Samsung Galaxy S23 FE, Galaxy Tab S9 FE va Galaxy Buds FE yanada ko‘proq foydalanuvchilarga betakror imkoniyatlarni taqdim etadi

30/10/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

FE seriyasidagi yangi qurilmalar yangicha brend dizaynlarini, zamonaviy kamera va sifatli audioni hamda kuchli unumdorlikni o‘zida mujassam etgan.

Samsung Galaxy ekotizimiga qo‘shimcha sifatida eng so‘nggi FE seriyalarini — yangi Galaxy S23 FE, Galaxy Tab S9 FE va S9 FE+ hamda Galaxy Buds FE’larni qo‘shishni ommaga e’lon qiladi. Yangi modellarning hammaga taniqli va chidamkor dizaynlari, o‘ta tezkorligi, eng so‘nggi kamera va audio texnologiyalari va boshqa ko‘p xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan ushbu qurilmalar shu kungacha chiqqan FE seriyasining ichida eng ajoyib qurilmalaridan bo‘lib qoladi. Galaxy flagman qurilmalarini ilk bor sinab ko‘rishni istaganlar uchun yangi FE smartfonlari mukammal taklifdir.

“Biz — Samsung har bir kishining turmush tarziga mos keladigan ajoyib mobil mahsuldorlikni taqdim qilish orqali jahon darajasidagi innovatsiyalarni yetkazishga sodiqmiz”, dedi Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti va Mobile eXperience Business rahbari TM Roh. “Bizning yangi FE seriyasidagi qurilmalarimiz yakka tarzda yoki o‘zaro bog‘langan ekotizimning bir qismi sifatida Galaxy foydalanuvchilariga o‘zlarining ijodkorlik va mahsuldorligini maksimal darajada oshirish imkonini beruvchi olomonni quvontiradigan premium imkoniyatlarga ega”.

 

 

 

 

 

Galaxy S23 FE: Galaxy S seriyasining brend dizayni, professional darajadagi kamera sifati va qotishlarsiz o‘yin imkoniyatlari har bir kuningizni yuksaltirish uchun mo‘ljallangan

 

Galaxy S23 FE qurilmasi S seriyasining dizayniga sodiq qolgan holda o‘zining yangi ravon kamerasi va IP68[1] suv va changga chidamliligi bilan himoyalangan premium qoplamada yanada silliq displeyga ega. Bundan tashqari, u qayta ishlangan material va qadoqlardan ishlab chiqarilgan, bu ularga chidamlilik, funksionallik va barqarorlikni ta’minlaydi. Yangicha va jonli ranglarda taqdim etilgan Galaxy S23 FE har bir foydalanuvchi didiga mos keladigan keng ranglar tanloviga ega.

Galaxy S23 FE’ning ajoyib surat va videolarni olishga yordam beradigan professional darajadagi kamera xususiyatlari bilan har kungi lahzalaringizni jonlantiring. 50 megapikselli yuqori aniqlikdagi obyektiv va 3X optik zum bilan har bir suratga olingan sahnada tiniqlikni kuzating. Qorong‘i tushgach, Galaxy S23 FE’dagi Nightography texnologiyasi sizga jonli ranglarda tiniq selfi va portretlar olish imkonini beradi. Kengaytirilgan raqamli tasvir barqarorligi (VDIS) bilan optik tasvir stabilizatoriga (OIS) ega orqa kameradan foydalanib, yurgan yo‘lingizda tiniq sifatli suratlar oling.

Ortiqcha o‘ylanmasdan ulashsa bo‘ladigan kontentni yaratish haqida gap ketganda Galaxy S23 FE mobil tahrirlash studiyasi vazifasini o‘taydi. Pro rejimida kadrga tushirish tezligi, diafragma, ISO va boshqa kamera xususiyatlarini boshqarish elementlari sizning xohishingizga ko‘ra istalgancha sozlanishi mumkin. Camera Assistant ilovasi[2] bilan kamerani istagancha sozlab, suratlarni oling va bu jarayonni yanada yoqimli qilish uchun qaysi avtomatlashtirilgan funksiyalardan foydalanishni tanlang. Yaratish va sozlash erkinligiga ega Galaxy S23 FE kamerasida endilikda ijodkorligingizni oshirishga yordam berishda sun’iy intellekt orqali boshqariladigan tahrirlash vositalari mavjud.

O‘yin va strim uchun Galaxy S23 FE kuchli protsessorining issiqlik tarqatuvchi trubalari har qanday og‘ir ishlarni tezlashtiradi hamda qurilmadagi haroratni nazorat qilish va ish faoliyatini barqarorlashtirishga yordam beradi. Uzoq muddatli 4500 mA/soat quvvatiga ega batareya energiyani tejash uchun intuitiv tarzda sozlanadi hamda 25 W adapter[3] bilan qurilma atigi 30 daqiqada 50 foizgacha quvvatlanadi. Bu qudratning barchasi yorqin, o‘ta silliq 6,4 dyuymli[4] Dynamic AMOLED 2X displeyda aks etadi. Turgan joyingizni hisobga olgan holda Galaxy S23 FE’dagi Vision Booster texnologiyasi yorqin muhitni avtomatik ravishda aniqlab, xuddi flagman modellari kabi ekranni jonli holatda saqlab turadi.

Galaxy S23 FE seriyalari zamonaviy yorqin ranglarda mavjud. Xususan, yalpiz rang, qaymoqrang, grafit va binafsha kabi ranglarda sotuvda mavjud.

 

 

 

 

Galaxy Tab S9 FE va Tab S9 FE+: katta ekran, IP68 standarti va S Pen’ning ijodkorlik va mahsuldorlikni oshirish imkoniyatlari

 

Ilhomingiz kelib qolganda Galaxy Tab S9 FE va S9 FE+ birlamchi uzluksiz mahsuldorlik, ifodali ijodkorlik va o‘yin-kulgi manbayini taqdim etadi. Ikkita portativ va kuchli qurilmani tanlash imkoniyati borligi tufayli yanada ko‘proq foydalanuvchilar Galaxy Tab S seriyasining serqirraliligiga o‘zlari amin bo‘lishlari mumkin. Qurilma bilan raqamli ijodkorlar, tadbirkorlar, band talabalar, rassomlar, geymerlar va boshqalar o‘zlarining nimalarga qodirligini aniqlay oladilar va oldingi FE seriyasidagi qurilmalarga qaraganda takomillashgan qurilma tezligi va yanada kuchli protsessor bilan[5] ishlash imkoniga ega bo‘ladilar.

90 Hz gacha moslashuvchan avtomatik displeyni yangilash chastotasiga ega Galaxy Tab S9 FE’ning 10,9 dyuymli va Tab S9 FE+’ning 12,4 dyuymli displeylarida[6] tezkor va immersiv tomosha va ijodkorlikni uyda, ishda, kampusda va hatto parklarda ham amalga oshirish mumkin. Quyosh nuri Vision Booster’ni yuta olmaydi: tashqi muhitda rang va kontrastni barqarorlashtirish orqali ekranning ayniqsa qorong‘i qismlarida ko‘rinish yaxshilanadi. Yangi Galaxy Tab S9 seriyasida bo‘lgani kabi Tab S9 FE va Tab S9 FE+ ham IP68 standartiga ega[7], bu qurilma chidamkorlik, sizga esa xotirjamlik bag‘ishlaydi. Bundan tashqari, Tab S9 FE+’ning bir quvvatlashda 20 soatgacha[8] video tomosha qilish imkoniyatini beruvchi katta sig‘imli batareyasi tufayli ish va o‘yin chog‘ida quvvatlagich oldida o‘tirishingizga to‘g‘ri kelmaydi.

G‘oya va eslatmalaringizni Galaxy bilan bir qutida keladigan IP68 standartli S Pen bilan yozib olish nihoyatda oson. Galaxy Tab S9 seriyasi singari Tab S9 FE va S9 FE+ ham turli xil ijodiy vositalar va ilovalarni, jumladan Goodnotes[9], LumaFusion[10], Clip Studio Paint[11] va boshqalar kabi muxlislarning sevimli ilovalarini o‘z ichiga oladi. Qurilma xotirasini ikki baravargacha oshirish, shuningdek, microSD orqali[12] 1 TB’gacha yangilash imkoniyati bilan qaydlaringizni, sketchlar, videolar va boshqalarni osongina saqlang.

Galaxy Tab S9 FE seriyasi to‘rt xil zamonaviy ranglarda sotuvga chiqariladi[13]: yalpiz, kumush, kulrang va lavanda ranglarida.

 

 

 

 

 

 

Galaxy Buds FE: professional ovoz, shovqinni bekor qiluvchi takomillashgan texnologiya va ergonomik dizayn bilan ajoyib audio sifatini yanada ko‘p foydalanuvchilarga yetkazamiz

 

Galaxy Buds FE yanada ko‘proq foydalanuvchilarga Samsung’ning sanoatdagi yetakchi ovoz sifatini taqdim etadi. Uning kuchli bass tovushlari keng va boy tovush chastotalariga ega. Bu esa sizga musiqadan kompozitor ko‘zlagan sifatda zavqlanish imkonini beradi. Takomillashgan shovqinni bekor qilish (ANC) va atrof-muhit tovushi texnologiyalari (Ambient Sound) esa siz yoqtirgan tovushlarni ko‘proq va yoqtirmaydiganlaringizni kamroq eshitish imkoni ham paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, uchta ilg‘or mikrofon tizimining avtomatik sozlanuvchi fazoviy filtrlovchisi sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan chuqur neytral tarmoq (DNN) bilan birgalikda telefon qo‘ng‘iroqlarini tiniqlashtirish uchun ovozingizni fon shovqinidan ajratib turadi.

Buds seriyasidagi eng katta batareya sig‘imiga ega Galaxy Buds FE quloqchinlari faol holatda 8,5 soatgacha va quvvatlash qutisi bilan birga jami 30 soatgacha ishlashni ta’minlaydi.[14] ANC’dan foydalanganda ham quloqchinlar 6 soatgacha, quvvatlash qutisi bilan jami 21 soatgacha ishlashi ta’minlanadi. Seriyaning hammaga tanish va ergonomik dizaynidan ilhomlangan Galaxy Buds FE modeli uzoq muddat quloqlaringizda turishi qulay bo‘lishi uchun puxta ishlangan va quloqlaringizga mos tushishi uchun uch xil o‘lchamdagi quloqchin ambushyurasi (ear tips) va ikki xil o‘lchamdagi quloqchin tana rezinkalari (wing tips) bilan birga keladi.

Galaxy Buds FE ikki xil zamonaviy ranglarda sotuvda mavjud: grafit va oq ranglarda.[15]

 

 

O‘zaro bevosita bog‘langan yaxlit Galaxy ekotizimi

 

Yangi FE qurilmalari bilan endilikda o‘zaro bog‘langan Galaxy ekotizimining bor qudratidan foydalanish oldingidan-da osonroq. Multi Control[16] yordamida mahsuldorlik intuitiv darajaga chiqadi. Bu foydalanuvchilarga kontentni bir nechta Galaxy qurilmalari o‘rtasida drag&drop orqali osongina bo‘lishish imkonini beradi. Smartfon va planshet o‘rtasida nusxalash va joylashtirish yoki drag&drop qilish imkoni mavjud. Ijod qilishga ilhom kelganida tahrirlashni osonlashtirish uchun video yoki rasmlarni Quick Share yordamida smartfondan planshetga o‘tkaza olasiz.

O‘yin-kulgiga sho‘ng‘ish vaqti kelganida Galaxy Buds FE mukammal hamrohingiz bo‘la oladi. Auto Switch smartfon, planshet va hatto soat hamda televizor o‘rtasida foydalanganlik statistikangiz asosida ovozni avtomatik ravishda almashtiradi va qo‘lda sozlashni talab qilmaydi.[17] Shuningdek, SmartThings Find sizga qoldirib ketgan Buds quloqchinlaringizni kuzatishda yordam beradi va agar ulardan uzoqlashsangiz, ilova sizga bu haqda ishora beradi.[18]

Ushbu barcha qurilmalar va bog‘lanuv imkoniyatlarining bari Samsung’ning maxfiylik va shaxsiy ishingizni ta’minlash majburiyatiga sodiq qoladi. Galaxy S23 FE va Galaxy Tab S9 FE seriyalari Samsung Knox himoyasi bilan ta’minlangan, ya’ni shaxsiy ma’lumotlaringiz doimiy ravishda maxfiyligicha saqlanib turadi.

 

 

 

 

Sayyoramizga g‘amxo‘rlik ila yaratilgan

 

Eng so‘nggi FE qurilmalari bilan Samsung o‘zining butun ekotizimda so‘nggi maqsadli innovatsiyalarini kengaytirish orqali atrof-muhitga bo‘lgan mehr-sadoqatini oshirmoqda.

Galaxy S23 FE qurilmasining ichki va tashqi komponentlarida[19] turli xil qayta ishlangan materiallar[20] mavjud, xususan, iste’molga chiqmagan qayta ishlangan alyuminiy va shisha, tashlab yuborilgan baliq ovlash to‘rlari, suv bochkalari va PET butilkalardan olingan qayta ishlangan plastmassalar shular jumlasidan.

Galaxy Tab S9 FE seriyasi ham qayta ishlangan materiallardan iborat. Qurilmaning ichki va tashqi komponentlari[21] uchun iste’molga chiqmagan qayta ishlangan alyuminiy va iste’moldan keyin qayta ishlangan plastmassalardan foydalanilgan.

Yangi Galaxy S23 FE va Galaxy Tab S9 FE seriyalari to‘rtta avlod operatsion tizimi yangilanishi va besh yillik xavfsizlik yangilanishlarini qabul qilishga mo‘ljallangan. Qurilma yaroqliligini oshirish uchun foydalanuvchilar Samsung Care+[22] kabi xizmatlardan ham foydalanishlari mumkin. Bu xizmat qurilma tasodifiy shikastlanishlarga uchraganda ta’mirlash va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

Sayyoramiz uchun yanada katta ijobiy ta’sirni ko‘rsatish smartfon va planshetlar bilangina cheklanmaydi. Galaxy Buds FE’ning mahsulot dizaynida tashlab ketilgan baliq ovlash to‘rlari va suv bochkalariga qayta ishlov berish orqali olingan plastmassalardan foydalanilgan.[23]

 

 

 

 

Galaxy S23 FE

Displey 6.4 dyuymli FHD+

Dynamic AMOLED 2X displey

Super silliq, 120 Hz gacha chiquvchi displey yangilanish chastotasi (60~120 Hz)

*Diagonalda o‘lchangan. Aylana burchaklar va kamera teshigi tufayli displeyning asl maydoni kichikroq.
O‘lchamlar & og‘irligi 76.5 x 158 x 8.2 mm, 209 g
Kamera 12 MP ultra keng kamera

·        F2.2, 123° ko‘rish burchagi

50 MP keng kamera

·        F1.8, 84° ko‘rish burchagi

·        Moslashuvchan piksellar (Adaptive Pixel)

8 MP telefoto kamera

·        3x optik zum, F2.4 32° ko‘rish burchagi

10 MP old kamera

·        F2.4, 80° ko‘rish burchagi

 

Ilova protsessori (AP)

Takomillashgan 4 nanometrli protsessor
  *Bozor va dilerga qarab o‘zgarishi mumkin.
Tezkor xotira & doimiy xotira 8 GB + 128 GB

8 GB + 256 GB

*Bo‘sh xotira sig‘imi oldindan o‘rnatilgan ilovalar tufayli o‘zgaradi.

*Xotira tanlovi bozorga qarab o‘zgarishi mumkin.

Batareya 4,500 mA/soat
*Keltirilgan odatiy sig‘im uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan o‘tgan. Odatiy sig‘im IEC 61960 standarti asosida sinovdan o‘tgan batareya namunalari orasida batareya sig‘imidagi og‘ishlarni hisobga olgandagi odatiy o‘rtacha sig‘imdir. Sinalgan (minimum) sig‘im 4,370 mA/soatga teng. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.
Quvvatlash* Simli quvvatlash*: 25 W adapterda 30 daqiqalarda 50% gacha quvvatlanadi**

Tezkor simsiz quvvatlash 2.0***

Simsiz quvvat ulashish (PowerShare)****

*Simli quvvatlash QC2.0 va AFC’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
**25 W quvvatlagich adapteri alohida sotiladi. Samsung tomonidan tasdiqlangan quvvatlagich va kabellardangina foydalaning.
***Simsiz quvvatlash WPC’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
****Simsiz quvvat ulashish Samsung qurilmalari bilangina cheklanadi yoki Qi simsiz quvvatlashga ega boshqa smartfon brendlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung qurilmalaridan Galaxy S23 Ultra, S23+, S23, Z Fold 5, Z Fold 4, Z Flip4, S22 series, Z Fold3 5G, Z Flip 5, Z Flip3 5G, S21 FE 5G, S21 series, Z Fold2, Note20 series, S20 series, Z Flip, Note10, Note10+, S10e, S10, S10+, Fold, S9, S9+, S8, S8+, S8 Active, S7, S7 edge, S7 Active, S6, S6 edge, S6 Active, S6 edge+, Note9, Note8, Note FE and Note5 kabi qurilmalar qo‘llab-quvvatlanadi. Taqiladigan Samsung qurilmalaridan ayrimlarigina qo‘llab-quvvatlanadi: Galaxy Buds2 Pro, Buds2, Buds Pro, Buds Live, Watch5, Watch5 Pro, Watch4, Watch4 Classic, Watch3, Watch Active2, Watch Active, Gear Sport, Gear S3, Galaxy Watch va Galaxy Buds kabilar. Agar batareya 30% dan kam bo‘lsa, simsiz quvvat ulashish ishlamasligi mumkin. Ma’lum aksessuar, g‘ilof, boshqa brend qurilmalari yoki taqiladigan Samsung qurilmalari bilan ishlamasligi mumkin. Simsiz quvvat ulashish paytida tarmoq muhitingizga qarab qo‘ng‘iroqlar yoki ma’lumotlar almashinuvi xizmatlari ta’sir ostida bo‘lishi mumkin.
Operatsion tizim Android 13
Tarmoq va radio tizimlar  5G*, LTE**, Wi-Fi 6E***, Wi-Fi Direct Bluetooth® v 5.3
*Barqaror 5G tarmoq signalini talab qiladi, ma’lum bozorlarda mavjud. Batafsil ma’lumot va 5G mavjudligini operatoringizdan so‘rang. Yuklab olish va strim qilish tezligi kontent provayderi, server barqarorligi va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.

**LTE’ga ega model mavjudligi bozor va dilerlarga qarab o‘zgarishi mumkin. Tarmoq asl tezligi bozor, operator va iste’molchi muhitiga qarab o‘zgarishi mumkin.

***Wi-Fi 6 tarmog‘i mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va iste’molchi muhitiga qarab o‘zgarishi mumkin. Barqaror signal talab qilinadi. Wi-Fi 6 modelli router kerak bo‘ladi.

Xavfsizlik Samsung Knox, Samsung Knox Vault
Suvga chidamlilik IP68
*IP68 standarti: laboratoriya sinovlari muhitida sinalgan. 1,5 metrgacha chuchuk suvda 30 daqiqagacha suvga chidamli hamda chang, kir va qumdan himoyaga ega. Qurilma namlangach quriting. Plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changga chidamliligi doimiy emas va vaqt o‘tishi bilan chidamlilik darajasi pasayishi mumkin

 

 

Galaxy Tab S9 / S9 FE+
  Galaxy Tab S9 FE Galaxy Tab S9 FE+
Displey 10.9 dyuymli, LCD

(90 Hz gacha)

12.4 dyuymli, LCD

(90 Hz gacha)

*Aylana burchaklarni hisobga olmagan holda to‘liq to‘rtburchak holatida diagonalda o‘lchangan. Aylana burchaklar va kamera teshigi tufayli displeyning asl maydoni kichikroq.
O‘lchamlar & og‘irligi 165.8 x 254.3 x 6.5 mm, 523 g (Wi-Fi), 524 g (5G) 185.4 x 285.4 x 6.5 mm, 627 g (Wi-Fi), 628 g (5G)
Kamera 8 MP orqa kamera

12 MP ultra keng old kamera

8 MP orqa kamera + 8 MP ultra keng orqa kamera

12 MP ultra keng old kamera

Ilova protsessori (AP) 8 yadroli protsessor
Tezkor xotira & doimiy xotira 6 GB + 128 GB

8 GB + 256 GB

8 GB + 128 GB

12 GB + 256 GB

*Bo‘sh xotira sig‘imi oldindan o‘rnatilgan ilovalar tufayli o‘zgaradi.

*Xotira tanlovi bozorga qarab o‘zgarishi mumkin.

Batareya 8,000 mA/soat 10,090 mA/soat
*Keltirilgan odatiy sig‘im uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan o‘tgan. Odatiy sig‘im IEC 61960 standarti asosida sinovdan o‘tgan batareya namunalari orasida batareya sig‘imidagi og‘ishlarni hisobga olgandagi odatiy o‘rtacha sig‘imdir. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.
*Simli quvvatlash QC2.0 va AFC’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
**45 W quvvatlagich adapteri alohida sotiladi. Samsung tomonidan tasdiqlangan quvvatlagich va kabellardangina foydalaning.
Operatsion tizim Android 13
Tarmoq va radio tizimlar 5G*, LTE**, Wi-Fi 6, Wi-Fi Direct Bluetooth® v 5.3
*5G xizmatlari 5G taqdim etiladigan nuqtalardagina mavjud. Barqaror 5G signali talab qilinadi. Tarmoq asl tezligi bozor, operator va iste’molchi muhitiga qarab o‘zgarishi mumkin.

**5G’ga ega modeli mavjudligi bozor va operatorlarga qarab o‘zgarishi mumkin.

***Wi-Fi 6 tarmog‘i mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va iste’molchi muhitiga qarab o‘zgarishi mumkin. Barqaror signal talab qilinadi. Wi-Fi 6 modelli router kerak bo‘ladi.

Ovoz AKG dual karnayi, Dolby Atmos®
Qalam Qutida birga keladigan S Pen (BLE qo‘llab-quvvatlanmaydi)
Xavfsizlik Samsung Knox
Suvga chidamlilik IP68
*IP68 standarti: laboratoriya sinovlari muhitida sinalgan. 1,5 metrgacha chuchuk suvda 30 daqiqagacha suvga chidamli hamda chang, kir va qumdan himoyaga ega. Qurilma namlangach quriting. Plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changga chidamliligi doimiy emas va vaqt o‘tishi bilan chidamlilik darajasi pasayishi mumkin
Aksessuarlar S Pen, S Pen Creator Edition

Klaviaturali planshet g‘ilofi, klaviaturali ingichka planshet g‘ilofi, smart g‘ilof, ko‘chaga mo‘ljallangan g‘ilof

*S Pen va USB Type-C kabel qutida keladi. Boshqa aksessuarlar alohida sotiladi. Uchinchi shaxs taqdim etadigan g‘iloflar mavjudligi bozor, operator va dilerga qarab o‘zgarishi mumkin.

 

 

Galaxy Buds FE
O‘lchamlar & og‘irligi Quloqchinlar: 17.1 x 19.2 x 22.2 mm, 5.6 g
Quvvatlash qutisi: 50.0 x 27.7 x 50.0 mm, 40.0 g
Karnay 1 tarafli
Mikrofon 3 ta mikrofon (2 ta tashqi + 1 ta ichki)
Batareya sig‘imi Quloqchin: 60 mA/soat (odatiy)
Quvvatlash qutisi: 479 mA/soat (odatiy)
*Keltirilgan odatiy sig‘im Samsung tomonidan Galaxy Buds FE’ning relizdan oldingi talqinida sinovdan o‘tgan. Odatiy sig‘im IEC 61960 standarti asosida sinovdan o‘tgan batareya namunalari orasida batareya sig‘imidagi og‘ishlarni hisobga olgandagi odatiy o‘rtacha sig‘imdir. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.
Ijro davomiyligi 6 soatgacha / Jami 21 soatgacha (ANC yoniq holatda)
8.5 soatgacha / Jami 30 soatgacha (ANC o‘chiq holatda)
*Quloqchinlar ANC yoqilgan holda 6 soatgacha ijro davomiyligini ta’minlaydi (ANC o‘chiq holatda 8,5 soatgacha), quvvatlash qutisi va quloqchinlar 100% quvvatlanganda birgalikda ANC yoniq holatda 21 soatgacha ijro davomiyligini ta’minlaydi (ANC o‘chiq holatda 30 soatgacha). Ichki sinovlar asosida. Ovoz ijrosi davomiyligi ommaviy ishlab chiqarishdan oldingi Galaxy Buds FE’ni yaqinda iste’molga chiqarilgan Galaxy smartfoniga standart sozlamalarda va ANC yoniq holatda ulash orqali sinovdan o‘tkazildi. Real muhitda batareyaning ishlash muddati tarmoq muhiti, qo‘llash usullari va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.
Qo‘ng‘iroq davomiyligi 3.5 soatgacha / Jami 13 soatgacha (ANC yoniq holatda)
4 soatgacha / Jami 14 soatgacha (ANC o‘chiq holatda)
*Quloqchinlar ANC yoniq holatda 3.5 soatgacha qo‘ng‘iroq davomiyligini ta’minlaydi (ANC o‘chiq holatda 4 soatgacha), quvvatlash qutisi va quloqchinlar 100% quvvatlanganda birgalikda ANC yoniq holatda 13 soatgacha ijro davomiyligini ta’minlaydi (ANC o‘chiq holatda 14 soatgacha). Ichki sinovlar asosida. Ovoz ijrosi davomiyligi ommaviy ishlab chiqarishdan oldingi Galaxy Buds FE’ni yaqinda iste’molga chiqarilgan Galaxy smartfoniga standart sozlamalarda va ANC yoniq holatda ulash orqali sinovdan o‘tkazildi. Real muhitda batareyaning ishlash muddati tarmoq muhiti, qo‘llash usullari va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.
Radio tizimlar Bluetooth® 5.2, Auto Switch
Kodeklar: Scalable (Samsung shaxsiy texnologiyasi), AAC, SBC
Sensorlar yaqinlashuv datchigi, Hall sensori, tegish sensori
Qurilmaga talab Android 8.0 yoki undan yuqorisi hamda 1.5 GB’dan ko‘p tezkor xotira
*Ba’zi funksiyalar Samsung bo‘lmagan qurilmalarda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bular bozor, diler va unga ulangan qurilmalarga qarab o‘zgaradi.

 

[1] IP68 standarti: 1,5 metrgacha toza suvda 30 daqiqagacha suvga chidamli hamda chang, kir va qumdan himoyaga ega. Qurilma namlangach quriting. Plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi.

[2] Galaxy Store’dan yuklab olish mumkin. Mavjudlik vaqti bozor, model va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.

[3] 25 W adapter alohida sotiladi. Super Fast Charging tezligi batareya sig‘imi va boshqa omillarga bog‘liq; faqat Samsung tomonidan tasdiqlangan quvvatlovchi adapter va kabellardan foydalaning; eskirgan yoki shikastlangan quvvatlovchi adapter yoki kabellardan foydalanmang; mos kelmaydigan quvvatlovchi adapter yoki kabeldan foydalanish qurilmangizga jiddiy shikast va zarar yetkazishi mumkin.

[4] Displey diagonalda o‘lchangan. Aylana burchaklar va kamera teshigi tufayli displeyning asl maydoni kichikroq.

[5] Galaxy Tab S7 FE modeli bilan solishtirilgan.

[6] Diagonalda o‘lchangan Galaxy Tab S9 FE displeyining o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 10,9 dyuymni va aylana burchaklarni hisobga olganda 10,8 dyuymni tashkil qiladi. Galaxy Tab S9 FE+ ekranining o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 12,4 dyuym va aylana burchaklarni hisobga olganda 12,4 dyuymni tashkil qiladi. Aylana burchaklar va kamera teshigi tufayli displeyning asl maydoni kichikroq.

[7] Galaxy Tab S9 FE, Tab S9 FE+ va qutida birga kelgan S Pen IP68 standartiga javob beradi deb baholangan. 1,5 metrgacha bo‘lgan toza suvga sho‘ng‘iganda 30 daqiqagacha chidamli ekanligi laboratoriya sinovlari muhitida sinaldi. Plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changga chidamliligi doimiy emas va ishlatish davomida eskirish va yemirilish tufayli vaqt o‘tishi bilan chidamlilik darajasi pasayishi mumkin. Changga chidamlilik darajasi uchinchi shaxs tomonidan laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazildi: har bir kubometr uchun 2 kg talk (talc) kukuni (maksimal diametri 0,05 mm) qurilma joylashgan sinov kamerasiga (qurilma ichidagi havo bosimi atrofdagi havodan past bo‘lgan) 2 soat davomida to‘ldirib borildi. IP6X standarti deb baholandi. Changga chidamlilik foydalanilayotgan muhitga qarab farq qilishi mumkin.

[8] LTE’da standart sozlamalarda Bluetooth orqali quloqchinga ulangan ushbu modelning relizdan oldingi talqini bilan Samsung ichki laboratoriya sinovi muhiti asosida o‘lchandi. Videoni ijro etish paytida batareya sig‘imi va batareya quvvati iste’moliga asoslanib o‘lchangan (video sifati 720p, lokal fayl). Real muhitda video ijro etish davomiyligi tarmoqqa ulanganlik, qurilma sozlamalari, video sifati, ekran yorqinligi, batareya holati va boshqa ko‘plab omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.

[9] Goodnotes ilovasini alohida yuklab olish talab qilinadi va 1 yillik bepul toʻliq talqini bilan birga keladi. Bepul to‘liq talqin muddati tugagach, doimiy foydalanish uchun qo‘shimcha xarid talab qilinadi. Xizmat shartlari mamlakat va mintaqaga qarab o‘zgarishi mumkin.

[10] LumaFusion ilovasini alohida xarid qilish va yuklab olish talab qilinadi. Xizmat shartlari mamlakat va mintaqaga qarab o‘zgarishi mumkin.

[11] Clip Studio Paint ilovasi qurilmaga ma’lum bozorlarda oldindan oʻrnatilgan boʻladi. Clip Studio Paint ilovasini Galaxy Store’dan yuklab olish mumkin va birinchi bor foydalanayotganlar uchun 6 oylik bepul sinov muddati taqdim etiladi. Bepul sinov muddati tugagach, doimiy foydalanish uchun pulli oylik xizmatga obuna bo‘lish talab qilinadi. Xizmat shartlari mamlakat va mintaqaga qarab o‘zgarishi mumkin.

[12] 256 GB xotira tanlovi mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki dilerga qarab o‘zgarishi mumkin va bo‘sh xotira sig‘imi oldindan oʻrnatilgan dasturiy taʼminotlarga qarab farq qilishi mumkin. MicroSD alohida sotiladi.

[13] Rang va model mavjudligi mamlakat yoki dilerga qarab o‘zgarishi mumkin.

[14] Quloqchinlar ANC yoniq holatda 6 soatgacha ijro davomiyligini ta’minlaydi (ANC o‘chiq holatda 8,5 soatgacha), quvvatlash qutisi va quloqchinlar 100% quvvatlanganda birgalikda ANC yoniq holatda 15 soatgacha ijro davomiyligini ta’minlaydi (ANC o‘chiq holatda 21,5 soatgacha). Ichki sinovlar asosida. Ovoz ijrosi davomiyligi ommaviy ishlab chiqarishdan oldingi Galaxy Buds FE’ni yaqinda iste’molga chiqarilgan Galaxy smartfoniga standart sozlamalarda va ANC yoniq holatda ulash orqali sinovdan o‘tkazildi. Real muhitda batareyaning ishlash muddati foydalanilayotgan sharoit, sozlamalar, quvvatlangan vaqtlar soniga, Bluetooth signali kuchiga va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.

[15] Mavjudligi bozor, diler yoki ulangan qurilmalarga qarab o‘zgarishi mumkin.

[16] Samsung Multi Control ilovasi One UI 4.1 yoki undan yuqori talqinga ega Galaxy planshetlarida, One UI 5.1 yoki undan yuqori talqindagi Galaxy smartfonlarida va 2021-yilda yoki undan keyin chiqarilgan Galaxy Book seriyali qurilmalarda Samsung Settings v1.5 (Intel) yoki Samsung Settings v3.3 (ARM) bilan ishlaydi. Ba’zi modellarda funksiyalar cheklangan bo‘lishi mumkin va telefon ham, kompyuter ham yagona Samsung akkauntiga ulangan bo‘lishi kerak.

[17] Auto Switch funksiyasi faqat One UI 3.1 yoki undan keyingi talqindagi Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlarida hamda Galaxy Watch4 seriyasi yoki undan keyingi seriyalarda mavjud. Auto Switch funksiyasini yoqish uchun Samsung Galaxy qurilmalari Samsung akkauntiga ulangan bo‘lishi kerak. Samsung TV uchun Auto Switch funksiyasi faqat 22-fevral yoki 22-iyuldan dasturiy ta’minoti yangilanganidan so‘ng chiqarilgan Samsung televizorlarida mavjud. Televizorlarda Auto Switch faqat qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va qabul qilish uchun mavjud.

[18] Bildirishnoma Galaxy Buds FE ulangan telefondan uzilganida yuboriladi.

[19] Galaxy S23 FE minimal 10% isteʼmoldan keyin qayta ishlangan plastmassa yoki minimal 30% isteʼmolga chiqmagan qayta ishlangan alyuminiy yoki minimal 10% isteʼmolga chiqmagan qayta ishlangan shishadan iborat Corning® Gorilla ® Glass GG5 qurilma komponentlariga ega. Bu qismlarga barmoq tugmasi breketi, quyi karnay moduli (yuqori va pastki), qurilmaning orqa tepa qismi, ovoz balandligi tugmasi, yon tugma, SIM treyi, tepa karnay qismi (yuqori korpus), korpus old qismi, Deco kamerasi, bosh displey, orqa shishalar (shisha & plyonka) kiradi. Yuqoridagi o‘lchovlar og‘irlikka asoslangan.

[20] Qayta ishlangan material turlari iste’moldan keyin tashlab yuborilgan qarmoq to‘rlari orqali qayta ishlangan PA, iste’moldan keyin tashlab yuborilgan PBT orqali qayta ishlangan PBT, iste’moldan keyin tashlab yuborilgan suv bochkalari orqali qayta ishlangan PC hamda ishlab chiqish payti vujudga kelgan iste’molga chiqmagan qo‘shimcha mahsulot orqali qayta ishlangan alyuminiylarni tashkil etadi. Ortib qolgan metall bo‘laklari qayta eritilib, notoza moddalardan filtrlangach, Samsung qurilmalari qismlari uchun qayta ishlangan. Shuningdek, shisha mahsulotlarini ishlab chiqish payti vujudga kelgan iste’molga chiqmagan qo‘shimcha mahsulot orqali qayta ishlangan shishalar ham mavjud. Bu shisha qoldiqlari qayta quyilib, Corning® Gorilla® Glass GG5 himoya qatlami ishlovida komponent sifatida qo‘llanadi.

[21] Galaxy Tab S9 FE+ va Tab S9 FE minimal 10% isteʼmoldan keyin qayta ishlangan plastmassa yoki minimal 30% isteʼmolga chiqmagan qayta ishlangan alyuminiydan iborat qurilma komponentlariga ega. Ushbu komponentlarga quyidagilar kiradi:
• Galaxy Tab S9 FE+: bosma plata (PCB) breketi, tepa karnay moduli (yuqori va pastki), pastki karnay moduli (yuqori va pastki), tepa breket, pastki breket, T-Connector breketi, tugma breketi, korpus orqasi, ovoz balandligi tugmasi, SIM treyi, Deco kamerasi.
• Galaxy Tab S9 FE: bosma plata (PCB) breketi, tepa karnay moduli (yuqori va pastki), pastki karnay moduli (yuqori va pastki), LCD breketi, ichki LB breketi, tugma breketi, ovoz balandligi tugmasi, SIM treyi, Deco kamerasi.
Yuqoridagi o‘lchovlar og‘irlikka asoslangan.

[22] Shartlar amal qiladi. Samsung Care+ qamrovi, xizmat turi va reklamasi mamlakat/mintaqaga qarab farq qilishi va sug‘urta (deductible) (qo‘shimcha xizmat haqi) talab qilinishi mumkin. Samsung Care+ haqida batafsil maʼlumot olish uchun www.samsung.com/samsung-care-plus saytiga tashrif buyuring.

[23] Galaxy Buds FE minimal 20% iste’moldan keyin qayta ishlangan plastmassadan iborat qurilma komponentlariga ega. Tashlab yuborilgan baliq ovlash to‘rlaridan olingan qayta ishlangan PA himoya korpusining ichki komponentlarida, xususan, batareya ushlagichi breketi, bosma plata breketi himoyasi va old Deco breketida ishlatiladi. Tashlab yuborilgan suv bochkalaridan olingan qayta ishlangan PC himoya korpusining tashqi komponentlarida, xususan, korpusning yuqori qismi, pastki korpus, yuqori ichki qismi, old Deco, shuningdek, ikkala quloqchinning ichki va tashqi komponentlarida, xususan, old chap, old o‘ng, orqa chap, orqa o‘ng qismlarida, pastki chap breket, pastki o‘ng breket, orqa chap breket, orqa o‘ng breket, yuqori chap breket, yuqori o‘ng breket, chap tegish qoplamasi va o‘ng tegish qoplamalarida ishlatilgan. Yuqoridagi o‘lchovlar og‘irlikka asoslangan.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga