Samsung global ovoz panellari bozorida oʻz yetakchiligining o‘n yilligini nishonlamoqda

20/03/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

FutureSource Consulting’ning yillik hisobotiga koʻra, Samsung Electronics 2014-yildan 2023-yilgacha ketma-ket oʻn yil davomida global ovoz paneli bozorida yetakchi boʻlib kelmoqda. 28-fevralda e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlar Samsung’ning bozordagi 20,3% ulushi va 2023-yilda sanoat savdosi hajmiga 18,8% hissa qo‘shganligi uning bozordagi davomiy yetakchiligini koʻrsatadi.

 

 

Samsung yillar davomida uydagi koʻngilochar vositalar tizimi uchun chegaralarni doimiy ravishda kengaytirib kelgani va oʻzining ovoz panellarining yuqori ovoz sifati va innovatsion texnologiyalari uchun katta obroʻ qozondi. Q-Symphony va SpaceFit Sound kabi kompaniya uchun maxsus boʻlgan funksiyalar tinglovchilar muhitiga ajoyib tarzda moslashadigan chuqur immersiv tovush muhitini taklif etadigan revolyutsion texnologiyalarni ishlab chiqdi.

 

Ushbu mukammal standart soha mutaxassislari va sharhlovchilari tomonidan ham eʼtirof etildi. T3 mazkur ovoz panelining immersiv audio va “obyektga asoslangan ajoyib tovushlar”i uchun HW-Q990C’ga “Eng yaxshi ovoz paneli” unvonini berdi va HomeTheaterReview uni “Mualliflar tanlovi” bilan taqdirlagach, bunday sharhladi: “Qaysi turdagi kontentni joʻnatishingizdan qatʼi nazar, bu ovoz paneli uni ajoyib tarzda ijro etadi.”

 

Bu yil Samsung isteʼmolchilar va uy kinoteatri ishqibozlarini oʻziga jalb qilish uchun kengaytirilgan sunʼiy intellekt audio funksiyalari va ulanuvchanlik imkoniyatlarini taqdim etib, tovush paneli mahsulotlar kategoriyasi bilan chegaralarni kengaytirishda davom etmoqda.

 

▲ Samsung Electronics’ning 2024-yilda ishlab chiqarilgan Q modelli HW-Q990D ovoz paneli uydagi immersiv audio imkoniyatlarini yanada kengaytiradi

 

Q modelli flagman ovoz paneli HW-Q990D qoyilmaqom 11.1.4 kanalli hajmli ovoz va yangilangan Q-Symphony funksiyasini taqdim etadi. AI tomonidan quvvatlangan qurilma barcha karnaylarda aniq eshitiladigan dialoglar va immersiv ovoz muhiti uchun ovoz kanallarini tahlil qiladi va sinxronlashtiradi. Mazkur ovoz paneli maxsus ovoz kalibratsiyasi uchun SpaceFit Sound Pro bilan birlashtirilgan va har qanday boʻshliqda ajoyib immersivlikni taʼminlaydi hamda HDMI 2.1 va 4K/120Hz portlari zamonaviy uydagi koʻngilochar vositalar tizimi talablariga javob beradigan ulanuvchanlik imkoniyatlarini taqdim etadi.

 

“Biz yana bir bor ovoz paneli bozori yetakchisi sifatida e’tirof etilganimizdan juda xursandmiz. Bu voqea yillar davomida mijozlarimizning mahsulotimizga boʻlgan ijobiy fikr-mulohazalarini aks ettirganligi natijasidir, — dedi Samsung Electronics’dagi Visual Display Business ijrochi prezident oʻrinbosari Cheolgi Kim. — Ushbu muvaffaqiyat asosida biz iste’molchilar uchun qulayliklar va Samsung’ning jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlash uchun sun’iy intellektga asoslangan ovoz texnologiyasidan foydalangan holda yuqori ovoz sifati va ilg‘or ulanuvchanlik xususiyatlari bilan uydagi ko‘ngilochar vositalarning chegaralarini kengaytirishda davom ettirishdan toʻxtamaymiz”.

 

Batafsil maʼlumot olish uchun https://www.samsung.com saytiga tashrif buyuring.

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga