Samsung O‘zbekistonda Micro RGB texnologiyasi bilan premium televizorlar imkoniyatlarini kengaytirmoqda
Deraza ortidagi manzaraga qaraganingizda, yorug‘likning tabiiy jilosi va ranglarning teranligini his qilasiz. Texnologiyalar o‘nlab yillar davomida aynan shu hisni – jonli borliq va televizor ekrani o‘rtasidagi tafovutni yo‘q qilishga intilib keldi. Samsung Micro RGB texnologiyasi bu borada navbatdagi muhim qadam bo‘lib, u kadrni yoritishning an’anaviy qoidalarini butunlay o‘zgartiradi. Bu innovatsiya tasvirni qanday qilib reallikka aylantiradi va nima uchun u displeylar sanoatida yangi bosqich hisoblanadi? Quyida shu haqda batafsil to‘xtalamiz.

Micro RGB texnologiyasi: U an’anaviy LED panellardan nima bilan farq qiladi?
Samsung Micro RGB – bu yoritish tizimini biroz yangilash emas, balki tasvirni hosil qilishga bo‘lgan tamomila yangicha yondashuvdir. Odatdagi televizorlar tasvirni ko‘rsatish uchun butun panel bo‘ylab yorug‘lik tarqatuvchi orqa fon lampalaridan yoki lyuminoforli ko‘k diodlardan foydalanadi. Micro RGB texnologiyasida esa tasvirni bevosita mikroskopik RGB yorug‘lik diodlarining o‘zi hosil qiladi. Bu amalda qanday natija beradi?
- Mustaqil yorug‘lik manbalari – o‘lchami 100 mikrometrdan ham kichik bo‘lgan har bir qizil, yashil va ko‘k diod mustaqil ishlaydi va tasvirning faqat o‘ziga tegishli qismini yoritadi yoki o‘chiradi.
- Mutlaq qora rang – ekranda tungi osmon kabi qorong‘i sahna chiqqanda, o‘sha hududdagi piksellar to‘liq o‘chadi. Yorug‘lik atrofiga tarqalib ketmaydi va qora rang o‘zining haqiqiy, chuqur holatini saqlab qoladi.
- Tiniq va sof ranglar – yorug‘lik aynan kerakli nuqtaga yo‘naltirilgani sababli, ekrandagi har bir rang o‘zaro aralashib ketmasdan, g‘oyat toza va tabiiy holatida uzatiladi.

Micro RGB intellektual funksiyalari tasvirni qanday boyitadi?
- Micro RGB AI Engine – bu butun tizimning intellektual yuragi bo‘lib, ekrandagi har bir kadrni real vaqt rejimida tahlil qiladi va uni ko‘zimizga mos holatda optimallashtiradi.
- 4K AI Upscaling – neyron tarmoqlar yordamida past sifatli videolarni o‘qiydi va yetishmayotgan piksellarni hisoblab chiqadi. Internet tezligi pasayganda yoki eski formatdagi videolarni ko‘rganda ham, tasvir chiziqlari 4K darajasigacha masshtablanib, yirik ekranda ravshan ko‘rinadi.
- Micro RGB HDR+ – o‘ta yorug‘ va chuqur qorong‘i sahnalar o‘rtasidagi yorug‘lik muvozanatini saqlaydi. Quyoshli kadrda nur ko‘zni qamashtirmaydi, qorong‘i sahnalarda esa soyadagi detallar ham aniq ko‘rinib turadi.

Bu texnologiya turli xil kontent uchun qanday afzallik beradi?
Kino ixlosmandlari va estetikani qadrlovchilar uchun: Micro RGB Precision Color 100
- 100% BT.2020 qamrovi – tizim UHD teleuzatish xalqaro standartini to‘liq ta’minlaydi. Buning natijasida milliy matolarimizdagi atlas va adrasning boy rang-barangligi yoki tabiatdagi minglab nozik rang o‘tishlari ekranda aslidagidek aks etadi.
- Kino realligi – rejissyor kamerasi qanday tabiiy rangni yozib olgan bo‘lsa, uydagi ekranda ham kadr xuddi shu gradatsiyada, hech qanday xiralashuvlarsiz qayta tiklanadi.
Sport muxlislari va geymerlar uchun: Motion Xcelerator (144 Hz)
- 144 Hz-gacha kadrlar yangilanishi – harakatga boy kadrlar sekundiga 144 martagacha yangilanadi.
- Silliq dinamika – shiddatli boks janglari yoki muhim futbol uchrashuvlarini kuzatayotganda, tezkor harakatlar va keskin burilishlar uzilishlarsiz, o‘ta ravon aks etadi. Harakatlanuvchi obyektlar ortida ko‘zni charchatuvchi xira izlar qolmaydi.
- O‘yinlardagi ustunlik – boshqaruv pultidan berilgan buyruqlar ekranda oniy tezlikda bajariladi, bu esa videoo‘yinlarda jarayonning qotib qolishi kabi noqulayliklarni butunlay bartaraf etadi.
Texnologiya va dizaynni qadrlovchilar uchun: Samsung Micro RGB 85” R85H
- 85 dyuymli yirik ekran – barcha innovatsion muhandislik yechimlarini o‘zida jamlagan ulkan displey mehmonxonaning chinakam vizual markaziga aylanadi.
- Ingichka dizayn – televizorning o‘ta ingichka shakli xona interyeriga ortiqcha joy egallamasdan, tabiiy va organik tarzda moslashadi.
To‘g‘ri tanlangan ushbu texnologik yechim yillar davomida xonadoningizda ranglar o‘z jilosini yo‘qotmasligini va har bir tomosha lahzasi xuddi reallikdek qabul qilinishini ta’minlaydi.
Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.
Qurilmalar > TV va Audio
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com