Samsung Galaxy S23 Ultra smartfonining tungi rejimida suratga olishini namoyish etish uchun mukofotlarga sazovor bo’lgan direktor Na Xong Jin bilan hamkorlik qildi

17/03/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

#withGalaxy bilan suratga olingan yangi qisqa metrajli filmda kameraning aql bovar qilmaydigan aniqlik va barqarorligini namoyish etadi.

 

Samsung Electronics Co., Ltd. 15 mart kuni mukofotlarga sazovor bo’lgan rejissyor Na Xong Jin bilan hamkorlikda “Ishonch” deb nomlangan qisqa metrajli filmni suratga olishi haqida e’lon qildi, unda odamning qadr-qimmati absolyut emas degan g’oya bilan kurashayotgan qurolli shaxsni murakkab voqeasi hikoya qilinadi. Toʻliq Galaxy S23 Ultra smartfonida suratga olingan film “Filmed #withGalaxy” kampaniyasining bir qismi boʻlib, u dunyoga mashhur kinoijodkorlarga Galaxy S seriyali smartfonlarida suratga olishni undaydi, bu esa barcha Galaxy foydalanuvchilarini oʻz ijodiy imkoniyatlarini ochishga yordam beradi.

 

 

Xong Jin “Quvuvchi”, “Sariq dengiz” va “Qilov” kabi filmlari bilan mashhurdir. Uning o’ziga xos uslubi ko’pincha keskinlik va hayajonni yaratish uchun qorong’u tasvirlar, qo’rquvli va noyob mizansahnani aks ettiradi. “ISHONCH” filmi uchun Xong Jin hatto kam yorug’likda suratga olishda ham chiroyli tasvirlar va aniq tafsilotlarni olish uchun Galaxy S23 Ultra smartfonida turli xil videoyozuv funksiyalaridan foydalangan.

 

“Men Galaxy S23 Ultra yordamida professional darajada kliplar yaratishim mumkinligini ko’rsatmoqchi edim,” – dedi Xong Jin, “- va umuman olganda, tajriba juda qiziqarli va hayajonli bo’ldi.” Obyektlarning tafsilotlarini qorong’uda ham suratga olishdan tashqari, Xong Jin shunday dedi: “Menimcha, katta afzallik shundaki, Galaxy S23 Ultra smartfonida har qanday taraflama harakatni yorqinlik va osonlik bilan suratga olishim imkoniyatiga ega bo’lganim edi, lekin kattaroq kamera bilan bunday siljishlarni amalga oshirish ilojisi yo’q edi.”

 

2022-yilda Samsung foydalanuvchilarga kam yorug‘lik sharoitida ham aniq va tiniq tasvirlarni tungi rejimda suratga olish imkoniyatlarini taqdim etdi. 2023-yilda Galaxy S23 Ultra deyarli har qanday yoritish sharoitiga moslashtirilgan yanada ilg‘or foto va video yechimlarni taqdim etadi. “ISHONCH” filmida tomoshabinlar ushbu yutuqlarni yaqindan ko’rishni imkoniga ega bo’lishadi, masalan, rang va tafsilotlarni yaxshilaydigan sun’iy intellektda asoslangan ilg’or tasvir signalini qayta ishlash (ISP), u o’z navbatida rang va tafsilotlarni, ikki tomonlama optic tasvir barqarorligini yaxshilaydi, bu esa fotografning tebranish harakatlarining minimizatsiyalashtirish orqali suratning hiralashishni va silqinishini kamaytiradi.

 

“ISHONCH” filmida Xong Jin bilan ishlagan rejissyor Jung Jung Xun gapi bo’yicha u qorong’u atmosferani ko’rsatish uchun yorug’likni yanada kamaytirishga harakat qildi. “Go’yo men oddiy film suratga olayotgandekman va meni hayratga solgani – tafsilotlar jonli chiqdi. Galaxy S23 Ultra smartfonidagi HDR funksiyasi menga qorong‘u joylarni suratga olishga yordam berdi”.

 

“Kamera doimiy harakatda boʻlsa ham, fokusni yoʻqotmadi”, – dedi Yung-Xun, “va Galaxy S23 Ultra meni hayratda qoldirgani shundaki, 120 kadrli suratga olish yuqori tezlikda ishlaydigan professional kamera kabi juda tabiiy xiralik harakatni va tezlikni suratga olishga muvaffaq bo’ldi”.

 

Quyidagi ilova bo’yicha qisqa metrajli filmni tomosha qiling: https://youtu.be/uZSQIGLEbfU

Pressa uchun > Bayonotlar

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga