Samsung kompaniyasi Qualcomm bilan avtomobil ichidagi axborot-koʻngilochar va haydovchilarga yordamlashish ilgʻor tizimlarini qoʻllab-quvvatlash uchun hamkorlik qilishini eʼlon qildi

27/08/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Avtomobil uchun LPDDR4X xotirasi Qualcomm’ning Snapdragon raqamli shassisi bilan sinovdan o‘tdi

Avtomobilsozlikda qo’llaniladigan xotira yechimlari kengaytirilgan qatori uzoq muddatli ta’minot zanjiri barqarorligini ta’minlaydi

 

Ilg‘or xotira texnologiyasi bo‘yicha jahon yetakchisi Samsung Electronics bugun Qualcomm Technologies, Inc. kompaniyasining Snapdragon® Digital Chassis™ bilan foydalanish uchun Samsung avtomobilsozlik sohasiga oid LPDDR4X xotirasining muvaffaqiyatli sinovdan o’tganini e’lon qildi. LPDDR4X xotirasi avtomobil ichidagi axborot-ko‘ngilochar (in-vehicle infotainment, IVI) va haydovchilarga yordamlashish ilgʻor tizimlarida (advanced driver-assistance systems, ADAS) qo‘llanilishi mumkin.

 

Samsung’ning avtomobilsozlikka tegishli LPDDR4X’ning sinovdan o’tgani kompaniyaning avtomobillar uchun moʻljallangan turli xil yangi mahsulotlar va texnologiyalar bilan mijozlarni uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlashini anglatadi. Bu, shuningdek, Snapdragon’ning raqamli shassisidan foydalanayotgan ekotizim hamkorlari uchun mustahkam ta’minot zanjiri barqarorligini va takomillashtirilgan qo’llab-quvvatlashni ta’minlashga yordam beradi.

 

“Qualcomm Technologies kompaniyasi AEC-Q100[1] standarti asosida sinovdan o’tgan DRAM va NAND mahsulotlarining avtomobilsozlik sohasiga oid keng qatori mavjudligi va mijozlar uchun uzoq muddatli yechimlarni ta’minlashi tufayli ajoyib hamkordir”, dedi Samsung Electronics kompaniyasi Xotira biznesiga qarashli avtomobilsozlik guruhi vitse-prezidenti va rahbari Hyunduk Cho. “Samsung kompaniyasining xotira yechimlari uchun dizayn, ishlab chiqarish va qadoqlash bo‘yicha yetakchiligi orqali Qualcomm Technologies kompaniyasi bilan hamorlikdagi ishimiz avtomobilsozlik sanoati uchun muhim bo‘lgan ishonchlilik, sinovdan o’tkazish va mahsulotlarning alohida nazoratini ta’minlash bilan birga rivojlanish sikllarini tezkor qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi”.

 

Samsung shuningdek, o’zining yangi avlod LPDDR5 avtomobilsozlikka oid xotira qurilmalarini ishlab chiqmoqda, joriy yilning to’rtinchi choragida esa namunalar taqdim etilishi kutilmoqda. LPDDR5 mahsuloti hozirda avtomobilsozlik xotira qurilmalari bozorida mavjud bo’lgan eng yuqori tezlikni sekundiga 9,6 gigabitgacha, hatto ekstremal haroratlarda ham qo’llab-quvvatlay oladi.

 

 

[1] AEC-Q100 standarti avtomobilsozlikda ishlatiladigan qadoqlangan integral mikrosxemalar (integrated circuits, IC) uchun mo’ljallangan stress-test sinovidan o’tganligini tasdiqlaydi.

Pressa uchun > Press-relizlar

Yuklab olish

  • Samsung-Semiconductors-LPDDR4X-Memory-Automotives-Collaborations-With-Qualcomm_dl1.jpg

  • Samsung-Semiconductors-LPDDR4X-Memory-Automotives-Collaborations-With-Qualcomm_dl2.jpg

  • Samsung-Semiconductors-LPDDR4X-Memory-Automotives-Collaborations-With-Qualcomm_dl3.jpg

  • Samsung-Semiconductors-LPDDR4X-Memory-Automotives-Collaborations-With-Qualcomm_dl4.jpg

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga