Samsung Electronics International Design Excellence Awards 2024 da 45 ta mukofotni, shu jumladan, 2 ta oltinni qoʻlga kiritdi

18/09/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Kompaniya isteʼmolchilarning turmush tarzini yuksaltiruvchi innovatsion dizayn yechimlari uchun 40 ta finalchi hamda ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza mukofotiga sazovor boʻldi.

 

Samsung Electronics kompaniyasi oʻzining dizayn yutuqlari uchun 2024-yilgi International Design Excellence Awards (IDEA) tomonidan tan olinganini eʼlon qildi. Mukofotlarga ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza hamda 40 ta finalchi kiradi.

 

IDEA — dunyodagi eng nufuzli dizayn mukofotlari dasturlaridan biri boʻlib, u Industrial Designers Society of America (IDSA) tomonidan oʻtkaziladi. 1980-yilda tashkil etilgan IDEA sanoat dizaynidagi yutuqlarni qayd etib keladi. Bu yil IDEA 20 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni tanladi. Uy, isteʼmol texnologiyalari va raqamli muloqot shular jumlasidan. Baholashning asosiy mezonlariga orasida dizayn innovatsiyasi, foydalanuvchi uchun foyda, jamiyat uchun foyda va boshqalar kiradi.

 

Samsung dizayni kompaniyaning oʻzgaruvchan qadriyatlari va innovatsion texnologiyasini aks ettiradi. Kompaniya isteʼmolchilarning turmush tarziga asoslangan dizayn yutuqlari uchun tan olingan.

 

“Ushbu mukofotlar bizning dizayn chegaralarini tinimsiz yengib borishga sodiqligimizning muhim tasdigʻi boʻlib xizmat qiladi, shuningdek, ijod mahsulimiz odamlar oson tushunib ishlatoladigan narsa sifatida shakllanishini taʼminlaydi”, dedi Samsung Electronics prezidenti va korporativ dizayn markazi rahbari TM Roh. “Bundan buyon ham biz foydalanuvchilarning hayotini boyitadigan, har bir mahsulot oʻz mohiyatiga sodiq qoladigan innovatsion dizaynlarni ishlab chiqishga katta eʼtibor qaratishda davom etamiz”.

 

Samsung ushbu qiziqarli innovatsiyalari uchun ikkita oltin mukofotga sazovor boʻldi:

 

  • Galaxy AI UX hayotning har bir qismini yaxshilashga qaratilgan mazmunli sunʼiy intellektni taqdim etadi. Ayniqsa, istalgan joyda va istalgan vaqtda uzluksiz muloqotni taʼminlash orqali. Uning funksiyalaridan kundalik hayotda qulay foydalanish mumkin — Interpreter til toʻsiqlarini kamaytirishga yordam bersa, Live Translate ovozli qoʻngʻiroqlarni avtomatik tarzda tarjima qiladi. Note Assist foydalanuvchilarga oʻz qaydlarining aqlli xulosalarini yaratadi, Browser Asisst veb-sahifalarni umumlashtirish va tarjima qilish imkonini beradi va Chat Assist foydalanuvchi uchun qulay boʻlgan tilda chatlashish imkonini beradi.

 

 

  • “Maishiy texnika aksessuarlari uchun barqaror dizayn identifikatori” deb nomlanuvchi maishiy texnika aksessuarlari uchun ilgʻor dizayn konsepsiyalari aksessuarlarga texnik xizmat koʻrsatish talablari va utilizatsiya qilish usullariga qarab changyutkichlar va havo tozalagichlar uchun filtrlar kabi uchta rangni belgilab berdi. Ushbu dizayn takomillashuvi orqali foydalanuvchilar endilikda oʻz aksessuarlarining ehtiyojlarini oson aniqlay oladi, ayniqsa ular oʻzgartirilgan yoki yangilangan boʻlsa.

Samsung ushbu ilgʻor mahsuloti uchun kumush mukofotga sazovor boʻldi:

 

  • Galaxy Z Flip 5 — foydalanuvchi uchun qulaylikni maksimal darajada oshiruvchi yangi form faktor va kattaroq muqova displeyiga ega buklanuvchan smartfon.

Samsung ushbu uygʻun dizaynlari uchun ikkita bronza mukofotini qoʻlga kiritdi:

 

  • Galaxy Tab S9 modeli oʻzida planshetning portativligi va noutbukning kuchli funksionalligini birlashtiradi. Uning koʻp qirraliligi hamda foydali ish qurollari va ilovalari uni kun davomida hayratlanarli samaradorlik markaziga aylantiradi.

 

 

  • AI Vision Inside[1] AI Family Hub™+[2] bilan keladigan 4 ta eshikli Flex™ sovitkichiga oziq-ovqat mahsulotlarini solganda va chiqarib olishda 33 tagacha yangi mahsulotlarni aniqlaydi va foydalanuvchining oziq-ovqat roʻyxatini tuzadi.

Mahsulotdan tortib UX dizaynigacha televizorlar, maishiy texnika va smartfonlar uchun jami 45 ta mukofot

 

Samsung dizaynlarining koʻp qismi Finalchilar deb nomlandi, jumladan:

 

  • Neo QLED 8K: cheksiz displey dizayni bilan ajoyib qulaylikni taʼminlovchi televizor.
  • Music Frame: atrof-muhitga moslashib ketadigan, sozlanuvchan simsiz karnay.
  • Bespoke AI Laundry Combo™: hammasi ichida boʻlgan kir yuvish va quritish moslamasi.
  • Easy Setting Box: bu foydalanuvchilarga koʻp vazifalilik va unumdorlikni oshirish uchun ekranlarni bir nechta boʻlimlarga boʻlish imkonini beradi. Shuningdek, u masofadan boshqarish pultisiz yagona sichqoncha orqali ham kompyuter, ham aqlli monitor funksionalligini taqdim etadi.
  • Galaxy Z Flip5 Maison Margiela Edition Package: Maison Margiela’ning Parisian Haute Couture uyi bilan maxsus hamkorlikda qutining ustki qismida markazda noyob naqshli tikuvni qoʻllash orqali ularning tugallanmagan uslubini aks ettiradi. Qutining tashqi koʻrinishini qoplaydigan qogʻozga asoslangan toʻqima mato qurilmani Maison Margiela atelyesining estetikasi bilan ajoyib tarzda uygʻunlashtiradi.

 

 

[1] 2024-yil mart oyi holatiga koʻra, AI Vision Inside 33 tagacha yangi meva va sabzavotlar kabi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay oladi. Agar oziq-ovqat mahsuloti aniqlanib boʻlmasa, u noma’lum mahsulot sifatida roʻyxatga olinishi mumkin. AI Vision Inside sovitkich eshigidagi qutilar yoki muzlatkichdagi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay olmaydi yoki roʻyxatlab bera olmaydi. U oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur oʻrganish modellari asosida aniqlaydi. Uning aniqligini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin.
[2] Nomlash mintaqaga qarab oʻzgaradi. Shimoliy Amerika: AI Family Hub™+ bilan keladigan 4 ta eshikli Flex™ sovitkichi. Lotin Amerikasi: AI Family Hub™+ bilan keladigan 4 ta eshikli fransuz eshikli sovitkich.

Korporativ > Dizayn

Pressa uchun > Press-relizlar

Yuklab olish

  • Samsung-Design-International-Design-Excellence-Awards-2024-45-Awards_dl1.jpg

  • Samsung-Design-International-Design-Excellence-Awards-2024-45-Awards_dl2.jpg

  • Samsung-Design-International-Design-Excellence-Awards-2024-45-Awards_dl3.jpg

  • Samsung-Design-International-Design-Excellence-Awards-2024-45-Awards_dl4.jpg

  • Samsung-Design-International-Design-Excellence-Awards-2024-45-Awards_dl5.jpg

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga