Samsung Parij 2024 yo’lida skeytbording, breyking va so’rfing jamoalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan yangi uch qismli hujjatli filmlar seriyasini taqdim etdi

22/04/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Qisqa hujjatli filmlar har bir sportning o’ziga xos madaniyatlarini va sportchilarning ochiqlik va erkinlikdan ilhomlanishini ko’rsatib o’tadi

 

 

Butunjahon Olimpiya va Paralimpiya hamkori sifatida sanalgan Samsung Electronics kompaniyasi 2024-yilgi Parijda bo’lib o’tadigan Olimpiadada skeytbording, breykinq va so’rfingga eʼtibor qaratish uchun moʻljallangan yangi hujjatli filmlar seriyasini taqdim etdi. Ushbu filmlar seriyasi Street League Skateboarding (SLS, o’zb “Ko’cha Skeytbording Ligasi”), Pro Breaking Tour (PBT, o’zb. “Professional Breyking Musobaqasi”) va World Surf League (WSL, “Jahon So’rfing Ligasi”) birlashmalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. Seriya uchta qisqa hujjatli filmlardan iborat – “Mustahkam orzular”, “Chegaralardan tashqarida” va “Keyingi to’lqin”.

 

Skeytbording jamoasining Olimpiadaga sayohatini aks ettiruvchi filmlar seriyasining birinchi qismi hisoblangan “Mustahkam orzular” endi Samsung’ning YouTube kanalida namoyish etilmoqda va 20-aprel kuni SLS San Diego chempionat turi tadbirida muxlislar uchun namoyish etildi. Breyking va so’rfing’ga bag’ishlangan navbatdagi filmlar mos ravishda 25-aprel va 21-may kunlari chiqariladi, va PBT’ning Atlanta hamda WSL’ning Taitidagi tadbirlarida premyera sifatida namoyish etiladi.

 

Bosh rollarda sport afsonalari Shon Tomson, Erik Koston va Devid “Kid Devid” Shraybman, olimpiya sportchilari Yoxanna Defey (So’rfing, Fransiya), Sky Braun (Skeytbording, Buyuk Britaniya), Greys “Sunny” Choi (Breyking, AQSH) va boshqa ko‘plab ishtirokchilar qatnashgan. Loyiha har bir sport turining yuragi deb hisoblangan hamjamiyatlarini qutlaydi, chunki ular bu yozda o’zlarini dunyoga ochishga kirishadilar.

 

Ushbu yangi loyiha Samsung’ning 2024-yilgi Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga bag’ishlangan kampaniyasi asosiy qismi boʻlib, “Dunyoga ochiq har doim gʻalaba qozonadi” deya ochiq va shaffof ong bilan har qanday marrani zabt etishga erishish mumkinligini ta’kidlovchi shior hisoblanadi, ushbu hamjamiyatlar esa har kuni shu shiorga amal qiladilar. SLS, PBT va WSL bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan hujjatli filmlar seriyasi har bir sport turining o‘ziga xos madaniyatini, ularning ochiqlikka bo‘lgan umumiy e’tiqodini va Olimpiya o‘yinlarining bir qismi bo‘lish ularning hamjamiyatlarining o‘tmishi, hoziri va kelajagiga qanday ta’sir qilayotganini namoyon etadi.

 

Taqdim etilgan skeytbording hujjatli filmining qisqacha sinopsisi (tahr. – mazmuni) quyidagicha:

 

 

  • Mustahkam orzular: 1980-yillarda ko’cha skeytbordingining paydo bo’lishidan boshlab, Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga kiritilishigacha, bu negizida hurmat bo’lgan hamjamiyatning bir hikoyasidir. Ushbu film sizni dunyoga boshqacha nazar solishga, yaratuvchanlikka harakat qilishga va qanchalik tez-tez yiqilishingizdan qat’i nazar, doimo o’rningizdan turishga undaydi.

 

Hujjatli filmlar seriyasidagi keyingi hujjatli filmlarning sinopsislari quyidagicha:

 

 

  • Chegaralardan tashqarida: Parij 2024 Olimpiada o‘yinlariga breykchilar tayyorgarlikni allaqachon boshlab qo’yishgan. Bu film esa ko‘chada tug‘ilgan va o’ta yuqori marralarni zabt etishga sha’y turgan global hamjamiyatga bag’ishlangan hikoyadir. Film ichki energiya va ruhiy holatning porlashi sifatida breyking (breykdans) bayramini namoyish etib, sizga breykerlar ichki dunyosi va o’z hamjamiyatiga tegishlilik hissini beradi, shu bilan birga ular biz ilgari hech qachon ko’rmagan ishni qilishga tayyorligini ko’rsatadi.

 

 

  • Keyingi to‘lqin: ushbu qismda so’rfing afsonalari ‘Parij 2024’ga sayohatga otlanayotganlarida o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu film ular va okean o‘rtasidagi tugalmas muhabbat hikoyasidir. So’rfchilar bu qutlug’ qadamni va so’rfing bayramini avloddan-avlodga o’tib kelayotgan hayot tarzi va yillar davomida mustahkamlangan madaniyati deb olqishlashadi.

