Samsung kompaniyasi MWC 2023 ko’rgazmasida Galaxining so’nggi mahsulotlarni va Innovatsiyalarni namoyish etdi.

02/03/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Tashrif buyuruvchilarga yangi Samsung Galaxy S23 seriyasi hamda o’zaro ulangan mahsulotlar va xizmatlar ekotizimidan foydalanish tajribasi taqdim etildi.

 

2023-yilning 27-Fevralidan 2-Martiga qadar, Ispaniyaning Barselona shahridagi Mobile World Conference (MWC) taqdimotida Samsung Electronics Co. Galaxy S23 va Galaxy Book3 kabi o’zining so’nggi mahsulotlari va xizmatlarini namoyish etdi.  Samsung peshtaxtasiga tashrif buyuruvchilar yangi Samsung Galaxy innnovatsiyalari bilan immersiv hamda interaktiv eksponatlar yordamida tanishib chiqishlari mumkin bo’ladi.

“Biz Samsung kompaniyasida Galaxy innovatsiyalarining kelajagi barqaror rivojlanish g’oyasiga sodiqlik hamda hamkorlar bilan ochiq ish olib borish bilan bog’liqligiga ishonamiz” — deydi Samsung kompaniyasi Mobile eXperience (MX) yo’nalishi rahbari TM Roh. “Bu yilgi MWC ko’rgazmasida biz Galaxy S23 Ultra hamda Galaxy Book3 Ultra kabi so’nggi mahsulotlarimiz Samsung kompaniyasining kundalik hayotni yaxshilovchi imkoniyatlarni yaratish g’oyasini ifodalashini sizlarga namoyish etishdan juda xursandmiz.”

 

 

Qudratli mahsulotlar hamda takliflar bilan Epik tajriba

 

Kompaniyaning xizmatlari va mahsulotlari ekotizimi evaziga yanada kengayib ulgurgan so’nggi Samsung innovatsiyalari premium darajadagi mobil qurilmalar uchun yangi standartlarni belgilab bermoqda. MWC 2023 ko’rgazmasida jozibador kontent, mobil tajriba yaratish hamda yanada ekologik dizayni tufayli Galaxy S23 seriyasi Samsung kompaniyasining sohadagi so’nngi innovatsiyalarga sodiqligini namoyish etadi.

Galaxy S23 seriyasining yangilangan kameralar tizimi foydalanuvchilarga nihoyatda kinematografik uslubdagi foto va videolarni tasvirga olish orqali oz ijodiy erkinligini namoyish etishga imkoniyat yaratadi. Peshtaxtaga tashrif buyuruvchilar past yorug’likdagi tungi suratga olish imkoniyatlari, yuqori aniqlikdagi tasvirlar uchun 200 MP adaptiv pikselli sensor[1] hamda AI Stereo Depth Map yordamidagi ajoyib portret tasvirlar kabi Galaxy S23 Ultra smartfonining barcha yangi kamera imkoniyatlari bilan tanishib chiqishlari mumkin. Galaxy S23 seriyasi o’yin ishqibozlari hamda kontent yaratuvchilar uchun Galaxy qurilmalaridagi eng tezkor hamda qudratli ish ko’rsatkichlarini taqdim etmoqda.[2] Tashrif buyuruvchilar poyga o’yinlarini o’ynab ko’rishlari hamda Galaxy S23 Ultra smartfonining yangilangan o’yin ko’rsatkichlarini sinab ko’rishlari mumkin.

Samsung Galaxy Ultra innovatsiyalarining asosida kengaytirilgan Galaxy ekotizimiga ulanish imkoniyati yotadi. Tashrif buyuruvchilar mutlaqo yangi Galaxy Book3 Ultra yordamida shaxsiy kompyuter hamda smartfonning simsiz ulanish va bir nechta qurilma, ekran va operatsion tizimlar o’rtasidagi tezkor hamda muammolarsiz ulanish tajribasini sinab ko’rishlari mumkin. MWC tashrif buyuruvchilari, shuningdek, Galaxy Watch5 soatidagi Galaxy Health funksiyasining Uyqu boshqaruvining demo versiyasi imkoniyatlari, Samsung Wallet hamda SmartThings yordamida uy qurilmalarini ulash va boshqarish kabi so’nggi Samsung xizmatlari borasidagi yuksak tajribaga ega bo’lishlari mumkin. Bundan tashqari ular One UI 5.1 o’rnatilgan Galaxy qurilmalarida yoki ko’plab tasma tanloviga ega soatlardagi ulkan sozlash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib chiqishlari mumkin. Galaxy S23 seriyasining yangi standartlarni belgilashga qodir innovatsiyalari Samsung kompaniyasining barqaror rivojlanish g’oyasiga sodiqligini tasdiqlovchi ajoyib dizaynida jamlangan. Avvalgi Galaxy smartfonlariga nisbatan Galaxy S23 seriyasida yanada ko’proq komponentlarda qayta ishlangan materiallardan foydalanilgan[3] hamda mazkur seriya ko’proq yaroqlilik davri va qulay sozlanish imkoniyati evaziga uzoq yillik xizmat ko’rsatishi ko’zda tutilgan. O’z navbatida, peshtaxta tashrif buyuruvchilari Samsung kompaniyasining yangi “Kundalik barqarorlik” g’oyasi haqida bilib olishlari hamda yangilangan S seriyasining bir necha avlod qurilmalaridan tashkil topgan immersiv san’at asarini sinab ko’rishlari mumkin bo’ladi.

 

 

 

 

Samsung kompaniyasining MWC ko’rgazmasidagi hamkorlar bilan birgalikdagi integratsiyalari

 

Samsung foydalanuvchilariga eng a’lo tajriba taqdim etish maqsadida ochiq hamkorlik qilish hamda sohaning yetakchi tashkilotlari bilan birgalikda faoliyat olib borish g’oyalarini qo’llab-quvvatlaydi. Mazkur yondashuv asosida tashrif buyuruvchilar bu yilgi MWC ko’rgazmasi bo’ylab turli hamkorlar peshtaxtalarida Samsung mahsulotlari va xizmatlari bilan tanishishlari mumkin bo’ladi. Tashrif buyuruvchilar Galaxy S23 seriyasida foydalanilgan ekologik toza materiallar haqida bilib olish uchun, so’nggi Galaxy smartfonlarida ovozli xabarnomalarni sozlash hamda ko’rgazmdagi Galaxy Watch5 soatiga selfi qilish imkoniyatlarini sinab ko’rish uchun Android Avenue (2 va 3-zallar o’rtasida) bo’limiga tashrif buyurishlari mumkin. Bundan tashqari, Samsung Qualcomm kompaniyasining peshtaxtasida (3-zal, 3E10) ham ishtirok etadi hamda tashrif buyuruvchilar Galaxy uchun Snapdragon ® 8 Gen 2 yangi mobil platformasiga ega Galaxy S23 Ultra smartfonining yetakchi xususiyatlari bilan tanishishlari mumkin bo’ladi.  Samsung Displey peshtaxtasida (2-zal, 2K40) Samsung Galaxy Z Fold4 smartfonida foydalanilgan Samsung (UTG) ultra ingichka oynasining chidamlilik ko’rsatkichlarini ham bilib olishlari mumkin. Tashrif buyuruvchilar, Galaxy Book3 qurilmasida foydalanilgan yorqin va aniq Dynamic AMOLED 2X displeyi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

 

 

Yangi mahsulotlarining yo’lga qo’yilganligini nishonlash uchun Samsung kompaniyasi Fira Barcelona Gran Viadagi ko’rgazma maydonlarida katta billbord, kirish qismi, tashqi bayroq ustunlari hamda ilingan bannerlar kabi reklama maydonlarida Galaxy S23 seriyasi, Galaxy Book3 hamda Galaxy oilasi qurilmalarini reklamasini namoyish etadi.

 

MWC ko’rgazmasida Samsung MX peshtaxtasi (3-zal, 3I10) Fira Barcelona Gran Via binosining 3-zalida joylashgan bo’ladi.

 

 

 

[1] Galaxy S23 Ultra uchun Samsungning yangilangan pixel binning texnologiyasi 200 MP, 50 MP hamda 12 MP chiqish ko’rsatkichlarini ta’minlaydi.
[2] Galaxy S23 seriyasi Samsung uchun moslashtirilgan hamda Galaxy S23 seiyasi yo’lga qo’yilish vaqtidagi yagona bo’lgan Galaxy uchun Snapdragon ® 8 Gen 2 mobil platformasi bilan jihozlangan. Dunyodagi eng tezkor Snapdragon degan fikr 1-Fevral, 2023-yil holati uchun amal qiladi.
[3] Galaxy S23 Ultra smartfonining 12 ta ichki va tashqi komponentlarida qayta ishlangan materiallar foydalanilgan (Galaxy S23+ va S23 da 11 ta ichki va tashqi komponentlarda). Galaxy S22 Ultra da 6 ta ichki komponentda foydalanilgan.

Qurilmalar > Mobil

Korporativ > Odamlar va madaniyat

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga