Samsung Galaxy Tab S6 Lite (2024): ixcham qadoqda stil va funksiya

29/03/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Tab S6 planshetida brendning maxsus S Pen qalami, zamonaviy dizayn va ishlaringizni bajarib tugatishgacha yetadigan uzoq muddatli quvvat mavjud

 

 

Samsung Electronics bugun ish va oʻyin uchun moʻljallangan zamonaviy Galaxy Tab S6 Lite (2024) planshetini eʼlon qildi. Yuqori aniqlikdagi S Pen bilan birlashtirilgan va ishonchli protsessor quvvatini taʼminlovchi Galaxy Tab S6 Lite (2024) plansheti talabalar, yosh mutaxassislar va oilalar uchun ilhom berishni, g‘oyalar va natijalarni ishlab chiqishni maksimal darajada oshiradi.

 

“Kompaniyamizda biz hayot tez oʻtishi, ishlar esa oʻzgaruvchan va isteʼmolchilarning kundan kunga band boʻlgan turmush tarziga mos keladigan qurilma kerakligini tushunamiz”, dedi Samsung Electronics’ning Galaxy ekotizimi mahsulotlarini rejalashtirish guruhi, MX biznesi boʻyicha prezident oʻrinbosari va rahbari Junho Park. “Galaxy Tab S6 Lite (2024) va uning S Pen qalami unumdorlikni o‘yin-kulgi va ijodkorlik bilan uzluksiz uyg‘unlashtirib, odamlarga yo‘l-yo‘lakay o‘zlariga yoqadigan mashgʻulotlari bilan koʻproq shugʻullanish imkonini beruvchi eng yaxshi hamrohdir”.

 

Eslatmalar yozib borish unumdorligining yangi darajasi

Galaxy Tab S6 Lite g‘oyalarni aniqlik bilan yozib olishni juda oson va yoqimli mashgʻulotga aylantiradi. U ergonomik S Pen bilan birga kelib, qalamdan uzoq vaqt foydalansangiz ham toliqishni sezmaysiz. Shuningdek, Samsung Notes’da planshetni qulfdan chiqarmasdan eskizlar chizish boʻladimi yoki fikr-gʻoyalarni tezda yozib olish boʻladimi, foydalanuvchilar S Pen bilan yozish yoki chizishdan doim zavqlana oladilar. Alohida quvvatlovchi talab qilmaydigan S Pen ijodkorlik paydo boʻlgan har qanday fursatda oldingizda foydalanishga doim shaydir.

 

Samaradorlikni yanada oshiruvchi Galaxy Tab S6 Lite boshqa Galaxy qurilmalari, jumladan, bir nechta qurilmalar o‘rtasida uzluksiz ulanish imkonini beruvchi Galaxy Buds FE bilan sezilmas darajada uygʻunlashadi. Foydalanuvchilar Galaxy ekotizimida oʻzlarining ijodkorlik imkoniyatlarini kengaytirishadi va oʻzlari belgilagan tartib-qoidalarga koʻra yanada koʻprogʻiga erisha oladilar.

 

 

Zamonaviy, portativ va kuchli qurilma

Galaxy Tab S6 Lite (2024) zamonaviy dizaynli, yuqori sifatli metall ko‘rinishga ega uchta jozibali rangda mavjud: Oksford kulrang, shifon pushti va yalpiz rang. Planshet ixcham va yengil bo‘lib, portativlik qobiliyatini oshiradi, Wi-Fi versiyasi uchun atigi 465 gramm, LTE bilan jihozlanganida esa 467 gramm. Bundan tashqari, Galaxy Tab S6 Lite’ning 10.4 dyuymli keng ekrani hamda ingichka va simmetrik 9 millimetrli ramkasi planshetning har bir versiyasida ajoyib displeyni taqdim etadi.

 

Galaxy Tab S6 Lite (2024) mislsiz unumdorlik va ko‘ngilochar funksiyalari bilan bir qatorda 14 soat davomida to‘xtovsiz video ijro etish imkonini beruvchi kuchli akkumulyator ega boʻlib, foydalanuvchilarga immersiv tomosha taassurotini beradi va ijodiy erkinlikdan istagancha bahramand bo‘lish ishonchini ta’minlaydi. Planshet u ilovadan bu ilovaga oson sakrab oʻtishga qodir boʻlganligi tufayli foydalanuvchilar turli xil vazifalarni yanada samarali ravishda bajara oladilar.

 

 

Mavjudligi

Galaxy Tab S6 Lite (2024) 28-martdan boshlab sotuvga chiqariladi.[1]

 

 

Mahsulotning texnik xususiyatlari

Galaxy Tab S6 Lite (2024)

Displey 10.4 dyuym, 2000 x 1200 (WUXGA+), TFT
* Aylana burchaklarini hisobga olmagan holda toʻliq toʻrtburchakda diagonalda oʻlchandi. Koʻrinadigan displey oʻlchami qurilmaning aylana burchaklari va kamera teshigi tufayli kichikroq.
Operatsion tizim Android 14.0
Oʻlchamlar 154.3 x 244.5 x 7.0mm
Ogʻirlik 465g (Wi-Fi) | 467g (LTE)
Kamera Orqa 8MP
Oldi 5MP
Tezkor xotira va doimiy xotira* 4GB+64GB

4GB+128GB

1TB gacha boʻlgan microSD**

* Xotira mavjudligi bozor, model, rang yoki dilerlarga qarab farq qilishi mumkin. Ishlatish uchun mavjud xotira sigʻimi oldindan oʻrnatilgan dasturiy taʻminotlarga va bozor, model, fayl hajmi va formatiga qarab farq qilishi mumkin.

** MicroSD kartasi alohida sotiladi.

Protsessor Toʻrt yadroli 2.4GHz + Toʻrt yadroli 2.0GHz
Battareya* 7,040mAh (odatiy)
* Keltirilgan odatiy sigʻim uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan oʻtgan. Odatiy sigʻim IEC 61960 standarti asosida sinovdan oʻtgan batareya namunalari orasida batareya sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgandagi odatiy oʻrtacha sigʻimdir. Baholangan (minimal) sigʻim 6,840mAh.
Ulanuvchanlik LTE*, Wi-Fi, Bluetooth® v 5.3
* LTE modeli mavjudligi bozor va dilerlarga qarab oʻzgaradi.
Rang Oksford kulrang, shifon pushti yoki yalpiz
Tovush AKG’dan ikkitalik karnay, Dolby Atmos®

 

[1]      Mavjudligi va chiqish vaqti mintaqaga qarab oʻzgaradi.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Yuklab olish

  • Samsung-Galaxy-Tab-S6-Lite-2024_main1f.jpg

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga