Samsung Galaxy S24 Series bilan Mobile AI yangi davriga qadam bosing
Kundalik hayot tajribasini cheklovlarsiz muloqotdan ilhombaxsh ijodkorlik va undan-da ko’proq imkoniyatlar bilan boyitib, Galaxy AI taniqli S seriyasini kelajak talablariga mos tarzda o’zgartirmoqda.
Samsung Electronics bugun Galaxy S24 Ultra, Galaxy S24+ va Galaxy S24 qurilmalarini taqdim etib, Galaxy AI [1] qudratini o’ziga olgan yangi mobil tajribani namoyish etmoqda. Galaxy S seriyasi mobil qurilmalarning foydalanuvchilar imkoniyatlarini kengaytirish tartibini mutlaqo o’zgartiruvchi yangi davr eshiklarini ochmoqda. AI qudrati Galaxy S24 seriyasidagi deyarli har bir tajriba darajasini oshirishga qodir: qo’ng’iroqlar va matnlarni intellektual tarjima qilish yordamidagi cheklovlarsiz muloqotdan boshlab, to Galaxy Pro Visual Engine bilan ijodkorlikning eng yuqori darajasiga olib chiqish hamda Galaxy foydalanuvchilari uchun ularni o’rab turgan borliqni qabul qilishlarini mutlaqo o’zgartirishga qodir ma’lumot izlashning yangi standartlarigacha yangi marralarni belgilaydi.
“Galaxy S24 seriyasi bizning atrofimizdagi olam bilan aloqalarimizni o’zgartiradi hamda mobil innovatsiyalarning kiyingi o’n yilligini boshlab bermoqda” — deydi Samsung Electronics Mobile Busiens eXperience yo’nalishi rahbari va prezidenti TM Roh. “Galaxy AI bizning innovatsion merosimiz hamda odamlarning o’z mobil telefonlaridan foydalanish odatlari haqidagi chuqur bilimlarimizga asoslanadi. Biz, butun dunyo bo’ylab foydalanuvchilarimizning Galaxy AI bilan yangi salohiyatlarni kashf etish uchun kundalik hayot tajribalarining darajasini oshirayotganlaridan bag’oyatda xursandmiz.”
Har bir kundalik tajribangizni epik darajaga olib chiqing
Galaxy AI hayotning har bir sohasini takomillashtirishga yo’naltirilgan yuksak ahamiyatga ega intellektni taqdim etib, u mobil telefonlarning eng fundamental jihati — muloqot darajasini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratadi. O’zaro muloqot chegaralarini yengib o’tish zarurati paydo bo’lganda Galaxy S24 yordamida buni amalga oshirish juda ham oson. O’quv yurtida chet ellik talaba bilan suhbat. Xorijdagi sayohat davomida ma’lum buyurtma berish. Bularning barchasini Live Translate [2]— ichki dastur asosida real vaqtda qo’ng’iroqlarning matnli va ovozli, ikki tomonlama tarjima imkoniyatlari bilan bajarish mumkin. Endi sizga hech qanday uchinchi tomon ilovalarining keragi yo’q, qurilmadagi AI esa barcha muloqotlarning maxfiyligini ta’minlab beradi.
Tarjimon yordamida jonli muloqot shu vaqtning o’zida ikkiga ajratilgan ko’rinishda tarjima qilinib, qarama-qarshi turgan odamlar suhbatdoshi nima deganligining matnini o’qishi mumkin bo’ladi. U mobil yoki Wi-Fi tarmog’lariga ulanmasdan ham ishlashga qodir.
Xabarlar hamda boshqa ilovalar uchun Chat Assist funksiyasi suhbat ohangini moshlashtirish orqali muloqot ayni istalgan tarzda chiqishiga yordam beradi: xoh hamkasbingizga qaratilgan xushmuomala gap, xoh ijtimoiy sarlavha matni uchun qisqa va jozibali ibora bo’lsin[3]. Samsung Keyboard klaviaturasiga o’rnatilgan AI esa xabarlarni real vaqtda 13 ta tilga [4] tarjima qilishga ham qodir. Mashinada bo’lsa, Android Auto [5] avtomatik tarzda kiruvchi xabarlarning xulosasini chiqaradi hamda mos javob va sizning taxminiy yetib borish vaqtingiz kabi amallarni tavsiya etib, siz butun e’tiboringiz bilan yo’lda bo’lganingizda ham sizga aloqada qolishingizga yordam beradi.
Vazifalarni tartibga solish ham Samsung Notes ilovasidagi Note Assist [6] funksiyasi yordamida AI asosidagi xulosalar, tayyor formatdagi eslatmalar yaratish uchun shablonlarni yasash hamda eslatmalarni topishni osonlashtiruvchi muqova tasvirlarini yaratish kabi ko’plab ahamiyatli yangiliklarga ega bo’lmoqda. Ovozli eslatmalar uchun esa, bir nechta odam gapirganda ham Transcript Assist [7] AI va Speech-to-Text texnologiyasi yordamida ovozli eslatmalarni matnga aylantirish, xulosa qilish va hatto tarjima qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Aloqa Galaxy S24 seriyasining telefonlarning fundamental afzalliklarini kelajak talablari darjasiga olib chiquvchi yagona soha emas. Onlayn ma’lumot izlash hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o’zgartirib ulgurdi. Galaxy S24 intuitiv darajadagi, qo’l harakatiga asoslangan Google yordamida izlash — Circle to Search [8] funksiyasini taqdim etgan ilk smartfon telefon sifatida ma’lumotlarni izlash tarixidagi muhim voqeani belgilab beradi. Galaxy o’z foydalanuvchilariga aql bovar qilmas darajadagi yangi imkoniyatni taqdim etish uchun ma’lumotlarni izlash sohasi yetakchisi — Google qudratidan foydalanib, soda qo’l harakati yordamidagi ma’lumotlarni yangicha izlash yo’lini kashf etdi. Home tugmasini uzoq vaqt bosib turib, foydalanuvchilar Galaxy S24 ekranidagi o’zlari istagan narsani aylanaga olish, belgilash, uztidan chizish va bosish orqali foydali va yuqori sifatli izlash natijalariga ega bo’lishlari mumkin. Do’stingizning ijtimoiy tarmoqdagi postidagi fon tasviri yoki YouTube Shorts videolarida qiziqarli ma’lumotni ko’rish ham ilovani tark etmagan holda batafsil ma’lumot olish uchun yuqori sifatli izlash usuliga aylanishi mumkin. Shuningdek, foydalanuvchining joylashuviga qarab, ayrim qidiruv so’rovlari uchun AI asosidagi sharhlar yaratish imkoniyati butun internet tarmog’i bo’ylab to’plangan foydali va mavzuga oid tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin bo’lib, natijada foydalanuvchilar yanada batafsil va tafsilotlar borasidagi savollarini berishlari mumkin. Juda oddiy va epic darajada.
Borliqning yangi jabhalarini kashf etish uchun ijodkorligingizni namoyon eting
Galaxy S24 seriyasidagi ProVisual Engine [9] — bu AI asosidagi uskunalarning to’plami bo’lib, u tasvirga olish imkoniyatlarini o’zgartiradi hamda suratga olishdan tortib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgacha, har bir bosqichdagi maksimal ijodiy erkinlikni ta’minlaydi. Uzoqdan olingan xira, pikselli tasvirlar endi tarixda. Galaxy S24 Ultra smartfonidagi Quad Tele System yangi 5X Optik Zoom linzalariga ega bo’lib, Adaptive Pixel Sensor yordamida 2X, 3X, 5X dan 10X [10] gacha zoom darajasida ham optik sifatdagi tasvirlarni ta’minlash uchun 50 MP sensor bilan ishlaydi. Shuningdek, tasvirlar yaxshilangan raqamli kattalashtirish bilan 100X zoom darajasida ham yuqori aniqlikdagi natijalarni taqdim etadi.
Takomillashtirilgan Nightography imkoniyatlari evaziga, Galaxy S24 da Space Zoom bilan olingan foto va video suratlarlar har qanday sharoitda, hatto tasvir yaqinlashtirilganda ham ajoyib ko’rinishda bo’ladi. Galaxy S24 Ultra smartfonining avvalgi modelga nisbatan 60% ga kattaroq [11], endi 1.4 μm — kattaroq piksel o’lchamlari bilan qorong’u sharoitda yanada ko’proq yorug’likni tasvirga olishingiz mumkin. Galaxy S24 Ultra smartfonida optik tasvir stabilizatorining (OIS) kengroq burchaklari va takomillashtirlgan titrashni pasaytirish funksiyasi tufayli xiralashish endi yanada kamayadi. Videoni yozib olishda old va orqa kameralar shovqinni kamaytirish uchun maxsus ISP blokiga ega bo’lib, Galaxy S24 tasvirga oluvchi harakatini subyekt harakatidan farqlash uchun giroskop ma’lumotlarini tahlil qiladi. Bu shovqinni yanada samarali kamaytirish va qorong’u sharoitda, hatto uzoq masofadan ham aniq videolarni olish imkonini beradi.
Ajoyib suratlarni olganingizdan so’ng, Galaxy AI innovatsion tahrirlash uskunalari o’chirish, qayta yig’ish va remastering kabi sodda tahrirlash amallarini bajarish imkonini beradi. Yanada qulay va samaraliroq optimallashtirish uchun Edit Suggestion [12] funksiyasi har bir fotosurat uchun mukammal sozlamalarni taklif qilish uchun Galaxy AI imkoniaytlaridan foydalanadi. Foydalanuvchilarga yanada ijodiy boshqaruv va erkinlikni ta’minlash uchun Generative Edit [13] AI yordamida generatsiya bilan rasm fonining kerakli qismlarini to’ldirishi mumkin. Agar tasvir o’lchamlari egri bo’lsa, AI chegaralarni to’ldiradi. Obyektni mukammal holatga keltirish uchun uni biroz siljitish kerak bo’lganda, AI foydalanuvchilarga obyektning holatini sozlash imkonini berib, uning asl joyida mukammal fon hosil qiladi. Galaxy S24 tasvirni yaxshilash uchun AI generatsiya qilishdan foydalansa, tasvirda va meta ma’lumotlarda suv belgi paydo bo’ladi. Agarda tezkor videoni sekinlashtirish kerak bo’lsa, yangi Instant Slow-mo funksiyasi batafsil ko’rinish uchun tezkor lahzalarni sekinlashtirish uchun qo’shimcha harakatga asoslangan kadrlarni yaratishi mumkin.
Har bir tasvirning har qadamdagi ajoyib sifatini ta’minlash uchun Super HDR texnologiyasi tasvirga olish tugmasi bosilishidan oldin ham realistik holatdagi oldindan ko’rishni ta’minlaydi. Xotiralarni suratga olish telefonning muhim xususiyati bo’lsa-da, xotiralarni dunyo bilan ulashish ham ayni shu darajada muhimdir. Endi uchinchi tomon ijtimoiy ilovalari Galaxy AI asosidagi kamera tizimidan maksimal darajada foydalana oladi. Galaxy S seriyasining premium kamera imkoniyatlari endi HDR dasrajada mobil ilovalar bilan to’g’ridan-to’g’ri integratsiyalashib, ijtimoiy tarmoqlardagi ulashish [14] darajasini oshiradi. Rasmni Galereya yoki Instagram tasmasi yoki Reels videolarida topish kerak bo’lganda, fotosuratlar va videolar, tasvirlarning tanlangan qismini tahlil qilinishi orqali yanada aniqroq va tabiiy yorqinlik, rang va kontrast diapazonini berish uchun Super HDR formatida namoyish etiladi.
Premium darajadagi samaradorlik bilan birgalikdagi Galaxy tarixidagi eng aqlli foydalanish tajribasi
AI bizning kundalik hayotimizdagi tobora ko’zga tashlanadigan sohaga aylanar ekan, talablarga mos javob berish uchun unumdorlik yanada oshishi kerak bo’ladi. O’yinlar. Yuqori darajadagi video suratga olish va uni tahrirlash. Sayohatni rejalashtirish uchun beshta dasturni bir vaqtda ochib ularni almashtirish. Qanday vazifa bo’lishidan qat’iy nazar, Galaxy S24 chipset [15], displey va boshqalarni takomillashtirish evaziga yuqori darajadgi imkoniyatlarni taqdim etadi. Har bir Galaxy S24 Ultra smartfoni Galaxy uchun Snapdragon ® 8 Gen 3 mobil platformasi [16] bilan jihozlangan. Galaxy foydalanuvchilari uchun maxsus optimallashtirilgan chipset AI yordamida ma’lumotlarni nihoyatda samarali qayta ishlash uchun NPU imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Galaxy S24 seriyasining uchta modelida ham 1-120 Gs chastotali adaptiv yangilanish tezligi ish samaradorligini oshiradi.
Galaxy qurilmalaridagi o’yin o’ynash jarayoni apparat va dasturiy ta’minotning takomillashtirilishi orqali yanada kuchaytiriladi. Galaxy S24 Ultra 1,9 baravarga kattaroq bug’ kamerasi [17] evaziga optimal termoregulyatsiya tizimiga ega bo’lib, bu qurilmaning sirt haroratini yaxshilaydi va maksimal ishlashni ta’minlaydi. Ray Tracing esa ajoyib soya va jilolar effekti bilan tabiiy vizual tasvirlarni taqdim etadi. O’yinlar sanoatidagi yetakchi ishtirokchilar bilan hamkorlik orqali Galaxy S24 butun dunyo bo’ylab foydalanuvchilariga yanada optimallashtirilgan mashhur mobil o’yinlardan bahramand bo’lish imkonini beradi.
Tasvirlar Galaxy qurilmalarining eng yorqin displeyida [18] yanada tabiiy va hayajonli ko’rinishga ega bo’ladi. Galaxy S24 smartfonining maksimal yorqinligi 2600 nitga yetib, Vision Booster yordamida tashqi muhitdagi ko’rinishni yanada takomillashtiradi.
Galaxy S24 Ultra displeyidagi Corning® Gorilla® Armor [19] optik jihatdan yaxshilangan bo’lib, kundalik tirnalishlar natijasida yuzaga keladigan shikastlarga mukammal qarshilik ko’rsata oladi. Bu keng diapazondagi yorug’lik sharoitlarida jilolarning 75% gacha darajada pasayishini ta’minlab, silliq va qulay ko’rish tajribasini taqdim etadi.
Galaxy S24 seriyasining barcha modellaridagi yanada ingichka va tekis ramkalar bilan takomillashtirilgan dizayn har qanday ko’rish jarayoniga oson sho’ng’ishga yordam beradi hamda 6,7 dyuymli Galaxy S24+ displeylari va 6,2 dyuymli Galaxy S24 displeylarida ekran o’lchamlarini deyarli bir xil o’lchov xususiyatlariga ega bo’lishiga imkon beradi [20]. Galaxy S24 Ultra 6,8 dyuymli tekis displeyga ega bo’lib, u nafaqat ko’rish uchun, balki unumdorlikni oshirish uchun ham optimallashtirilgan. Bundan tashqari, Galaxy S24 + endi Galaxy S24 Ultra bilan bir xil QHD + darajasini qo’llab-quvvatlaydi.
Takomillashtirilgan Xavfsizlik va Maxfiylik foydalanuvchilarning tanlovi va ishonchini oshiradi
Samsung Knox — ko’p darajali Galaxy himoya platformasi bilan himoyalangan Galaxy S24 muhim ma’lumotlarni himoya qiladi va keng qamrovli himoyalangan uskunalar, real vaqtda tahdidlarni aniqlash va birgalikda himoya qilish orqali zaifliklardan himoya qiladi.
Samsungning foydalanuvchilarga o’z qurilmalari ustidan nazoratga ega bo’lish va qaror qabul qilish borasidagi uzoq yillik sa’y-harakatlari AI davrida ham davom etmoqda. Galaxy S24 foydalanuvchilari AI funksiyalari uchun onlayn ma’lumotlarni qayta ishlashni o’chirib qo’yishi mumkin bo’lgan Advanced Intelligence sozlamalari tufayli AI tajribasini yaxshilash uchun o’z ma’lumotlaridan qanchalik foydalanishni to’liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.[21]
Knox Matrix [22] tizimining xavfsiz, ulangan va parolsiz kelajak kontsepsiyasi parol kalitlari bilan ham yanada kengaymoqda. Parol kalitlari foydalanuvchilarning ro’yxatdan o’tgan veb-saytlari va ilovalariga raqamli ma’lumotlari orqali barcha ishonchli qurilmalarida qulay va xavfsiz kirishni ta’minlaydi va bu fishing hujumlaridan himoya qilishga yordam beradi. Enhanced Data Protection funksiyasi Samsung Cloud yordamida ma’lumotlarni zaxiralash, sinxronlash yoki tiklashda end-to-end shifrlashni ta’minlab, Galaxy S24 foydalanuvchilariga sinxron va xavfsizlikni saqlagan holda boshqa qurilmalarga ulanish imkonini beradi. Bu ma’lumotlar faqat foydalanuvchi qurilmalarida shifrlanishi yoki qayta shifrlanishi mumkinligini ta’minlaydi, ya’ni server buzilgan yoki hisob ma’lumotlari o’g’irlangan bo’lsa ham, foydalanuvchidan boshqa hech kim uni ko’ra olmaydi. Agarda ishonchli qurilmaga kirish imkoniyati yo’qotilgan bo’lsa, tiklash kodi ma’lumotlar yo’qolishining oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, Galaxy S24 Samsung innovatsion xavfsizlik va maxfiylik xususiyatlarining keng ro’yxati bilan himoyalangan bo’lib, shu jumladan Knox Vault, xavfsizlik va maxfiylik boshqaruv paneli, avtomatik qulflash, xavfsiz Wi-Fi, almashish, xizmat ko’rsatish rejimi va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Samsung Ekologik sayohatining Yangi Bosqichi
Mobil qurilmalarning yangi toifasini yaratish, shuningdek, odamlar va sayyoramiz uchun kamroq xarajat bilan ko’proq samara berish imkonini taqdim etuvchi Galaxy texnologiyalari qanday ishlab chiqarilishi va qadoqlanishini qayta ko’rib chiqishni ham anglatadi. Galaxy S24 ichki va tashqi komponentlar [23] uchun qayta ishlangan plastmassa, shisha va alyuminiyni qo’llash orqali Galaxy qurilmalarida qayta ishlangan materiallar assortimentini kengaytirishda davom etmoqda. Bu ham harakatlarimizni bir qadam oldinga siljitadi. Galaxy S24 birinchi marta qayta ishlangan kobalt va noyob tuproq elementlaridan [24] tayyorlangan komponentlardan foydalanadi. Galaxy S24 Ultra batareyasida [25] kamida 50% qayta ishlangan kobaltdan foydalanilgan hamda 100% qayta ishlangan noyob tuproq elementlari dinamiklarga [26] o’rnatilgan.
Galaxy S24, shuningdek, qayta ishlangan po’lat va termoplastik poliuretan (TPU) dan foydalangan birinchi Galaxy S seriyasi bo’lmoqda. Galaxy S24 Ultra dinamiklarda [27] kamida 40 foizi qayta ishlangan po’lat, yon panellar va ovoz balandligi tugmalarida esa kamida 10 foizi iste’moldan oldin qayta ishlangan TPU dan foydalaniladi. Bundan tashqari, har bir Galaxy S24 100% qayta ishlangan qog’ozdan tayyorlangan qadoq qutisiga ega.
Samsung kompaniyasining o’z mahsulotlarining ishlash muddatini uzaytirishga intilishi eng yangi flagmanda ham davom etib, bu foydalanuvchilarga Galaxy qurilmalarining optimallashtirilgan ishlashidan yanada uzoqroq [28] foydalanishlarini qo’llab-quvvatlash uchun yetti avlod operatsion tizim yangilanishlari va yetti yillik xavfsizlik yangilanishlarini taklif etadi. Nihoyat, Galaxy S24 UL ECOLOGO® sertifikatiga [29] ega bo’lib, uning uglerod izi Carbon Trust [30] tomonidan o’lchangan va tasdiqlangan.
Galaxy S24 smartfoni Samsung MX ekologik dasturini amalga oshirishdagi sezilarli yutuqlarini namoyish etadi. Samsung hali ham 2025-yil [31] so’ngiga qadar erishilishi kerak bo’lgan maqsadlarga qat’iy amal qilmoqda. 2022-yil so’ngida Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlaridan tortib shaxsiy kompyuterlar va taqiladigan qurilmalargacha bo’lgan barcha mobil mahsulotlarga qayta ishlangan materiallarni kiritish orqali ushbu maqsadlarning birinchisiga erishildi. Bugungi kunda kompaniya materiallarni qayta ishlash bo’yicha yangi maqsadni qo’ymoqda. 2030 yilga kelib Samsung har bir mobil mahsulotning har bir moduliga [32] kamida bitta qayta ishlangan materialni kirita oladi.
Texnologiyalarning aniqligi va har bir detaldagi nafislik
Galaxy S24 Ultra mustahkamlikni oshirish uchun titan ramka [33] bilan jihozlangan dunyodagi ilk Galaxy telefonidir. Galaxy S24 Ultra smartfonining sezilarli darajadagi ingichka korpusi yo’lda yaxshiroq ishlashni ta’minlab, uni qo’lda ushlash ham qulay. Galaxy S24+ va Galaxy S24 smartfonlarida bir massali soddalashtirilgan dizayn qurilmaning orqa qopqog’ini yon ramkaga uzluksiz ulash orqali yanada estetik standartlarga javob bera oladi. Galaxy S24 seriyasi yer minerallaridan ilhomlangan ranglarda keladi. Galaxy S24 Ultra quyidagi ranglarni [34] taqdim etadi: titan kulrang, titan qora, titan binafsha va titan sariq. Galaxy S24+ va Galaxy S24 quyidagi ranglarni o’z ichiga oladi: qora oniks, marmar kulrang, kobalt binafsha va qahrabo sariq. Uchta model ham faqat onlayn mavjud bo’lgan qo’shimcha ranglarda ham taqdim etiladi.
Samsung Electronics haqida
Samsung kompaniyasi dunyoni ilhomlantiradi va o’zining innovatsion g’oyalar va texnologiyalari bilan kelajakni shakllantiradi. Kompaniya televizorlar, smartfonlar, taqiladigan qurilmalar, planshetlar, maishiy texnika, tarmoq tizimlari va xotira, LSI tizimlari, quyma va LED yechimlar dunyosini o’zgartiradi hamda SmartThings ekotizimi va hamkorlar bilan ochiq faoliyati orqali uzluksiz o’zaro hamjihatlikni ta’minlaydi. So’nggi yangiliklar uchun quyidagi manzilga o’ting https://news.samsung.com/uz
XUSUSIYATLAR JADVALI
Galaxy S24 Ultra | |
Displey | 6.8-dyuym* QHD+
Dynamic AMOLED 2X Displey Super Smooth 120 Gs yangilanish tezligi (1~120 Gs) Vision booster |
* Diagonal bo’ylab o‘lchanganda, Galaxy S24 Ultra ekranining o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,8 dyuym va yassi burchaklarni hisobga olganda 6,8 dyuymni tashkil qiladi; haqiqiy ko‘rinadigan maydon yassi burchaklar va kamera o’rni tufayli kichikroq. | |
O’lchamlar & Vazn | 79 X 162.3 X 8.6 mm, 233 g (mmWave) / 232g (Sub6) |
* Qurilmaning vazni bozorga qarab farq qilishi mumkin | |
Kamera | 12 MP Ultra Keng Burchakli Kamera
· F2.2, FOV 120˚
200 MP Keng Burchakli Kamera · OIS F1.7, FOV 85˚
50 MP Teleobyektiv Kamera · 5x Optik Zoom, OIS F3.4, FOV 22˚
10 MP Teleobyektiv Kamera · 3x Optik Zoom, OIS F2.4, FOV 36˚
12 MP Old Kamera · F2.2, FOV 80˚ |
RAM & ROM | 12 GB + 1 TB
12 + 512 GB 12 + 256 GB |
* Xotira tanlovi va mavjudligi sotuvchi, mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Haqiqiy xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta‘minotga qarab farq qilishi mumkin. | |
Batareya | 5,000 mAs |
* Uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan o’tgan odatiy qiymat. Odatiy qiymat – bu IEC 61960 standarti bo’yicha sinovdan o’tgan batareya namunalari orasida batareya quvvatining og’ishini hisobga oluvchi taxminiy o’rtacha qiymat. Nominal (minimal) quvvat 4855 mAs. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalanish tartibi va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. | |
Zaryadlash* | Simli zaryadlash*: 65% gacha 45 Vt** adapter va 5A USB-C*** kabeli bilan 30 daqiqa atrofida zaryadlanadi
Tezkor Simsiz Zaryadlash 2.0**** Wireless PowerShare***** |
* PD bilan mos keladigan simli zaryadlash. | |
**45 Vt quvvat adapteri alohida sotiladi. Asl Samsung 45 Vt quvvat adapteri va ma’lumot kabelidan foydalanish tavsiya etiladi.. | |
***Yangi chiqarilgan Galaxy S24 Ultra smartfoniga ulangan 45 Vt adapter yordamida o’tkazilgan Samsung ichki laboratoriya sinovlari natijalari, shu bilan birga qurilma barcha xizmatlar, xususiyatlar va ekran o’chirilgan holda 0% quvvatga ega edi. Haqiqiy zaryadlash tezligi haqiqiy foydalanish, zaryadlash shartlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. | |
**** WPC ga mos simsiz zaryadlash. | |
***** Samsung yoki Qi simsiz zaryadlovchi boshqa brendlarning smartfonlari bilan cheklangan, jumladan Galaxy S24 Ultra, S24+, S24, S23 Ultra, S23+, S23, Z Fold 4, Z Flip4, S22 series, Z Fold3 5G, Z Flip3 5G, S21 FE 5G, S21 series, Z Fold2, Note20 series, S20 series, Z Flip, Note10, Note10+, S10e, S10, S10+, Fold, S9, S9+, S8, S8+, S8 Active, S7, S7 edge, S7 Active, S6, S6 edge, S6 Active, S6 edge+, Note9, Note8, Note FE and Note5. Faqat ayrim Samsung Galaxy taqiladigan qurilmalarida mavjud, jumladan Galaxy Buds FE, Buds2 Pro, Buds2, Buds Pro, Buds Live, Watch6, Watch6 Classic, Watch5, Watch 5 Pro, Watch4, Watch4 Classic, Watch3, Watch Active2, Watch Active, Gear Sport, Gear S3, Galaxy Watch va Galaxy Buds. Batareya quvvati 30% dan past bo’lgan taqdirda, Wireless PowerShare funksiyasi ishlamasligi mumkin. Ayrim aksessuarlar, chexol, boshqa brend qurilmalari yoki ayrim Samsung taqiladigan qurilmalari bilan ishlamasligi mumkin. PowerShare ishlayotganda, sizning tarmoq muhitingizga qarab qo’ng’iroqlarni qabul qilish yoki ma’lumotlar xizmatiga ta’sir qilishi mumkin. | |
OS | Android 14
One UI 6.1 |
Tarmoq va Aloqa | 5G*, LTE**, Wi-Fi 7***, Wi-Fi Direct Bluetooth® v 5.3 |
* Ayrim bozorlarda mavjud bo’lgan optimal 5G tarmoqqa ulanish talab etiladi. Mavjudlik va batafsil ma’lumotlarni sotuvchidan bilib olishingiz mumkin. Yuklab olish va strim tezligi kontent provayderiga, serverga ulanishga va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
** LTE modelining mavjudligi bozor va sotuvchiga bog’liq. Haqiqiy tezlik bozor, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. *** Wi-Fi 7 tarmog’ining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Optimal ulanish va Wi-Fi 7 routeri talab etiladi. |
|
Suvga chidamlilik | IP68 |
* IP68 reytingi: 1,5 metrgacha chuchuk suvda 30 daqiqagacha suvga tushirish laboratoriya sinovlari shartlariga asoslangan. Qoldiq suvni chiqaring/ namlikdan keyin quriting. Plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. S Pen stilusining suv va changga chidamliligi doimiy emas va normal eskirish tufayli vaqt o’tishi bilan kamayishi mumkin. |
Galaxy S24 va Galaxy S24+ | ||||
Galaxy S24 | Galaxy S24+ | |||
Displey | 6.2 dyuym FHD+* | 6.7 dyuym QHD+ * | ||
Dynamic AMOLED 2X Display
Super Smooth 120 Gs yangilanish tezligi (1~120 Gs) Vision Booster |
||||
*Diagonal bo’yicha o‘lchanganda Galaxy S24 ekran o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,2 dyuym va yassi burchaklarni hisobga olgan holda 6,0 dyuym, Galaxy S24 + ekran o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,7 dyuym va yassi burchaklarni hisobga olgan holda 6,5 dyuymga teng; haqiqiy ko‘rinadigan maydon yassi burchaklar va kamera o’rni tufayli kichikroq. | ||||
O’lchamlar & Vazn | 70.6 x 147 x 7.6 mm, 168 g (mmWave) / 167 g (Sub6) | 75.9 x 158.5 x 7.7 mm, 197 g (mmWave) / 196 g (Sub6) | ||
* Qurilmaning vazni bozorga qarab farq qilishi mumkin | ||||
Kamera | 12 MP Ultra Keng Burchakli Kamera
· F2.2, FOV 120˚
50MP Keng Burchakli Kamera · OIS F1.8, FOV 85˚
10MP Teleobyektib Kamera · 3x Optical Zoom, F2.4, FOV 36˚
12MP Old Kamera · F2.2, FOV 80˚ |
|||
RAM & ROM | 8 + 512 GB
8 + 256 GB 8 + 128 GB |
12 + 512 GB
12 + 256 GB |
||
* Xotira tanlovi va mavjudligi sotuvchi, mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Haqiqiy xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta‘minotga qarab farq qilishi mumkin. | ||||
Batareya | 4,000 mAs | 4,900 mAs | ||
* Uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan o’tgan odatiy qiymat. Odatiy qiymat – bu IEC 61960 standarti bo’yicha sinovdan o’tgan batareya namunalari orasida batareya quvvatining og’ishini hisobga oluvchi taxminiy o’rtacha qiymat. Galaxy S24 uchun nominal (minimal) qiymat 3880 mAs va Galaxy S24+ uchun 4755 mAs ga teng. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalanish tartibi va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. | ||||
Zaryadlash | Simli zaryadlash*: 50% gacha 25W Adapter** va 3A USB-C kabeli*** bilan 30 daqiqada zaryad oladi
Tezkor Simsiz Zaryadlash 2.0**** Wireless PowerShare***** |
Simli zaryadlash *: 65% gacha 45W Adapter** va 5A USB-C kabeli*** bilan 30 daqiqada zaryad oladi
Tezkor Simsiz Zaryadlash 2.0**** Wireless PowerShare***** |
||
* PD bilan mos keladigan simli zaryadlash. | ||||
** Adapter va ma’lumot kabeli alohida sotiladi. Galaxy S24+ uchun asl Samsung 45 Vt quvvat adapteri va ma’lumot kabelidan, Galaxy S24 uchun esa asl Samsung 25 Vt quvvat adapteri va ma’lumot kabelidan foydalanish tavsiya etiladi. | ||||
*** Yangi chiqarilgan Galaxy S24 versiyasiga ulangan 25 Vt quvvat adapteri va yangi chiqarilgan Galaxy S24+ versiyasiga ulangan 45 Vt quvvat adapteri bilan o’tkazilgan Samsung ichki laboratoriya sinovlari natijalari, qurilma esa barcha xizmatlar, funksiyalar va ekran o’chirilgan holda 0% quvvatga ega edi. Haqiqiy zaryadlash tezligi haqiqiy foydalanish, zaryadlash shartlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. | ||||
**** WPC ga mos simsiz zaryadlash. | ||||
***** Samsung yoki Qi simsiz zaryadlovchi boshqa brendlarning smartfonlari bilan cheklangan, jumladan Galaxy S24 Ultra, S24+, S24, S23 Ultra, S23+, S23, Z Fold 4, Z Flip4, S22 series, Z Fold3 5G, Z Flip3 5G, S21 FE 5G, S21 series, Z Fold2, Note20 series, S20 series, Z Flip, Note10, Note10+, S10e, S10, S10+, Fold, S9, S9+, S8, S8+, S8 Active, S7, S7 edge, S7 Active, S6, S6 edge, S6 Active, S6 edge+, Note9, Note8, Note FE and Note5. Faqat ayrim Samsung Galaxy taqiladigan qurilmalarida mavjud, jumladan Galaxy Buds FE, Buds2 Pro, Buds2, Buds Pro, Buds Live, Watch6, Watch6 Classic, Watch5, Watch 5 Pro, Watch4, Watch4 Classic, Watch3, Watch Active2, Watch Active, Gear Sport, Gear S3, Galaxy Watch va Galaxy Buds. Batareya quvvati 30% dan past bo’lgan taqdirda, Wireless PowerShare funksiyasi ishlamasligi mumkin. Ayrim aksessuarlar, chexol, boshqa brend qurilmalari yoki ayrim Samsung taqiladigan qurilmalari bilan ishlamasligi mumkin. PowerShare ishlayotganda, sizning tarmoq muhitingizga qarab qo’ng’iroqlarni qabul qilish yoki ma’lumotlar xizmatiga ta’sir qilishi mumkin. | ||||
OS | Android 14
One UI 6.1 |
|||
Tarmoq va Aloqa | 5G*, LTE**, Wi-Fi 6E***, Wi-Fi Direct Bluetooth® v 5.3 | |||
* 5G xizmatlari faqat 5G tarmog’ini qo’llab-quvvatlaydigan hududlarda qo’llab-quvvatlanadi. Optimal 5G ulanish talab etiladi. Haqiqiy tezlik bozor, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin.
** LTE modelining mavjudligi bozor va sotuvchiga qarab farq qiladi. *** Wi-Fi 6E tarmog’ining mavjudligi bozorga, tarmoq provayderiga va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Optimal ulanish va Wi-Fi 6E routeri talab etiladi. |
||||
Suvga chidamlilik | IP68 | |||
* IP68 reytingi: 1,5 metrgacha chuchuk suvda 30 daqiqagacha suvga tushirish laboratoriya sinovlari shartlariga asoslangan. Qoldiq suvni chiqaring/ namlikdan keyin quriting. Plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. S Pen stilusining suv va changga chidamliligi doimiy emas va normal eskirish tufayli vaqt o’tishi bilan kamayishi mumkin. | ||||
- Samsung AI funksiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning aniqligi, to’liqligi yoki ishonchliligi borasida hech qanday va’da yoki kafolat bermaydi. Ayrim Samsung AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etilishi mumkin.
- Live Translate uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Live Translate funksiyasi faqat oldindan o’rnatilgan Samsung Phone ilovasida mavjud. Ayrim tillar uchun til to’plamini yuklab olish talab etilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Chat Assist funksiyasidagi Ohangni tavsiya etish xususiyati uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Funksiyani faollashtirish uchun uzunlik talablari bajarilishi kerak. Xizmatning mavjudligi tilga bog’liq bo’lishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Chat Assist funksiyasidagi tarjima qilish xususiyati uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etilishi mumkin. Ayrim chat dasturlari ushbu xususiyatni qo’llab-quvvatlamasligi mumkin. Ayrim tillar uchun til to’plamini yuklab olish talab etilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi tilga bog’liq bo’lishi mumkin. Ushbu funksiya tarjima qilingan til aniqlanganda faollashadi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Android Auto xizmatidagi yangi xususiyatlar ilova yangilangandan so’ng qo’llab-quvvatlanadi.
- Note Assist uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Belgilar soni bo’yicha cheklov mavjud. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Transcript Assist uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Transcript Assist xususiyati faqat oldindan o’rnatilgan Samsung Voice Recorder ilovasida yoki oldindan o’rnatilgan Samsung Phone ilovasi yordamida yozilgan fayllarda mavjud. Oldindan o’rnatilgan Samsung Phone ilovasidagi ovoz yozish xususiyati ba’zi mamlakatlarda qo’llab-quvvatlanmasligi mumkin. Qayta ishlash uchun audio fayllar 3 soatdan kam bo’lishi kerak. Transcript Assist funksiyasidagi xulosa funksiyasi ma’lum miqdordagi belgilar kiritilgan holatdagina faollashtirilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Natijalar vizual muvofiqlikka qarab farq qilishi mumkin. Tarmoqqa ulanish talab etiladi. Foydalanuvchilar Android operatsion tizimini so’nggi versiyasigacha yangilashlari kerak bo’lishi mumkin. Mahsulotning funksionalligi sizning ilovangiz va qurilmangiz sozlamalariga bog’liq bo’lishi mumkin. Ayrim funksiyalar ma’lum dasturlarga mos kelmasligi mumkin. Xizmatning mavjudligi mamlakat va tilga bog’liq. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- AI Zoom raqamli zoom uzunliklari orasidagi masofalarga qo’llaniladi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- 3x va 5X masofalar optik zoom. 2x va 10x masofalar optik sifatdagi zoom.
- Galaxy S23 Ultra bilan taqqoslanganda.
- Edit suggestion funksiyasi JPG, PNG, GIF va MP4 formatlari uchun mos keladi. Tahrirlash natijalari va sifati suratga olish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Tahrirlash uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Generative Edit yordamida tahrirlash fotosurat hajmini 12 MP ga o’zgartiradi. Ko’rinadigan suv belgisi tasvirning AI tomonidan yaratilganligini ko’rsatish uchun saqlangandagi tasvir ustiga qo’yiladi. Yaratilgan natijalarning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.
- Ayrim ijtimoiy media ilovalari Super HDR funksiyasini qo’llab-quvvatlamasligi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Avvalgi avlod chipsetiga nisbatan AP ishlashining yaxshilanishi ko’rsatilgan. Haqiqiy ishlash foydalanuvchi muhiti, shartlari va oldindan o’rnatilgan dasturiy ta’minot va ilovalarga bog’liq bo’ladi.
- Snapdragon brendli mahsulotlar Qualcomm Technologies, Inc. va/yoki uning sho’ba korxonalari mahsulotidir.
- Galaxy S24 Ultra smartfoni Galaxy S23 Ultra bilan taqqoslanganda.
- Galaxy S24 Ultra smartfonidagi Dynamic AMOLED 2X displeyi DCI-P3 rang miqyosida 100 foiz mobil rang hajmini ta’minlash borasida Germaniyaning VDE sertifikatiga ega bo’lib, tasvirlaringiz xira bo’lmasligi va turli yorqinlik darajasidan qat’iy nazar, ajoyib yorqin ranglarga ega bo’lishingizni anglatadi. Displey 2600 nitgacha maksimal yorqinlikka erishishi mumkin, bu esa yorqinroq tasvir sifati uchun raqamli kontentning qorong’u va yorug’ qismlari o’rtasidagi kontrastni yaxshilaydi va 5 000 000:1 kontrast nisbati mobil qurilmalar bilan ishlashni yanada jozibador qiladi.
- Corning® Gorilla® Armor Galaxy S24 Ultra old displeyiga o’rnatilgan. Sinovdagi aluminosilikat himoya oynasiga nisbatan tirnalgan va oddiy oynaga nisbatan aks ettirish uchun sinovdan o’tgan.
- Mos ravishda Galaxy S23+ va Galaxy S23 bilan taqqoslaganda. Har bir modelning displeyi va qurilma o’lchami: Galaxy S23+ (6,6 dyuym, 76,2 x 157,8 x 7,6 mm), Galaxy S24+ (6,7 dyuym, 75,9 x 158,5 x 7,7 mm), Galaxy S23 (6,1 dyuym, 70,9 x 146,3 x 7,6 mm), Galaxy S24 (6,2 dyuym, 70,6 x 147 x 7,6 mm).
- Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Serverga kirishni taqiqlovchi Adavanced Intelligence sozlamalari ayrim AI funksiyalarining ishlashini cheklaydi. Serverga kirishdan qat’iy nazar, Samsung foydalanuvchining kiritilgan yoki olingan ma’lumotlarini saqlamaydi.
- Knox Matrix One UI 6 yoki undan yangi versiyadagi Galaxy smartfon va planshetlarida qo’llab-quvvatlanadi. Mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- Galaxy S24 Ultra smartfonidagi yuqori dinamik moduli, quyi dinamik moduli, old korpus, S Pen ichki qoplamasi, S Pen tutqichi ushlagichi, yon tugma, ovoz balandligi tugmasi, SIM-karta o’rni, kamera dekosi, old ekran, orqa oyna va batareya qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan.
- Neodim magnitlari
- Galaxy S24 Ultra va Galaxy s24 + batareyalarida iste’mol qilishdan oldin va keyin qayta ishlangan kobaltning kamida 50% mavjud. Galaxy S24 batareyasida iste’mol qilishdan oldin va keyin qayta ishlangan kamida 10% kobalt mavjud. Yuqoridagi o’lchovlar vaznga asoslangan.
- Galaxy S24 seriya dinamiklari 100% foydalanishdan oldin va keyin qayta ishlangan neodimiydan tashkil topgan. Yuqoridagi o’lchovlar vaznga asoslangan.
- Galaxy S24 seriya dinamiklari kamida 40 foizi foydalanishdan oldin va keyin qayta ishlangan po’latni o’z ichiga oladi. Yuqoridagi o’lchovlar vaznga asoslangan.
- Android OS va xavfsizlik tizimini yangilashning mavjudligi va vaqti qurilma modeli va bozoriga qarab farq qilishi mumkin.
- Ul ECOLOGO® tomonidan sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlar energiya sarfini kamaytirish, materiallar, sog’liqni saqlash, atrof-muhit, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyani o’z ichiga olgan ekologik samaradorlik mezonlari asosida atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish uchun sinovdan o’tkaziladi. Galaxy S24 seriyasi mobil telefonlarning barqarorligini ta’minlash uchun UL ekologik standarti bo’lgan UL 110 y o’tkazildi.
- Carbon Trust kompaniyasi Galaxy S24 seriyasining bo’lgan uglerod izini jumladan,ishlab chiqarish,tarqatish,foydalanish va kiyinhcalik utilizasiya qilishni o’lchadi.Bu xalqaro miqyosda tan olingan PA2050 standartiga muvofiq tasdiqlangan.
- 2021-yilda Samsung MX bo’limi o’z mahsulotlari va biznesi uchun 2025-yil so’ngiga qadar erishish uchun to’rtta maqsadlar to’plamini e’lon qildi. Maqsadlarga barcha yangi mobil mahsulotlarga qayta ishlangan materiallarni ishlab chiqish va joriy etish, mobil qurilmalar uchun qadoqlashdan bir martalik plastmassalarni olib tashlash, barcha smartfon zaryadlovchilarining kutish rejimida quvvat sarfini nolga kamaytirish va barcha global kompaniyalarda chiqindilarni nolga yetkazish kiradi.
- Samsung smartfon modullarini antenna, batareya, kamera, displey, mexanik komponentlar, motor, PBA/FPCB, dinamik, simsiz zaryadlovchi moduli va qadoqlash deb belgilaydi.
- Titan faqat qurilma ramkasida foydalanilgan. Ramka ovozni boshqarish tugmalari va yon tugmalarni o’z ichiga olmaydi.
- Ranglar bozor va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.