Samsung Galaxy Watch8 modellari: uyqudan tortib to mashgʻulotlargacha ultra qulaylik

14/07/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy Watch8 va Galaxy Watch8 Classic oʻzgacha dizaynni yangi va shaxsiylashtirilgan salomatlik insaytlari bilan birlashtirgan holda sizni salomatlikka undaydi

 

 

2025-yil, 9-iyul – Samsung Electronics Co., Ltd  Galaxy Watch8 va Galaxy Watch8 Classic’ni taqdim etdi[1]. Bu modellar butun Galaxy Watch qatorida oʻziga xos yangicha dizayn bilan ajralib chiqdi. Galaxy Watch Ultra’ning  yumshoq dizayn asosda qurilgan ushbu modellari sogʻligʻingizni doimiy ravishda kuzatishda eng nozik, eng qulay Galaxy Watch modellarini[2] oʻz ichiga oladi. Galaxy Watch8 modellari turli xil turmush tarziga mos keladi va ilgʻor imkoniyatlarni taqdim etadi hamda oʻzining stil va shaxsiylashtirilgan sogʻliq funksiyalari tufayli yangi standartni oʻrnatadi.

“Biz innovatsion texnologiyalarimiz orqali milliardlab odamlarga sogʻlom hayot kechirish imkoniyatini berishga sodiqmiz, – dedi Samsung Electronics kompaniyasining prezidenti va Device eXperience (DX) boʻlimi rahbari TM Roh. – Maqsadli dizaynni ilgʻor sensor texnologiyasi va intuitiv AI imkoniyatlari bilan uygʻunlashtirgan holda Galaxy Watch8 modellari sogʻlom va yanada chuqur oʻzaro bogʻlangan hayot tarziga oʻtish uchun boshlangʻich nuqta boʻlib xizmat qiladi va foydalanuvchilarning farovonligi yoʻlida mazmunli qadamlar bosishni yanada osonlashtiradi.

 

Soʻnggi salomatlik funksiyalari uchun noldan qayta ishlangan

Qurilma shakli va funksiyalari qayta koʻrib chiqilishi orqali Galaxy Watch8 modellari sanoatda yetakchi tezlik bilan tengi yoʻq qulaylikni taʼminlashga erishdi. Bu esa uni kundalik salomatlik uchun eng yaxshi hamrohga aylantiradi. Galaxy Watch Ultra bilan birga chiqqan oʻzgacha  yumshoq dizayn endi butun Galaxy Watch qatorida mavjud. Eng nozik dizaynga erishish uchun Galaxy Watch8 ning ichki tuzilishi butunlay qayta ishlab chiqildi va uning komponentlarni oʻrnatish qobiliyati 30% ga yaxshilandi. Natijada dizayn 11%ga yupqalashdi. Dynamic Lug tizimi orqali bu dizayn bilak bilan tabiiy ravishda harakatlanib, yangicha qulaylik va takomillashgan barqarorlikni3 taʼminlaydi hamda sogʻliqni kuzatishning aniqligini oshiradi.

 

 

 

 

Galaxy Watch8 ning zamonaviy koʻrinishi ajoyib tezkorlik bilan toʻldirilgan. Ochiq havoda yorqin quyosh nuri ostida boʻlsangiz ham, displey 3000 nitsda 50% yorqinroq boʻlib, eng yuqori yorqinlik bilan ajralib turadi. Takomillashgan batareya5 esa faol hayot tarzi uchun moʻljallangan. Bundan tashqari, ikki chastotali GPS yanada aniqroq joylashuv natijalarini beradi. Eng kuchli 3 nm protsessorimiz esa tezkorlik va yuqori quvvat samaradorligini taʼminlaydi. Salomatlik boʻyicha chuqurroq va aniqroq maʼlumot olish imkonini beruvchi ilgʻor BioActive Sensor bilan esa Galaxy Watch8 modellari sogʻligingizning yaxlit koʻrinishini taqdim etishga yordam beradi.

 

 

 

 

Uzoq muddatli salomatlikka erishishga harakat uchun motivatsiya

 

Uyqu sizning umumiy sogʻligʻingiz koʻzgusidir. Har bir sogʻlom kechki uyqu tanangiz va ongingiz ertasi kuni darhol tiklanishiga sababchi boʻladi. Shu sababli Samsung doimiy ravishda sogʻlom uyqu uchun vositalarni rivojlantirib, moslashtirilgan uyqu boʻyicha murabbiylarni taklif qilmoqda. Bu optimal uyqu muhitini yaratishga yordam beradi va hatto uyqu apnoesining oʻrtacha va ogʻir belgilarini aniqlaydi. Bundan tashqari, Galaxy Watch8 modellari Samsung Health ilovasi yangicha va noyob sogʻliqni saqlash funksiyalari bilan taʼminlangan boʻlib, ular uyqudan tortib to ovqatlanish va mashgʻulotlargacha bir zumda motivatsion insaytlar berish orqali sogʻlom odatlarni shakllantirishga yordam beradi.

Bedtime Guidance (Uyqu vaqti boʻyicha koʻrsatma) sirkad ritmingizni oʻlchab, ertalab tetik holda uygʻonishingiz uchun necha soat uyqu optimal ekanligini koʻrsatadi. Vascular Load (Qon tomir bosimi) uyqu paytida qon tomir tizimidagi stress darajasini kuzatishda yordam beradi. Bu turli xil turmush tarzi omillari, jumladan, uyqu, stress va faollik haqida insayt berib, sogʻligʻingizni asrashda kengroq yondashuvga oʻtishingizga yordam beradi.

Shuningdek, Galaxy Watch8 modellari aqlli soatda birinchi marta Antioxidant Index (Antioksidant indeksi) ni[6] taqdim etadi. Bu sizga karotenoid darajasini atigi besh soniyada oʻlchash va sogʻlom umr kechirish uchun mazmunli turmush tarzini tanlash imkonini beradi.

Boshlangʻich yoki tajribali yuguruvchimisiz? Galaxy Watch8 modellari sizga eng kerak payti motivatsiya berish uchun moslashtirilgan fitnes insaytlarini taqdim etadi. Running Coach (Yugurish boʻyicha murabbiy)[7] fitnes darajangizni 1 dan 10 gacha boʻlgan shkalada baholaydi va jonli ravishda koʻrsatma va motivatsion insaytlar bilan moslashtirilgan mashgʻulot rejasini ishlab chiqadi. Yugurishni qoʻllab-quvvatlaydigan yangilangan Together (Birgalikda) funksiyasi orqali siz doʻstlaringiz va oilangiz bilan birga shugʻullanib, fitnes sayohatingizni qiziqarli ravishda oʻtkaza olasiz.

Agar yuqori darajali stress davom etsa, High Stress Alert (Yuqori darajali stress) shu zahoti signal beradi. Shunda siz darhol tanaffus qilib, jonli ravishda stress darajasini tushira olasiz. Mindfulness Tracker (Xotirjamlik trekeri) yordamida siz kayfiyatingizni yozib olishingiz va stressni yengillashtirish uchun nafas olish mashqlari boʻyicha koʻrsatmalar olishingiz mumkin. Bular hammasi bir vaqtning oʻzida bilagingizda qulay sodir boʻladi.

Bundan tashqari, AI bilan qoʻllab-quvvatlangan Energy Score (Energiya balli)[8] jismoniy va ruhiy energiya koʻrsatkichlaringizni birlashtirib, sizga yaxlit energiya darajangiz suratini beradi. Bu orqali siz har kunni sogʻlom ravishda oʻtkazayotganingizga ishonch hosil qilasiz.

 

 

 

 

Wear OS va Gemini bilan oson qoʻlsoat amallari

 

Google bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan Galaxy Watch8 modellari Google’ning AI yordamchisi boʻlgan Gemini[9] bilan keladigan va Wear OS 6 tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan birinchi aqlli qoʻlsoatdir. Qoʻlsoatning Samsung Health, Calendar, Reminder va Clock kabi Galaxy Watch ilovalarida yoʻl-yoʻlakay ishlarni bajarish uchun tabiiy ovozli buyruqlardan foydalana olasiz. Misol uchun, siz Gemini’dan yaqin atrofdan

kafe topishni soʻrashingiz va doʻstingizga oʻsha yerda uchrashish haqida SMS yuborishingiz mumkin. Barchasi bir urinishda. Yoki mashgʻulot qilishga tayyor boʻlsangiz va maqsad aniq boʻlsa, shunchaki “30 daqiqalik yugurishni boshladim” deb ayting. Qoʻlsoatingiz Samsung Health’da shu zahoti mashqni ishga tushiradi.

Bundan tashqari, yangi One UI 8 Watch tufayli foydalanuvchi interfeysi soat yuzining oʻlchami va shakli uchun optimallashtirilgan. Yangi Multi-Info Tiles (Koʻp maʼlumotli plitkalar) sogʻliqni saqlash koʻrsatkichlari, ob-havo, voqealar va boshqalarni oson koʻrish imkonini beradi. Barchasi yagona va tezkor koʻrinishda. Bundan tashqari, yangi Now Bar paneli va ustma-ust tushirilmagan bildirishnomalar asosiy faollik oldinda va markazda boʻlishini taʼminlaydi.

[Galaxy Watch Series Product KV]

 

Har bir turmush tarziga moslashtirilgan

 

Galaxy Watch8, Galaxy Watch8 Classic va yangi Galaxy Watch Ultra’ga bugundan boshlab ayrim bozorlarda oldindan buyurtma berish mumkin. Asosiy sotuvlar 25-iyuldan[10] boshlanadi.

Zamonaviy va minimal dizaynli Galaxy Watch8 kundalik salomatlik uchun moʻljallangan. Qoʻlsoat 44 millimetr yoki 40 millimetr oʻlchamlarda va grafit yoki kumush rangda mavjud boʻlib, u kundalik faoliyat uchun qulaylik va stilni taʼminlaydi. Shuningdek, Galaxy Watch8 Classic aylanadigan ramka va tezkor tugma kabi qoʻshimcha qulaylik va zamonaviy xususiyatlar bilan bilagingizga davr tanlamaydigan nafosatni beradi. Classic modelning oʻlchami 46 millimetr va qora va oq rangda. Bundan tashqari, har ikkala model turli turmush tarziga moslashtirilgan bir qator zamonaviy tasmalarga11] mos kelishi mumkin.

Ochiq havoda sarguzasht qilishni yaxshi koʻradiganlar uchun Galaxy Watch Ultra shu kungacha eng ilgʻor va bardoshli Galaxy Watch modelidir. U toʻrtta titanium ranglarida, jumladan, yangi Titanium Blue’da mavjud boʻlib, eng uzoq ishlaydigan batareya va eng barqaror tezkorlikni taklif qiladi.

Agar siz sogʻligʻingizni uzluksiz kuzatishni taʼminlaydigan, koʻzga tashlanmaydigan taqiladigan qurilmani qidirayotgan boʻlsangiz, Galaxy Ring yuqori qulayligi va yetti kunlik batareyasi bilan ajoyib tanlov boʻladi. Titanium Black, Titanium Silver va Titanium Gold ranglarida mavjud boʻlgan Galaxy Ring 5-15 oʻlchamlarda keladi.

Galaxy Watch8 va Galaxy Ring haqida batafsil maʼlumot olish uchun ushbu havolalarga oʻting: www.samsungmobilepress.com, news.samsung.com/global, www.samsung.com/galaxy-watch yoki http://www.samsung.com/galaxy-ring.

 

Galaxy Watch8 modellarining texnik xususiyatlari

 

Galaxy Watch8 Galaxy Watch8 Classic
Rang – 44 mm: grafit, kumush

– 40 mm: grafit, kumush

46 mm: qora, oq
Oʻlchamlar[12]
& Ogʻirligi[13
– 44 mm: 43.7 mm x 46 mm x 8.6 t (34.0 g)

– 40 mm: 40.4 mm x 42.7 mm x 8.6 t (30.0 g)

46 mm: 46.4 mm x 46 mm x 10.6 t (63.5 g)
Displey Sapphire Crystal

– 44 mm: 1.47 dyuym (480×480)

Super AMOLED, Full Color, Doim yoniq displey

– 40 mm: 1.34 dyuym (438×438)

Super AMOLED, Full Color, Doim yoniq displey

Sapphire Crystal

– 46 mm: 1.34 dyuym (438×438)

Super AMOLED, Full Color, Doim yoniq displey

Protsessor Exynos W1000 (5 yadroli, 3 nm)
Tezkor xotira
& Doimiy xotira
2 GB tezkor xotira + 32GB doimiy xotira 2 GB tezkor xotira + 64 GB doimiy xotira
Batareya[14] (odatiy) – 44 mm: 435 mAh

– 40 mm: 325 mAh

445 mAh
Quvvatlash[15] Tezkor quvvatlash (WPC’ga asoslangan simsiz quvvatlanish)

Galaxy Watch8 Galaxy Watch8 Classic
Rang – 44 mm: grafit, kumush

– 40 mm: grafit, kumush

46 mm: qora, oq
Oʻlchamlar
& Ogʻirligi
– 44 mm: 43.7 mm x 46 mm x 8.6 t (34.0 g)

– 40 mm: 40.4 mm x 42.7 mm x 8.6 t (30.0 g)

46 mm: 46.4 mm x 46 mm x 10.6 t (63.5 g)
Displey Sapphire Crystal

– 44 mm: 1.47 dyuym (480×480)

Super AMOLED, Full Color, Doim yoniq displey

– 40 mm: 1.34 dyuym (438×438)

Super AMOLED, Full Color, Doim yoniq displey

Sapphire Crystal

– 46 mm: 1.34 dyuym (438×438)

Super AMOLED, Full Color, Doim yoniq displey

Protsessor Exynos W1000 (5 yadroli, 3 nm)
Tezkor xotira
& Doimiy xotira
2 GB tezkor xotira + 32GB doimiy xotira 2 GB tezkor xotira + 64 GB doimiy xotira
Batareya (odatiy) – 44 mm: 435 mAh

– 40 mm: 325 mAh

445 mAh
Quvvatlash Tezkor quvvatlash (WPC’ga asoslangan simsiz quvvatlanish)
OS[16] Samsung tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Wear OS (Wear OS 6)
UI One UI 8 Watch
Sensorlar Samsung BioActive sensori (Optik Bio-signal sensori + yurak elektrik signali + Bioelektrik impedans tahlili), Tana harorati sensori, Akselerometr, barometr, giroskop, geomagnit sensor, yorugʻlik sensori Samsung BioActive sensori (Optik Bio-signal sensori + yurak elektrik signali + Bioelektrik impedans tahlili), Tana harorati sensori, Akselerometr, barometr, giroskop, geomagnit sensor, yorugʻlik sensori, 3D Hall sensori
Ulanuvchanlik LTE[17], Bluetooth 5.3, Wi-Fi 2.4+5 GHz, NFC, L1+L5 ikki chastotali GPS (GPS, Glonass, Beidou, Galileo)
Chidamlilik[18] 5ATM + IP68 / MIL-STD-810H
Mos qurilma Xotirasi 1.5 GB dan ortiq boʻlgan Android 12 yoki undan keyingi versiyadagi telefonlar[19]

 

 

 

 

[1] Mavjudligi va funksiyalari bozor, model va ulangan smartfonga qarab farq qilishi mumkin. Ushbu hujjatda keltirilgan barcha funksionallik, xususiyatlar, texnik xususiyatlar va mahsulotning boshqa maʼlumotlari, shu jumladan, mahsulotning afzalliklari, dizayni, narxi, komponentlari, unumdorligi, mavjudligi va imkoniyatlari ogohlantirilmasdan oʻzgartirilishi mumkin.

[2] Oldingi Galaxy qoʻlsoatlari bilan solishtirganda.

[3] Faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. Har qanday tibbiy holat yoki kasallikni aniqlash, tashxislash, davolash, monitoring qilish yoki nazorat qilish uchun moʻljallanmagan. Qurilma va/yoki ilova orqali berilgan sogʻliqqa oid har qanday maʼlumotlarga tibbiy maslahat sifatida qaralmaslik kerak. Foydalanuvchilar har qanday tibbiy maslahat uchun shifokorga murojaat qilishlari kerak. Baʼzi xususiyatlar bozor, operator yoki ulangan qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.

[4] Foydalanuvchining sirkad ritmi va 3 kunlik uyqudagi bosim tahliliga asoslangan.

[5] Oxirgi 14 kunda kamida 3 kun davomida mos Galaxy Watch soatini taqib uxlash talab qilinadi.

[6] Oʻlchash uchun foydalanuvchi barmoq uchini soat orqasidagi sensorga qoʻyib, 5 soniya ushlab turishi kerak. Antioksidant indeksini har qanday barmoq yordamida oʻlchash mumkin, lekin eng aniq natija uchun bosh barmoq tavsiya etiladi. Terining notekis tuzilishi tufayli takroriy oʻlchov turli natijalarga olib kelishi mumkin.

[7] Murabbiy dasturini boshlashdan oldin yugurish darajasi testidan oʻtish va darajani belgilash talab qilinadi.

[8] Foydalanuvchi mos Galaxy Watch yoki Galaxy Ringʻni kamida bir marta roʻyxatdan oʻtkazsagina ishlaydi.

[9] Gemini mobil ilovasi muayyan qurilmalar, tillar va mamlakatlarda mavjud. Qurilmaga ulanishi uchun mos Wear OS qoʻlsoatini talab qiladi. Natijalar aniqligini tekshiring. Internet tarmogʻi va sozlash talab qilinishi mumkin. Funksiyalar obuna va akkauntga qarab farq qilishi mumkin. Natijalar namoyish maqsadlari uchun va amalda farq qilishi mumkin. Google va Gemini Google LLC kompaniyasining savdo belgilaridir.

[10] Rang va oʻlcham mavjudligi bozorga qarab farq qilishi mumkin.

[11] Alohida sotiladi. Qoʻlsoat tasmalarining mavjudligi bozor yoki dilerlarga qarab farq qilishi mumkin.

[12] Sogʻliq sensorlarisiz oʻlchandi.

[13] Tasmasiz oʻlchandi.

[14] Batareya davomiyligi Samsung tomonidan oʻtkaziladigan odatiy foydalanish ssenariylarida ichki laboratoriya sinovlari natijalariga asoslanadi. Batareyaning amaldagi davomiyligi turli xil foydalanish usullari, qurilma modeli, tarmoq muhiti va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. Uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan oʻtgan odatiy qiymat. Odatiy qiymat IEC 6196 standarti boʻyicha sinovdan oʻtgan akkumulyator namunalari orasidagi akkumulyator sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgan taxminiy oʻrtacha qiymatdir.

[15] Galaxy Watch8 va Galaxy Watch8 Classic (BT & LTE) relizdan oldingi versiyalarida Samsung telefoniga ulangan holda Samsung tomonidan sinovdan oʻtkazildi; barcha qurilmalar relizdan oldingi dasturiy taʼminot, Galaxy Watch Magnetic Fast Charging USB C kabeli (EP-OL300) va Samsung 25W USB C quvvat adapteri (EP-TA800) bilan sinovdan oʻtdi. Quvvatlash vaqti mintaqa, sozlamalar, foydalanish tartibi va atrof-muhit omillariga qarab farq qiladi; amaliy natijalar farq qilishi mumkin. Samsung 25W USB C quvvat adapteri (EP-TA800) alohida sotiladi.

[16] Samsung tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Wear OS tizimi Android 12 yoki undan keyingi versiyada ishlaydigan, xotirasi 1.5 Gb dan ortiq boʻlgan telefonlarda ishlaydi. Mos qurilmalar bozor, operator yoki qurilma brendiga qarab farq qilishi mumkin.

[17] LTE tarmogʻi faqat LTE modellarida mavjud.

[18] Galaxy Watch8 modellari MIL-STD 810H sertifikatiga ega boʻldi: qurilmalar jami 6 soat davomida -20 °C dan (1 soat) 50 °C gacha (1 soat) takrorlanadigan sinovdan oʻtdi.

[19] Qurilmani Google mobil xizmatlarini qoʻllab-quvvatlaydigan smartfonga ulagandan keyingina faollashtirish mumkin. Mos qurilmalar bozor, operator yoki qurilma brendiga qarab farq qilishi mumkin.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Korporativ > Texnologiyalar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga