Samsung Electronics global brendlar reytingida ketma-ket olti yil 5-oʻrinni egalladi

16/10/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung AI sohasida yetakchiligi va uni keng tatbiq qilish jarayonini tezlashtirgani uchun taqdirlangan

 

 

 

 

2025-yil, 15-oktyabr – Samsung Electronics  jahon brendlari boʻyicha maslahatchi Interbrand tomonidan ketma-ket olti yil 5-oʻrindagi global brend sifatida eʼtirof etilganini eʼlon qildi. Interbrand har yili “Eng yaxshi global brendlar” roʻyxatini eʼlon qiladi. Bu yilgi roʻyxatda Samsung oʻzini 90.5 milliard dollarlik brend sifatida qayd etdi va 2020-yildan beri jahonning kuchli beshligidan chiqmagan yagona Osiyo kompaniyasi mavqeyini saqlab qoldi.

 

Interbrand maʼlumotlariga koʻra, Samsung Electronics kompaniyasining qiymatiga quyidagilar ijobiy taʼsir koʻrsatgan:

 

  • Kompaniyaning biznes boʻlinmalari boʻylab sunʼiy intellekt raqobatbardoshligini kuchaytirish
  • Mahsulotlar boʻylab birlashtirilgan integratsiya orqali mijozlar imkoniyatlarini yaxshilash
  • AI bilan bogʻliq yarimoʻtkazgichlarga yoʻnaltirilgan sarmoyalar
  • Mijozlarga yoʻnaltirilgan brend strategiyasini amalga oshirish

 

“Samsung AI innovatsiyalari va ochiq hamkorlik orqali koʻplab mijozlarga ularning kundalik hayotida AI yordami foydali boʻlayotganligini his qilishlarini taʼminlashga harakat qildi, — dedi Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti va global marketing boʻlimi rahbari Von Jin Li (Won-Jin Lee). — Kelajak sari qadam tashlar ekanmiz, Samsung yanada sevimli brendga aylanishda mijozlar uchun salomatlik va xavfsizlikka eʼtibor qaratishda davom etamiz”.

 

“Hamma uchun innovatsiyalar” gʻoyasi ostida Samsung doimiy ravishda sunʼiy intellektni butun dunyo boʻylab koʻplab mijozlar uchun ochiq qilishga intiladi.

 

Bu yil Samsung Galaxy AI’ning doimiy rivojlanishi bilan mobil sunʼiy intellekt sohasida oʻzining yetakchiligini mustahkamladi. Shuningdek, kompaniya AI’ni yil davomida 400 million qurilmalarda taqdim etib, uni demokratlashtirishni maqsad qilgan. Consumer Electronics’da (CE) Samsung Vision AI va Bespoke AI kabi har bir mahsulot toifasiga moslashtirilgan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali sunʼiy intellekt raqobatbardoshligini kengaytirdi.

 

Turli kompaniyalar bilan ochiq hamkorlik orqali Samsung mijozlar uchun shaxsiylashtirilgan sunʼiy intellekt imkoniyatlarini kengaytirdi hamda Samsung Knox bilan sohada yetakchi xavfsizlik yechimini taʼminladi.

 

Yarimoʻtkazgichlar sohasida Samsung bulutli, qurilma ichida joylashgan va jismoniy sunʼiy intellekt boʻyicha keng qamrovli portfolio bilan AI uchun oshib borayotgan talabni qondirmoqda. HBM, yuqori sigʻimli DDR5, LPDDR5X va GDDR7 kabi ilgʻor mahsulotlar bilan faol ravishda xizmatlarni taqdim etish shular jumlasidan.

 

Sunʼiy intellektdan tashqari Samsung oʻz mahsulot va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish va barcha biznes boʻlinmalarida barqaror innovatsiyalarni rivojlantirishda davom etmoqda. Bunga SmartThings orqali oʻzaro ulangan energiya tejovchi qurilmalar orqali quvvat sarfini kamaytirish kiradi.

 

Samsung’ning har bir biznes boʻlimidagi eʼtirof etilgan saʼy-harakatlari

 

Mobil

 

  • Mobil AI davrida yetakchilik qilish va Galaxy AI bilan sunʼiy intellektni ommalashtirishga yordam berish
  • Galaxy Z Fold7 va Z Flip7 taqdimoti bilan buklanuvchan telefonlarda yetakchilikni mustahkamlash
  • Maxfiylik va xavfsizligi mustahkamlangan texnologiyalar orqali mijozlar ishonchini qozonish
  • Ilgʻor taqiladigan qurilmalar, Samsung Health takomillashuvlari va ochiq hamkorlik orqali sogʻliqni saqlash xizmatlarini kengaytirish

 

Tarmoq tizimlari

 

  • Sunʼiy intellektga asoslangan virtuallashtirilgan Radio Access Networks (vRAN) tarmoqlari va Open RAN’da yetakchilikni kuchaytirish
  • 5G’dan turli xil foydalanish holatlarini, jumladan, yuqori sifatli striming va oʻyinlarni qoʻllab-quvvatlash uchun doimiy innovatsion texnologiyalar
  • 6G’ni texnik standartlashtirish boʻyicha yetakchilik
  • Mijoz kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish va Samsung’ning barqarorlik tarmoq texnologiyalarini yetkazish

 

Vizual displey

 

  • Televizorlar, saundbarlar va video oʻyin monitorlarida global yetakchilikni mustahkamlash
  • Vision AI asosida AI funksiyalari bilan innovatsion oʻzgacha tomosha hissi
  • Shaxsiylashtirilgan badiiy sanʼatga oid TV imkoniyatlarini taqdim etish uchun Frame va Art Store xizmatlarini yaxshilash
  • TV Plus, oʻyin-kulgi, video oʻyin va musiqa sohasida hamkorlik orqali kontentlarni kengaytirish

 

Raqamli jihozlar

 

  • Izchil mahsulot innovatsiyalari va ilgʻor AI qobiliyatlari orqali sovitkichlar va kir yuvish mashinalari kabi mahsulotlar boʻyicha global yetakchilikni saqlash
  • SmartThings integratsiyasi orqali turli xil qulaylik va ilgʻor AI imkoniyatlarini taqdim etish
  • Energiya samaradorligi, foydalanish qulayligi, unumdorligi va dizayni boʻyicha Bespoke AI qurilmalari yetakchiligini kengaytirish

 

Yarimoʻtkazgich

 

  • Bulutli, qurilma ichida joylashgan va jismoniy AI ilovalari boʻylab turli xil portfolioni olib borish
  • DDR, SSD, LPDDR, UFS va Auto SSD kabi mobil va avtomobil yarimoʻtkazgichlarida yetakchilikni saqlash
  • CMM-D va HBM kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish va sarmoyalarni davom ettirish
  • Nufuzli texnologik tadbirlar orqali kelajakka nazar va sanoat yetakchiligida bilimlarni ulashish

 

Interbrandʼs Best Global Brands reytingi brend qiymatini baholash asosida tuziladi. Bu kompaniyaning moliyaviy koʻrsatkichlari va istiqboli, brendning mijoz xaridlariga taʼsiri va brend raqobatbardoshligini (jumladan, strategiya, empatiya, farq, mijozlarni jalb qilish, izchillik, ishonch va boshqalar) har tomonlama tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Reytinglash brend qiymatini baholashda dunyodagi eng tarixiy koʻrsatkichlardan biri boʻlib, bu usul uning ishonchliligi tufayli keng tan olingan.

 

Pressa uchun > Press-relizlar

Korporativ > Texnologiyalar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga