Samsung Electronics to’rtinchi chorak va 2022 Moliyaviy Yili natijalarini e’lon qiladi
Chorak daromad 70,46 trillion KRW, operatsion foyda 4,31 trillion KRW
Makroiqtisodiy noaniqliklar davom etishi kutilmoqda; 2 yarimyillikda tiklanish boshlanishi kutilmoqda
Samsung Electronics bugun to’rtinchi chorak va 2022 yil uchun moliyaviy natijalarini e’lon qildi.
Kompaniya 2022 yil 31-dekabrda yakunlangan chorakda konsolidatsiyalangan daromad bo’yicha 70,46 trln KRW hamda, operatsion foyda bo’yicha 4,31 trillion KRW natijalarni taqdim etdi. Yil natijalari borasida, rekord darajadagi 302.23 trillion yillik daromad va 43.38 trillion KRW operatsion foydani e’lon qildi.
To’rtinchi chorakda global iqtisodiy pasayish sharoitida past talab tufayli biznes muhit sezilarli darajada yomonlashdi. Narxlar pasayib, mijozlar zaxiralarining kamayish holati davom ettirgani sababli “Xotira” biznesidagi daromad keskin tushib ketti. Shuningdek, asosiy mahsulotlarga bo`lgan talab pasayishi sababli System LSI biznesi daromadlari sezilarli darajada pasaydi. “Quyuv” biznesi chorak daromad bo’yicha yangi rekord o’rnatdi, foyda esa soha segmentini kattalashishi, shuningdek mijozlar bazasi va dastur maydonini diversifikatsiya qilinganidan so’ng ko’rsatkichlar yangi pogonalarga oshdi.
Smartfonga bo`lgan talab pasayishi tufayli Samsung Display Corporation (SDC) mobil panel biznesidagi daromadlar qisqadi, katta panel biznesi esa televizorlar uchun QD-OLEDga talab oshgani sayin va biznesning LCD zaxiralari to’liq tugaganligi sababli daromad ko`rsatkichlari saqlanib qoldi.
“Visual Display” biznesi yuqori daromad va operatsion foydani e’lon qildi, chunki Neo QLED va ultra katta televizorlarini o’z ichiga olgan premium mahsulotlar savdosi oshdi. “Raqamli texnika” biznesi esa suslashgan bozor sharoitlari va raqobat kuchayganligi sababli daromadlarning pasayishi kuzatildi.
AQSh dollarining Koreya voniga nisbatan bo`lgan o’sishi o’tgan chorakda kompaniya miqyosidagi operatsion foyda bo’yicha taxminan 0,5 trillion KRW ijobiy ta’siriga olib keldi.
Koreya soliq qonunchiligidagi sho’ba korxonalardan olingan dividendlar bo’yicha soliqqa tortishni qayta ko’rib chiqish bo’yicha so’nggi o’zgarishlar to’rtinchi chorakda kompaniyaning korporativ solig’ining pasayishiga olib keldi.
Soliq qonunchiligining o’zgarishi sababli bir martalik ko’rsatkich chorakning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan va kompaniya korporativ soliqni qaytarib olganligini anglatmaydi va bu kompaniyaning haqiqiy soliq to’lovi bilan bog’liq emas.
Birinchi chorakda yarimo’tkazgich biznesi zaif xotira bozori va yumshoq global it talabi sharoitida DDR5, LPDDR5x va 200 megapikselli (MP) tasvir sensorlari kabi yuqori darajadagi mahsulotlarga bo’lgan talabni faol ravishda hal qilishga qaratiladi. SDC yirik mijozlarning yangi mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya Galaxy S23 ishga tushirilishi bilan premium smartfon segmentida o’z yetakchiligini kengaytirishni rejalashtirmoqda, Networks biznesi esa mahalliy va xorijdagi bizneslarga, shu jumladan Shimoliy Amerikaga qaratiladi. Raqamli texnika biznesi premium segmentdagi sotuvlarni yangi modellar, masalan, BESPOKE Infinite liniyasi orqali oshirishni maqsad qiladi.
2023 yil uchun makroiqtisodiy noaniqliklar davom etishi kutilayotgan bo’lsa-da, kompaniya yil ikkinchi yarmida talabning tiklanishini boshlashini taxmin qilmoqda. Yarimo’tkazgich biznesi bozor va texnologiya yetakchiligini mustahkamlashda davom etadi va DDR5, LPDDR5x va Gate-All-Around (GAA) jarayonlari kabi ilg’or soha va mahsulotlarning ulushini kengaytiradi.
SDC ning mobil panel biznesidagi daromadlarining mustahkamlanishi kutilmoqda, katta panel biznesi esa QD-OLED biznesini rivojlantirish va rentabellikni oshirishga qaratiladi.
Device eXperience (DX) bo’limi kompaniyaning texnologik ustunligiga asoslangan holda premium mahsulotlar qatorini kuchaytirish orqali raqobatbardoshlikni oshirishni rejalashtirmoqda. Bo’lim shuningdek, SmartThings ekotizimini differensiyatsiyalashgan texnologiyalar va hamkorlik orqali kengaytirishni rejalashtirmoqda, bu esa foydalanuvchiga moslashuvchi, giper aloqali foydalanuvchi tajribalarini taqdim etadi.
“Networks Business” yangi bozor imkoniyatlariga, xususan, chet el biznesida faol ishtirok etish hamda 5G yadro chiplari va virtualizatsiya qilingan Radio kirish tarmog’ida (vRAN) texnologik yetakchilikni kuchaytirish orqali daromadlarning o’sishini saqlab turishi kutilmoqda.
Raqamli Texnika biznesi uchun kompaniya SmartThings asosida giper aloqali foydalanuvchi tajribalarini taqdim etishda davom etadi va buyurtma qilingan modellarga asoslangan premium mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshiradi.
Kompaniyaning kapital xarajatlari 2022 yilda jami 53,1 trillionga, shu jumladan yarimo’tkazgichlar uchun 47,9 trillionga va displeylar uchun 2,5 trillionga yetdi. To’rtinchi chorakda kapital xarajatlar 20,2 trillion, yarimo’tkazgichlarda 18,8 trillion va displeylarda 0,4 trillionni tashkil etdi. Xotiraga xarajatlar P3 va P4 infratuzilmasiga ga sarmoya kiritishga, o’rta va uzoq muddatli ta’minotga tayyorgarlik ko’rish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun EUV ga qaratildi. Foundry investitsiyalari Pyeongtaek ilg’or sohalarini ishlab chiqarish quvvatini oshirishga hamda 3 nanometr (nm) uchun dastlabki quvvat va Taylor saytining infratuzilmasiga qaratilgan.
4-chorakda xotira daromadlari kamaydi; Yarimo’tkazgich 1-chorakda yuqori darajadagi mahsulot talabiga e’tibor qaratadi.
“Yarimo’tkazgich” biznesi to’rtinchi chorakda konsolidatsiyalangan daromadda 20,07 trillion va operatsion foydada 0,27 trillion natija ko’rsatdi.
Xotiraga bo’lgan umumiy talab zaiflashdi, chunki mijozlar tashqi muhitda chuqurlashib borayotgan noaniqliklar sharoitida o’z zaxiralarini tartibga solishni davom ettirdilar. O’tgan chorakda Bit o’sishi bozor darajasidan past bo’lgan bazaviy ta’sirga qo’shimcha ravishda, Samsung server ilovalariga e’tiborni kuchaytirib, sotuvlarni kengaytirish orqali bozor ko’rsatkichlaridan oshib ketdi. Lekin, makro muhit masalalarining chuqurlashishi oqibatida iste’mol kayfiyatining yomonlashishi tufayli, narx yanada tushib ketdi va zaxiralardagi yo’qotishlarni mazmunli baholash ta’siri bilan natija avvalgi chorakka nisbatan sezilarli darajada kamaydi.
DRAM borasida serverga bo’lgan talab cheklangan bo’ldi, chunki iqtisodiy noaniqlik va mijozlarning zaxiralarini kamaytirishga bo’lgan munosabati saqlanib qolganligi sababli ularni yig’ish hajmi pasayib ketdi. Yirik mijozlarning zaxiralarini kamaytirishlarini davom ettirishi va ishlab chiqarish hajmining qisqarishi tufayli mobil qurilmalar va kompyuterlarga bo’lgan talab past bo’ldi. Ammo kompaniya mahsulot portfelini optimallashtirish va yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va server ishlab chiqaruvchi mijozlariga qaratgan holda yuqori zichlikdagi mahsulotlarga bo’lgan talabni qondirib zamonaviy mahsulotlar sohasi hahmini kengaytirdi. NAND sohasida esa, mijozlar o’z zaxiralarini tartibga solishi natijasida server SSD uchun talab sekinlashdi.
Birinchi chorakda iqtisodiy noaniqliklar davom etar ekan mijozlarning o’z zaxiralarini tartibga solish munosabati o’zgarishsiz qoldi. Qisqa muddatda talabni tiklanishi kutilayotgan bo’lsa-da, Samsung LPDDR5X kabi yuqori darajadagi mahsulotlarga bo’lgan talabni qondirish hamda server va kompyuterlar uchun DDR5 ga bo’lgan tez o’suvchan talabni qondirishga o’z vaqtida tayyorgarlik ko’rish orqali har qanday salbiy ta’sirlarni kamaytirishda davom etadi.
2023 yildagi narx borasidagi raqobatbardoshlikka asoslanib, Xotira biznesi yuqori zichlikdagi Server SSD larga bo’lgan talabni qondirish orqali yuqori qo’shimcha qiymatli mahsulotlar ulushini kengaytirishni rejalashtirmoqda, smartfonlar va shaxsiy kompyuterlarning yuqori zichlik tendensiyasiga javob beradi va bozorda yetakchilikni mustahkamlaydi.
4-chorakda zaxiralarni tartibga solinishi hamda asosiy komponentlar savdosining kamayishi oqibatida System LSI bo’limining daromadlari pasaydi.
Biroq, Mobil SoC bo’linmasi o’zining eng yuqori yillik daromadiga erishdi, avtomobil SoC biznesi esa Yevropa premium ishlab chiqaruvchilari uchun jadval bo’yicha dastlabki namunani yetkazib berish va AQSH avtonom boshqarish yechimlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan mahsulot ishlab chiqish bo’yicha memorandumni imzolash orqali o’rta va uzoq muddatli o’sish bazasini mustahkamladi.
Birinchi chorakda sust talab va zaxiralar o’zgarishning ta’siri davom etishi kutilmoqda. Samsung past va o’rta narxdagi hajmli SoC va 200mp tasvir sensorlarini sotishni kengaytirishga intiladi. Shuningdek, kompaniya avtomobil SoC sohasida Yevropa premium ishlab chiqaruvchilaridan va avtomatik haydash qurilmalariga bo’lgan qo’shimcha buyurtmalar orqali o’sish sur’atini saqlab qolishga harakat qiladi.
2023 yilda Samsung iqtisodiy tanazzulning ta’sirini vaqtincha davom etishini taxmin qilmoqda. Biroq, smartfonlar xaridlarining tahlili talab premium va arzon narxlardagi telefonlarga bo’linishini ko’rsatmoqda.
Ushbu bo’lingan bozorga javob berish uchun, kompaniya SoCs sohasida yuqori hajm zonasida savdolarni oshirishni hamda flagman qurilmalar uchun pozitsiyalarni mustaxkamlashni davom ettiadi. Samsung shuningdek, o’zining asosiy ishlab chiqaruvchi mijozlarini flagman modellarini muvaffaqiyatli ishga tushirilishini 200 MP tasvir sensorlarini uzluksiz yetkazib berish va kengaytirish orqali ta’minlaydi.
Quyish biznesi to’rtinchi chorakda mijozlar uchun ilg’or sohalarning hissasi oshishi, HPC ulushining oshishi va optimal jarayonlarning uzluksiz rivojlanishi tufayli chorak daromadi bo’yicha yana bir bor yangi rekord o’rnatdi; uning yillik sotuvi hajmi ham rekord darajaga yetdi. Biroq, zaxiralarni tartibga solinishi tufayli undan foydalanish darajasi pasayishni boshladi.
Keyingi avlod GAA protsesslarga kelsak, 3nm birinchi avlod protsesslari hozirda barqaror rentabellik bilan ommaviy ishlab chiqarilmoqda va birinchi avlod ommaviy ishlab chiqarish tajribasiga asoslanib, 3nm ikkinchi avlod protseslarining rivojlanishi jadal bormoqda. Bundan tashqari, avtomobilsozlik va 5nm ommaviy ishlab chiqarish protsesslari uchun kompaniya 4nm protseslarni ishlab chiqarishni boshladi. Birinchi chorakda Samsung past talab tufayli foydalanish darajasi pasayishini va daromad mos ravishda pasayishini kutmoqda.
2023 yilda iqtisodiy pasayish va zaxiralarning tartibga solinishi tufayli yilning birinchi yarmida talab vaqtincha pasayishi mumkin. Biroq, kompaniya ikkinchi yarmida HPC va Avto sektorlariga yo’naltirilgan bozor talabining tiklanishini kutmoqda.
Samsung 3nm ikkinchi avlod protseslari uchun yangi mijozlarni jalb qilishga intiladi, birinchi avlod 2nm protsesini rivojlantirishga e’tibor qaratadi va avtomobilsozlik/IoT kabi dasturlarda diversifikatsiya qilish uchun maxsus va yetuk protseslarni rivojlantirishni davom ettiradi.
Nihoyat, HPC va mobil qurilmalar bozorida yangi avlod paketi texnologiyasining ortib borayotgan ahamiyatini hisobga olgan holda, kompaniya ilg’or paket biznesini kengaytirish va biznes bo’linmalari o’rtasida sinergiyani kuchaytirish uchun Device Solution bo’limida AdVanced Package (AVP) biznes guruhini tashkil etdi.
Mobil displey yuqori daromadga erishdi; 2023 yilda OLED va QD-OLED ga e’tibor qaratiladi
SDC to’rtinchi chorak uchun konsolidatsiyalangan daromadda 9,31 trillion KRW va operatsion foydada 1,82 trillion KRW natijani taqdim etdi.
Bozorda talab qisqarishining davom etishiga qaramay, mobil displey biznesi yuqori darajadagi smartfon mahsulotlariga e’tibor qaratib, yuqori natijalarga erishdi. Katta displey biznesida esa, to’rtinchi chorakda yil oxiri yuqori mavsumida televizorlar sotuvining oshishi tufayli yo’qotishlarni kamaytirdi. Bundan tashqari, kompaniya LCD zaxiralarini tugatdi va to’liq QD-OLED markazlashtirilgan biznesga o’tishini yakunladi.
Birinchi chorakka nazar tashlaganda, Samsung yirik hududlarda iqtisodiy pasayish tufayli smartfonga bo’lgan yillik talabning pasayishini kutmoqda. Kompaniya yirik mijozlar tomonidan flagman mahsulotlarning ishlab chiqarilishida faol ishtiroki orqali mobil displey biznesi uchun mustahkam daromadni saqlab qolishga intiladi.
Katta displey biznesida Samsung qo’shimcha talabni ta’minlaydi va ultra katta televizorlar va katta o’lchamli monitorlarning yangi turlarini joriy etish bilan ishlab chiqarish hajmining tezkor oshishiga yordam beradi.
2023 yilda murakkab bozor sharoitlari va raqobatning kuchayishi tufayli ishbilarmonlik muhiti murakkab holatida qolishi kutilmoqda. Mobil displey biznesi uchun kompaniya nisbatan yuqori darajadagi smartfonlar bozorida texnologik ustunlik bilan bozor ustunligini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, ilgarilama investitsiyalarning natijasidagi OLED ga tezkor o’tish orqali o’zining narx borasidagi raqobatbardoshligini mustahkamlanishi evaziga foyda oshishiga erishmoqda.
Katta displey biznesida kompaniya barqaror rentabellik bilan ta’minlangan premium bozorda savdo bazasini mustahkamlash orqali rentabellikni oshirishda davom etadi.
MX o’zgarmas makro noaniqliklar sharoitida flagman mahsulot savdosini kengaytiradi
MX va Networks bo’limlari to’rtinchi chorak uchun konsolidatsiyalangan daromadda 26,90 trillion KRW va operatsion foydada 1,70 trillion KRW natijani tasdiqladi.
To’rtinchi chorakda smartfonlarga bozor talabi pastladi, inflyatsiya va geosiyosiy beqarorlik tufayli ommaviy bozor keskin qisqardi. MX Business yo’nalishi yangi mahsulotlarning flagman modellariga ta’sirining pasayishi va iqtisodiy o’sishning zaiflashishi natijasdigi talabning pasayishi oqibatidagi smartfonlar savdosining pasayishi tufayli oldingi chorakka nisbatan ham sotuvlar, ham foyda pasayganligi haqida xabar berdi. Ommaviy bozor smartfonlari savdosining pasayishi ta’siri ilgari kutilganidan kattaroq bo’lib, flagman savdosi bozor taxminlariga nisbatan yaxshiroq natija ko’rsatdi.
Birinchi chorakda doimiy makroiqtisodiy noaniqliklar sharoitida barcha smartfon segmentlarida bozordagi talabning ketma-ket pasayishi kutilmoqda. Kompaniya kengaytirilgan kamera va o’yin funksiyalari bilan jihozlangan yangi Galaxy S23 seriyasini muvaffaqiyatli savdoga chiqarish orqali flagman mahsulot savdosini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Samsung shuningdek, shaxsiy kompyuterlar, planshetlar va taqiladigan qurilmalardan iborat Galaxy ekotizim mahsulotlarini takomillashtirishni davom ettiradi va shu bilan birga yuqori rentabellik uchun resurslarni samarali boshqarishga e’tiborni qaratadi.
2023 yilda kompaniya makroiqtisodiy sharoit o’zgarmasligi tufayli smartfonlar bozori talabining qisqarishini kutmoqda. Eng ko’p ta’sir ommaviy bozor modellariga bo’lishi kutilmoqda, iste’molchilarning premium smartfonlar va planshetlarga bo’lgan talabi esa nisbatan mustahkam bo’lib qolishi kutilmoqda.
MX biznes o’zining premium flagman mahsulotlarining raqobatbardoshligini kuchaytirish orqali kuchli savdo va mustahkam rentabellikka erishishni rejalashtirmoqda. Ommaviy bozor segmenti uchun kompaniya uyali aloqa operatorlari bilan turli xil savdo dasturlarida, shu jumladan 5G smartfon foydalanuvchilari bazasini kengaytirishga qaratilgan dasturlarda hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, yangilangan mahsulot xususiyatlari va ko’p qurilmalar o’rtasidagi o’zaro aloqa tajribalari orqali planshetlar va taqiladigan qurilmalar uchun premium mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirmoqda.
Visual Display premium va kundalik mahsulotlarga e’tiborni qaratishni davom ettiradi.
Visual Display va Raqamli texnika biznes yo’nalishlari to’rtinchi chorak uchun konsolidatsiyalangan daromadda 15,58 trillion KRW va operatsion foydada 0,06 trillion KRW zararni qayd etdi.
Televizorlar uchun bozor talabi yil so’ngida mavsumiylik sababli o’tgan chorakka nisbatan oshdi, ammo global iqtisodiy pasayish tufayli yildan-yilga qisqardi. Visual Display biznesi eng yuqori mavsumda mintaqaviy talab qondirilganligi hamda Neo QLED va LifeStyle modellarini o’z ichiga olgan yuqori qiymatli mahsulotlarni sotishi kengayishi natijasida o’tgan chorakka nisbatan yuqori natijalarga erishdi. Biroq, foiz stavkalari va inflyatsiyaning ko’tarilishi tufayli iste’molchi xarid kayfiyatiga ta’sir etdi va natijalar o’tgan yilga nisbatan pasaydi.
Birinchi chorakka nazar solib, bozor talabi mavsumiylik va global iqtisodiy inqirozning davom etayotgan ta’siri tufayli chorakda ham, yildan-yilga ham pasayishi kutilmoqda. Samsung premium mahsulotlarga, shu jumladan Neo QLED 2023 ga bo’lgan talabni qondirishga va savdo kanallaridagi yirik sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratadi. Shuningdek, kompaniya jarayonlarni optimallashtirish va xarajatlarni boshqarish orqali rentabellikni ta’minlashga intiladi.
2023 yilda televizorlarga bo’lgan umumiy talab saqlanib qolishi kutilmoqda, chunki bozor noaniqliklarining davom etishi taxmin qilinmoqda. Premium mahsulotlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, Samsung 98″ dyuymli Neo QLED ultra katta ekranli qurilmalar bozorga e’tibor qaratadi va turli o’lchamdagi MicroLED modellarini chiqarish, shuningdek, OLED televizorlari va o’yin monitorlari uchun ko’proq imkoniyatlarni taqdim etish orqali premium mahsulotlardagi innovatsiyalarni davom ettiradi.
Pressa uchun > Press-relizlar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.