Samsung Electronics maishiy texnikasi sanoatda birinchi bo‘lib UL Solutions’ning IoT xavfsizligi reyting dasturi bo‘yicha eng yuqori “olmos” darajasiga ega bo‘ldi
Maʼlumotlarni shifrlash va Knox Matrix xavfsizlik texnologiyasi bilan taʼminlangan Samsung’ning Bespoke Jet Bot Combo™ AI va Family Hub sovitkichlari uchun UL Solutions tomonidan “olmos” darajasi berildi.
Samsung Electronics bugun oʻzining yangi ixcham robot changyutkichi Bespoke Jet Bot Combo™ AI[1] va Family Hub sovitkichlari[2] IoT xavfsizligi imkoniyatlari uchun UL Solutions tomonidan “olmos” darajasi berilganini eʼlon qildi. UL Solutions Inc. har yili yuzlab marketing bayonotlarini baholovchi global xavfsizlik boʻyicha yetakchi kompaniya boʻlib, ularning xizmatlaridan biri boʻlgan UL Verified IoT Device Security Rating jarayoni aqlli uy qurilmalarining xakerlik xavfiga bardoshliligini va xavfsizlik darajasini tekshiradi. AI Family Hub™+ bilan birga kelgan 4 eshikli Flex™ sovitkichi maishiy texnika sanoatida birinchi bo‘lib “olmos” darajasiga erishdi va boshqa Family Hub modellari hamda Bespoke Jet Bot Combo™ AI ham xuddi shunday tekshiruvdan o‘tdi.
UL Solutions baholashni 5 darajaga ajratadi: bronza, kumush, oltin, platina va olmos. Har bir daraja jiddiy sinovni talab qiladi va ulardan eng yuqori “olmos” darajasi mahsulotlar zararli dasturiy taʼminot modulyatsiyasini aniqlash, noqonuniy tizimga kirish urinishlarining oldini olish va foydalanuvchi maʼlumotlarini anonimlashtirish qobiliyatini baholovchi testlardan oʻtgandan keyingina beriladi. Ayniqsa, ushbu eng yuqori darajaning “platina” darajasidan farqi shundaki, ular nomaʼlum potensial zaifliklarni sinab koʻrish qobiliyatiga ega boʻlishi va xavfsizlik tizimidagi zaifliklarini erta aniqlash dasturlariga ham ega boʻlishi kerak.
Samsung o‘z mahsulotlarini yanada aqlliroq qilib, sun’iy intellekt (AI) funksiyalarini ko‘plab mahsulotlar qatorida o‘z ichiga olishi va ularni SmartThings orqali bog‘lagani sayin IoT xavfsizligining ahamiyati oshib bormoqda. Samsung qurilmalari bir-biri bilan aloqa qila oladigan qilib dizaynlashtirilgan, shuning uchun bitta signal bilan bir nechta qurilmalar oʻzlarini aqlli tarzda sozlashadi.
“AI bizning kundalik hayotimizning katta qismiga aylanib bormoqda va bu, ayniqsa, maishiy texnikada qoʻllanilishida yaqqol namoyon boʻladi. Shunday ekan, xavfsizlik choralarini kuchaytirish tabiiy ravishda dolzarb vazifaga aylanmoqda”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining Digital Appliances (DA) biznesi, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha rahbari va ijrochi prezident oʻrinbosari Miyoung Yoo. “Biz Samsung kompaniyasida maʼlumotlar xavfsizligi texnologik yutuqlarimiz bilan bir qatorda borishi uchun katta kuch sarflayapmiz. Biz taqdim etayotgan xavfsiz muhit mijozlarimizga sun’iy intellekt yordamida oʻzaro bogʻlangan qulaylikdan boricha bahramand bo‘lishlariga imkon beradi”.
Ushbu oʻzaro bogʻlangan uy muhitini yaratish uchun har bir qurilma, shuningdek, qurilmalar oʻrtasida uzatiladigan maʼlumotlar ham himoyalangan boʻlishi kerak. Barcha Samsung maishiy texnikalari “Samsung Knox” — xavfsizlik tamoyillarining noyob ishlanmalari bilan himoyalangan va Wi-Fi’ni qoʻllab-quvvatlaydigan barcha mahsulotlar maʼlumotlarni shifrlaydigan, uni buzish va hujumlardan himoya qiluvchi integral mikrosxema (IC) chiplari bilan taʼminlangan. Bir-biriga ulangan qurilmalarni himoya qilish uchun moʻljallangan “Knox Matrix” xavfsizlik yechimi bu tizimni yana bir karra kuchaytiradi. U barcha umumiy va sinxronlashtirilgan maʼlumotlarni shifrlash uchun raqamli shifrlash (E2EE) texnologiyasini qoʻllab-quvvatlash orqali bir nechta qurilmalarda maxfiy maʼlumotlarni himoya qiladi hamda qurilmalar xavfsizlik tahdidlarini aniqlash uchun bir-birlarini aqlli ravishda kuzatib boradi. Agar xavf aniqlansa, boshqa qurilmalarga bu haqda bildirishnomalar yuborish imkonini beradi.
