Samsung isteʼmolchilarga ideal kir yuvish mashinasini topishga yordam beruvchi yangi vositani ishga tushirdi

23/01/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.

Yangi onlayn vosita foydalanuvchilarga oila aʼzolari soni, kir yuvish tartibi va hayot tarzi afzalliklariga asoslangan holda toʻgʻri kir yuvish mashinasini topishga koʻmaklashadi

 

Samsung Electronics isteʼmolchilarga shaxsiy ehtiyojlari va hayot tarzi afzalliklaridan kelib chiqqan holda ideal kir yuvish yechimini tanlashda yoʻl-yoʻriq koʻrsatishga moʻljallangan “Help Me Choose” raqamli vositasi ishga tushirilganini eʼlon qildi.

 

Vosita atigi bir nechta tugmani bosish orqali mahsulot turlari, jumladan, kir yuvish mashinalari, quritkichlar, kir yuvish va quritish toʻplamlari hamda yaxlit kombinatsiyalashgan modellar boʻyicha moslikni baholaydi va foydalanuvchilarga jonli ravishda mahsulot tavsiyalariga asoslanib, aqlliroq qaror qabul qilish imkonini beradi.

 

“Bugungi kunda isteʼmolchilarning kir yuvish borasidagi ehtiyoj va xohishlari turlicha, bu esa barcha uchun birdek toʻgʻri keladigan yagona yechim yoʻqligini anglatadi, — dedi Samsung Electronics’ning raqamli maishiy texnika (DA) biznesi savdo va marketing jamoasi rahbari va prezident oʻrinbosari Sang Jik Lee. — Qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish va mahsulot bilan tanishishning yanada intuitiv usulini taklif qilish orqali ‘Help Me Choose’ vositasi eng mosini topishni osonlashtiradi”.

 

Turli zamonaviy hayot tarzlari uchun moʻljallangan

 

Samsung turli bozorlar va hayot tarzi ehtiyojlarini qondirish uchun oʻzining kir yuvish mashinalari qatorini muttasil kengaytirib kelmoqda: yolgʻiz yashovchilar uchun ixcham modellardan tortib, katta oilalar uchun yuqori sigʻimli qurilmalargacha.

Biroq isteʼmolchilar onlayn xarid qilayotganda mavjud modellarning keng qatori baʼzan tanlov jarayonini murakkablashtirib yuborishi mumkin. Maishiy texnikani onlayn xarid qilish tendensiyasining oʻsib borayotgani va dunyo boʻylab isteʼmolchilar hayot tarzining xilma-xilligi ortib borayotganini inobatga olgan holda yangi vosita foydalanuvchilarni hayot tarziga asoslangan bir qator savollar orqali yoʻnaltiradi. Masalan, oila aʼzolari soni nechta, haftada necha marta kir yuviladi, qancha boʻsh joy mavjud va ular uchun energiya yoki vaqtni tejash kabi qaysi istaklar eng muhim ekanligi soʻraladi. Ushbu javoblarga asoslanib, foydalanuvchilar oʻz mintaqalarida mavjud boʻlgan Samsung kir yuvish mashinalari qatoridan shaxsiylashtirilgan tavsiyalarni olishlari mumkin.

Masalan, kimdir yolgʻiz yashasa, uy hayvoni boʻlsa va joyni tejashni qadrlasa, vosita Bespoke AI Laundry Combo’ni tavsiya qilishi mumkin. Chunki u kir yuvish va quritishni yagona blokda bajarish orqali samarali kir yuvish imkonini taqdim etadi va ikkita alohida mashinaga boʻlgan zaruratni bartaraf qiladi, shu bilan birga Pet Care (uy hayvonlarini parvarishlash) hamda AI Wash & Dry[1] sikllarini taklif etadi.

 

Mavjudligi

 

“Help Me Choose” yanvar oyidan boshlab muayyan global bozorlarda Samsung.com saytida ishga tushiriladi va keyinchalik kengroq miqyosda taqdim etiladi.

 

Shuningdek, Samsung 2026-yilning birinchi yarmidan boshlab ushbu vositani boshqa mahsulot toifalariga ham kengaytirishni rejalashtirmoqda, bu esa isteʼmolchilarga ishonchli va asosli xarid qarorlarini qulayroq qabul qilishga yordam beradi.

 

[1] Aniqlash va oʻlchash qobiliyatlari oldindan belgilangan maʼlumotlar toʻplamidan foydalangan holda oʻqitilgan chuqur oʻrganish modellarimizga asoslanadi va noaniq yoki notoʻgʻri natijalar berishi mumkin. Aniqlikni oshirish uchun oʻrganish modellarimizga vaqti-vaqti bilan yangi maʼlumotlar toʻplamlari kiritilishi mumkin.

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > Uy uchun

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga