Samsung Galaxy Tab S11 Series bilan tanishing: Premium planshetdan kutiladigan barcha imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan
Galaxy Tab S11 series eng so‘nggi Galaxy AI xususiyatlari va yanada kuchliroq Samsung DeX tajribasini taqdim etadi – samarali ishlash uchun mo‘ljallangan ingichka va yengil planshetlar
- Takomillashtirilgan AI va qayta ishlab chiqilgan S Pen: One UI 8 yanada tabiiy va intuitiv o‘zaro aloqalarni ta’minlaydi, qayta ishlab chiqilgan S Pen esa yozish va chizish uchun qulaylik va nazoratni oshiradi, bu esa foydalanuvchilarga ijodkorlik va samaradorlikning yangi bosqichini his qilish imkonini beradi
- Samsung DeX bilan aqlli ko‘p vazifalilik: Yangi kengaytirilgan rejim Galaxy Tab S11 Ultra va tashqi monitorni haqiqiy ikki ekranli tizimga aylantiradi, foydalanuvchilar esa turli ehtiyojlar uchun to‘rttagacha moslashtirilgan ish maydonlarini yaratishlari mumkin
- Ingichka va qudratli: 3 nm protsessor va Samsung‘ning eng ingichka planshet dizayniga ega Galaxy Tab S11 Ultra ixcham shaklda tez va ravon ishlashni ta’minlaydi
Samsung Electronics Co., Ltd. o‘zining eng aqlli va ilg‘or planshet tajribasini taqdim etuvchi Galaxy Tab S11 Ultra va Galaxy Tab S11 planshetlarini e’lon qildi. Eng so‘nggi Galaxy AI[1] bilan jihozlangan, One UI 8[2] va yangi multimodal imkoniyatlar bilan takomillashtirilgan Galaxy Tab S11 Ultra hozirga qadar eng ingichka Galaxy Tab hisoblanadi. U unumdorlikka putur yetkazmagan holda, nafis shakl omilidan tashqari chiqib, premium planshetning qanday bo‘lishi mumkinligini namoyon etadi. Ushbu seriya yo‘l-yo‘lakay oson unumdorlik uchun yaratilgan bo‘lib, professional darajadagi qurilmalarni katta ekran uchun optimallashtirilgan tajribalar bilan uyg‘unlashtiradi.
![]()
Yangilangan Samsung DeX va qayta ishlab chiqilgan S Pen bilan Galaxy Tab S11 Ultra diqqatni jamlash talab qilinadigan ko‘p vazifali va uzluksiz ish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, ijodiy fikrlarni ravon va ixcham shaklda ifodalash imkonini beradi. Uchrashuvda g‘oyalarni yozib olish, ma’ruzalar konspektlarini umumlashtirish yoki vizual tushunchalarni chizish bo‘ladimi, Galaxy Tab S11 Ultra foydalanuvchilarga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, kamroq qiyinchilik bilan ko‘proq vazifalarni bajarish imkonini beradi.
“Galaxy Tab S11 series AI innovatsiyalarini takomillashtirilgan qurilma bilan uyg‘unlashtirib, Samsung‘ning mobil unumdorlik bo‘yicha chuqur tajribasini aks ettiruvchi haqiqiy ko‘p vazifali tajribani taqdim etadi,” – dedi Jey Kim, Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience Business bo‘limi ijrochi vitse-prezident va mijozlar tajribasi ofisi rahbari. “Eng so‘nggi Galaxy AI va yangi multimodal imkoniyatlar bilan ushbu flagman planshetlar eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi – foydalanuvchilarga universal, katta ekranda yanada tabiiy tarzda ishlash, ijod qilish va faoliyat yuritish imkonini beradi.”
Takomillashtirilgan AI yordamida kundalik vazifalarni bajarish
One UI 8 bilan Galaxy Tab S11 seriyasi multimodal AIni markazga olib chiqadi – foydalanuvchilar yozgan, aytgan va ko‘rgan narsalarni tushunib, real vaqt rejimida foydali takliflar bilan javob beradi. Bu vositalar har qanday vazifani bajarishda yanada samarali ishlash, ijod qilish va oqimda qolish imkonini beradi.
- Gemini Live[3] ekranni real vaqtda ulashish va vizual ma’lumot kiritish imkonini beradi, shuning uchun foydalanuvchilar Gemini bilan ko‘rayotgan narsalari haqida tabiiy suhbatlasha oladi. Bu ekrandagi kontent yoki kamera orqali ko‘rsatilmoqchi bo‘lgan obyekt bo‘lishi mumkin – Gemini Live foydalanuvchi ko‘rgan narsalarni ko‘rib, kontekstga oid savollar va so‘rovlarni bajaradi. Masalan, darsdagi foydalanuvchi o‘z yozuvlarini osongina ekran orqali ulashib, keyin Gemini’dan jadvalni tahlil qilishni yoki o‘quv materialini tushuntirishni va uning xulosalarini umumlashtirishni so‘rashi mumkin.
- Yon tugmani bosib turib, foydalanuvchilar Gemini’ni faollashtirishi va ilovalar bo‘ylab buyruqlarni bitta ko‘rsatma bilan bajarishi mumkin. Masalan, katta hajmli maqolani o‘qishga vaqt bo‘lmaganda, foydalanuvchilar havolani Gemini bilan ulashib, “ushbu maqolani qisqacha bayon qil va uni Samsung Notes’ga saqla” deyishlari mumkin. Bu keyinroq o‘qib chiqishni osonlashtiradi. U murakkab harakatlarni soddalashtiradi, shu bilan foydalanuvchilar chalg‘imasdan ishlayverishadi.
Galaxy Tab S11 series unumdorlik va ijodkorlik uchun qo‘shimcha vositalar bilan to‘ldirilgan – jumladan, katta ekran uchun moslashtirilgan Galaxy AI funksiyalarining to‘liq to‘plami.
- Foydalanuvchilar Chizish Yordamchisi[4] orqali oddiy eskizlarni aniq vizual tasvirlarga aylantirishi, so‘ngra o‘zlari yaratgan rasmlarni keyingi g‘oyalar uchun boshlang‘ich nuqta sifatida Samsung Notes’ga tortib olib kelishlari[5] Bu aqliy mehnat, vizual rejalashtirish yoki ijodiy izlanishlar uchun juda qulay.
- Yozish Yordamchisi[6] matn ohangini va uslubini takomillashtiradi, shuning uchun foydalanuvchilar yozgan matnlarini e-mail, hujjat yoki boshqa ilovalarga joylashdan oldin maqsadlariga mos kelishini osonlikcha tekshira oladilar.
- Ko‘p vazifalarni bajarish paytida foydalanuvchilar Galaxy AI’ni ko‘chma va ixcham qalqib chiquvchi oyna[7] sifatida qo‘l ostida saqlashlari mumkin. Bu ularga diqqatini bo‘lmasdan ekrandagi ma’lumotlarni umumlashtirishga imkon beradi.
- Aylana chizib qidirish[8] Google bilan endi qurilma ekranida ko‘ringan har qanday narsaning kontekstini tushunish va chuqurroq o‘rganish uchun yanada foydali. Foydalanuvchilar sahifani aylantirish va o‘zaro ta’sir qilish paytida matnni real vaqt rejimida tarjima qilishlari mumkin. Yangiliklar maqolalaridan tortib ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlargacha, foydalanuvchilar asosiy matnning o‘zlari tanlagan tildagi tezkor ekran tarjimasini ko‘radilar.
- Galaxy Tab S11 series diqqat bilan ishlash va ijodiy g‘oyalarni ifodalash uchun mo‘ljallangan yangi qayta ishlab chiqilgan S Pen bilan jihozlangan. Uning yangi konus shaklidagi ruchka uchi yaxshiroq boshqaruv uchun kattaroq qiyalik burchaklarini qo‘llab-quvvatlaydi, olti qirrali dizayni esa qo‘lda qulay va barqaror bo‘lgan tabiiy, ergonomik his etishni ta’minlaydi. Quick Tools[9] suzuvchi kirish orqali rasm chizish yoki tahrirlash paytida osonlik bilan sozlash imkonini beradi, Sticky Note esa foydalanuvchilarga to‘satdan paydo bo‘lgan fikrlar yoki vazifalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Samsung Notes ustida yozib olish imkonini beradi – hujjatlarni ko‘rib chiqish paytida ilovalarni almashtirishga hojat qolmaydi.
To‘liq ko‘lamli samaradorlik
Galaxy AI’dan tashqari, Galaxy Tab S11 series’dagi takomillashtirilgan Samsung DeX[10] foydalanuvchilarga ilovalar bo‘ylab ko‘p vazifalarni bajarishda, uchrashuvlar paytida qaydlar yozishda yoki shunchaki g‘oyalarni rejalashtirish chog‘ida maksimal samaradorlikka erishish imkonini beradi. Vizual konsepsiyalarni ishlab chiqayotgan dizayner yoki ilovalar va displeylararo tez-tez sayohat qilishni yoqtirishingizdan qat’i nazar, Galaxy Tab S11 series’dagi xususiyatlar tadqiqot va eskizlardan tortib, sayqallangan natijalarni ulashishgacha bo‘lgan har bir bosqichni qo‘llab-quvvatlaydi.
Samsung DeX’ning so‘nggi yangilanishlari Galaxy Tab S11 va tashqi monitorni uzluksiz ikki ekranli tizimga aylantiradigan Kengaytirilgan rejim bilan yanada yuqori darajadagi samaradorlikni ta’minlaydi. U yanada qulay ko‘p vazifali ishlash va moslashuvchanlik uchun Samsung DeX’ni bir vaqtning o‘zida ikkala ekranda ham ishga tushiradi – endi foydalanuvchilar ilovalarni displeylar orasida siljitishlari yoki bir ekranda hujjatga murojaat qilgan holda boshqasida taqdimot o‘tkazishlari mumkin. Bundan tashqari, Samsung DeX’da yangi imkoniyat paydo bo‘ldi: foydalanuvchilar endi turli ehtiyojlar uchun to‘rttagacha alohida, moslashtirilgan ish maydonlarini yaratishlari mumkin. Masalan, bitta ish maydoni ish uchun, boshqasi ijodiy loyihalar uchun va uchinchisi sayohatni rejalashtirish uchun ajratilishi mumkin.
Yangilangan Samsung DeX bilan foydalanuvchilar deyarli har qanday joydan to‘liq ish muhitini o‘rnatishlari mumkin – bu taqdimot uchun majlislar xonasidagi televizorga ulanish yoki ta’til boshlanishidan oldin aeroport kutish zalida ish hujjatiga so‘nggi tuzatishlarni kiritish bo‘lishi mumkin.
Book Cover Keyboard Slim bilan birgalikda Galaxy Tab S11 series maxsus Galaxy AI tugmasi orqali AI yordamchilariga tezkor kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxsiylashtirilgan ko‘chma ish stansiyasiga osongina aylanadi.
Samarali ishlash va oson ko‘chish uchun yaratilgan
Galaxy Tab S11 series o‘zining eng ilg‘or imkoniyatlarini namoyish etmoqda. U eng zamonaviy qurilmalar va nozik, yuqori darajada ko‘chma dizayndagi jonli tasvirlar bilan jihozlangan. Samsung birinchi marta S11 series’da Galaxy Tab uchun o‘zining takomillashtirilgan 3 nm protsessorini taqdim etmoqda. Bu esa tezroq ishlash, ravonroq ko‘p vazifalilik va yanada sezgir AI xususiyatlarini ta’minlaydi. Galaxy Tab S11 Ultra NPU’da 33%, CPU’da 24% va GPU’da 27% samaradorlik yaxshilanishiga erishdi[11]. Bundan tashqari, quvvatli batareya[12] va samarali issiqlik boshqaruvi ish, ijod va boshqa barcha ehtiyojlar uchun ishonchli, uzoq muddatli foydalanishni kafolatlaydi.
Maqsadli dizayn bilan uyg‘unlashgan samaradorlik Samsung‘ning apparat innovatsiyasini aks ettiradi – u o‘ta ingichka va yengil, ammo kundalik universallik uchun tayyor kuchli qurilmalarni taqdim etadi. Galaxy Tab S11 Ultra atigi 5,1 mm[13] qalinlikdagi g‘oyat nozik tuzilishga ega bo‘lib, 5,2 mm kengligi bo‘lgan ingichka ramkalar[14] ko‘chma xususiyatini yo‘qotmasdan ekran maydonini kengaytiradi. Har ikkala modelda ham Dynamic AMOLED 2X displeylar 1600 nitgacha eng yuqori yorqinlikni[15] ta’minlaydi. Bu esa ichkarida yoki tashqarida aniq, jonli tasvirlarni kafolatlaydi, shuning uchun foydalanuvchilar qayerda ishlashidan qat’i nazar, diqqatlarini jamlashlari mumkin.
Foydalanuvchilarning ish uslubiga mos keladigan vositalar
Galaxy Tab S11 series keng qamrovli uchinchi tomon ilovalar yordamida ish yoki ijodiy loyihalarni osonlik bilan boshlash imkonini beradi[16]. Goodnotes, Clip Studio Paint, LumaFusion va Notion kabi ilovalarga oson kirish imkoniyati mavjud bo‘lib, ular eskiz chizishdan tortib moslashuvchan loyiha rejalashtirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Galaxy foydalanuvchilari, shuningdek, ushbu premium vositalarni o‘rganishni, samaraliroq ishlashni va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishni osonlashtiradigan maxsus takliflar orqali eksklyuziv imtiyozlardan foydalanadilar. Goodnotes[17] 1 yillik bepul versiyani taqdim etadi, Clip Studio Paint[18] 6 oylik bepul sinov muddati va birinchi obunada 20% chegirma bilan keladi. Foydalanuvchilar LumaFusion’dan[19] 66% chegirma va bir oylik bepul Creator Pass olishlari mumkin. Notion[20] esa yozish, rejalashtirish va tashkillashtirish uchun qo‘shimcha moslashuvchanlik beruvchi Notion AI bilan Plus tarif rejasining bir oylik bepul sinov muddatini taklif etadi.
Ushbu ilovalarga qo‘shimcha ravishda, foydalanuvchilar turli ehtiyojlarni qondiruvchi kengroq imkoniyatlarni o‘rganishlari mumkin. Noteshelf 3[21] g‘oyalarni yozib olish va tartibga solish uchun moslashuvchan maketlarni taklif etadi. ArcSite[22] foydalanuvchilarga ijodiy eskizlarni CAD maketlariga aylantirish uchun aniq vositalarni taqdim etadi. Sketchbook illyustratsiya va konseptual san’at uchun qulay muhitni yaratadi, Picsart[23] esa ijodkorlarga o‘zining AIga asoslangan dizayn vositalari orqali tasavvurlarini jonlantirishga yordam beradi. Foydalanuvchilar xoh ijodiy portfellar ustida ishlayotgan bo‘lsin, xoh unumdorlikni oshirish kerak bo‘lsin, bu vositalar kundalik vazifalarni soddalashtirish va ish jarayonlarini oqillashtirish uchun mo‘ljallangan.
One UI 8 xususiyatiga ega birinchi Galaxy plansheti sifatida taqdim etilgan Galaxy Tab S11 series yanada qulay va aqlli AI tajribasini taqdim etadi. One UI 8 oktyabr oyidan boshlab Galaxy qurilmalarining boshqa oldingi avlodlariga, jumladan Galaxy Tab S10 seriyasiga ham joriy etiladi[24].
Sotuvda mavjudligi
Galaxy Tab S11 series 4-sentyabrdan boshlab tanlangan bozorlarda sotuvga chiqariladi va ikki xil rangda taqdim etiladi[25]: kulrang va kumushrang. Galaxy Tab S11 series haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi manzillarga tashrif buyuring: www.samsung.com
Texnik xususiyatlari
| Galaxy Tab S11 Ultra (14,6 dyuym) | Galaxy Tab S11 (11 dyuym) | |||
| O‘lchamlari* | 208,5 X 326,3 X 5,1 mm | 165,3 X 253,8 X 5,5 mm | ||
| *Raqamlarning aniqligi ishlatilgan o‘lchov usullariga qarab farq qilishi mumkin. | ||||
| Vazni* | 692 g (Wi-Fi), 695 g (5G) | 469 g (Wi-Fi), 471 g (5G) | ||
| *Vazn bozorga qarab farq qilishi mumkin. | ||||
| OT* | Android 16.0
One UI 8 |
|||
| Displey | 14.6″[26], 2960 x 1848 | 11.0″[27], 2560 x 1600 | ||
| 120 Gs, Dynamic AMOLED 2X
+ Anti Reflection |
120 Gs, Dynamic AMOLED 2X | |||
| Maksimal 1600 nit / HBM 1000 nit | Maksimal 1600 nit / HBM 1000 nit | |||
| AP | MediaTek Dimensity 9400+ | |||
| *Xususiyatlar model va/yoki bozorga qarab farq qilishi mumkin. | ||||
| Kamera | Orqa | 13 MP + 8 MP Ultra Wide | 13 MP | |
| Old | 12 MP Ultra Wide | 12 MP Ultra Wide | ||
| Tarmoq va ulanish* | 5G (Sub-6), Wi-Fi 7 | 5G (Sub-6), Wi-Fi 6E | ||
| *Haqiqiy tezlik bozor, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Wi-Fi 7 mavjudligi operatsion tizim versiyasi, bozor, joylashuv, tarmoq holati va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin. Wi-Fi 7 simsiz tarmoq routerlari talab qilinadi va alohida sotiladi. | ||||
| Rang | Kulrang, Kumushrang | |||
| Xotira va saqlash | 16 GB + 1 TB
12 GB + 512 GB 12 GB + 256 GB MicroSD 2 TB gacha |
12 GB + 512 GB
12 GB + 256 GB 12 GB + 128 GB MicroSD 2 TB gacha |
||
| Ovoz | To‘rtta karnay | |||
| S Pen | S Pen (BLE qo‘llab-quvvatlanmaydi) Komplektda | |||
| Chidamlilik | IP68[28], Armor AL | |||
| SIM | Ikkita SIM (1 ta jismoniy + 1 ta eSIM) | |||
| Xavfsizlik | Displeydagi barmoq izi (FOD) | |||
| Batareya / Quvvatlash | 11,600 mA/soat / 45 W | 8,400 mA/soat / 45 W | ||
| *Uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan odatiy qiymat. Odatiy qiymat IEC 61960 standarti bo‘yicha sinovdan o‘tkazilgan batareya namunalari orasidagi batareya sig‘imining og‘ishini hisobga olgan holda hisoblangan taxminiy o‘rtacha qiymatdir. Galaxy Tab S11 Ultra uchun nominal (minimal) sig‘im 11,374 mA/soat va Galaxy Tab S11 uchun 8,160 mA/soat.
**Samsung ichki laboratoriya sinovlari shartlariga asoslangan, LTE orqali Bluetooth orqali quloqchinlarga ulangan ushbu modelning oldindan chiqarilgan versiyasi standart sozlamalarda. ***Tezkor quvvatlash tezligi quvvatlash sharoitlari va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin. Asl Samsung ma’lumotlar kabelidan foydalanish tavsiya etiladi. |
||||
| Aksessuarlar | Ingichka klaviaturali kitob g‘ilofi
Kitob g‘ilofi Ramkali g‘ilof Aks ettirmaydigan ekran himoyasi (qo‘shimcha)
|
|||
*Xususiyatlar bozorga qarab farqlanishi mumkin.
*Ushbu hujjatda keltirilgan barcha funksiyalar, xususiyatlar, texnik ko‘rsatkichlar va mahsulot haqidagi boshqa ma’lumotlar, jumladan, ammo bular bilan cheklanmagan holda, mahsulotning afzalliklari, dizayni, narxi, komponentlari, ishlash samaradorligi, mavjudligi va imkoniyatlari oldindan xabardor qilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
[1] Ba’zi AI xususiyatlaridan foydalanish uchun Samsung akkauntiga kirish talab etilishi mumkin. Samsung AI xususiyatlari tomonidan taqdim etilgan natijalarning aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchliligi bo‘yicha hech qanday va’da, kafolat yoki kafillik bermaydi. Galaxy AI xususiyatlarining mavjudligi mintaqa/mamlakat, operatsion tizim/One UI versiyasi, qurilma modeli va aloqa operatoriga qarab farqlanishi mumkin.
[2] Ba’zi funksional vidjetlar tarmoq ulanishini va/yoki Samsung akkauntiga kirishni talab qilishi mumkin. Ilovalarda mavjud bo‘lgan funksiyalar mamlakatlarga qarab farqlanishi mumkin.
[3] Xizmat mavjudligi mamlakat, til va qurilma modeliga qarab farqlanishi mumkin. Amaliy foydalanuvchi interfeysi ko‘rinishidan farq qilishi mumkin. Internet ulanishi talab etiladi. Moslashtiriladigan ilova va yuzalarda ishlaydi. Natijalar vizual moslikka qarab o‘zgarishi mumkin. Foydalanuvchilarga Androidni eng so‘nggi versiyasiga yangilash talab etilishi mumkin. Google – Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir.
[4] Chizish Yordamchisi xususiyati tarmoq ulanishini va Samsung akkauntiga kirishni talab qiladi. Rasm saqlanayotganda, uning sun’iy intellekt tomonidan yaratilganligini ko‘rsatish maqsadida, ko‘rinadigan suv belgisi qo‘shiladi. Yaratilgan natijaning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.
[5] Mos keladigan ilovalar, qurilmalar va boshqa omillarga qarab mavjudlik turlicha bo‘lishi mumkin.
[6] Yozish Yordamchisi tarmoq ulanishini va Samsung akkauntiga kirishni talab etadi. Xususiyatni faollashtirish uchun matn uzunligi talablarga mos kelishi lozim. Xizmatning mavjudligi tillarga qarab farqlanishi mumkin. Natijalarning to‘g‘riligi kafolatlanmaydi.
[7] Faqat Samsung Notes va Samsung Internet ilovalarida qo‘llab-quvvatlanadi.
[8] Tanlangan qurilmalarda mavjud bo‘lib, internet ulanishi talab etiladi. Mos keladigan ilova va yuzalarda ishlaydi. Natija ko‘rish mosligiga qarab farqlanishi mumkin. Javoblarning to‘g‘riligini tekshirib ko‘ring.
[9] Hozircha bu funksiya faqat PENUP va Samsung Notes ilovalarida mavjud bo‘lib, interfeys ilovaga qarab farqlanishi mumkin.
[10] Samsung DeX simsiz ulanish faqat Android planshet ekranini aks ettirish (Miracast) imkoniyatiga ega bo‘lgan televizorlarda qo‘llab-quvvatlanadi. Televizorning texnik xususiyatlari va Wi-Fi muhitiga qarab, ishlash samaradorligida farq bo‘lishi mumkin. 2019-yildan keyin ishlab chiqarilgan Samsung Smart televizorlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Displeylar orasida o‘tish paytida, ba’zi ilovalar yangi ekranga moslashish uchun qayta ishga tushishi va ilovadagi ayrim ma’lumotlar avtomatik tarzda saqlanmasligi mumkin. Ilovaning o‘ziga va uning ekran yoki rejim o‘zgarishlarini qanday boshqarishiga qarab, xatti-harakatlar farqlanishi mumkin.
[11] Kengaytirilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari Galaxy Tab S11 Ultra’ni Tab S10 Ultra bilan taqqoslashga asoslangan. Amaliy unumdorlik foydalanuvchining muhiti, sharoitlari hamda oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va ilovalariga bog‘liq bo‘ladi.
[12] Uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan o‘rtacha qiymat. Tipik qiymat IEC 61960 standarti bo‘yicha sinovdan o’tkazilgan batareya namunalari orasidagi sig‘im farqlarini hisobga olgan holda taxmin qilingan o‘rtacha qiymatdir. Galaxy Tab S11 Ultra uchun odatiy sig‘im 11 600 mA/soat hisoblanadi. Bu ma’lumotlar Samsung kompaniyasining ichki laboratoriya sinovlari natijalariga asoslangan bo‘lib, unda modelning dastlabki versiyasi LTE tarmog‘i orqali standart sozlamalarda Bluetooth qurilmasi yordamida quloqchinlarga ulangan holda sinab ko‘rilgan.
[13] Galaxy Tab S11’da 5,5 mm.
[14] Galaxy Tab S11’da 7,8 mm.
[15] Galaxy Tab S11 seriyasi yuqori yorqinlik rejimida maksimal 1600 nit va tashqi sharoitlarda 1000 nit yorqinlikka ega.
[16] Ilova mavjudligi va xizmat ko‘rsatish shartlari mamlakatlar va hududlarga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
[17] Goodnotes ilovasi Galaxy Store’dan alohida yuklab olinishi kerak va u bilan birga 1 yillik bepul to‘liq versiya taqdim etiladi. Bepul to‘liq versiya muddati tugagandan so‘ng, ilovadan uzluksiz foydalanishni davom ettirish uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinadi. Ilovaning mavjudligi va xizmat ko‘rsatish shartlari mamlakat va mintaqaga qarab farqlanishi mumkin.
[18] Clip Studio Paint dasturiga a’zolik talab etiladi. Ayrim bozorlarda Clip Studio Paint ilovasi oldindan o‘rnatilgan holda keladi. Ilovani Galaxy Store’dan yuklab olish mumkin va birinchi marta foydalanuvchilar uchun 6 oylik bepul sinov muddati taqdim etiladi. Bepul sinov muddati tugagach, dasturdan uzluksiz foydalanish uchun oylik yoki yillik foydalanish rejasiga pulli obuna bo‘lish lozim. Birinchi obuna uchun 20 foizlik chegirma mavjud.
[19] LumaFusion ilovasi oldindan o‘rnatilgan, ammo foydalanuvchilar uni ishga tushirish uchun ikonkani bosib, Galaxy Store’dan xaridni yakunlashlari kerak. Barcha Galaxy qurilmalari egalari Galaxy Store’dan xarid qilganda 66% chegirmaga ega bo‘ladi va 1 oylik bepul Creator Pass obunasini oladi. 66% chegirma aksiyasi 2026-yil 30-noyabrgacha amal qiladi.
[20] Notion ilovasi Galaxy Store’dan alohida yuklab olinishi kerak bo‘lib, yangi yaratilgan bitta Notion ish maydoni uchun Plus&Notion AI’ning bir oylik bepul sinov muddatini o‘z ichiga oladi. Ilovaning mavjudligi va foydalanish shartlari mamlakatlar va hududlarga qarab farqlanishi mumkin.
[21] Noteshelf 3 ilovasining Premium rejasiga o‘tish uchun alohida to‘lov talab etiladi. Ushbu rejaga o‘tishda 30% chegirma faqat Galaxy Store orqali mavjud.
[22] ArcSite ilovasi Galaxy Store’dan alohida yuklab olinishi kerak va ilk bor foydalanuvchilarga 1 oylik bepul sinov muddatini taqdim etadi. Bepul sinov muddati tugagandan so‘ng, ilovadan uzluksiz foydalanish uchun oylik yoki yillik obuna rejasiga a’zo bo‘lish talab etiladi. Birinchi oylik obuna uchun 30% chegirma mavjud. Ilovaning mavjudligi va xizmat ko‘rsatish shartlari mamlakat va hududga qarab farqlanishi mumkin.
[23] Sketchbook va Picsart ilovalarini Google Play do‘konidan alohida yuklab olish kerak. Qo‘shimcha xususiyatlar uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin.
[24] Mavjudlik va muddatlar bozor, aloqa operatori yoki model turiga qarab farqlanishi mumkin.
[25] Rang va modellarning mavjudligi mamlakat, hudud yoki aloqa operatoriga qarab o‘zgarishi mumkin.
[26] Galaxy Tab S11 Ultra’ning ekrani diagonal bo‘yicha o‘lchanganda, to‘liq to‘rtburchakda 14,6 dyuym va yumaloq burchaklarni hisobga olgan holda 14,5 dyuymni tashkil etadi. Yumaloq burchaklar va kamera teshigi sababli haqiqiy ko‘rinadigan maydon bundan kamroq bo‘ladi.
[27] Galaxy Tab S11 ning ekrani diagonal bo‘yicha o‘lchanganda, to‘liq to‘rtburchak shaklida 11,0 dyuym va yumaloq burchaklarni hisobga olgan holda 10,9 dyuymni tashkil etadi. Yumaloq burchaklar va kamera teshigi sababli haqiqiy ko‘rinadigan maydon bundan kamroq bo‘ladi.
[28] Galaxy Tab S11 seriyasi va unga qo‘shib beriladigan S Pen IEC 60529 standarti bo‘yicha IP68 darajasiga ega. Laboratoriya sinovlari sharoitida 1,5 metr chuqurlikdagi chuchuk suvda 30 daqiqagacha bo‘lish (IP68) mumkinligi tasdiqlangan. Plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changga chidamliligi doimiy emas va vaqt o‘tishi bilan oddiy eskirish tufayli pasayishi mumkin. Changga chidamlilik darajasi laboratoriya sharoitida mustaqil tashkilot tomonidan sinovdan o‘tkazilgan: qurilma joylashtirilgan sinov kamerasiga (qurilma ichidagi havo bosimi atrofdagi havodan past holda) 2 soat davomida 1 kub metrga 2 kg talk kukuni (maksimal diametri 0,05 mm) purkaldi. Natijada IP6X darajasi berildi. Changga chidamlilik haqiqiy foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com