Samsung Galaxy A55 5G va Galaxy A35 5G: ajoyib innovatsiyalar va xavfsizlik hamma uchun yaratilgan

19/03/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Takomillashgan xavfsizlik funksiyalari va yanada yorqinroq displey bilan yangi Galaxy A modellari mobillikni hamma uchun ochiq deb eʼlon qiladi

 

 

Samsung Electronics bugun Galaxy A55 5G va Galaxy A35 5G smartfonlarini taqdim etdi. Ular Samsung kompaniyasining eng sara mobil innovatsiyalarini hamma uchun ochiq qilishga sodiqligini yorqin namoyish qiladi. Ikkala qurilma ham Knox Vault’ning keng qamrovli xavfsizlik funksiyalari, shuningdek, Galaxy flagman kamerasi innovatsiyalaridan ilhomlangan yangi fotografiya imkoniyatlari va Vision Booster yordamida foydalanuvchilarning atrofiga moslashadigan ajoyib displey bilan birga keladi.

 

“Galaxy A modellari bilan biz eng soʻnggi texnologiyalarimizni yanada kengroq auditoriyaga taqdim etmoqdamiz. Biz eng sara texnologiyalarimizdan hamma foydalanishini istaymiz”, dedi Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti va Mobile eXperience Business rahbari TM Roh. “Biz bu yil Galaxy A modellari bilan foydalanuvchilarga yanada keng imkoniyatlar taqdim etishimizdan juda xursandmiz. Ayniqsa, Samsung Knox Vault’ni ushbu modellarda birinchi bor ishga tushirmoqchimiz. Biz Galaxy A modellari foydalanuvchilariga ajoyib mobillikdan xavfsiz va ishonchli holda bahramand boʻlish imkonini berishimizdan faxrlanamiz.

 

Serqirra fotografiya va ajoyib displeyga ega oʻyin-kulgi va ijod markazi

Takomillashgan Nightography bilan Galaxy A55 5G yorugʻlik past boʻlgan sharoitda ham tiniq va jonli suratlar olish imkoniga ega boʻlasiz. Endi tunda olingan har bir surat epik darajaga chiqishi mumkin. Galaxy A55 5G tasvir signallarini qayta ishlovchi (ISP) ilg‘or AI funksiyasi Galaxy A modellarida oldin hech kuzatilmagan ajoyib tasvirlarni past yorug‘likda ham ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Tasvirda fon manzarasigina ajoyib koʻrinishga ega boʻlib qolmaydi. Tungi portret rejimi va 12 bitli HDR video har bir rasmda odamlarning ham yorqin tasvirini saqlab qoladi, shunda doʻstlar va oila aʼzolari bilan xotiralarni suratga olish uchun mukammal yorugʻlik muhitini izlab oʻtirish shart boʻlmay qoladi.

 

Galaxy A55 5G ham, Galaxy A35 5G ham Samsung Galaxy’ning hamma biladigan ajoyib fotografiya imkoniyatlarini taqdim etadi. Jumladan optik tasvir barqarorligi (OIS) va raqamli video tasvir barqarorligi (VDIS) kabi funksiyalari yo‘lda suratga olish paytida ham fotosuratlar va videolarni tiniq va barqaror holatda saqlaydi.

 

Ushbu yangi chiqqan qurilmalar Galaxy A modellarining qiziqarli va immersiv mobillikni hamma uchun ochiq qilish anʼanasini davom ettiradi. Foydalanuvchilar FHD oʻlchamida hayratlanarli aniqlikni koʻrsatuvchi Super AMOLED displeylari bilan soʻnggi kinolarni tomosha qilish yoki ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni koʻrishdan toʻliq zavqlana olish imkoniga ega boʻlishadilar. Shuningdek, Vision Booster tufayli Galaxy A55 5G va Galaxy A35 5G ning 6,6 [1] dyuymli ekrani har xil yorug‘lik sharoitlariga qaramasdan tiniq va yorqin displeyni taʼminlashi bilan foydalanuvchilarning ishonchini oqlaydi.

