Samsung Message Guard sizni yashirin viruslardan himoya qiladi

20/02/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Mobil xavfsizlik doirasida yangi turdagi hujum istalgan foydalanuvchiga nisbatan yuz berishi mumkin, ammo Samsung Galaxy yangi turdagi himoyani takilf etmoqda.

 

 

Hozirda biror tasvir faylini qabul qilish orqali ham hakerlarning sizning qurilmanigizga yo’l topishi uchun yetarli bo’lishini bilasizmi? Deyarli barcha foydalanuvchilar uchun ayon bo’lgan qoidalar, ya’ni notanish havolalarni yoki biriktirilgan fayllarni ochmaslikning o`zi hozirgi kunda yetarli emas. Chunki, kiber jinoyatchilar yangidan-yangi hujum yo’llarini yaratishda davom etmoqdalar.

 

 

Tugma bosilmasdan ishga tushadigan xavflar eng so’nggi kiber hujumlardan biri bo’lib, tasvir qabul qilinganidan song istalgan paytda amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni, yagona tasvir faylida xavfli kod yashirin tarzda kiritilgan bo’ladi.

 

 

Hozirgi kunga qadar Samsung Galaxy smartfonlarida bunday hujumlar qayd etilmagan bo’lsada, Samsung Electronics sodir bo’lish xavfi mavjud holatlarga doimo tayyor va Samsung Message Guard kabi ilgarilama xavfsizlik choralarini ishlab chiqish uchun harakat qiladi.

 

 

Yangi turdagi xatarlar uchun yangicha himoya

 

 

Tasavvur qiling, sizning smartfoningizga yangi rasm keldi. Xabar kelganligini yetkazish uchun u bir necha bor vibratsiya beradi-da, so’ngra yana sokin holatga qaytadi. Yoki bo’lmasa, siz shirin uyqudaligingizda uning ekrani qisqa muddatga yonishi va so’ngra yana o’chishi mumkin. Siz telefoningizga biror marotaba tegmagan bo’lsangiz ham, shu vaqtning o’zida boshqa foydalanuvchi sizning xabarlaringizni o’qishi, galereyangizdagi fayllarni ko’rishi yoki bank ma’lumotlaringizni o’ziga saqlab olayotgan bo’lishi mumkin.

 

 

 

 

Foydalanuvchilar ma’lumotlariga qaratilgan kiber hujumlarning soni oshib bormoqda, hozirgi davrda tugma bosilmasdan ishga tushadigan xavflar virusning eng so’nggi turi. Dunyoda har uchinchi foydalanuvchi hakerlar tomonidan o’girlik natijasida o’z ma’lumotlarining yo’qolishi qurboni bo’lgan. Ma’lumotlar yo’qolishi holatlari ommalashib bormoqda, va 2013-2021 yillar mobaynida ularning soni uch karraga oshdi.

 

 

 

Xatarlar rivojlanib borgani sari Samsungning mobil himoya vositalari ham mukammalashib bormoqda. Qudratli Knox platformasi yordamida Samsung smartfonlari foydalanuvchilarga keng qamrovli himoya taqdim etadi va foydalanuvchilar allaqachon video va audio formatidagi fayllar orqali amalga oshiriladigan kiber hujumlardan himoyalangan. Endilikda esa, Samsung Message Guard imkoniyatlari yordamida tasvir fayllari orqali yuboriladigan xavflardan ilgarilama himoya taklif etilmoqda hamda yuqorida qayd etilgan himoya darajasi yana bir pog’ona yuqoriga ko’tarilmoqda.

 

 

           

 

Mazkur himoya hozirda Samsung Messages hamda Messages by Google4 ilovalarida ishga tushirilgan. Samsungning ochiq hamkorlik falsafasiga sodiq qolgan holda, navbatdagi yangilanishlar Samsung Message Guard yordamida uchinchi tomon xabar ilovalarida ham himoyalanish imkoniyatini taqdim etadi.

 

Xavfsiz muhit

 

Samsung Media Guard funksiyasini keng imkoniyatli “tekshiruv maydoni” yoki virtual karantin sifatida ifodalashimiz mumkin. Ya’ni, yangi tasvir fayli kelishi bilanoq u nazorat ostiga olinib, qurilmadagi boshqa fayllardan ajratib olinadi. Natijada, fayllarda yashirin holatda kelishi mumkin bo’lgan zararli kodlar sizning shaxsiy yoki dasturiy ta’minot fayllaringizga yo’l topa olmaydi. Samsung Message Guard kelgan faylning har bir “bit”-ni tekshiradi hamda nazoratga olingan muhitda uni ishga tushirib, qurilmaga zarar yetkazmasligiga ishonch hosil qiladi.

 

 

 

 

Oddiy qilib aytganda, Samsung Message Guard tasvir fayllaridagi yashirin xavflar foydalanuvchiga zarar yetkazishga ulgurmasdan ularni mustaqil tarzda yo’q qiladi. O’z navbatida u doimi ravishda ishlaydi va foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilishi talab etilmaydi. Natijada, sal avval siz hech qanday harakatsiz ham xavf ostida qolayotgan bir paytda, Samsung sizga ortiqcha harakatlarsiz yangi turdagi xavflardan himoyani taklif etadi.

 

 

 

Samsung Message Guard — bu Samsung kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan eng so’nggi himoya imkoniyatidir. Bundan tashqari o`z sohasida ilg`or bo’lgan Samsung Knox ilovasi yordamida Samsung Galaxy qurilmalari boshqa sohalarda ham eng yuqori darajadagi himoya va shaxsiy xavfsizlik imkoniyatlarini taqdim etmoqda. U har bir dastur va qurilmada foydalanuvchiga qulay bo’lgan himoyani taqdim etadi va xavflarni aniqlashda qo’l keladi.

 

 

 

Mavjudlilik

 

 

Samsung Message Guard hozirda Samsung Galaxy S23 seriyasi qurilmalarida himoya vositasi sifatida foydalanilmoqda. 2023 yildan u boshqa Galaxy smartfonlari va planshetlari uchun ham amal qilishni boshlaydi. 

 
  1. Thales foydalanuvchilarning raqamli ishonch indeksi 2022 yil ko’rsatkichlari https://cpl.thalesgroup.com/data-trust-index.
  2. Verizon ma’lumotlar yo’qotilishi 2022 yil xisoboti https://www.verizon.com/business/resources/reports/dbir/.
  3. Samsung Message Guard quyidagi formatlardagi tasvir fayllari uchun himoya imkoniyatini beradi: PNG, JPG/JPEG, GIF, ICO, WEBP, BMP, WBMP.
  4. Odatiy xabar ilovalari mintaqaga qarab farq qilishi mumkin
  5. One UI 5.1 yoki yuqori versiyalar

Qurilmalar > Mobil

Korporativ > Texnologiyalar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga