Samsung Galaxy Tab A9 va Galaxy Tab A9+: ko’ngil ochar va unumdorlik hamma uchun yaratilgan.

08/11/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Immersiv tomosha, yengil harakat bilan ko‘plab vazifalarni bajarish va yaxlit ekotizimda uzluksiz aloqada bo‘lish imkoniyatidan bahramand bo‘ling

Hamyonbop narxlarda ham Samsung planshetlarining eng oxirgi texnologiyalariga ega bo‘lish mumkin. So‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan yangi Galaxy Tab A9 planshetlar seriyasi ikkita o‘lchamda mavjud bo‘lib, ushbu seriya immersiv video va audioni o‘ta tezkor tarmoq ichida birlashtiradi. Portativ planshetga kundalik o‘yin-kulgi va unumdorlik ehtiyojlarini qondirish vazifalari yuklatilgan. Galaxy Tab A9 va Galaxy Tab A9+ planshetlari bir nechta qurilmalarda uzluksiz aloqa o‘rnatilganligi hamda foydalanuvchilar va ularning yaqinlarining raqamli dunyosida xavfsiz navigatsiya qilishning innovatsion usullarini taklif qiluvchi yaxlit Galaxy ekotizimning yorqin namunasidir.

 

“Biz planshetlar olamidagi so‘nggi innovatsion texnologiyalarni har bir inson sinab ko‘rishga haqli deb hisoblaymiz, — dedi TM Roh, Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience Business bo‘linmasi prezidenti va rahbari, — Galaxy Tab A seriyasining so‘nggi modellarini chiqarish orqali biz butun Galaxy ekotizimi bo‘ylab ajoyib o‘yin-kulgi hamda ko‘plab vazifalarni katta mahsuldorlik bilan bajarsa bo‘ladigan planshetlardan bahramand bo‘lishingizni yanada osonlashtirdik.”

 

Premium tomosha zavqi uchun maxsus ishlab chiqilgan

Galaxy Tab A9 va A9+ planshetlari Galaxy A seriyali planshetlar ichidagi eng katta ekranlarga ega: 8,7 (A9) va 11 (A9+) dyuymli displeylar[1], foydalanuvchilarni ularning sevimli filmlari, ko‘rsatuvlari yoki o‘yinlaridan zavqlanishda yangi bosqichga olib chiqadi.

Galaxy Tab A9+ foydalanuvchilari 90 Hz displey tufayli film tomosha qilayotganda ekranga sho‘ng‘ib ketishlari hech gap emas. Birorta qotishlarsiz o‘yin o‘ynash yoki skrolling hamda Dolby Atmos tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan to‘rttalik karnaylar bilan immersiv ovozdan bahramand bo‘lishlari mumkin. O‘ta tezkor 5G tarmog‘i[2] tufayli endi yo‘lda bo‘lganingizda ham aloqa uzilishidan xavotirlanishga hojat qolmaydi. Galaxy Tab A9 ikkitalik karnaylari va LTE tarmog‘iga ega. Ikkala planshet ham orqa tomoni yumshoq teksturali hamda silliq va yaxlit dizaynga egaligi tufayli planshetdan foydalanish osonlashdi.

 

Qoyilmaqom protsessor tezligi

Galaxy Tab A9 va A9+ uchar tezlikni ta’minlaydi, bu esa foydalanuvchilarga protsessor kuchiga talabchan ishlarning endi yanada ko‘prog‘ini amalga oshirish imkonini beradi. Galaxy Tab A seriyasining eng katta xotira sig‘imiga ega ushbu planshetlar hujjatlaringizni, ilhomingiz kelgandagi ijodingizni va boshqa turli ma’lumotlaringizni saqlash uchun yetarlicha sig‘imga ega.

Samaradorlikni oshirish va darslarda yordami tegishi uchun maxsus ishlab chiqilgan Galaxy Tab A9+ Samsung DeX planshetga shaxsiy kompyuter darajasidagi mahsuldorlikni olib kiradi va bir vaqtda faol oynalar sonini uchtagacha[3] ko‘paytirish imkon beradi. Galaxy Tab A seriyasi foydalanuvchilari endi Screen Recorder[4] yordamida ekranlarini videoga olishlari mumkin. Bu orqali foydalanuvchilar keyinchalik eski ma’lumotlardan ilhom qidirish uchun yuzlanishlari mumkin.

 

Sizning Galaxy, sizning dunyo

Galaxy Tab A seriyasi foydalanuvchilari Samsung Galaxy qurilmalari bo‘ylab to‘siqlarsiz ulanishlari mumkin, bu esa foydalanuvchilarga kontentni smartfon, planshet va televizorlar o‘rtasida osongina ulashish imkonini beradi. Tezkor ulashish[5] (Quick Share) funksiyasi qurilmalarni bir-biriga bog‘lashni talab qilmasdan fayl almashishni soddalashtiradi, bu bilan foydalanuvchilar o‘zlarining sevimli kontentlarini qurilmalar o‘rtasida osongina tarqatishlari mumkin.

 

Shuningdek, yangi Galaxy Tab A seriyasidagi planshetlarda Samsung kompaniyasining mukofotga sazovor bo‘lgan ko‘p qatlamli xavfsizlik platformasi — Samsung Knox bilan ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligi

[1]       Diagonalda oʻlchangan Galaxy Tab A9’ning aylana burchaklarni hisobga olmaganda toʻliq toʻrtburchakdagi ekran oʻlchami 8.7 dyuym. Galaxy Tab A9+’ning aylana burchaklarni hisobga olmaganda toʻliq toʻrtburchakdagi ekran oʻlchami 11 dyuym. Aylana burchaklar tufayli displeyning asl maydoni kichikroq.

[2]      5G tarmogʻi faqat Galaxy Tab A9+ da qo‘llab-quvvatlanadi. Optimal 5G aloqasini talab qiladi. 5G xizmatlari faqat 5G tarmogʻi yoqilgan joylarda qoʻllab-quvvatlanadi. Asl tezlik mamlakat, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab oʻzgarishi mumkin.

[3]      Galaxy Tab A9’da bir vaqtning o‘zida ikkitagacha ilova ko‘rsatilishi mumkin. Galaxy Tab A9+’da bir vaqtning o‘zida uchtagacha ilova ko‘rsatilishi mumkin.

[4]      Screen Recorder funksiyasi One UI 2 yoki undan keyingi talqinga ega planshetlarda mavjud. Mualliflik huquqi kabi cheklovlar tufayli baʼzi ilovalar ekranini videoga olish yoki skrinshot qilishga ruxsat bermilaydi. Ekranni boshqa qurilmada aks ettirsh (Screen mirroring) payti bu funksiya ishlamaydi.

[5]      One UI 2.1 yoki undan keyingi talqinlari o‘rnatilgan Galaxy mobile/Tab’da, shuningdek, 2020-yildan boshlab chiqarilgan Galaxy Book seriyasida mavjud.

Quick Share, Quick Share Connectivity va Quick Share Agent ilovalari yangilanishlarini talab qiladi. Quick Share uchun Bluetooth Low Energy va Wi-Fi ulanishi talab qilinadi. Baʼzi ilovalar Quick Shareʼni qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin.

ta’minlanadi. Xavfsizlik va maxfiylik boshqaruv paneli foydalanuvchilarga ma’lumotlarining joriy holatini osongina ko‘rish va nazorat qilish imkonini beradi. Xavfsiz yuborish (Private Share) funksiyasi kontentni ulashishdan oldin ularni shifrlaydi. Kontentni yuboruvchi maxfiy ma’lumotlarni jo‘natishda xavfsizlikka ishonch hosil qilish uchun ruxsatlar, amal qilish muddati va boshqa parametrlarni sozlashi mumkin. Xavfsiz Wi-Fi (Secure Wi-Fi) yordamida foydalanuvchilar himoyalanmagan global internet tarmoqlariga xavotirlanmasdan kirgan holda o‘zlarining Galaxy Tab A9 yoki A9+ planshetlarini yo‘lda olib yurishlari mumkin. Qurilmada internet trafik shifrlangan va kuzatuv ilovalari bloklanganligi uchun internetdan foydalanish xavfsiz va shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligicha qoladi.

 

Planshetlar bolalar uchun o‘yin-kulgi va ma’lumot o‘rganishning muhim manbasiga aylandi va Samsung Kids bolalarga raqamli dunyoda xavfsiz qolishga yordam beradi. Sodda sozlamalar orqali ota-onalar va tarbiyachilar bolalarning raqamli faoliyatini kuzatishi va nazorat qilishi, sozlamalarga kirishi, bolalar profilini yaratishi, o‘yin vaqtini belgilashi va bolalar iste’mol qilayotgan kontentni kuzatishi mumkin. Bundan tashqari, Samsung Galaxy’ning “Edutainment” funksiyasi qurilmada foydali va qiziqarli kontentni taqdim etadi.

 

Mavjudligi

Modellar uchta kelishgan ranglarda mavjud[1]: grafit, kumush va to‘q ko‘k.

 

Galaxy Tab A9 / A9+
  Galaxy Tab A9 Galaxy Tab A9+
Displey 8.7 dyuym, LCD

60 Hz gacha

11.0 dyuym, LCD

90 Hz gacha

* To‘liq to‘rtburchakda aylana burchaklar hisobga olinmagan holda diagonalda o‘lchangan. Aylana burchaklar va kamera teshigi tufayli displeyning asl maydoni kichikroq.
O‘lchamlar & Vazn 124.7 x 211.0 x 8.0 mm, 332 g (Wi-Fi), 333 g (LTE) 168.7 x 257.1 x 6.9 mm, 480 g (Wi-Fi), 491 g (5G)
Kamera 8 MP Orqa kamera

2 MP Old kamera

8 MP Orqa kamera

5 MP Old kamera

Ilova protsessori 8 yadroli protsessor
Tezkor xotira & Doimiy xotira 4 GB + 64 GB

8 GB + 128 GB

4 GB + 64 GB

8 GB + 128 GB

1 TB gacha Micro SD Card bilan kengaytirish mumkin
*Mavjud bo‘sh xotira qurilmada keladigan dasturlar sabab o‘zgarishi mumkin.

