Samsung Galaxy A modellaridagi yon tugmani Direct Access’dan AI yordamchisiga kengaytirdi
Samsung va Google oʻrtasidagi hamkorlik tufayli koʻplab foydalanuvchilar Gemini'ni yanada intuitiv tarzda faollashtira oladigan boʻlishdi

Hozirda muayyan Galaxy A modellari uchun yon tugma orqali AI yordamchisini faollashtirish imkoni bor. Avval Galaxy S modellarida mavjud boʻlgan, muxlislarning ushbu sevimli funksiyasi boshqa foydalanuvchilarga ham yetkaziladi va bu Samsungʻning soʻnggi AI qulayliklarini hamma uchun ochiq qilishga yoʻnaltirilgan qarashlarini yanada kuchaytiradi. Ushbu yangilanishdan[1] keyin foydalanuvchilar oddiygina yon tugmani uzoq bosib turish orqali yanada aqlli AI qulayliklari boʻlgan Google’ning AI’ga asoslangan yordamchisi — Gemini’ni[2] tezda ishga tushira oladigan boʻlishdi. Shuningdek, Samsung Awesome Intelligence’ni[3] eng soʻnggi Galaxy A modellarida — Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G larda taqdim etdi. Bu yanada koʻp foydalanuvchilarga Galaxy’ning ajoyib mobil AI qulayliklarini ochib beruvchi, Galaxy muxlislarining sevimli AI funksiyalaridir. Bu songi yangilanish esa butun dunyo boʻylab Galaxy A foydalanuvchilari uchun yon tugma yordamida Gemini’ga bevosita kirish orqali kundalik vazifalarni intuitiv tarzda bajarishda yordam beradi.
Tezkorlik va hamyonboplik muvozanati bilan tanilgan Galaxy A modellari endi ushbu yangilanish orqali yanada aqlli mobil qulayliklarni taqdim etadi. Gemini’ni bir harakatda ochish orqali foydalanuvchilar osongina oʻz jadvallarini tekshirishlari, yaqin atrofdagi restoranlarni topishlari yoki ovozli buyruqlar yordamida tugʻilgan kun sovgʻasini tanlashda tavsiya olishlari mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar ilovalardagi vazifalarni[4] bir buyruq orqali tezda bajara olishadi. Masalan, Google Maps’dan kechki ovqat joyini topish va manzilni SMS ilovasi orqali doʻstga yuborish. Bu Samsung, Google va muayyan uchinchi tomon ilovalarida ham ishlaydi.
“Samsung va Google uzluksiz, intuitiv va mazmunli AI qulayliklarini taqdim etish, soʻnggi texnologiyalarni koʻplab foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq qilish uchun birga ishlamoqda”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining ijrochi prezident oʻrinbosari, Mobile eXperience Business va mijozlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim boshligʻi Jey Kim. “Galaxy A foydalanuvchilari endi sodda barmoq harakati orqali Gemini’ni tez va tabiiy ravishda faollashtira olishlaridan xursandmiz. Bu foydalanuvchilarga kundalik vazifalarni bajarishda aqlli tarzda yordam beradi degan umiddamiz”.
Gemini’ni bir zumda ochish imkoni kun davomida har qanday lahzada siz uchun AI yordamga tayyorligini anglatadi. Masalan, kechki ovqatni kech boʻlmasidan tezda rejalashtirish. Oddiy ovozli buyruq yordamida foydalanuvchilar Gemini’ga “Yaqin-atrofdan terrasada joylashtirilgan oʻrindiqli, uy hayvonlari uchun qulay boʻlgan fransuz restoranlarni top” deb aytishi va bir necha soniya ichida takliflarni olishi mumkin. Bu birorta soʻz termasdan joy tanlash va uni doʻstlar bilan baham koʻrishni osonlashtiradi.
Dasturiy taʼminot yangilanishlari may oyining boshidan muayyan Galaxy A modellarini uchun butun dunyo boʻylab tarqaldi.
Galaxy A modellari haqida batafsil maʼlumot olish uchun ushbu manzilga tashrif buyuring: Samsung.com, Samsung Newsroom
| [1] Mavjudligi va qoʻllab-quvvatlanadigan funksiyalar bozor, operator va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Bu yangilanish faqat One UI 7 bilan ishlaydigan Galaxy A56 5G, A55 5G, A54 5G, A36 5G, A35 5G, A34 5G, A26 5G, A25 5G, A25e 5G va A24 modellarida mavjud boʻladi va may oyida chiqarilishi rejalashtirilgan. Vaqti oʻzgarishi mumkin.
[2] Internet tarmogʻi va mos operatsion tizim talab qilinadi. Mavjudligi qurilma, mamlakat/mintaqa va tilga qarab oʻzgarishi mumkin. [3] Awesome Intelligence Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G qurilmalarida mavjud. Awesome Intelligence funksiyalari mavjudligi mamlakat/mintaqa, One UI/OS versiyasi, qurilma modeli va operatorga qarab farq qilishi mumkin. [4] Internet tarmogʻi va Google akkauntiga kirish talab qilinadi. Xizmat mavjudligi mamlakat/mintaqa, til va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Mos ilovalarda ishlaydi. Obunaga qarab funksiya mavjudligi va natijalar farq qilishi mumkin. Muayyan funksiyalar yoki ilovalar uchun sozlash talab qilinishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanmaydi. |
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com