Bu ikki yangi mahsulot foydalanuvchilarning hayotini osonlashtirish uchun yaratilgan AI funksiyalariga ega. Bespoke Jet Bot Combo™ AI changyutkichi AI Object Recognition[3] (obyektlarni AI yordamida aniqlash) — odamlarni[4], uy hayvonlarini[5] va hatto telefon kabellari kabi koʻrish qiyin boʻlgan narsalarni ham ajrata oladigan aqlli texnologiya bilan birga keladi, shunda foydalanuvchilar changyutkichni ishga tushirishdan oldin ularga halal beradigan buyumlarni oldindan tozalashga majbur boʻlmaydilar. Shuningdek, u uyning chizmasini avtomatik ravishda aniqlaydigan va har bir xona uchun nomlarni tavsiya qiluvchi Spatial Recognition[6] (boʻshliqni aniqlash) texnologiyasi bilan birga keladi. Nihoyat, AI Floor Detect[7] (AI yordamida polni aniqlash) funksiyasi gilamda changyutkich borligini aniqlaydi, gilam chuqurligini aniqlaydi va gilamni tozalashda changyutkich polyuvgichini vakuumga kirgizadi va gilam nam bo‘lishining oldini oladi.
Family Hub modellarining eng yangi talqini boʻlgan, AI Family Hub™+[8] bilan birga keladigan 4 eshikli Flex™ sovitkichi ham foydalanuvchilarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun bir nechta AI funksiyalariga ega. Masalan, “AI Vision Inside”[9] sovitkichga solinayotgan va undan chiqarilayotgan yangi oziq-ovqat mahsulotlarini aqlli ravishda aniqlab oladi va avtomatik ravishda oziq-ovqat roʻyxatini yaratadi. Keyin “SmartThings Food” mavjud masallihlarga asoslangan retseptlarni tavsiya qiladi. Foydalanuvchilar osonlik bilan nima isteʼmol qila olishini bilib olishadi, shuningdek, oziq-ovqatni isrof qilishning oldini olishadi, chunki ular bu funksiya orqali hozir ixtiyorida boʻlgan turli xil masallihlaridan qanday foydalanishni bilishadi.
[1] VR7M*97****
[2] RF**DB99****, RF**DB95****, RF**DG9H****, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Oʻrta Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston, Avstraliya, Koreyada mavjud.
[3] Obyektni aniqlashda obyekt shakli yoki atrof-muhit sharoitlari taʼsir qilishi mumkin. Faqat maʼlum obyekt turlari aniqlanishi mumkin. Misollar: konditsioner (stendli model), muzlatkich, BESPOKE (muzlatkich/idish yuvish mashinasi), televizor, kir yuvish mashinasi/quritkich, havo tozalagich, AirDresser, divan, karavot, kitob javoni, stol, uy hayvonlari axlati, elektr kabeli, sochiq/paypoq, stakan , shisha, butilka, piyola, vaza, to‘shak, gilam, javon, poyabzal, tagkursi, tarozi, quvvat uzaytirgichi, xoch shaklli oyoqlari bor mebel, mebel oyoqlari, g‘ildirakli stul, uy hayvonlari uchun yungli koptok, smartfon kabeli, dog‘, ostona va eshik. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusini talab qilinadi.
[4] Faqat umumiy vizual koʻrsatkichlar asosida odam mavjudligini aniqlaydi va alohida odamlarni ajrata olmaydi. Agar odamning butun tanasi koʻrinmasa, aniqlash qobiliyati cheklangan boʻlishi mumkin. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusini talab qilinadi.
[5] Faqat it va mushuklarni aniqlashi mumkin. U faqat umumiy vizual koʻrsatkichlar asosida uy hayvonlari mavjudligini aniqlaydi va alohida uy hayvonlarini aniqlay olmaydi. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusini talab qilinadi. Aniqlash qobiliyati uy hayvonining pozasi yoki turgan joyiga qarab cheklangan boʻlishi mumkin. Uy hayvoningizni aniqlash qobiliyati hayvon turiga va yashash muhitiga qarab farq qilishi mumkin.
[6] Faqat maʼlum boʻshliqlarni aniqlay olishi mumkin. Misollar: oshxona, mehmonxona va oddiy xona. Wi-Fi ulanishi va Samsung hisob qaydnomasi talab qilinadi.
[7] Bizning chuqur oʻrganish modelimiz asosida oldindan belgilangan maʼlumotlar toʻplamidan foydalaniladi va bu notoʻliq yoki notoʻgʻri maʼlumot berishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan oʻrganish modelimizga uning aniqligini oshirish uchun yangi maʼlumotlar toʻplamlari kiritilishi mumkin.
[8] Wi-Fi ulanishi va Samsung hisob qaydnomasi talab qilinadi. Qurilmalar boʻylab yagona akkauntdan foydalanishingiz kerak.
[9] 2024-yil aprel holatiga ko‘ra, AI Vision Inside meva va sabzavotlar kabi 33 ta yangi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay oladi. Agar oziq-ovqat aniqlanmansa, u nomaʼlum mahsulot roʻyxatiga kiritilishi mumkin. AI Vision Inside sovitkich eshik qutilari yoki muzlatkichdagi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay olmaydi yoki sanab bera olmaydi. U oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur oʻrganish modellari asosida aniqlaydi, ularning aniqligini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin.
Pressa uchun > Press-relizlar
Qurilmalar > Uy uchun
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.