**Xotira opsiyalari bozorga qarab o‘zgarishi mumkin.

***Micro SD card alohida sotiladi.

Batareya 5,100 mA/soat 7,040 mA/soat
*Keltirilgan odatiy sig‘im uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan o‘tgan. Odatiy sig‘im IEC 61960 standarti asosida sinovdan o‘tgan batareya namunalari orasida batareya sig‘imidagi og‘ishlarni hisobga olgandagi odatiy o‘rtacha sig‘imdir. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.

**Simli quvvatlash QC2.0 va AFC’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

***15 W quvvatlagich adapteri alohida sotiladi. Samsung oqlagan quvvatlagich va kabellardangina foydalaning.

Operatsion tizim Android 13
Tarmoq va radio 4G LTE, 5G*, Wi-Fi 5
Bluetooth® v 5.3 Bluetooth® v 5.1
* 5G tarmog‘i faqat Galaxy Tab A9+’da qo‘llab-quvvatlanadi.

**Optimal 5G aloqasini talab qiladi. 5G xizmatlari 5G taqdim etiladigan nuqtalardagina mavjud. Tarmoq asl tezligi bozor, operator va iste’molchi muhitiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Ovoz Dolby Atmos®
Xavfsizlik Samsung Knox
Aksessuarlar Klaviaturali planshet g‘ilofi, ingichka klaviaturali planshet g‘ilofi
*Boshqa aksessuarlar alohida sotiladi. Uchinchi shaxs taqdim etadigan g‘iloflar mavjudligi bozor, operator va dilerga qarab o‘zgarishi mumkin.

** Ingichka klaviaturali planshet g‘ilofi tez orada sotuvga chiqadi va faqat Tab 9+ uchun mo‘ljallangan.

 

Diagonalda oʻlchangan Galaxy Tab A9’ning aylana burchaklarni hisobga olmaganda toʻliq toʻrtburchakdagi ekran oʻlchami 8.7 dyuym. Galaxy Tab A9+’ning aylana burchaklarni hisobga olmaganda toʻliq toʻrtburchakdagi ekran oʻlchami 11 dyuym. Aylana burchaklar tufayli displeyning asl maydoni kichikroq.

[1]      Diagonalda oʻlchangan Galaxy Tab A9’ning aylana burchaklarni hisobga olmaganda toʻliq toʻrtburchakdagi ekran oʻlchami 8.7 dyuym. Galaxy Tab A9+’ning aylana burchaklarni hisobga olmaganda toʻliq toʻrtburchakdagi ekran oʻlchami 11 dyuym. Aylana burchaklar tufayli displeyning asl maydoni kichikroq.

[2]      5G tarmogʻi faqat Galaxy Tab A9+ da qo‘llab-quvvatlanadi. Optimal 5G aloqasini talab qiladi. 5G xizmatlari faqat 5G tarmogʻi yoqilgan joylarda qoʻllab-quvvatlanadi. Asl tezlik mamlakat, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab oʻzgarishi mumkin.

[3]      Galaxy Tab A9’da bir vaqtning o‘zida ikkitagacha ilova ko‘rsatilishi mumkin. Galaxy Tab A9+’da bir vaqtning o‘zida uchtagacha ilova ko‘rsatilishi mumkin.

[4]      Screen Recorder funksiyasi One UI 2 yoki undan keyingi talqinga ega planshetlarda mavjud. Mualliflik huquqi kabi cheklovlar tufayli baʼzi ilovalar ekranini videoga olish yoki skrinshot qilishga ruxsat bermilaydi. Ekranni boshqa qurilmada aks ettirsh (Screen mirroring) payti bu funksiya ishlamaydi.

[5]      One UI 2.1 yoki undan keyingi talqinlari o‘rnatilgan Galaxy mobile/Tab’da, shuningdek, 2020-yildan boshlab chiqarilgan Galaxy Book seriyasida mavjud.

Quick Share, Quick Share Connectivity va Quick Share Agent ilovalari yangilanishlarini talab qiladi. Quick Share uchun Bluetooth Low Energy va Wi-Fi ulanishi talab qilinadi. Baʼzi ilovalar Quick Shareʼni qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin.

[6]      Rang mavjudligi mamlakat yoki dilerga qarab farq qilishi mumkin.

 

 

 

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Yuklab olish

  • Galaxy-Tab-A9_A9_thumb728.jpg

  • Galaxy-Tab-A9_A9_dl1.jpg

  • Galaxy-Tab-A9_A9_dl3.jpg

  • Galaxy-Tab-A9_A9_dl4_f.jpg

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga