Samsung Electronics global OLED monitor bozorida 1-o‘rinni egallab kelmoqda

10/05/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Kompaniya o’zining birinchi OLED monitorini sotuvga tushirgandan so’ng bor-yo’g’i bir yil ichida global OLED monitor bozori ulushining 34,7 foiziga erishdi.

Kompaniya umumiy daromad ko’rsatkichiga ko’ra, ketma-ket beshinchi yil davomida global o’yin monitorlari bozorida yetakchilikni saqlab kelmoqda.

 

 

Displey sohasi sanoatida jahon yetakchisi bo’lmish Samsung Electronics o‘zining birinchi OLED modeli — 34 dyuymli Odyssey OLED G8 (G85SB modeli) o‘yin uchun mo’ljallangan monitorini ishga tushirganidan bir yil o‘tib OLED monitorlarining global sotuvi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

 

Xalqaro ma’lumotlar korporatsiyasi (IDC, International Data Corporation) ma’lumotlariga ko’ra, Samsung Electronics jamlangan daromad bo’yicha bozor ulushining 34,7 foizini va OLED’ning 28,3 foizi bilan 2023 yilda savdo hajmining bozor ulushi bo’yicha birinchi o’rinni egallab, global OLED monitor bozorida birinchi o’rinni egalladi.[1]

 

Samsung Electronics kompaniyasining Vizual displey biznesi bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Hoon Chung fikricha, “OLED monitor bozori yuqori raqobatbardosh, shuning uchun yuqori pog‘onaga chiqish uchun mislsiz innovatsiyalar va mahsulot sifati talab etiladi. Ushbu yutuq iste’molchilar ehtiyojlarini tushunish va mukammallikka intilishimiz haqida gapiradi, butun dunyo bo’ylab samaradorlik ehtiyojini qondirish istagidagi o’yinchilar uchun ajoyib OLED monitorlarini ishlab chiqarishning asosiy omillari.”

 

Shuningdek, Samsung ketma-ket beshinchi yil davomida global o‘yin uchun mo’ljallangan monitorlar bozorida o‘z yetakchiligini saqlab qoldi va umumiy daromad bo‘yicha 20,8% bozor ulushini qayd etdi.[2]

 

OLED bozoriga kirganidan beri Samsung innovatsiyalarni davom ettirdi va yangi monitorlar, shu jumladan Odyssey OLED G9 (G95SC modeli) uchun yetakchilik nomiga sodiq qolishda davom etdi. Shu bilan birga butun dunyo boʻylab nomdor ekspertlar va sharhlovchilar ham Samsung’ning ushbu yuqori texnologik maxsulotlarini olqishlashdi.

CES 2024 ko‘rgazmasida Samsung o‘zining OLED monitorlar qatori kengayganini e’lon qilib, uchta yangi mahsulotni taqdim etdi:

 

  • Odyssey OLED G8 (G80SD modeli), 32 dyuymli 4K UHD o’lchamida, 16:9 nisbatli, 240 Gts yangilanish tezligi va 0,03 ms javob vaqtiga (GtG) ega[3]

 

  • Odyssey OLED G6 (G60SD modeli), 27 dyuymli QHD o’lchamida, 16:9 nisbatli, 360 Gts yangilanish tezligi va 0,03 ms javob vaqtiga (GtG) ega

 

  • Yangilangan Odyssey OLED G9 (G95SD modeli), 49 dyuymli ikki tomonlama QHD o’lchamida, tomonlar nisbati 32:9, yangilanish tezligi 240 Gts, 0,03 ms javob vaqti (GtG) va yangi funksiyalarga ega.

 

Yangi OLED monitorlari takliflari dastlabki sharhlovchilarni hayratda qoldirdi va allaqachon mukofotlarga sazovor bo’ldi. CES – dunyodagi eng kuchli texnologik tadbirda – Odyssey OLED G9 CES® 2024 Innovatsiya mukofotlari sovrindori deb topildi.[4]

 

Samsung yangi Odyssey OLED modellarini taqdim etish orqali o’yin monitorlari qatorini diversifikatsiya qilishni davom ettiradi, ularning har birida Samsungning xususiy OLED texnologiyasidan foydalaniladi. Ushbu innovatsiya Quantum Mini LED texnologiyasiga ega Odyssey Neo seriyasining muvaffaqiyati, shuningdek, yangi interfeys va shakl faktorini namoyish etgan Odyssey Arkning muvaffaqiyati ortidan keladi.

 

 

Samsungning sanoatdagi yetakchi monitorlar qatori haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun www.samsung.com saytiga tashrif buyuring.

 

 

 

 

[1] IDC Q4 2023 Jahon boʻylab har choraklik oʻyin kuzatuvchisi (WQGT, Worldwide Quarterly Gaming Tracker)

 

[2] IDC Q4 2023 Jahon boʻylab har choraklik oʻyin kuzatuvchisi (WQGT, Worldwide Quarterly Gaming Tracker), Oʻyin monitori tasnifi IDC mezonlariga (2023-yilning 2-choragidan beri 144 Gts dan ortiq, undan oldin 100 Gts dan ortiq), Ko’rsatkichga asoslangan.

 

[3] Kulrangdan kul ranggacha, pikselning bir kulrang sathdan ikkinchisiga oʻtishi uchun qancha vaqt kerakligini koʻrsatuvchi oʻlchov birligi.

 

[4] CES Innovation Awards mukofotlari hakamlarga taqdim etilgan tavsifiy materiallarga asoslanadi. Iste’molchilar texnologiyalari assotsiatsiyasi (CTA, Consumer Technology Association) har qanday taqdimot yoki da’volarning to’g’riligini tekshirmaganligi va mukofot berilgan elementni sinab ko’rmaganligi inobatga olinsin.

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga