Samsung Electronics SDC24 o’tkazilishini e’lon qildi – ochiq innovatsiyalar o’n yilligi va AI innovatsiyalarga e’tibor qaratilmoqda
Dasturchilar, hamkorlar va mijozlar Samsung Developer Conference 2024 konferensiyasida shaxsan yohud virtual ishtirok etishga taklif qilinadi
Tadbir Samsung’ning dasturiy ta’minot, xizmatlar va platformalardagi so’nggi yangiliklari AI’ga asoslangan kelajakni qanday shakllantirayotganini namoyish etadi
Samsung Electronics 3-oktabr kuni Kaliforniyadagi San Jose McEnery anjumanlar markazida Samsung Developer Conference 2024 (SDC24) o‘tkazishini e’lon qildi.
Bu yilgi SDC o‘ninchi bor o’tkazilmoqda. Tadbir davomida dasturchilar, sheriklar va mijozlar bilan hamkorlik hamda ochiq innovatsiyalarning o‘n yilligi nishonlanib, asosiy e’tibor bugungi kunda AI innovatsiyalaridan maksimal darajada foydalanishga qaratiladi.
3-oktabr kuni ertalab soat 10:00’da (Tinch okeani vaqt mintaqasi) Samsung SDC24 asosiy ma’ruzasini jonli efirda tomosha qilish imkoniyati mavjud. Taqdimotda yangi avlod yechimlari uchun SmartThings, Galaxy AI, Knox va Tizen’dan foydalanish yo‘llari, jumladan platformalararo innovatsiyalarning so‘nggi imkoniyatlari yoritiladi. Shu bilan birga, dasturchilar Samsung’ning ishonchli platformalaridan foydalangan holda muhim burilish yasay oladigan yangi ilova va xizmatlar yaratish maqsadida AI imkoniyatlaridan qanday foydalanishi mumkinligi ko’rsatiladi.
Samsung Electronics kompaniyasining vitse-prezidenti, Device eXperience (DX) bo‘linmasi bosh ijrochi direktori va rahbari JH Han SDC24 anjumanini Samsung kompaniyasining AI’dan yanada shaxsiylashtirilgan va xavfsiz ko’p qurilmali foydalanish tajribasiga qaratilgan “AI hamma uchun” istiqbolli yo’nalishi haqidagi asosiy ma’ruza bilan ochadi. U, shuningdek, Samsung’ning AI texnologiyasini rivojlantirishning asosini tashkil etuvchi Samsung’ning AI etikasi bo’yicha tamoyillari haqida gapiradi. Boshqa ma’ruzachilar bilan quyidagi ro’yxatda tanishib chiqishingiz mumkin:
- Daehyun Kim, EVP, Global AI Markazi rahbari, Samsung Research bo’linmasi
- Sally Hyesoon Jeong, EVP, Framework R&D rahbari, Mobile eXperience Business bo’linmasi
- Moon-soo Kim, VP, Application S/W R&D rahbari, Visual Display Business bo’linmasi
- Alex Y Lee, EVP, Visual eXperience PM rahbari, Visual Display Business bo’linmasi
- Young Ah Lee, VP, UX rahbari, Digital Appliances Business bo’linmasi
- Ho-bum Kwon, VP, Platform rahbari, Samsung Research bo’linmasi
- Jaeyeon Jung, EVP, SmartThings rahbari, Device Platform Center bo’linmasi
- Shin Baik, Security Assurance rahbari, Device Platform Center bo’linmasi, va boshqalar
Asosiy ma’ruzadan tashqari, SDC24 doirasida ishtirokchilar hamkorlik qilishlari va Samsung’ning dasturiy ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan so‘nggi platformalari va xizmatlari, jumladan SmartThings, Samsung Health, Tizen va boshqalar haqida ko‘proq ma’lumot olishlari uchun ochiq sessiyalar taqdim etiladi. Sessiyalar ishtirokchilarga so‘nggi dasturiy ta’minot ishlanma va xizmatlar bilan tanishish imkoniyatini beradi hamda ular yangi imkoniyatlar uchun Samsung’ning AI yechimlaridan qanday foydalanish haqida ko‘proq bilib olishadi.
Bundan tashqari, ba’zi sessiyalar Ochiq Sahnada namoyish etiladi, unda ishtirokchilar mutaxassislardan soha tushunchalarini olishlari va hatto maxsus mehmon bilan uchrashishlari mumkin. Eng so’nggi mahsulot va xizmatlarning amaliy namoyishlari Tech Square’da mavjud bo’ladi. Code Lab’da dasturchilar qiziqarli yangi vositalar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqarish to‘plamlarini (SDK) o‘rganishi, shuningdek, ishtirokchilar interaktiv shaklda qatnashishi, o‘rganishi va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishi uchun qator mavzularni o‘z ichiga olgan so‘nggi Samsung Developers ta’lim platformasini sinab ko‘rishlari mumkin.
Asosiy ma’ruza tadbir vaqtida Samsung YouTube va Samsung Developer saytlari orqali jonli efirga uzatiladi.
Samsung Developer Conference 2024 haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun http://developer.samsung.com/sdc saytiga tashrif buyuring. Qo’shimcha ma’lumotni X (@samsung_dev), Facebook (@samsungdev) va Instagram (@samsung_dev) sahifalarida #SDC24 xeshtegi yordamida topishingiz mumkin.
Pressa uchun > Press-relizlar
Korporativ > Texnologiyalar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.