Samsung Electronics Prinston universiteti bilan hamkorlikda 6G innovatsiyasiga yo‘l ochadi

16/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics kompaniyasining yetakchi tadqiqot va texnologik ishlanmalar tashkiloti — Samsung Research America (SRA) 6G simsiz aloqa va tarmoq tizimlari kelajagini shakllantirish uchun Prinston universiteti bilan hamkorlik qildi.

 

 

SRA 6G tadqiqot va texnologik ishlanmalarini olib borish uchun Prinston universitetining NextG korporativ hamkorlik tashabbusi dasturining tashkiliy a’zosiga aylandi.

 

2023-yilda Prinston universiteti muhandislik va amaliy fanlar maktabi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirish, bulutli va tarqalgan tarmoqlar (edge networking), aqlli sensorlar hamda tarmoq chidamliligi kabi qator mavzular bo‘yicha innovatsiyalar oqimini kengaytirish uchun NextG tashabbusini yaratdi. Yaqinda NextG tashabbusi ushbu texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va akademiyalar, sanoat rahbarlari va siyosatchilar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish uchun korporativ filiallar dasturini ishga tushirdi.

 

“Kelajakdagi simsiz tarmoqlar olamini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan eng sara akademik tadqiqotlar fakultet va sanoat texnologiyalari yetakchilari o‘rtasidagi yaqin o‘zaro munosabatlardan ma’lum bo‘ladi”, — dedi Prinston muhandislik va amaliy fanlar maktabi dekani Andreya Goldsmit. “Bizning NextG dasturimiz simsiz texnologiyalar bo‘yicha shunday chuqur hamkorlikni, shuningdek, tezkor o‘zgarishlar davrida mazmunli innovatsiyalar va global yetakchilikni taraqqiy etish uchun zarur bo‘lgan siyosatni rivojlantirishga qaratilgan.”

 

Samsung Research America kompaniyasi Ericsson, Intel, MediaTek, Nokia Bell Labs, Qualcomm Technologies va Vodafone kabi boshqa korporativ filiallar bilan bir qatorda akademik tadqiqotlar va uning amaliy qo‘llanish keyslari o‘rtasidagi tafovutni yopish uchun Prinston universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilish niyatida.

 

Samsung Research America kompaniyasining katta prezident o‘rinbosari doktor Charli Jang yangi avlod telekommunikatsiyalari sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. “Simsiz aloqa sanoati oxirgi bir necha o‘n yilliklar ichida fundamental tadqiqotlardan sezilarli foyda ko‘rdi”, — deydi u. “Biz Prinston tadqiqotchilarini innovatsiyalarni davom ettirishga va 6G tarmog‘ida katta yutuqlarga olib keladigan revolyutsion texnologiyalarni ishlab chiqishga undaymiz.”

 

2019-yilning may oyida Samsung yangi avlod kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda boshchilik qilish uchun Samsung Research qoshida Ilg‘or aloqa tadqiqot markazini (ACRC) tashkil etdi.

 

2020-yilning iyul oyida 6G oq qog‘ozini va 2022-yilning may oyida 6G spektrumi oq qog‘ozini nashr qilish orqali ACRC o‘zini 6G landshaftini shakllantirishda bozor yetakchisi sifatida ko‘rsatdi. Samsung Research 6G texnologiyasini global standartlashtirishda kalit rolini o‘ynaydi, chunki kompaniya Xalqaro elektraloqa ittifoqi radioaloqa sektorining (ITU-R) 6G Framework guruhiga va Global mobil yetkazib beruvchilar uyushmasining (GSA) Spectrum guruhiga raislik qiladi.

 

Samsung 6G tarmog‘i tadqiqotlar va texnologik rivojlanishdagi rahbarligini yanada kengroq namoyish etish uchun 2022-yilning may oyida Samsung 6G ochilish marosimi forumini o‘tkazdi. Samsung’ning sanoatdagi yetakchiligi va Prinstonning akademik kuchi o‘rtasidagi hamkorligi NextG tashabbusiga 6G kelajagini shakllantirishda monumental kuchga aylanishida zamin yaratadi.

Korporativ > Texnologiyalar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga