Samsung kundalik salomatlik hamrohlik uchun sun’iy intellektga asoslangan yangi avlod Galaxy Watch funksiyalarini taqdim etmoqda

06/07/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.
Foydalanuvchilar endilikda salomatlikni shunchaki passiv kuzatish bilan cheklanmay, sun’iy intellekt yordamida chuqur tahliliy ma’lumotlar va proaktiv tavsiyalar olish imkoniga ega bo‘lishadi

 

Samsung Galaxy Watch Health Companion

 

SEUL, Koreya 2026-yil 4-iyun. Samsung Electronics Co., Ltd. kompaniyasi sotuvga chiqadigan Galaxy Watch soatlarini proaktiv va aqlli salomatlik hamrohiga aylantiruvchi Samsung Health ilovasining yirik yangilanishini eʼlon qildi. 8-iyundan boshlab, Samsung yangi sotuvga kelgan Galaxy Watch qurilmalaridagi asosiy salomatlik funksiyalarini namoyish qilish maqsadida ilova yangilanishini tarqatishni boshlaydi. Ushbu yangilanish1 tungi uyqudan tortib kundalik faollikkacha boʻlgan murakkab biometrik maʼlumotlarni oddiy va amaliy koʻrsatmalarga aylantirish orqali kundalik salomatlikni nazorat qilishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

 

“Samsung Health ilovasi Galaxy Watch tomonidan oʻlchanadigan salomatlik koʻrsatkichlarini sun’iy intellektga asoslangan tahlillar bilan takomillashtirmoqda. Bu foydalanuvchilarga oʻzlarining jismoniy va ruhiy holatlarini osonroq hamda intuitiv ravishda tushunish imkonini beradi”, – dedi Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience (MX) boʻlimi katta vitse-prezidenti va Raqamli salomatlik jamoasi rahbari Hon Pak. – “Samsung Electronics oʻzaro bogʻlangan Galaxy ekotizimi va raqamli salomatlik innovatsiyalariga tayangan holda, proaktiv hamda shaxsiylashtirilgan salomatlikni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etadi”.

 

Ushbu yangilik foydalanuvchilarga oʻz salomatligini doimo nazoratda ushlashga yordam berish uchun yaratilgan va sun’iy intellektdan maksimal darajada foydalanadigan salomatlik platformasini shakllantirish boʻyicha Samsungning istiqbolli rejalaridagi muhim bosqich hisoblanadi. Yangi eʼlon qilingan salomatlik funksiyalari dastlab tez kunda taqdim etiladigan Galaxy Watch aqlli soatlarida mavjud boʻladi.

 

Galaxy Watch soatlarini salomatlik bo‘yicha aqlli hamrohga aylantiruvchi funksiyalar

 

Samsung Health ilovasi yangilanishi quyidagi funksiyalarni oʻz ichiga oladi:

 

  • Hayotiy koʻrsatkichlar: tana signallarini yaxshiroq tushunish  Ilgari Samsung Health foydalanuvchilarning kundalik quvvat koʻrsatkichini (Energy Score) aniqlash uchun muayyan salomatlik metrikalarini kuzatib borar edi. Endi Samsung Health buni yangi pogʻonaga olib chiqmoqda. Foydalanuvchilar uygʻonganida, yangi Hayotiy koʻrsatkichlar funksiyasi tungi beshta asosiy biosignalni – yurak urish tezligi, yurak urish tezligining oʻzgaruvchanligi, nafas olish tezligi, teri harorati va qondagi kislorod miqdorini ularning haqiqiy tinch holatdagi bazaviy koʻrsatkichlariga nisbatan tahlil qiladi. U faqatgina ahamiyatli oʻzgarishlar aniqlangandagina xabarnoma yuboradi. Bu esa foydalanuvchilarni ortiqcha ogohlantirishlar bilan charchatmagan holda, qachon koʻproq dam olishlari kerakligini yoki biror kasallik bilan kurashayotganini anglashga yordam beradi.

 

Samsung Health Salomatlik ilovasida hayotiy ko'rsatkichlar

 

  •  Yurak salomatligi bahosi: takomillashgan uzoq muddatli farovonlik.  Oʻtgan yili Samsung foydalanuvchilarga qon tomirlardagi bosimni kuzatish hamda salomatlikka nisbatan kengroq yondashuvni shakllantirishga yordam berish maqsadida Qon tomir bosimi funksiyasini taqdim etgan edi. Bugungi kunga kelib, bu gʻoya Yurak salomatligi bahosi funksiyasiga aylanmoqda. Ushbu yagona kundalik oʻlchov avval qon tomir yuklamasida uyqu, stress va faollikka qarashli maʼlumotlarni jamlaydi hamda ularni tana tuzilishi ko’rsatkichlari bilan birlashtiradi. Natijada, foydalanuvchilarning uzoq muddatli farovonligiga taʼsir qiluvchi odatlarni aniq ko’rsatuvchi baho yuzaga keladi, bu esa ularga yurak salomatligi haqida darhol tushuncha beradi.

 

Samsung Health sog'liq ilovasida kundalik kardio ko'rsatkich

 

  • Kundalik kardio yuklama: aqlliroq kardiovaskulyar mashgʻulotlar. Foydalanuvchilar aerobik mashqlar paytida qanchalik kuch sarflashi kerakligini hal qilayotganida, Kundalik kardio yuklama funksiyasi toʻplangan kardiovaskulyar zoʻriqishni oʻlchab beradi. Kundalik yuklama va maksimal mashgʻulot bajarish qobiliyatini hisoblab chiqish orqali, ortiqcha toliqish yoki jarohat olish xavfisiz maqsadlarga erishishini taʼminlash uchun maqbul mashgʻulot yoʻriqnomalari va dam olish vaqtlarini tavsiya qiladi.

 

Samsung Health sog'liq ilovasida fitness ko'rsatkichlari

 

  • Jismoniy tayyorgarlik indeksi: rivojni uzluksiz kuzatish. Fitnes indeksi mashq jarayonlarining samaradorligini taʼminlash maqsadida yurak urish tezligi, VO2 max (aerobik fitnesning asosiy oʻlchovi) va kundalik harakatlar kabi koʻrsatkichlarni foydalanuvchining tengdoshlari natijalari bilan solishtirish orqali tahlil qiladi. Shaxsiy jismoniy kuch va zaifliklarni aniq koʻrsatish orqali u moslashtirilgan kontent va shaxsiy maqsadlarni taqdim etadi. Shu tarzda foydalanuvchilar doimiy va maqsadli mashg‘ulotlarni olib borishadi.

 

Soddalashtirilgan va shaxsiy imkoniyatlarni taqdim etuvchi yangi Samsung Health dizayni

 

Ushbu faol ma’lumotlarni topishni osonlashtirish uchun Samsung Health beshta asosiy ustunga bo‘lingan soddalashtirilgan maketni taqdim etadi: Uyqu, Faollik, Ovqatlanish, Onglilik va Hayotiy omillar. Endi foydalanuvchilar bosh ekranda AI imkoniyatli Energiya balli bilan birga kundalik salomatlik maslahatlariga oson kirishlari mumkin. Ushbu markazlashgan ko‘rinish sog‘liqni saqlashni boshqarishdan taxminlarni olib tashlaydi va foydalanuvchilarga kundalik hayotning turli jihatlari bir qarashda qanday o‘zaro bog‘liqligini tezda tushunish imkonini beradi.

 

Faol salomatlik uchun yangilangan imkoniyatlar

 

Bundan tashqari, Samsung Health ilovasida foydalanuvchilar muntazam ishlatadigan asosiy funksiyalar sezilarli darajada takomillashib, yanada aniqroq va chuqurroq shaxsiylashtirish imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

 

Foydalanuvchilar kunni faol harakat bilan oʻtkazgani sayin, Antioksidant indeksi ularning oziqlanish ratsioni boʻyicha yanada aniqroq yoʻriqnomalarni taqdim etadi.
Yangi tendensiyalar jadvallari va kundalik tarix qaydlari yordamida u foydalanuvchilarning ovqat tanlovlarini vaqt oʻtishi bilan ro‘y beradigan jismoniy reaksiyalarga vizual tarzda bogʻlaydi. Ichki jarayonlarda esa AGEs indeksi fon rejimida tinch ishlaydigan holatga keltirilgan boʻlib, foydalanuvchining turmush tarzidagi tanlovlari natijalari uning tanasida qanday toʻplanib borishining uzoq muddatli manzarasini yaratish maqsadida tungi avtomatik oʻlchovlarni yozib boradi. Bu foydalanuvchilarga umumiy farovonlik uchun haqiqatan ham muhim boʻlgan salomatlik maʼlumotlarini kashf etishga yordam beradi.

 

Keng qamrovli salomatlik tashqi muhitni ham oʻz ichiga oladi va shu sababli Samsung butunlay Galaxy ekotizimiga uzluksiz integratsiya qilinuvchi yangi Eshitish salomatligi funksiyasini taklif etadi. Galaxy Watch orqali atrofdagi shovqin darajasini kuzatib borish yordamida u foydalanuvchining quloqlarini himoya qilishga yo’naltirilgan tahlillarni taqdim etadi. Bu funksiya foydalanuvchi shovqinli transportda boʻladimi yoki mashgʻulot paytida musiqa ovozini baland qiladimi, har qanday holatda barqaror ishlaydi.

 

Umuman olganda, ushbu ilgʻor takomillashuvlar va ekotizimga bogʻlangan yangi funksiyalar kundalik maʼlumotlarni oddiy va amaliy koʻrsatmalarga aylantirib, Samsung Health ilovasi kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

 

Uzluksiz bogʻlangan salomatlik ekotizimi

 

Samsungning keng qamrovli ekotizimi foydalanuvchilarning Galaxy smartfonlari va oʻzaro ulangan qurilmalari orqali salomatlikni uzluksiz nazorat qilish imkonini yaratib, ushbu yangi funksiyalarning haqiqiy kuchini ochib beradi. Ushbu qulay integratsiya shaxsiylashtirilgan maʼlumotlarni istalgan paytda koʻrish imkonini berib, foydalanuvchi farovonligining yagona kompleks koʻrsatkichini taqdim etadi. Ushbu yutuqlar Samsung Health ilovasi kelajagiga bir nazar xolos. Bu kelajak esa proaktiv intellektni yanada jonlantirish uchun ishlab chiqilgan Samsungning yangi avlod Galaxy Watch aqlli soatlari sotuvga chiqishi bilan toʻliq roʻyobga chiqadi.

 

 

1 Ushbu salomatlik funksiyalari faqat umumiy farovonlikni nazorat qilishga moʻljallangan boʻlib, hech qanday tibbiy holatni tashxislash, davolash yoki oldini olish uchun xizmat qilmaydi. Agar sogʻligʻingiz yuzasidan xavotirga tushsangiz, tibbiy maslahat uchun shifokor bilan maslahatlashing. Funksiyalar Android 10 yoki undan yuqori operatsion tizimga ega smartfonlar hamda Samsung Health ilovasini (v7.0 yoki undan yuqori) o‘rnatishni talab qiladi. Bundan tashqari, Samsung akkauntiga kirish shart. Baʼzi funksiyalar shaxsiylashtirilgan natijalarni taqdim etishi uchun foydalanuvchi faolligi va maʼlum bir vaqt davomida to‘plangan maʼlumotlar talab qilinishi mumkin. Funksiyalarning mavjudligi, qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar va ishga tushirish sanasi bozor, model hamda boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga