Samsung ilg’or tibbiy asbob-uskunalar sohasida o’zining yetakchiligini mustahkamlash uchun Sonio kompaniyasini sotib olganini e’lon qildi
Samsung Medison, tibbiy asbob-uskunalar bo’yicha global kompaniya va Samsung Electronics filiali bugun perinatal ultratovushli AI dasturiy ta’minoti bilan shug’ullanuvchi kompaniyasi Sonio SASning 100% aktsiyalarini sotib olish bo’yicha shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
2020-yilda tibbiy yutuqlar orqali ayollar va bolalar salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Sonio akusherlik va ginekologiya ultratovush tekshiruvi uchun IT yechimlari va AI yordamchi imkoniyatlarini ishlab chiqdi, ular tibbiy mutaxassislarga ultratovushli tekshiruvlarini baholash va hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam beradi.
FDA 510(k) tomonidan tasdiqlangan Sonio Detect AI yordamchisi real vaqtda tasvir sifatini oshirish va klinik aniqlik orqali tibbiy xizmat sifatini takomillashtirish uchun chuqur o‘rganish tarmoqlaridan foydalanadi.
Bitim amalga oshirilganidan so’ng, Sonio shtab-kvartirasi Fransiyada joylashgan mustaqil kompaniya sifatida qoladi va o’zining tijorat o’sishini mustaqil ravishda davom ettiradi, uning mahsulotlari va xizmatlari esa barcha ultratovush qurilmalari ishlab chiqaruvchilari bilan mosligicha qolaveradi.
Sonio’ning jahon miqyosidagi sun’iy intellekt tajribasi bilan birgalikda Samsung Medison’ning ilg‘or ultratovush tizimlari sun’iy intellekt yordamida takomillashgan ish tajribasini bozorga chiqarishga yordam beradi va bemorlarning natijalari va tug‘ruqdan oldin parvarishlash sifati bo‘yicha innovatsiyalarni tezlashtiradi.
“Biz Sonio jamoasi onalarga nisbatan g’amxo’rlik sohasida ishlab chiqqan dasturlarga katta hurmat va ehtirom bilan qaraymiz. Sonio’ni sotib olish orqali Samsung Medison texnologiya yordamida odamlarning hayot sifatini yaxshilash haqidagi va’damizni bajargan holda o’z faoliyatini davom ettiradi”, dedi Samsung Medison Bosh direktori Yong Kwan Kim. “Sonio bilan hamkorlik prenatal ultratovush tekshirish jarayonida paradigmani o’zgartirish uchun sinfdagi eng yaxshi ultratovushli AI texnologiyasi va hisobot berish imkoniyatlarini birlashtiradi.”
“Samsung Medisonning tashkil etilgan global ultratovush biznesi Sonio’ning ilg’or AI texnologiyalari bilan birgalikda har ikki tomon uchun ham ajoyib o’sish imkonini yaratadi”, dedi Sonio Bosh direktori Cécile Brosset. “Biz Samsung Medison’da yo‘l xaritamiz va missiyamiz sari yo’limizda davom etish va ularga erishishni tezlashtirish uchun ajoyib, ishonchli hamkor topdik. Samsung Medison bilan yaqin hamkorlikdan tashqari, mustaqil kompaniya sifatida Sonio butun dunyo bo’ylab tibbiy hisobot texnologiyasi va diagnostika dasturiy ta’minotini, shu jumladan sog’liqni saqlashning kamroq e’tibor qaratiladigan sohalari uchun ham taraqqiy ettirishda davom etadi”.
Bitimning amalga oshirilishi tegishli me’yoriy hujjatlar, xususan, Fransiya Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Samsung Medison haqida
Samsung Medison – diagnostik tasvirlash qurilmalariga ixtisoslashgan tibbiy asbob-uskunalar yetakchi kompaniya. Odamlar hayotiga salomatlik va farovonlik olib kelish missiyasi bilan kompaniya turli tibbiyot sohalarida butun dunyo bo’ylab tibbiyot mutaxassislari va bemorlar uchun yangi kelajak yaratishga intiladi. 2011-yilda Samsung Medison dunyodagi eng yaxshi IT, tasvirni qayta ishlash, yarimo’tkazgich va aloqa texnologiyalarini tibbiy asboblarga integratsiyalashgan Samsung Electronics kompaniyasining sho’ba kompaniyasiga aylandi. Qo’shimcha ma’lumot uchun https://www.samsungmedison.com/ saytiga tashrif buyuring.
Sonio haqida
Sonio’ning sun’iy intellekt yordamida takomillashtirilgan dasturiy ta’minoti prenatal sonograflar va ultratovush tekshiruvchilariga imkoniyatlar yaratadi va ularga eng yuqori sifat standartlariga javob beradigan prenatal tekshiruvlarni o‘tkazishda yordam beradi, shu bilan birga har bir tekshiruvning to‘liqligini ta’minlaydi, ularning ish jarayonini soddalashtiradi va prenatal tashxislarning aniqligini oshiradi. Sonio dasturiy ta’minoti ona va homila tibbiyoti va sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi mutaxassislar o’rtasidagi besh yildan ortiq tadqiqot va hamkorlikning mahsulidir. Sonio sarmoyadorlari qatoriga Elaia Partners, Bpifrance’s French Tech Seed fondi, OneRagtime, Cross Border Impact Ventures va EIC Fund (Yevropa Innovatsiya Kengashi) kiradi. Sonio haqida ko’proq ma’lumot olish uchun veb-saytimizga tashrif buyuring https://sonio.ai/
Pressa uchun > Press-relizlar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.