Samsung MediaTek kompaniyasining yetakchi mobil platformasidan foydalanish uchun sanoatdagi eng tezkor xotira — LPDDR5X sinoviga muvaffaqiyatli yakun berdi
Samsung‘ning 10,7 gigabit/s LPDDR5X tezkor xotirasi MediaTek‘ning keyingi avlod Dimensity platformasida tasdiqlandi
Yangi DRAM batareya quvvati tejamkorligi va operatsiyalar tezligini 25% ortiq darajaga oshirishi tufayli batareya quvvatini uzaytiradi va mobil qurilmalar uchun yanada kuchli qurilma ichidagi AI funksiyalarini taqdim etadi
Ilgʻor xotira texnologiyasi boʻyicha jahon yetakchisi boʻlgan Samsung Electronics bugun MediaTek’ning yangi avlod Dimensity platformasidan foydalanadigan, sohadagi eng tezkor 10,7 gigabit/s (Gbps) Low Power Double Data Rate 5X (LPDDR5X) dinamik tezkor xotirasini amaldagi qoʻllanuvini muvaffaqiyatli tasdiqlaganini eʼlon qildi.
10,7 gigabit/s operatsiyalar tezligini tekshirish Samsung’ning LPDDR5X 16 gigabayt (GB) tezkor xotirasi va MediaTek’ning joriy yilning ikkinchi yarmida chiqarilishi rejalashtirilgan Dimensity 9400 System on Chip (SoC) flagmanida amalga oshirildi. Bu ikki kompaniya yaqindan hamkorlik qilishdi va uch oy ichidagina tekshiruvga muvaffaqiyatli yakun berishdi.
Samsung’ning 10,7 gigabit/s LPDDR5X tezkor xotirasi oldingi avlodga nisbatan 25% dan ortiq darajada quvvat tejamkorligi va operatsiyalar tezligini taʼminlaydi. Bu mobil qurilmalar uchun batareyaning uzoqroq ishlashi va qurilma ichidagi AI tezligini oshiradi, yaʼni server yoki bulutga ulanishni talab qilmaydigan ovozli matn yaratish kabi lokal AI funksiyalarining tezligi oshadi.
“MediaTek bilan strategik hamkorligimiz orqali Samsung AI smartfonlar bozorida yetakchilik qilishga tayyor, sohadagi eng tezkor LPDDR5X dinamik xotiraning yaroqliligini tasdiqladi” dedi Samsung Electronics tezkor xotira mahsulotlarini rejalashtirish boʻyicha ijrochi prezident oʻrinbosari YongCheol Bae. “Samsung mijozlar bilan faol hamkorlik qilish orqali innovatsiyalar yaratishni davom ettiradi va qurilma ichida joylashgan AI davri uchun optimal yechimlarni taqdim etib boradi”.
“Samsung Electronics bilan hamkorlikda ishlash MediaTek’ning yangi avlod Dimensity chipsetini dunyoda birinchi bor LPDDR5X bilan 10,7 gigabit/soniyagacha chiqarishga imkon berdi, bu esa yaqinlashib kelayotgan qurilmalarga sunʼiy intellekt funksiyalari va mobil platformadagi tezkorlikni biz ilgari hech kuzatmagan darajada taqdim etish imkonini beradi” dedi MediaTek’da korporatsiyaning katta prezident oʻrinbosari JC Hsu. “Ushbu yangilangan arxitektura dasturchilar va foydalanuvchilarga sun’iy intellekt imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishni va batareya quvvatidan kamroq foydalangan holda ko’proq xususiyatlardan bahramand boʻlishni osonlashtiradi”.
Qurilma ichidagi AI bozorining kengayishi sharofati bilan katta hisobda sunʼiy intellekt smartfonlari uchun energiya tejamkor, yuqori samarador LPDDR DRAM yechimlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. MediaTek bilan hamkorlikda tasdiqlangan sinov orqali Samsung kam quvvattalab va yuqori unumdor DRAM bozorida texnologik yetakchilikni mustahkamlamoqda va bu texnologiyani mobil qurilmalardan tashqari serverlar, shaxsiy kompyuterlar va avtomobil qurilmalariga ham kengaytirishi kutilmoqda.
Pressa uchun > Press-relizlar
Korporativ > Texnologiyalar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.