Samsung Onyx ekranlari Parijdagi dunyoning eng chiroyli kinoteatrlaridan biri — Pathé Palace’ning kinematik imkoniyatlarini takomillashtirdi
Parijdagi Pathé Palace taʼmirdan soʻng oltita Samsung Onyx LED ekrani bilan ochilgan dunyodagi eng birinchi kinoteatrga aylandi
Kirish zaliga ham The Wall — 8K MICRO LED Samsung ekrani oʻrnatildi
Samsung Electronics Parijdagi (Fransiya) Pathé Palace kinoteatrida oltita Samsung Onyx LED displeylari muvaffaqiyatli oʻrnatilganligini eʼlon qildi. Kinoteatr qabulxonasiga oʻrnatilgan The Wall — 8K ekran va kinoteatr atrofiga oʻrnatilgan Smart Signage bilan birgalikda Samsung displeylari kino tomosha qilish hissini yangi choʻqqilarga chiqaradi.
Besh yil davomida boshdan oyoq taʼmirlangan Pathé Palace nafaqat Renzo Piano tomonidan ishlangan arxitekturasi bilan, balki oʻzining betakror xizmatlari sifati bilan ham dunyoga mashhur boʻlgan oʻzgacha muassasadir. Yuqori darajadagi kinematik imkoniyatlarni taqdim etish uchun Pathé Palace oltita Samsung Onyx ekranidan foydalanmoqda: kengligi 10 metrdan oshiq boʻlgan toʻrtta 4K Onyx ekrani va kengligi 5 metrga yetadigan ikkita 2K Onyx ekran – bularning barchasi tomoshabinlarga yangi darajadagi tasvir sifatini taqdim etishda xizmat qiladi.
“Ushbu oltita zamonaviy Samsung Onyx LED displeylari tarixiy kinematikaga ajoyib tarzda qiyoslana olishi sababi uning klassikani zamonaviy bilan uygʻunlashtirishi va tomoshabinlarga chinakam noyob hissiyot bagʻishlashidan kelib chiqadi”, dedi Samsung Electronics’ning Fransiyadagi prezidenti Menno van den Berg. “Ushbu displeylar taqdim etadigan ajoyib vizuallar tomoshabinlarni oʻziga mislsiz sifati bilan jalb qiladi va har bir rejissyorning xohishlariga toʻliq javob beradi”.
Samsung Onyx — bu teatr koʻrgazmasi uchun Digital Cinema Initiatives (DCI) tomonidan sertifikatlangan dunyodagi eng birinchi kino LED displeyidir. LED displey mislsiz jonli ranglar va tafsilotlarga boy kontentni taqdim etadi. Keng, jonli ranglar diapazoni butun ekran boʻylab uzluksiz yaxlitlikni taʼminlaydi. LED Onyx ekranlarining ichida joylashgan yoritish mexanizmi tufayli ular ishlab chiqaradigan HDR tasvirlar tim qora hududlar va tiniq kontrastlarga ega. 300 nitsgacha chiqadigan Onyx ekranlari odatiy kinoproyektorlarga qaraganda olti baravar yorqinroq.
“Eng kuchli va taʼsirli filmlar bu bizni oʻz dunyolariga toʻliq singdirib yuboradigan kinolardir va texnologiya bu moʻjizani roʻyobga chiqarishda kalit vazifasini bajaradi. Samsung Onyx ekranlari tim qora ranglar va ajoyib ravshanlik bilan teatrdagi his-hayajonni oshirib, har bir kadrga hayratlanarli darajada real narsadek qarashimizga undaydi” dedi Pathé Group bosh axborot direktori Jacques Durand.
Pathé Palace Onyx LED ekranlarining 3D imkoniyatlari tufayli ajoyib 3D kino ham taqdim etishi mumkin. Sifatli yorqinlik va ranglarning izchil kuchayishi takomillashgan realizm imkonini beradi. 3D koʻzoynak taqqaningizda filmning taglavhalari, tasvirlari va hatto kichik vizual tafsilotlari betakror ravshanlikka ega boʻladi. Bu anʼanaviy 3D kinoteatrlarga qaraganda soyalarni bartaraf etadi va bosh aylanish ehtimolini kamaytiradi.
Pathé xizmatlarini har tomonlama takomillashtirish
Samsung Pathé Palace asosiy qabulxonasiga The Wall’ni (IWC modeli) oʻrnatdi. Balandligi 5.4 metr va kengligi 9.6 metrdan iborat The Wall ekrani MICRO AI protsessoridan foydalanib, videoning har bir soniyasini bir zumda tahlil qiladi, tasvir oʻlchamini 8K gacha kattalashtiradi va vizual shovqinni kamaytirish uchun tasvir sifatini optimallashtiradi. Wall’ning HDR texnologiyasi rang va yorugʻlikdan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi, kontrastni kuchaytiradi va yorqin ranglarni yanada yorugʻlashtiradi. Ekran tasvirning aniqligi va chuqurligini taʼminlash uchun piksellarni alohida boshqaradigan MICRO LED texnologiyasidan foydalanadi.
Onyx ekranlari va The Wall’ga qoʻshimcha ravishda Samsung kinoteatrni Smart Signage (QMC modellari) bilan jihozladi, bu esa posterlarni 1 milliarddan ortiq ranglar bilan jonlantirish uchun qabulxonada hamda har bir xona oldida teatr dasturlari va kino treylerlarini namoyish etadi. Har bir teatr xonasiga kiraverishda Samsung’ning choʻziq displeyi (SH37C modeli) tomoshabinlarni 16:4.5 nisbatda tiniq va toza ekran bilan kutib oladi. Pathé shtab-kvartirasi yaqinda 200 ga yaqin 5K ViewFinity S9 monitorlarini oʻrnatdi va majlislar zali The Wall’ning (IWA modeli) taʼsirchan hajmi va video imkoniyatlaridan foydalanadi.
Samsung Electronics bundan oldin Pathé kinoteatrlarini Parijdagi Pathé Beaugrenelle va Liondagi Pathé Bellecour’da ham Onyx LED ekranlari bilan jihozlagan. Pathé Palace’dagi ushbu yangi oʻrnashma Samsung va Pathé oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqanini anglatadi va ular kelajakda birgalikda innovatsiyalarni davom ettirishni maqsad qilgan.
Pressa uchun > Press-relizlar
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.