Samsung Electronics va Procter & Gamble hamkorligi sovuq suvda kir yuvish uchun optimallashtirilgan Tide POD Cold yuvish siklini taqdim etadi

05/04/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Tide POD Cold yuvish sikli AQSh va Kanadadagi yangi Bespoke AI Laundry Combo™ da mavjud bo‘lib, Tide Hygienic Clean Heavy Duty 10X Power PODS® bilan ishlatilganda ajoyib sovuq suvda yuvish samaradorligini beradi

 

Samsung Electronics bugun AQSh va Kanadada yangi Tide POD Cold yuvish siklini ishga tushirishda Procter & Gamble (P&G) bilan koʻp yillik hamkorlik aloqalar oʻrnatganini eʼlon qildi. P&G’ning sovuq suvda yuviladigan kir yuvish vositasi[1] texnologiyasi uchun optimallashtirilgan, birinchi bor Tide Cold bilan sertifikatlangan sikli bilan isteʼmolchilar yangi Bespoke AI Laundry Combo™ da sovuq suvda yuvishning ajoyib samaradorligining guvohi boʻlishadi.

 

Bespoke AI Laundry Combo™ ning 7 dyuymli ekranidagi Tide POD Cold yuvish sikli menyusi rasmi

 

Samsung va P&G oʻrtasidagi hamkorlik yangi Tide POD Cold yuvish siklini yaratish uchun ikki global kompaniyaning bilim va tajribasidan foydalanadi. Yangi yuvish sikli Tide Hygienic Clean Heavy Duty 10X Power PODS® yuvish vositasidan sovuq suvda foydalanganda eritish uchun optimallashtirilgan boʻlib, suvni isitish uchun energiya sarflamasdan kir yuvish mumkin boʻladi. Oddiy iliq suvda yuvish sikli bilan solishtirganda[2] Tide POD Cold yuvish sikli yuvish samaradorligini pasaytirmasdan energiyani tejash imkonini beradi.

 

“Samsung oʻz mijozlariga maishiy texnika boʻyicha eng soʻnggi texnologiyalarni taqdim etishga intiladi”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining ijrochi prezident oʻrinbosari va raqamli jihozlar (DA) biznesi uchun mijozlar tajribasi guruh rahbari Muhyung Li. “Samsung texnologiyasi va innovatsiyalaridan foydalangan holda P&G bilan hamkorligimiz ushbu yo‘nalish tomon bosgan muhim qadamimizdir. Kelajak sari intilar ekanmiz, mijozlar tajribasini yaxshilash uchun P&G bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan biz juda xursandmiz”.

 

“Biz Samsung bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz va 2030-yilga borib, kir yuvish mashinalarining toʻrtdan uch qismini sovuq rejimga oʻtkazish niyatidamiz”, dedi P&G kompaniyasining NA Fabric Care katta direktori Aleks Perez. “Ushbu hamkorlik yuzaga keltiradigan texnologiya isteʼmolchilar uchun ajoyib qulayliklar taqdim etadi. Samsung jihozi bilan sovuq suvda kir yuvish uchun Tide siklidan foydalanish ular uchun eng zoʻr samaradorlikni beradi”.

 

Tide POD Cold yuvish sikli AQSH va Kanadada yangi Bespoke AI Laundry Combo™ da mavjud bo‘lib, yagona ixcham qurilma ajoyib yuvish va quritish imkoniyatlarini beradi. Shuningdek, Bespoke AI Laundry Combo™ AI Opti Wash & Dry™[3] ga ega boʻlib, u yuk og‘irligi, mato turi va ifloslanish darajasi kabi omillarga qarab optimal yuvish va quritish sikllarini belgilaydi. Bundan tashqari, SmartThings[4] ilovasi isteʼmolchilarimizga nafaqat Samsung aqlli qurilmalarini, balki oʻzaro ulangan uy ekotizimidagi boshqa aqlli qurilmalarni ham bitta ilovadan qulay tarzda kuzatish va boshqarish imkonini beradi.[5]

 

Tide Cold bilan sertifikatlangan Bespoke AI Laundry Combo™ rasmi

 

P&G bilan hamkorlik Samsung’ning mijozlar tajribasini yaxshilash va energiyani tejash maqsadida innovatsion kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik munosabatlarida ishlashda davom etishni koʻrsatuvchi ajoyib namunadir.

 

 

Procter & Gamble haqida

 

P&G butun dunyo boʻylab eng keng mahsulotlar kategoriyasiga ega ishonchli, sifatli va yetakchi brendlar, jumladan, Always®, Ambi Pur®, Ariel®, Bounty®, Charmin®, Crest®, Dawn®, Downy®, Fairy®, Febreze®, Gain®, Gillette®, Head & Shoulders®, Lenor®, Olay®, Oral-B®, Pampers®, Pantene®, SK-II®, Tide®, Vicks® va Whisper®’larning isteʼmolchilariga xizmat qiladi. P&G jamoati dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlarida xizmat koʻrsatadi. P&G va uning brendlari haqidagi soʻnggi yangiliklar va maʼlumotlar uchun https://www.pg.com saytiga tashrif buyuring. Boshqa P&G yangiliklari uchun https://www.pg.com/news saytiga tashrif buyuring.

 

 

[1]     Faqat Tide Hygienic Clean Heavy Duty 10X Power PODS®’da sinovdan oʻtkazildi. Natijalar boshqa kir yuvish vositalarida farq qilishi mumkin.

 

[2]     Oddiy sikl bilan solishtirganda 8 funt (3.6kg) kirlarni iliq suvda Tide POD Cold siklida Tide Power PODS® bilan yuvganda.

 

[3]     Aniqlash va sezish imkoniyatlari oldindan belgilangan maʼlumotlar toʻplamidan foydalangan holda oʻqitilgan chuqur oʻrganish modellarimizga asoslanadi va notoʻgʻri yoki noaniq natijalar berishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan uning aniqligini oshirish uchun oʻquv modellarimizga yangi maʼlumotlar toʻplamlari kiritilishi mumkin.

 

[4]     Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.

 

[5]     Mahsulot, geografiya va bozor boʻyicha ishlab chiqaruvchiga bogʻliq. Individual holatlar kuzatilishi mumkin.

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > Uy uchun

Yuklab olish

  • Samsung-PnG-Tide-POD-Cold-Wash-Cycle_dl1.jpg

  • Samsung-PnG-Tide-POD-Cold-Wash-Cycle_dl2.jpg

  • Samsung-PnG-Tide-POD-Cold-Wash-Cycle_dl3.jpg

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga