Samsung Electronics Yevropa Ittifoqi standartiga koʻra energiya tejamkorligi bo‘yicha “A” darajasiga ega eng birinchi katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkichni namoyish etdi
Yangi katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkich RB6000D yangi AI inverter kompressori, AI energiya rejimi va kengaytirilgan sigʻimi tufayli sezilarli energiya tejamiga erishadi
Samsung Electronics Co., Ltd Yevropada yangi energiya tejovchi katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkichni[1] sotuvga chiqarilishini eʼlon qildi. Sovitkich 3-aprel kuni Parijdagi les Pavillon des Étangs’da bo‘lib o‘tgan “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” global taqdimotida namoyish etildi. U yagona mahsulot sifatida yuqori energiya tejash reytingiga ega, Wi-Fi imkoniyatlari esa SmartThings Energy yordamida yanada ko‘proq energiya tejash imkonini beradi.
“Isteʼmolchilar uchun energiya samaradorligi kun sayin muhim boʻlib borayotganligiga javoban Samsung zamonaviy davr uchun yangi modelni ishga tushirmoqda”, dedi Samsung Electronics’ning ijrochi prezident oʻrinbosari va raqamli jihozlar (DA) biznesining mijozlar tajribasi guruhi rahbari Muhyung Li. “Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha katta saʼy-harakatlarimiz tufayli biz Samsung jiholari sifati va global isteʼmolchilarga manzur boʻlgan funksiyalardan tashqari energiyani tejash imkoniyatlarini ham taqdim eta oldik. Ishonchimiz komilki, foydalanuvchilar Samsung’ning yangi sovitkichidan kundalik hayotlarida mamnunlik bilan foydalanishadi”.
Shunisi eʼtiborga loyiqki, sovitkich Yeropa Ittifoqi energiya standartlariga muvofiq “A” energiya darajasiga ega boʻldi, bu Samsung’ning katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkichi ilk bor bunday koʻrsatkichga erishishidir. Samsung anʼanaviy modelga nisbatan energiya sarfini 55,9% ga kamaytirishi uchun oʻzining noyob yechimlarini ishlab chiqqan.[2] Ayniqsa, yangi AI Inverter Compressor[3] Yevropa Ittifoqi energiya standartlariga muvofiq “A” darajasiga erishishda kalit qismga aynaladi.
Yangi yuqori samarali AI invertorli kompressor aylanadigan qismlar radiusini kengaytirish uchun qayta dizaynlashtirilgan boʻlib, bu uning inersiyasini anʼanaviy kompressorga[4] qaraganda 4,1 barobar oshirish imkonini beradi. Yaʼni kompressor quvvatni uzoqroq ushlab turishi mumkin, shuning uchun sovitkichdagi haroratni oʻrtacha darajada ushlab turganda kamroq energiya sarflaydi. Shuningdek, kompressor yangi boshqaruv texnologiyasi tufayli shovqin darajasini anʼanaviy modelga[5] qaraganda 5 baravargacha tushirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkichi SmartThings Energy’ning[6] energiya tejash rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa energiya sarfini 15% gacha kamaytiradi.[7] SmartThings AI Energiya rejimi, shuningdek, foydalanuvchilarga kunlik, haftalik va oylik energiya sarfini osongina tekshirish va elektr toʻlovlarini hisoblab chiqish imkonini beradi. Agar energiya sarfi belgilangan meʼyordan oshib ketsa, energiyani faol ravishda tejashi rejimini yoqadi.[8] Bundan tashqari, u energiya sarfi va atrof-muhitga qarab kompressor tezligini va muzni eritish sikli chastotasini optimallashtirishi mumkin, bu esa foydalanuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini uzoqroq vaqt saqlashni taʼminlaydi.
Samsung, shuningdek, modelni sigʻimi va dizayni boʻyicha ham raqobatbardosh qilib yaratdi. Katta sigʻimli sovitkich imkoniyatlarini oshirish uchun Samsung kompaniyasi oʻz muzlatkichlarining merosi boʻlgan SpaceMax™ texnologiyasini qoʻllaydi. Sovitkich barqaror haroratni saqlab turgan holda sigʻimni oshirish uchun yupqa devorlar va samarali izolyatsiyadan foydalanadi. Qoʻshimcha sigʻim sovitkichning tashqi koʻrinishiga taʼsir qilmaydi, chunki sovitkichning umumiy nisbatan ixcham oʻlchami foydalanuvchilarning uylarida kengroq boʻshliq yaratadi.
Sovitkich oʻzining unumdorligi va sigʻim imkoniyatlaridan tashqari, zamonaviy uylarga mos keladigan zamonaviy estetik dizaynga ham ega. U toʻliq tekis eshik va sovitkichga uygʻun estetika baxsh etadigan ichkariga joylashtirilgan tutqichga ega. Gentle Lighting esa yorqinlikni boshqaradi va shuʼlalarning ham oldini oladi.
Mavjudligi
Energiya tejovchi katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkich mintaqaga qarab Yevropa, MDH, Oʻrta Sharq, Lotin Amerikasi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Kanada va Afrikada sotuvga chiqariladigan uchta sig‘imli variantda (538L, 508L va 458L) taqdim etiladi.
Sovitkich aprel oyidan boshlab Yevropa va boshqa mintaqalarda sotilishi kutilmoqda.
Samsung sovitkichlari va boshqa maishiy texnikalari haqida batafsil maʼlumot olish uchun Samsung.com saytiga tashrif buyuring.
[1] Kengligi 70 sm yoki undan uzun boʻlgan katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkich (“BMF”) qisqartmasi. Yevropada Extra Wide Fridge Freezer deb ataladi.
[2] RL435EFBAS8/EF modeli bilan solishtirganda.
[3] AI Energy rejimini yoqish uchun Wi-Fi tarmogʻi va SmartThings ilovasi zarur.
[4] Anʼanaviy S3 Samsung kompressorlari bilan solishtirganda ichki test asosida.
[5] IEC 60704 ga muvofiq ichki test asosida.
[6] Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.
[7] Sinov natijalari AI Energy rejimidan foydalanganda va AI Energy rejimidan foydalanmasdan dastlabki sozlamalardagi haroratni taqqoslash bilan oʻlchangan. Natijalar foydalanish muhiti va usuliga qarab farq qilishi mumkin.
[8] SmartThings “Maksimal rejim” va “Maxsus rejim”da saqlash algoritmini faollashtirishdan oldin bildirishnoma yuboradi.
TAGSAI Energy ModeBespoke AIHome AppliancesSmartThingsSmartThings EnergySpaceMaxWelcome to BESPOKE AI
Qurilmalar > Uy uchun
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.