Samsung O‘zbekistonda Mini LED texnologiyasini taqdim etmoqda: yangi texnologiyaning afzalliklari nimada?
Samsung kompaniyasi O‘zbekiston bozorida ilg‘or Mini LED texnologiyasiga ega yangi televizorlarni taqdim etadi. Ushbu modellar tasvir sifati bo‘yicha yangi davrni boshlab beradi hamda yuqori yorqinlik, chuqur qora rang va realistik rang uzatishni uyg‘unlashtirgan holda, xoh bu filmlar, seriallar yoki video-o‘yinlar bo‘lsin — tomoshabinni kontentga to‘liq sho‘ng‘itadi.

Mini LED o’zi nima?
Mini LED — bu ekran ortida joylashtirilgan minglab miniatyur LED chiroqlardan foydalanadigan innovatsion yoritish texnologiyasidir. An’anaviy LED televizorlardan farqli ravishda, ularda o‘nlab LED chiroqlar qo‘llanilsa, Mini LED texnologiyasi yoritishni boshqarish uchun yuzlab, hattoki minglab mustaqil zonalarni yaratish imkonini beradi.
Texnologiyaning asosiy afzalliklari:
Tasvir sifatini maksimal darajaga olib chiqish uchun qurilma bir qator innovatsion texnologiyalarni birlashtiradi.
Avvalo, lokal yorug’likni pasaytirish texnologiyasi tufayli yoritish zonalari chuqur qora rang talab etilgan joylarda to‘liq o‘chirilishi, yorqin qismlarda esa maksimal quvvatda ishlaydi. Bu esa cheksiz kontrast effektini yuzaga keltirib, ayniqsa qorong‘i sahnalarga boy qo‘rqinchli filmlar yoki yorqin effektlarga boy ilmiy-fantastik blokbasterlarni tomosha qilishda tasvirning hayotiyligini va chuqurligini yaqqol seziladi.
Bundan tashqari, Mini LED texnologiyasi 500 dan 1000 gacha bo’lgan yorqinlikning cho’qqisini ta’minlaydi, bu esa hatto yorqin xonalarda ham tasvirning aniq va boy ko‘rinishini kafolatlaydi. Natijada quyosh nuriga to‘la xonada yoki kunlik sharoitda ham ekrandagi detallarni aniq ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Rang uzatish sifati ham mukammal darajada. Neo QLED modellarida Mini LED texnologiyasi kvant nuqtalari (QLED) bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, rang qamrovini kengaytiradi va ranglarning ortiqcha to‘yinganliksiz aniq uzatilishini ta’minlaydi. Shu tufayli har bir rang tabiiy va hayotiy ko‘rinadi.
HDR rejimida ham tasvir tafsilotlari yuqori darajada saqlanadi. Mini LED HDR+ texnologiyasi eng qorong‘i va eng yorqin sahnalardagi eng mayda tafsilotlarni ham namoyon etib, HDR kontentining to‘liq imkoniyatlarini ochib beradi.
Oxir-oqibat, qurilmaning uzoq xizmat muddati ham e’tiborga sazovor. Galliy nitridi asosidagi mini LED diodlar kuyishga chidamli bo‘lib, LED diodlariga nisbatan uzoqroq xizmat qiladi.
Mini LED televizorlari – har bir ehtiyoj uchun mukammal yechim
Mini LED televizorlari chuqur qora rang va yorqin tasvirga ega yuqori sifatli tasvirni qadrlaydigan, uzoq xizmat muddati va kuyishga chidamlilikni muhim deb biladigan foydalanuvchilar uchun eng maqbul tanlovdir. Ular kino tomosha qilish, o‘yin o‘ynash va kundalik foydalanish uchun birdek mos bo‘lib, aqlli boshqaruv hamda aqlli uy tizimi bilan integratsiyalashgan Samsung ekotizimining barcha afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.
Samsung Mini LED televizorlari O’zbekiston bo’ylab sotuvda.
Mini LED texnologiyasiga ega yangi Samsung televizorlari Samsung kompaniyasining rasmiy do‘konlarida hamda O‘zbekiston bo‘ylab vakolatli hamkorlar savdo nuqtalarida sotuvga chiqarilgan. Modellar va amaldagi aksiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Samsungning rasmiy manbalari — rasmiy veb-sayt, Instagram sahifamiz, Telegram kanalimizga tashrif buyuring yoki eng yaqin brend do‘koniga murojaat qiling.
Samsung Mini LED televizorlari bilan mukammal tasvir olamiga sho‘ng‘ing!
Qurilmalar > TV va Audio
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com