalarning tungi suratga olish funksiyalari sizga kunning istalgan qismida ham old kamera, ham asosiy kamera bilan yuqori sifatli videotasvirlarni olish imkonini beradi. 2,4 mkm o‘lchamli piksellarga ega sensorlar tufayli kamera obyektivi ko‘proq yorug‘lik va ma’lumotlarni qamrab olishi va videolaringizdagi yorug‘lik va tafsilotlarni optimallashtirishi mumkin. S22 Ultra telefonlaridagi Super Clear Glass linzalari tungi vaqda yanada yorqin, tiniq, dog‘larsiz videolarni suratga olishni ta’minlaydi. Kattalashtirish funksiyasi obyektni 100 martaga yaqinlashtirib beradi. Yangi AI funksiyalari bilan har bir fotosurat PRO (professional) darajadagi sifatga ega bo‘ladi.

 

Galaxy_S22_Series_1000_563_body_2

Galaxy S22 seriyasi sizga betakror suratlarni olish uchun barcha kerakli vositalarni taqdim etadi. Masalan, “ko‘zgu” effektiga ega fotoapparatlardagi singari tahrirlash uchun to‘liq asboblar to‘plamiga ega Expert RAW ilovasidan foydalanish imkoni. Shuningdek, siz ISO va ushlab turish sozlamalari yordamida suratlaringizni yoritishingiz yoki qoraytirishingiz, fotosuratni “iliqroq” yoki “sovuqroq” qilish uchun oq rang muvozanatini sozlashingiz hamda istagan effektingizga erishish uchun qo‘lda kerakli obyektga fokuslashingiz mumkin.

 

Galaxy S22 Ultra telefonidagi 6,8 dyuymli g‘aroyib Dynamic Amoled 2X displeyi 1750 nitga teng bo‘lgan maksimal yorqinlikda eng mayda tafsilotlarni namoyish etib, tasvirni jonlantiradi.

 

Kuchli akkumulyator Galaxy S22 Ultra telefonlariga kun bo‘yi va undan ham uzoqroq vaqt davomida qo‘shimcha quvvatlashsiz ishlash imkonini beradi. Smartfon maksimal quvvati 45 Vt bo‘lgan o‘ta tez quvvatlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, 50 daqiqalik videoni yozib olish uchun 10 daqiqa davomida elektr tarmoqqa ulanish yetarli.

 

Galaxy S22 seriyasidagi barcha qurilmalar Samsung kompaniyasining Knox Vault xavfsizlik platformasi bilan himoyalangan bo‘lib, u telefonning asosiy operatsion tizimida maxfiy ma’lumotlarni butunlay alohida saqlaydi.

 

Galaxy_S22_Ultra_1000_563

 

Samsung, shuningdek, katta displey va kuchli ishlash unumdorligiga ega bo‘lgan, yangi Galaxy Tab S8 planshetlarini ham sotuvga chiqardi. Yangi S Pen funksiyasi bilan yaxshilangan videokonferensiyalar, ko‘p vazifalilik, veb qidiruvlar va ijodkorlik imkoniyatlari ushbu planshetlardan foydalanish tajribasiga katta o‘zgartirishlar kiritadi.

 

Galaxy_S22_Series_1000_563_body_3

 

Oldindan buyurtma

 

2022-yilning 10-fevralidan 10-martiga qadar Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarga oldindan buyurtma berib qo‘ysangiz, Galaxy Watch4 soatini sovg‘a tariqasida olishingiz mumkin:

 

  • Galaxy S22 Ultra smartfoniga oldindan buyurtma berilganda, Galaxy Watch4 44mm sovg‘a qilinadi;
  • Galaxy S22/S22+ smartfoniga oldindan buyurtma berilganda esa Galaxy Watch4 40mm sovg‘a qilinadi.

 

Galaxy_Tab_1000_563

 

Galaxy S22 yangi seriyasidagi smartfonlarni O‘zbekistonga olib kelish 2022-yilning mart oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan.

 

Sovg‘alar soni cheklangan. Foyda bilan xarid qilishga ulgurib qoling.

 

Oldindan buyurtma qilish aksiyasi shartlari bilan tanishish, shuningdek, oldindan buyurtma berish uchun Samsung’ning rasmiy veb-saytiga kiring.

 

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga