Samsung Electronics Uzbekistan B2B segmenti uchun biznes yechimlarni taqdim etdi

04/10/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Kuni kecha “FinTech & Banking 2024” forumi doirasida Samsung Electronics Uzbekistan B2B segmenti uchun biznes yechimlar sohasida o’z imkoniyatlarni taqdim etdi

 

Taqdimot davomida Samsung Electronics Uzbekistan kompaniyasining B2B yo‘nalishi rahbari Sardor Amanov startaplar va faoliyatini yo’lga qo’ygan kompaniyalar uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etishga qaratilgan Samsung One kontseptsiyasining turli miqyosdagi biznes muammolarini hal qilishda tadbirkorlik subyektlari uchun kompaniya imkoniyatlari hamda keng qamrovli va diversifikatsiyalangan mahsulot qatori haqida so’zlab berdi.

 

 

Texnologik tajribasini global jamiyatni takomillashtirishga hissa qo’shadigan yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni yaratishga o’z sa’y-harakatlarini bag’ishlash Samsung odatiy biznes falsafasidir. Bunga erishish uchun Samsung ilg’or texnologiyalarga katta ahamiyat beradi.

 

Interbrand statistik ma’lumotlariga ko’ra, Samsung dunyoning eng yaxshi brendlari TOP-100 reytingida 5-o’rinni egallamoqda. Samsung kompaniyasi faoliyati mukammallikka bo’lgan cheksiz ishtiyoq va hamkorlarga o’z maqsadlariga erishishda yordam beradigan bozordagi eng yaxshi mahsulot va xizmatlarni taqdim etishga bo’lgan sodiqlikdan kelib chiqadi.

 

“Hamkorlar o’zlarini yaxshi his qilsalar, biznes o’zini yaxshi his qiladi, shuning uchun biz mijozlarning ehtiyojlari va istaklariga javob beradigan moslashtirilgan takliflarni yaratish uchun yaqindan ishlashga e’tiborimizni qaratamiz. Samsung bilan siz keng ko’lamli innovatsion yechimlar va qurilmalarga ega bo’lasiz, shuningdek, barqaror ish jarayonini ta’minlash uchun esa ishonchli ko’makdoshga ega bo’lasiz. Xodimlaringizni bundanda ijodiy, mijozlaringizni esa yanada xursand qiladigan mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin”, – dedi Sardor Amanov.

 

 

Samsung’ning biznes hamkorlik dasturi ko’plab afzalliklarga yaqinlashtiradi. Samsung One kontseptsiyasi mobillik bilan shug’ullanuvchi biznes hamkorlar uchun to’liq interaktiv dasturdir. Qo’shma loyihalar orqali Samsung’ning B2B jamoasi qimmatli imkoniyatlarni taqdim qilish uchun hamkorlar vakillarini qo’llab-quvvatlaydi.

 

Samsung bilan hamkorlik qilishning bir qancha afzalliklari mavjud:

 

– Samsung tadqiqot va ishlanmalar sohasidagi eng yirik global investorlardan biri hisoblanadi. Hamkorlar har doim o’z mijozlariga eng yaxshi texnologiyalar va yechimlarni taklif qilishlarini ta’minlash uchun kompaniya tadqiqot va ishlanmalarga katta miqdorda sarmoya kiritadi;

 

– Samsung qurilmalarini o’z zavodlarida ishlab chiqaradi, Samsung mijozlari esa vakolatli Samsung xizmat ko’rsatish markazlari tarmog’i tomonidan qo’llab-quvvatlanadi;

 

– Samsung hamkorlik va qo’shma loyihalarning qadrini e’zozlaydi. Bundan tashqari, kompaniya har doim hamkorlar bilan ishlashni takomillashtirishga intiladi;

 

– Samsung faoliyati davomida ijobiy ta’sir ko’rsatishga intiladi. Kompaniyaning ekologik toza yechimlari yanada barqaror kelajakka olib kelib, texnologiyalari sog‘lom raqamli turmush tarzini targ‘ib qiladi.

 

Biz yashayotgan va ishlayotgan dunyo tez o’zgarmoqda va biz u bilan birga harakatlanmoqdamiz. Samsung One B2B hamkorlik dasturi professional barqarorlikni ta’minlaydi, Samsung esa hamkorlar va ularning mijozlarini birinchi o’ringa qo’ygani uchun umumiy taraqqiyotni tezlashtiradi.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga