Samsung foydalanuvchilarni telefon o‘g‘irlanishidan himoya qilish uchun yangi funksiyalarni yoqishga chaqirmoqda
Dunyo bo‘ylab smartfon o‘g‘irlanishi hollari ko‘payib borar ekan, Samsung Galaxy foydalanuvchilariga qurilmalarida mavjud eng so‘nggi xavfsizlik funksiyalarini faollashtirishni tavsiya qilmoqda. Bu yangilanishlar Samsung’ning foydalanuvchilarga yanada aqlli va kuchli himoya taqdim etish bo‘yicha qat’iy majburiyatini tasdiqlaydi.
Yengi OneUI bilan yangi xavfsizlik imkoniyatlari
Samsung yengi One UI yangilanishini taqdim etdi. Unda o‘g‘irlikdan himoya va qo‘shimcha anti-robbery funksiyalari mavjud bo‘lib, ular dastlab Galaxy S25 seriyasi bilan joriy etilgan va endi boshqa Galaxy smartfonlarida ham bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.
Asosiy yangilanish — Theft Protection (o‘g‘irlikdan himoya tizimi). Bu ko‘p bosqichli xavfsizlik choralari majmuasi bo‘lib, yuqori xavfli vaziyatlarda ham foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga yordam beradi.
Theft Protection imkoniyatlari:
- Theft Detection Lock — qurilma o‘g‘irlanishga xos harakatlarni (masalan, tortib olish) aniqlasa, ekran avtomatik ravishda qulflanadi.
- Offline Device Lock — telefon uzoq vaqt tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa, avtomatik qulflanadi.
- Remote Lock — qurilma o‘g‘irlanganda uni masofadan turib qulflash va qayta boshqaruvni qo‘lga olish imkonini beradi.
Yangi Anti-Robbery funksiyalari:
- Identity Check — begona joylarda xavfsizlik sozlamalarini o‘zgartirish uchun majburiy biometrik tasdiq talab qilinadi.
- Security Delay — biometrik ma’lumotlarni qayta o‘rnatishga urinish bo‘lsa, 1 soatlik kutish vaqti ishga tushadi. Bu foydalanuvchiga masofadan turib qurilmani qulflashga vaqt beradi.
Qanday qilib qurilmangizni masofadan himoya qilish mumkin:
- Samsung Find orqali qurilmangizni Lost Mode rejimida qulflash.
- Erase Data funksiyasi yordamida barcha ma’lumotlarni o‘chirish.
- Samsung va Google akkauntlari parolini yangilash orqali shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish.
- Qurilmaning oxirgi manzilini Samsung Find yoki Google Find My Device orqali kuzatish.
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
- Qurilmaga qo‘ng‘iroq qilish (hatto “ovozsiz” rejimda bo‘lsa ham).
- Akkumulyator quvvatini tejash rejimini yoqish.
- Galaxy Watch yoki Galaxy Buds orqali qurilmani topish.
Muhim eslatma
Agar qurilmangiz yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa:
- Yuqoridagi qadamlarni bajaring.
- Mahalliy huquq-tartibot idoralariga xabar bering.
- Mobil operatoringizga murojaat qilib, shartnomangizni vaqtincha bloklang.
Samsung foydalanuvchilarga qo‘shimcha ishonch berish uchun turli sug‘urta va himoya rejalarini ham taklif qiladi. Batafsil ma’lumot uchun Samsung.com saytiga tashrif buyuring.
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com