Samsung Electronics Virtus.pro rasmiy hamkoriga aylandi
Samsung Electronics va Virtus.pro kibersport klubi o‘rtasida oʻzaro hamkorlik boshlangani eʼlon qilindi[1]. Hamkorlik doirasida Samsung Electronics eng mashhur va ancha vaqtdan buyon faoliyat yuritadigan kibersport klublaridan birining yuqori standartlariga javob beradigan innovatsion yechimlar taʼminlovchisi sifatida xizmat qiladi.
Barcha Virtus.pro jamoalari zamonaviy Samsung texnologiyasi bilan jihozlanadi. Xususan, klub mashgʻulotlari uchun televizorlar, oʻyin monitorlari, taqiladigan va mobil qurilmalar, shuningdek, planshet kompyuterlar bilan taʼminlanadi. Bu esa sportchilarga mashgʻulotlar uchun qulay sharoit yaratadi. Bundan tashqari, bir yil davomida qoʻshma kampaniyalar va maxsus loyihalar rejalashtirilgan. Bular bilan klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida tanishishingiz mumkin.
“Biz Samsung kompaniyasi klubimizning rasmiy hamkori boʻlishidan xursandmiz. Bu hamkorlik biz va muxlislarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Xususan, dunyoga mashhur brend tomonidan qoʻllab-quvvatlanishimiz bizga xalqaro maydondagi oʻrnimizni mustahkamlash va klubning butun dunyo boʻylab muxlislarini quvontirishda davom etish imkonini beradi”, — dedi Virtus.pro ijrochi direktori Nikolay Petrosyan.
“Samsung kibersportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻzining uzoq tarixidan faxrlanadi va ushbu sohani rivojlantirishda faol ishtirok etishda davom etmoqda. Virtus.pro bilan hamkorlik esa bu yoʻlda muhim qadamdir. Biz mashgʻulotlar uchun qulay va samarali sharoitlar yaratadigan va professional sportchilarga yuqori natijalarga erishishga yordam beradigan zamonaviy texnologik yechimlarni taklif qilamiz. Virtus.pro bilan birgalikda biz MDH davlatlarida kibersportni rivojlantirish, yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni sohada muvaffaqiyatga erishishiga yordam berishga intilamiz. Ishonchimiz komil, bu hamkorlik videooʻyinlar madaniyatini mustahkamlashga va professional kibersportning rivojlanishiga yordam beradi”, — deya sharhladi Samsung Electronics MDH davlatlari bosh qarorgohi prezidenti Li Chungsun.
Virtus.pro haqida:
Virtus.pro 2003-yil 1-noyabrda tashkil etilgan dunyodagi eng mashhur va faoliyatini birinchilardan bo‘lib boshlagan kibersport klublaridan hisoblanadi. Klubdagi jamoa aʼzolari “Dota 2”, “Counter-Strike: Global Offensive” va boshqa oʻyinlar boʻyicha xalqaro yirik turnirlarning koʻp marotaba chempionlari hisoblanadi. Virtus.pro toʻplangan mukofot puli boʻyicha dunyoning eng yaxshi 10 taligiga kiradi. Bu 20,5 million dollarni tashkil etadi. Ayni paytda klub “Dota 2”, “CS2”, “Rainbow 6 Siege”, “PUBG”, “PUBG MOBILE”, “Warface”, “Escape from Tarkov: Arena”, “Standoff 2”, “World of Tanks”, “EA Sports FC”, “Rennsport”, “Apex Legends”, “Honor of Kings”, “Overwatch 2”, “CoD: Warzone” boʻyicha jamoalarga hamda “CS2” va “Standoff 2 boʻyicha VP.Prodigy yosh jamoasiga ega.
Samsung Electronics Co., Ltd haqida
Samsung Electronics Co., Ltd. televizorlar, smartfonlar, taqiladigan qurilmalar, planshetlar, kameralar, maishiy texnika, tibbiy uskunalar, tarmoq tizimlari, yarimoʻtkazgichlar va LED yechimlarini ishlab chiquvchi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya ofislari dunyoning 76 ta mamlakatida joylashgan. Soʻnggi yangiliklar uchun Samsung Newsroom saytiga tashrif buyuring.
[1] Hamkorlik mintaqaning bir qator mamlakatlarida amal qiladi, shu jumladan Qozogʻiston va Oʻzbekistonda.
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.