Samsung, Juniper Networks va Wind River vRAN hamda Open RAN samaradorligini oshirish uchun hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyadi
Kompaniyalar mobil chiplar, radiovositalar va transport elementlarini qamrab oluvchi raqamli shifrlangan virtualizatsiyalangan tarmoqqa erishishning yangi yoʻlini muvaffaqiyatli yaratishmoqda.
Samsung Electronics, Juniper Networks® (NYSE:JNPR) va Wind River® kompaniyalari oʻzaro hamkorlikda provayderlarga oʻz tarmoqlarini raqamli shifrlangan virtualizatsiya bilan boshqarishga imkon beruvchi virtual uyali aloqa minorasi routerini (vCSR) ishlab chiqarishdi. Ushbu dasturiy taʼminotga asoslangan tarmoq yangi xizmatlarni joriy qilishda yanada moslashuvchanlik, tezkorlik, barqarorlik va tez bozorga chiqish vaqtiga erishishni (TTM) taʼminlaydi.
vCSR yangi arxitekturaning bir qismi boʻlib, unda taqsimlovchi birlik va CSR funksiyalari bir serverda virtuallashtirilgan tarmoq elementlari sifatida birga mavjud bo‘ladi. Mazkur oʻzaro hamkorlikda kompaniyalar toʻliq konteynerlashtirilgan tarmoq elementi boʻlgan Juniper’ning Cloud-Native Routerini Wind River Studio Cloud platformasida Samsung’ning virtuallashtirilgan taqsimlovchi birligi (vDU) bilan integratsiyalashtirdi. Yagona virtual RAN (vRAN) serverida bir nechta tarmoq elementlarini ishga tushirish orqali kompaniyalar mohiyatan uyali aloqa minorasida oʻrnatiladigan jismoniy router uskunasiga boʻlgan ehtiyojni yoʻq qiladi va 5G va undan keyingi tarmoq tizimlarini oʻrnatish uchun ketadigan egalik huquqining jami xarajatini (TCO) kamaytiradi.
Anʼanaviy tarmoqlar bilan taqqoslaganda, ushbu dasturiy taʼminotga asoslangan infratuzilma yanada chidamli va aqlli mobil tarmoq tizimini taklif qiladi. Ushbu texnologik ishlanma turli komponentlar oʻrtasida moslashuvchanlik va oʻzaro muvofiqlikni oshirish orqali vRAN salohiyatini roʻyobga chiqarishda hal qiluvchi rolni oʻynaydi. Yagona serverda bir nechta dasturiy tarmoq elementlarini umumlashtirish orqali operatorlar quyidagilardan foyda koʻra oladilar:
• Samsung’ning CognitiV Network Operations Suite vositalari bilan raqamli shifrlangan avtomatlashtirish: bu yechim plug-and-play’ni, vizual boshqaruv tizimini va keng ko‘lamli dasturiy ta’minot yangilanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa tarmoq tizimni oʻrnatish va ishlatish jarayonini yanada sodda va samarador qilishni taʼminlaydi.
• Chaqqonlik va moslashuvchanlik: dasturiy taʼminot tomonidan belgilangan tarmoq tamoyillari asosida yaratilgan ushbu virtuallashtirilgan arxitektura operatorlarning turli tarmoq konfiguratsiyalari va xizmat koʻrsatish talablarini qondirish uchun zarur boʻlgan keng masshtablashish va moslashuvchanlikni taʼminlaydi.
• Turli xil ilovalarni qoʻllab-quvvatlash qobiliyati: dasturiy taʼminotga asoslangan arxitektura bilan vCSR texnologiyasi fayrvol (firewall) kabi xavfsizlik vositalarini qoʻllab-quvvatlaydi va maʼlumotlar oqimini aqlli ravishda boshqara oladi.
• Kamroq qurilmalar bilan sodda tizim oʻrnashuvi tufayli kapital qoʻyilmalar kamaytiriladi: eski uskunalarni sotib olishning hojati yo‘q, chunki ular serveringiz ichida vDU va boshqa dasturiy platformalar bilan birlashtirilishi mumkin. Bu qurilma ichida boʻsh joyni ham yaratadi.
• Energiya tejamkorligi bilan operatsion xarajatlar kamayishi: server umumlashuvi tufayli jismoniy CSR uskunasiga boʻlgan ehtiyoj yoʻq qilinishi energiyani taxminan 30% ga tejashi mumkin.
“Samsung amalda vRAN’ni o‘rnatishdan yigʻilgan tajribasi yordamida Juniper va Wind River bilan bir qatorda butun dunyo bo‘ylab raqamli shifrlangan virtuallashtirilgan tarmoqlarga yo‘l ochmoqda”, dedi Samsung Electronics kompaniyasi prezident oʻrinbosari, mahsulot strategiyasi va tarmoq biznesi rahbari Ji-Yun Seol. “Ushbu revolyutsion yondashuv bilan biz operatorlarga oʻz tarmoqlarini taraqqiy etish va virtual hamda ochiq yondashuvlarni qabul qilishlari uchun katta turtki beramiz.”
“vRAN’ning asosiy maqsadi — operatorlarga moslashuvchanlik va chaqqonlikni taqdim etish. Bizning bulutga asoslangan routerimiz ajoyib tezkorlikni taqdim etish bilan birga operatsiyalarning soddaligini va iqtisodiy moslashuvchanlikini taʼminlaydi. Bugungi kundagi operatorlar oʻzlari taqdim etayotgan xizmatlari bilan foydalanuvchilar qulayligini birinchi oʻringa qoʻygan holda xarajatlarni ham toʻgʻri qoplashi kerak. Juniper’ning Samsung va Wind River bilan hamkorligi ularga 5G investitsiyalarini amortizatsiya qilish, barqaror infratuzilmani qurish va yanada qiziqarli va yangi xizmat takliflarini oʻylab chiqishga yordam beradigan yechim yaratmoqda”, dedi Juniper Networks kompaniyasining katta prezident oʻrinbosari va bosh texnik direktori Raj Yavatkar.
“5G vRAN/O-RAN tizimlarining koʻp qismini global operatorlar bilan taʼminlaydigan 5G sohasidagi yetakchi sifatida bizning Wind River Studio platformamiz vRAN va Open RAN uchun serverlarda ishlaydigan keng miqyosli, maqsadli va taqsimlangan bulut xizmatidir, — dedi Wind River kompaniyasining bosh texnik direktori Pol Miller. — Samsung va Juniper bilan hamkorlikda Wind River Open RAN dunyosini roʻyobga chiqaradi va uyali aloqa operatorlari uchun egalik huquqining jami xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish va yangi biznes imkoniyatlarini yaratadi”.
Ushbu innovatsion vCSR texnologiyasi Mobile World Congress 2024’da kompaniyalarning tegishli stendlarida namoyish etiladi: Samsung (2-zal, 2M20), Juniper Networks (2-zal, 2D12) va Wind River (2-zal, 2F25).
Samsung’ning vRAN va Open RAN texnologiyasi 100% virtualizatsiyalashgan, bulutga asoslangan va qurilmadan ajratilgan vDU va vCU yechimini taklif etadi. Bu butun dunyo boʻylab keng koʻlamli tijoriy tarmoqni joylashtirishda sinalgan va isbotlangan yechimdir. Uning sanoatdagi yetakchi vRAN dasturiy taʼminoti boʻlmish vRAN 3.0 kelajak operatorlarining yangi avlod tarmoq tizimlarini qurish ehtiyojlarini qondirish uchun optimallashtirilgan bir qator aqlli va chidamkor funksiyalarga ega. Samsung’ning virtual Open RAN tizimi oʻzining mustahkam ekotizimi bilan tezkorlikni kuchaytiradigan va energiya samaradorligini oshiradigan ilgʻor texnologiyalarni taqdim etadi.
Juniper’ning bulutga asoslangan routeri konteynerlash iqtisodidan va operatsion samaradorlikdan toʻliq foydalanadi, bu esa xizmat koʻrsatuvchi provayderlarga 5G’ni oʻrnatish uchun zarur boʻlgan moslashuvchanlikni beradi. Tezkor va dasturiy taʼminotga asoslangan Juniper’ning sinovdan oʻtgan router texnologiyasi Kubernetes konteyner tarmoq interfeysi (CNI) doirasida taqdim etiladi. Bu Wind River Studio platformasida Samsung vDU bilan yengil integratsiya qilish imkonini beradi.
Ochiq kodli StarlingX loyihasi asosida Wind River Studio keng miqyosda tarqalgan tarmoqlarni ishlab chiqish, oʻrnatish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun toʻliq bulutli, Kubernetes va konteynerlashga asoslangan arxitekturani taqdim etadi. Bu texnologiya bir panelda barcha sozlamalarni koʻra olish va odam qatnashuvisiz avtomatlashtirish yechimlarini taqdim etish orqali tarmoq tizimlarini oʻrnatishdagi dastlabki va undan keyingi operatsiyalarni soddalashtiradi va geografik miqyosda taqsimlangan tarmoqlarni boshqarish uchun zamin yaratadi. Bu platforma xizmat koʻrsatuvchi provayderlar uchun chigal masala tugunini yechadi: yirik va taqsimlangan tarmoqlar uchun bulutga asoslangan infratuzilmani oʻrnatish va boshqarish endi qiyin emas. Bu ularga virtual Open RAN tizimida ham anʼanaviy RAN tezligiga erishish imkonini beradi.
Juniper Networks haqida
Juniper Networks oddiy aloqa mustahkam aloqa bilan bir xil emas deb hisoblaydi. Juniper’ning AI’ga asoslangan tarmoq platformasi AI kuchidan to‘liq foydalanishi uchun AIOps qatlami va kompaniyaning xususiy tizimlari bilan birgalikda qurilgan. Mahsulot jonli ravishda nosozliklarni izolyatsiya qilish, proaktiv anomaliyalarni aniqlash va avtomatik tuzatish protokollari kabi funksiyalarni taklif etadi. Bu funksiyalar turli tarmoq operatsiyalari, jumladan, kampuslar, filiallar, maʼlumotlar markazlari va WAN operatsiyalarida aniqlilik, ishonchlilik va xavfsizlikni oshiradi. Batafsil maʼlumotni Juniper Networks (www.juniper.net) sahifasidan topishingiz mumkin. Biz bilan bogʻlanish uchun X (Twitter), LinkedIn va Facebook‘dagi sahifalarimizga murojaat qiling.
Wind River haqida
Wind River oʻta muhim intellektual tizimlar uchun dasturiy taʼminotni yetkazib berish boʻyicha jahon yetakchisi hisoblanadi. Qirq yildan koʻp vaqt mobaynida kompaniya eng yuqori darajadagi xavfsizlik va ishonchlillika ega milliardlab qurilmalar va tizimlarni qoʻllab-quvvatlovchi novator va kashshof bo‘lib kelmoqda. Wind River dasturiy taʼminoti va tajribasi turli sanoatlarda raqamli taraqqiyotni tezlashtirmoqda. Avtomobilsozlik, aerokosmik, mudofaa, tibbiyot va telekommunikatsiya shular jumlasidan. Kompaniya jahon darajasidagi professional xizmatlar va qoʻllab-quvvatlash hamda keng hamkorlik ekotizimini taklif qiladigan katta xizmatlar toʻplamiga ega. Batafsil maʼlumot uchun www.windriver.com saytiga tashrif buyuring.
Korporativ > Boshqa
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.