Samsung Knox 2024-yil televizorlarida yuqori xavfsizlik standartlarini ta’minlagani uchun CC sertifikatini oldi
Mazkur sertifikat Samsung Knox’ning ketma-ket 10 yil davomida yuqori xavfsizlikni saqlab kelgani va samaradorlikka sodiqligini ko‘rsatadi.
Samsung Electronics 2024-yilgi televizorlariga integratsiyalangan ishonchli xavfsizlik yechimi bo‘lgan Samsung Knox mahsulot hali chiqarilmasidan Common Criteria (CC) sertifikatiga erishganini bugun e’lon qildi.
CC sertifikati IT mahsulotlari xavfsizligini baholash uchun dunyoning 31 ta mamlakati [1] tomonidan tan olingan global mezon hisoblanadi. Samsung Knox — yil sayin takomillashib borayotgan televizorlar uchun yuqori darajadagi xavfsizlik yechimi ketma-ket 10 yil davomida CC sertifikatiga ega bo‘lib keldi. Bu yil esa Samsung Knox 2024-yilgi televizorlar bozorda iste’molchilarga hali taqdim etilmasidan o‘zining global xavfsizlik yechimining nuqsonsizligini tasdiqlaganini namoyish etdi.
“Kundalik hayotimiz tashqi dunyo bilan yanada chuqur bog‘lanib borar ekan, Samsung mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligi va xavfsizligiga bo‘lgan fundamental ehtiyojni tushunadi, — dedi Samsung Electronics’ning Visual Display Business ijrochi prezident o‘rinbosari Yongjae Kim. — Buni yodda tutgan holda xavfsizlik choralari va standartlarimizni doimiy ravishda kuchaytirish yo‘lida televizorlarimizdagi Samsung Knox uchun 10 yil ketma-ket CC sertifikatiga erishib kelganimizdan faxrlanamiz”.
CC tashkiloti IT mahsulotlari uchun izchil va qat’iy halollik va butunlikni baholash standartlarini ta’minlash uchun mavjud va baholash va sertifikatlash samaradorligini oshirishda davom etmoqda. O‘zining rivojlanib borayotgan baholash tizimi va o‘sib borayotgan standartlari bilan CC tashkilotining maqsadi sertifikatlangan IT mahsulotlarining xavfsizligiga ishonchni mustahkamlashga qaratilgan. CC sertifikati Protection Profile (PP) va Security Target’dan (ST) iborat. Samsung Knox ST mezonlaridan muvaffaqiyatli ravishda o‘tdi va CC standartlariga erishdi.
CC sertifikati Samsung Knox’ning uchta asosiy xavfsizlik xossalarini ta’kidlaydi:
• Tizen OS monitoringi: Samsung Knox jonli tarzda potensial xakerlik tahdidlarini faol ravishda aniqlaydi va Samsung televizorlarining asosiy qismi bo‘lgan Tizen OS’ning muhim sektorlarida ruxsatsiz o‘zgarishlar haqida ogohlantirish beradi.
• Fishing veb-saytlarini bloklash: Samsung Knox foydalanuvchi ma’lumotlari va maxfiyligini himoya qilish uchun foydalanuvchilar kirmoqchi bo‘lgan veb-sahifalarni tekshirib, har qanday fishing saytlarini oldindan bloklaydi.
• Takomillashgan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tizimi: Samsung Knox xavfsizlik funksiyalari uchun maxsus Samsung Knox Vault protsessoridan foydalanib, foydalanuvchilarning nozik shaxsiy ma’lumotlarini xavfsiz ulanish protokoli orqali uzluksiz himoya qilishni ta’minlaydi. [2]
Samsung’ning 2024-yilgi televizorlarlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi sahifaga tashrif buyuring: samsung.com.
[1] Avstraliya, Avstriya, Kanada, Chexiya, Daniya, Efiopiya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Hindiston, Indoneziya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Malayziya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Pokiston, Polsha, Qatar, Koreya, Singapur, Slovakiya, Ispaniya, Shvetsiya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSH.
[2] Faqat QN900D va QN800D modellari uchun.
Pressa uchun > Press-relizlar
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.