 

 

Samsung’ning eng kuchli xavfsizlik innovatsiyalarini hammaga ochiq qilish orqali yanada koʻp mijozlarni aqlli ravishda uzoq muddat muhofaza qilish

Bu yil Samsung oʻzining eng innovatsion flagman xavfsizlik funksiyalaridan biri — Samsung Knox Vault‘ni birinchi bor Galaxy A modellari foydalanuvchilariga, jumladan, yangi Galaxy A55 5G va Galaxy A35 5G uchun taqdim etmoqda. Apparatga asoslangan va zarbabardosh xavfsizlik yechimi Samsung Knox Vault tizimning asosiy protsessori va xotirasidan jismonan ajratilgan xavfsiz muhitni yaratish orqali ham apparat, ham dasturiy taʼminot hujumlaridan keng qamrovli himoyani taʼminlaydi. U qurilmadagi eng muhim maʼlumotlarni, jumladan, ekranlarga qoʻyiladigan PIN kodlar, parollar va grafik parollar kabi maʼlumotlarni himoya qilishga yordam beradi. Shuningdek, Samsung Knox Vault qurilmada saqlangan foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini shifrlab, qurilmadagi shifr kalitlarini ham himoya qiladi. Qurilma yoʻqolgan yoki oʻgʻrilangan taqdirda ham qulflangan ekran maʼlumotlarini biladigan qurilma egasigina oʻz maʼlumotlariga ega chiqa oladi.

 

Galaxy A55 5G va Galaxy A35 5G Galaxy’ning ko‘p qatlamli xavfsizlik platformasi — Samsung Knox tomonidan himoyalangan. Dunyodagi eng ishonchli xavfsizlik platformalaridan biri boʻlgan Samsung Knox butun Galaxy ekotizimida yaxlit yondashuvni qoʻllagan holda koʻp tomonlama xavfsiz apparat bilan real vaqtda tahdidlarni aniqlash va kollaborativ himoyalash orqali muhim maʼlumotlarni muhofaza qilish va zaif boʻshliqlarni yopish uchun moʻljallangan.

 

Himoya qilishning boshqa usullari uchun Galaxy A modellari Auto Blocker — qo‘shimcha xavfsizlik choralari to‘plamini taklif qiladi. Auto Blocker yoqilganda u ruxsatsiz manbalardan ilovalarni oʻrnatishni taqiqlaydi, potensial zararli dasturlarni skanerlash uchun ilovalarni virusga tekshiradi [2] hamda USB kabel orqali ulanganda qurilmangizga potensial zararli buyruqlar va dasturiy taʼminotni oʻrnatish buyruqlarini bloklash qobiliyatlariga ega. Yangi Galaxy A modellari foydalanuvchilari Galaxy xavfsizlik va maxfiylik boshqaruv panelidan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa ularning ma’lumotlari holatini ko‘rish va nazorat qilishni yanada osonlashtiradi hamda istalgan vaqtda berilgan ruxsatlarni qaytarib olish imkoniga ega boʻladilar. Foydalanuvchilar, shuningdek, muhim shaxsiy yoki moliyaviy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maxfiy fayllarni xavfsiz va shifrlangan holda oʻzaro almashish imkonini beruvchi Private Sharing (Quick Share funksiyasining bir qismi) funksiyasidan bahramand boʻladilar. Maxfiylikni taʼminlash uchun foydalanuvchilar qabul qiluvchining kirish ruxsatlari va faylning amal qilish muddatini boshqarishlari mumkin, shu bilan birga skrinshotlar yoki yuklab olishni cheklashi ham mumkin.

 

Yangi Galaxy A modelidagi smartfonlar Samsung kompaniyasining Galaxy qurilmalarining uzoq vaqt davomida xavfsizlik va yangilanishlarni taʼminlashga sodiqligini namoyish etadi. Galaxy A55 5G va Galaxy A35 5G bilan foydalanuvchilar Android OS va One UI yangilanishlarining to‘rt avlodigacha va besh yillik xavfsizlik yangilanishlaridan bahramand boʻlishadilar, bu esa qurilmalarni eng so‘nggi Galaxy va Android funksiyalari bilan jihozlash orqali ularning ishlash muddatini optimallashtiradi.

 

 

Doimiy kengayib borayotgan Samsung Galaxy ekotizimlari bilan uzluksiz bogʻlanish

Galaxy A55 5G va Galaxy A35 5G Galaxy ekotizimi bilan to‘liq moslasha oladi va foydalanuvchilarga Galaxy qurilmalari oʻrtasida yengil va integratsiyalashgan qulaylikni taqdim etadi. Foydalanuvchilar Galaxy Fit3 yoki Galaxy Watch6 ni Galaxy A smartfoniga ulab, fitnes maqsadlarida ishlatishlari mumkin. Auto Switch funksiyasi tufayli kiruvchi qo‘ng‘iroqlar avtomatik ravishda oʻzaro bogʻlangan Galaxy Buds FE’ga yoʻnaltiriladi va telefon qoʻngʻiroqlarini qulaylashtiradi.

 

Samsung Galaxy A55 5G, Galaxy A35 5G va boshqa Galaxy smartfonlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun ushbu manzillarga tashrif buyuring: Samsung Newsroom, Samsung Mobile Press va Samsung.com.

 

Qurilmalarning texnik xususiyatlari

 

Galaxy A55 5G
Displey 6.6 dyuym FHD+

 

Super AMOLED displey

120Hz gacha yaniglanish chastotasi

Vision Booster

* Diagonal oʻlcham boʻyicha, ekran oʻlchami toʻliq toʻrtburchakda 6.6 dyuym va aylana ramkani hisobga olganda 6.4 dyuym; koʻrinadigan displey oʻlchami qurilmaning aylana burchaklari va kamera teshigi tufayli kichikroq.
Hajm va ogʻirlik 161.1 x 77.4 x 8.2mm, 213g
* Bozorga qarab qurilma ogʻirligi oʻzgarishi mumkin.
Kamera 12MP ultra keng kamera

• F2.2

50MP asosiy kamera

• F1.8, AF, OIS

5MP makro kamera

• F2.4

32MP old kamera

• F2.2

Tezkor xotira va doimiy xotira 8GB + 128GB

8GB + 256GB

12GB + 256GB

* Xotira opsiyalari va mavjudligi diler, bozor yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Ishlatish uchun mavjud doimiy xotira oldindan oʻrnatilgan dasturiy taʼminotlarga qarab farq qilishi mumkin.
Batareya 5,000mA/soat (odatiy)
* Keltirilgan odatiy sigʻim uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan oʻtgan. Odatiy sigʻim IEC 61960 standarti asosida sinovdan oʻtgan batareya namunalari orasida batareya sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgandagi odatiy oʻrtacha sigʻimdir. Baholangan (minimal) sig‘im 4905 mA/soatga teng. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab oʻzgarishi mumkin.
Operatsion tizim Android 14

One UI 6.1

Xafsizlik Samsung Knox

 

Galaxy A35 5G
Displey 6.6 dyuym FHD+

 

Super AMOLED displey

120Hz gacha yaniglanish chastotasi

Vision Booster

* Diagonal oʻlcham boʻyicha, ekran oʻlchami toʻliq toʻrtburchakda 6.6 dyuym va aylana ramkani hisobga olganda 6.4 dyuym; koʻrinadigan displey oʻlchami qurilmaning aylana burchaklari va kamera teshigi tufayli kichikroq.
Hajm va ogʻirlik 161.7 x 78 x 8.2mm, 209g
Kamera 8MP ultra keng kamera

• F2.2

50MP asosiy kamera

• F1.8, AF, OIS

5MP makro kamera

• F2.4

13MP old kamera

• F2.2

Tezkor xotira va doimiy xotira 6GB + 128GB

8GB + 128GB

8GB + 256GB

* Xotira opsiyalari va mavjudligi diler, bozor yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Ishlatish uchun mavjud doimiy xotira oldindan oʻrnatilgan dasturiy taʼminotlarga qarab farq qilishi mumkin.
Batareya 5,000mA/soat (odatiy)
* Keltirilgan odatiy sigʻim uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan oʻtgan. Odatiy sigʻim IEC 61960 standarti asosida sinovdan oʻtgan batareya namunalari orasida batareya sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgandagi odatiy oʻrtacha sigʻimdir. Baholangan (minimal) sig‘im 4905 mA/soatga teng. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab oʻzgarishi mumkin.
Operatsion tizim Android 14

One UI 6.1

Xavfsizlik Samsung Knox

* Texnik xususiyatlar bozorga qarab oʻzgarishi mumkin.
* Ushbu hujjatda keltirilgan barcha funksionallik, xususiyatlar, texnik xususiyatlar va mahsulotning boshqa maʼlumotlari, shu jumladan, mahsulotning afzalliklari, dizayni, narxi, komponentlari, tezkorligi, mavjudligi va imkoniyatlari ogohlantirilmasdan oʻzgartirilishi mumkin.

 

[1] Diagonal oʻlcham boʻyicha, ekran oʻlchami toʻliq toʻrtburchakda 6.6 dyuym va aylana ramkani hisobga olganda 6.4 dyuym; koʻrinadigan displey oʻlchami qurilmaning aylana burchaklari va kamera teshigi tufayli kichikroq.

[2] Bu modellar joriy paytda AQSh dilerlarida mavjud emas.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Yuklab olish

  • Galaxy-A55-5G-and-A35-5G_dl1.jpg

  • Galaxy-A55-5G-and-A35-5G_dl2.jpg

  • Galaxy-A55-5G-and-A35-5G_dl3.jpg

  • Galaxy-A55-5G-and-A35-5G_dl4.jpg

  • Galaxy-A55-5G-and-A35-5G_dl5.jpg

  • Galaxy-A55-5G-and-A35-5G_dl6.jpg

  • Galaxy-A55-5G-and-A35-5G_dl7.jpg

  • Galaxy-A55-5G-and-A35-5G_dl8.jpg

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga