Samsung Electronics kompaniyasi Samsung Health Stack 1.0’ni ommaga namoyish etdi
Samsung “SSMBTJ 2023”da e’lon qilingan Samsung Health Stack 1.0 orqali sog‘liqni saqlash biomarkeri tadqiqot va rivojlantirish ekotizimini yaratishni va kengaytirishni maqsad qiladi
Chikagoda o‘tkazilgan “Sog‘liqni saqlash ma’lumoti va Boshqaruv tizimlari jamiyati (SSMBTJ) 2023”ning yillik konferensiya va ko‘rgazmasida raqamli salomatlik tadqiqotlari sohasida muhim yangilik bo‘lgan Samsung Health Stack 1.0’ni e’lon qilindi.
Samsung Research va Samsung Research America[1] tomonidan ishlab chiqilgan Samsung Health Stack Android va Wear OS operatsion tizimlarida ishlaydigan olib yuriluvchi (taqiluvchi) moslamalar uchun ilovalar, bekend serverlari va tahlil vositalari yaratish uchun tadqiqotchilarga yengillik taqdim etish orqali raqamli salomatlik tadqiqotiga yordamlashadigan ko‘p funksiyali ochiq manbali loyihadir.
Smartfon va olib yuriluvchi (taqiluvchi) moslamalardagi texnologik yutuqlar sog‘liqni saqlashdagi tadqiqot va ma’lumotlarga asoslangan biomarkerlar sohalarini tubdan o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Biroq bu moslamalardan tadqiqot uchun foydalanish yangi salomatlik mobil ilovalari va xizmatlarni talab qiladi. Bu holatda tibbiy tadqiqotchilarning innovatsion texnologiyalar tarqalishiga to‘siq bo‘ladigan o‘zlariga notanish sohalarda ko‘p vaqt va pul sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Samsung aynan o‘sha to‘siqlardan o‘tish uchun Samsung Health Stack’ni yaratdi. Loyihadagi veb-portal va bekend tizimi bo‘lgan App SDK[2] tizim qurilmasini soddalashtirgan holda izlanuvchilarga tadqiqotlariga diqqat qaratish imkonini beradi. Dasturchilar kerakli ilovalarni tez va oson yaratishlari, ishtirokchilar esa o‘zlari berayotgan ma’lumotlar xavfsiz boshqarilayotganiga ishonch hosil qilishlari mumkin.[3]
“Raqamli salomatlik ma’lumotlarini olish osonroq va xavfsizroq bo‘lishini maqsad qilgan Samsung Health Stack raqamli salomatlik sohasida innovatsiyalar uchun poydevor sifatida xizmat qiladi hamda tibbiy tadqiqotchilar va raqamli texnologiyalar ekspertlari o‘rtasidagi to‘siqlarni kamaytiradi, — deydi Samsung Electronics Axborot bo‘limi boshlig‘i va Vitse-prezidenti Yunsu Li, — Raqamli salomatlik xizmatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash orqali dunyodagi odamlarning hayot sifatini yaxshilashga umid qilamiz. Shuningdek, ochiq manbali loyiha bo‘lgan Samsung Health Stack’ning sohadagi ko‘pchilik odamlarga foydasi tegishiga ham umidvormiz va bu sohaga qiziqqan kompaniyalar va tadqiqotchilarning ishtirokini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.”
Diabet va qon bosimi oshgan holatlarda olib yuriluvchi (taqiluvchi) moslamalar bilan izlanishlar olib borganda Samsung Health Stack tadqiqotchilarga veb-portalga faqat kerakli ma’lumotlarni kiritish orqali axborot yig‘ish jarayonini osonlashtirish imkonini yaratadi.
App SDK yordamida ishlab chiqilgan ilovalar tadqiqotchilar va ishtirokchilar orasidagi muntazam aloqalarni qoʻllab-quvvatlashga imkon beradi, bu esa tadqiqotlar natijalari yaxshilanishiga xizmat qiladi. Jarayonni tezlashtirish isteʼmolchilar yanada sogʻlom hayotdan zavqlanishlariga imkon beruvchi muhit yaratishga yordam bergan holda tadqiqotchilarga sogʻliqni saqlash sohasidagi yanada turfa xil va faol loyihalar bilan ishlash imkonini yaratadi.
Samsung Developer Konferensiyasida (SDK) alfa versiyani taqdim qilingandan beri Samsung doimiy ravishda Samsung Health Stack’ni rivojlantirdi va shu yilning mart oyida beta versiyani taqdim qildi. “SSMBTJ 2023” ishtirokchilari iyun oyida taqdimoti rejalashtirilgan 1.0 versiyani oldindan ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi.
Samsung Health Stack 1.0 alfa versiyaning tadqiqot tanishtiruvi, ishtirokchini ro‘yxatga olish, moslama kiyilganda olinadigan ma’lumotlar va asosiy tekshiruv funksiyalarini rivojlantirmoqda, versiyaning xavfsizligi va barqarorligi esa sog‘liqni saqlash sohasidagi real tadqiqotlar ishonchli bo‘lishi uchun yaxshilangan. Asosiy ma’lumotlarni to‘plash bilan birga Samsung Health Stack 1.0 ishtirokchilarning tadqiqotga aloqador maxsus vazifalari bo‘yicha klinik holatini yozib borish imkoniyatini taklif etadi. Tadqiqotchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokchilardan ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi tekshiruv funksiyasi ham ishtirokchilarning javobiga asoslanib tadqiqotlar va ularnig maqsadlarini aks ettiradigan, keyingi choralar ko‘rish imkonini beruvchi dinamik tekshiruv funksiyasi bilan yaxshilangan.
Tadqiqot boshqaruvi vositalaridan foydalanishni yaxshilash orqali Samsung Health Stack 1.0 tadqiqotchilarga ko‘proq tadqiqot dizayniga diqqat qaratish imkonini beradi. U, shuningdek, ishtirokchilarga kerakli ma’lumotlar berishdagi kechikishlarni minimallashtirish uchun bir qancha uslublarni taqdim etadi. Tadqiqot tizimlari qurishni osonlashtirish uchun kompaniyalarga topshiriladigan hujjatlar ham sezilarli darajada yaxshilangan.
“SSMBTJ 2023”dagi Samsung pavilyoniga tashrif buyuruvchilar AppSDK bilan yaratilgan Samsung Health Stack’ning yangi funksiyalarini mobil ilova orqali sinab ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari, ular olib yuriluvchi (taqiluvchi) moslamalar va veb-portal bilan integratsiyalashgan mobil ilovani qo‘llagan holda sog‘liqni saqlash tadqiqoti va olib yuriluvchi (taqiluvchi) moslamalar bilan ma’lumotlarni to‘plash jarayonini ko‘rishlari mumkin. Samsung Health Stack’ning rivojlanishiga hissa qo‘shgan tadqiqotchilar foydalanish uslublari va texnik tafsilotlarini tushuntirish uchun pavilyonda bo‘lishadi.
Ochiq manbali loyiha sifatida o‘zining dastlabki bosqichlarida bo‘lishiga qaramay, ko‘plab tibbiyot sohasi kompaniyalari Samsung Health Stack’dan foydalanishni ko‘zlamoqda. SALTED[4] va All Round Doctors[5] startaplari tadqiqot maqsadlarida ma’lumotlar yig‘moqda va ularni sog‘liqni saqlash xizmatlari taqdim qilishda qo‘llashga qaror qilgan. Kelajakda Samsung Health Stack’ning turli xil sohalarda qo‘llanishi kutilmoqda.
[1] Samsung Electronics ning ilg’or Samsung Research Tadqiqot va rivojlanish bo’limi kompaniyaning Device eXperience (DX) bo’limi uchun kelajak texnologiyalarini rivojlantirish ishlarini olib boradi.
[2] Ko‘proq ma’lumot uchun https://developer.samsung.com/health/s-healthstack ga tashrif buyuring va yuklab oling.
[3] Samsung Health Stack ma’lumotlarni ajratish va saqlash, shifrlash va anonimlashtirish uchun ma’lumotlarni boshqarish imkoniyatlarini beradi.
[4] Raqamli pataklar va ularga aloqador xizmatlar taklif qiladi; Samsung bilan 2022-yildan beri ishlaydi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun https://www.salted.ltd/eng/main/index.html sahifasiga tashrif buyuring.
[5] Kimyo terapiyaning nojo‘ya ta’sirlarini yengillashtirish uchun raqamli terapevtik yechimlarni taklif qiladi; Samsung bilan 2022-yildan beri ishlaydi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun https://ards.co.kr/ sahifasiga tashrif buyuring.
Qurilmalar > Mobil
Korporativ > Texnologiyalar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.