 

“Samsung skeytbording, breyking va so’rfing hamjamiyatlarini Parij 2024 sari ajoyib sayohatlarida qo‘llab-quvvatlashdan behad shoddir”, dedi Stefani Choi, Samsung Electronics kompaniyasining Prezidenti ijrochi muovini va Mobil tajriba biznesi Marketing rahbari. “Biz ularning hikoyalarini aytib berish va ushbu hujjatli seriya orqali kengroq auditoriyaga ushbu hamjamiyatlarni yoritishga yordam berishdan sharaflanamiz. Umid qilamizki, ular ko’plab insonlarni chegaralardan tashqariga chiqishga, bir-birlarini qo’llab-quvvatlashga va doimo ochiq bo’lishga ilhomlantiradi”.

 

“Samsung bilan ushbu hujjatli filmlarni ishlab chiqarishda hamkorlik qilishdan va o’z tariximiz va madaniyatimizni butun dunyo bilan baham ko’rishdan juda xursand bo’ldik”, dedi Tim Greenberg, WSL Prezidenti ijrochi muovini, Kontent strategiyasi va uni ishlab chiqarish bo’yicha mas’ul vakil. “So’rfing sayyoradagi boshqa sport turlaridan farq qiladi. Bu bizning hamjamiyatimizni dunyoga yanada ochiqroq qilish va barchamizni birlashtiradigan sport bayramini nishonlash uchun ajoyib imkoniyatdir”.

 

“Bu yil biz va bizning sportimiz uchun muhim yil. So’rfingchi ayollarning kelajagi haqiqatdan ham porloq va Olimpiya o‘yinlari bizga uzoq muddatli istiqbolni ko‘rsatmoqda”, dedi Yoxanna Defey (So’rfing, Fransiya). “Olimpiada biz uchun dunyoga so’rfing nima ekanligini ko’rsatish imkoniyatidir. Nafaqat to’lqinlardagi mahoratimiz, balki biz hamjamiyat sifatida nimani himoya qilishimiz – sportimizga va sayyoramizga juda yaqin bo’lishga intilamiz – va “Keyingi to’lqin” filmi buni haqiqatan ham e’tirof etadi”.

 

“Hamma bir-biri uchun qayg’urib, g’amxo’rlik qiladi, bu kichik hamjamiyatimizga o’ziga xos tomonidir”, dedi Jon Jon Florens (So’rfing, AQSh). “Ushbu hujjatli film bilan hamjamiyatimizni dunyoga ochish biz uchun juda hayajonli”.

 

“Skeytbordingni topish birinchi marta oshiq bo’lishga o’xshaydi”, dedi Rayssa Leal (Skeytbording, Braziliya). “Men ushbu hujjatli film bilan hikoyamizni baham ko’rishdan va yosh qizlarga skeytbord nima ekanligini ko’rsatishdan juda xursandman”.

 

“Skeytbording – bu odamlar uchun 100%’ga o’zini ko’rsatish va o’z chegaralaridan tashqariga chiqish imkoniyatidir”, dedi Jagger Iton (Skeytbording, AQSh). “Tasavvur qiling, agar barcha orzularingizni ro’yobga chiqarish uchun yana atigi bir kun harakat qilishingiz kerak bo’lsa-chi? Siz muvaffaqiyatga qanchalik yaqin ekanligingizni hech qachon bilmaysiz. Umid qilamanki, siz ham men kabi ushbu hujjatli filmni yaxshi ko’rib qolasiz! Men siz bilan sayohatimizni baham ko’rishdan xursandman”.

 

“Skeytbording – bu mutlaq erkinlik, siz shunchaki bordingizni olib, istalgan joyga borishingiz mumkin. Bu yana jajjigina bolakayga aylanishga o’xshaydi”, dedi Orelyen Jiro (Skeytbording, Fransiya). “Umid qilamanki, bizning hikoyamiz sizni skeytbordni olib, haydashdan zavqlanishingizga ilhomlantiradi”.

 

“Breyking – boshqacha olamdir. Men raqsga (tahr. “breykdans” nazarda tutilyapti) tushayotganimda, dunyoda o’zligimni topganimdan va boshqa hech narsa muhim emasligini his qilganimdan baxtli bo’laman”, dedi Greys “Sunny” Choi (Breaking, AQSH). “Olimpiada o’yinlarida ko’plab ajoyib imkoniyatlar paydo bo’ladi va umid qilamanki, ko’proq ota-onalar o’z farzandlarini breykingni o’rganishga yo’naltirishadi. Umid qilamanki, ushbu hujjatli film sizni ushbu madaniyatni dunyo bilan baham ko’rishimiz kabi hayajonlantiradi”.

 

“Mustahkam orzular” filmiga o’z nuqtai nazarini taqdim etgan amerikalik skeytbording afsonasi va tadbirkor Erik Koston fikricha “ushbu loyihaning bir qismi bo’lish biz uchun juda hayajonli bo’ldi”. “Sportimizdagi o’ziga xos tushunchalar hujjatli filmda juda chuqur ma’noda ko’rsatib o’tilgan. Ovozlarimiz bizning sportimizni nishonlash uchun birlashayotganini ko’rish bizning sayohatimiz va merosimiz uchun o’ta muhimdir”.

 

SLS, PBT va WSL tadbirlaridagi namoyishlardan tashqari, hujjatli filmlar seriyasi Samsungning YouTube kanalida joylashtiriladi. “Mustahkam orzular”ni tomosha qilish va kelgusi hujjatli filmlar treylerlarini ko‘rish uchun bu yerga tashrif buyuring.

 

 

 

 

Samsung’ning Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki haqida
Samsung 1998-yil Nagano qishki Olimpiya o‘yinlaridan buyon Butunjahon Olimpiya hamkori hisoblanadi. 25 yildan ortiq vaqt davomida sportchilar va muxlislar Samsung’ning transformativ mobil texnologiyasi butun dunyo bo‘ylab Olimpiya ruhini birga boʻlishishi va Parij 2024 Olimpiya o‘yinlarining raqamli kelajagini shakllantirishda davom etishiga va bu bilan toʻxtab qolmasligiga ishonishadi. Kompaniyaning Olimpiya harakatiga sodiqligi yaqin orada hamkorlikning to‘rtinchi o‘n yilligiga to‘g‘ri keladi va Los Angeles 2028 gacha davom etadi. Samsung’ning simsiz aloqa va hisoblash uskunalari toifasidagi maqsadli innovatsiyalari, jumladan, sun’iy intellekt, virtual reallik, kengaytirilgan reallik va 5G’ni o‘z ichiga oluvchi texnologiyalari dunyo Olimpiya oʻyinlarini qanday oʻtkazishini tubdan o‘zgartirib yuboradi.

 

Samsung’ning Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki haqida
Samsung simsiz aloqa va hisoblash uskunalari toifasida Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining (IPC) Butunjahon hamkori hisoblanadi. 2006-yil Torino qishki Paralimpiya oʻyinlaridan boshlab kompaniya Paralimpiya harakatini gʻurur bilan qoʻllab-quvvatlab keladi va butun dunyo boʻylab sportchilar va muxlislarga Samsung’ning transformativ mobil texnologiyasi orqali oʻyinlarning hayajon va ilhomini keng baham koʻrish imkonini berdi. Samsung’ning Paralimpiya o‘yinlariga sodiqligi Los Angeles 2028 gacha davom etadi va simsiz aloqa va hisoblash uskunalari toifasidagi maqsadli innovatsiyalar, jumladan sun’iy intellekt, virtual reallik, kengaytirilgan reallik va 5G bilan jihozlangan innovatsion mobil va kompyuter texnologiyalari orqali nishonlanadi.

 

World Surf League haqida
World Surf League (WSL) 1976-yildan beri jahon chempionatlarini qoʻlga kiritib, dunyodagi eng yaxshi syorfingni namoyish qiluvchi raqobatbardosh syorfingning global uyidir. WSL syorfingning global raqobatbardosh landshaftini nazorat qiladi va barcha sport turlari boʻyicha eng dinamik oʻyin sifatida maydonda elita ijrosi standartlarini belgilaydi. Oʻz qadriyatlariga qatʼiy sodiqlik bilan WSL taraqqiyot va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlagan holda dunyo okeanlarini, oʻzaro tenglikni va sportning boy merosini himoya qilishni birinchi oʻringa qoʻyadi. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun WorldSurfLeague.com saytiga tashrif buyuring.

 

Street League Skateboarding haqida
2010-yilda tashkil etilganidan beri Street League Skateboarding (SLS) koʻcha skeytbordingini mustaqil tadbirlar toʻplamidan mashhur global sportga aylantirdi. Koʻcha skeytbordingining yuqori malakali tizimi va musobaqa formatining kashshoflari sifatida SLS havaskorlardan professionalgacha boʻlgan trening mashgʻulotlarini taklif qiladi va butun dunyo boʻylab shiddatli jonli voqealarni uyushtiradi. SLS Championship Tour koʻcha skeytbordingi boʻyicha dunyodagi birinchi professional musobaqa sifatida tan olingan. Tadbirlar dunyoning yirik shaharlarida maxsus qurilgan, oʻzgacha va SLS sertifikatiga ega plazalarda bo‘lib o‘tadi va eng yaxshi sportchilar eng yuqori stavkalar uchun kurashadilar. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun StreetLeague.com saytiga tashrif buyuring.

 

Pro Breaking Tour haqida
Pro Breaking Tour raqs shaklining badiiyligi, atletizmi va madaniy merosini nishonlaydigan bosh raqobat tadbirlariga mezbonlik qilib, breykdansingni tanitishda birinchi oʻrinda turadi. Puxtalik bilan tashkil etilgan musobaqalarimiz orqali biz oʻz isteʼdodlarini namoyish etish uchun dinamik platformani sportchilarga taqdim etishni maqsad qilganmiz, shu bilan birga biz hurmat, birdamlik va ijodiy ifodaga asoslangan jamiyatni rivojlantiramiz. Bizning vazifamiz global sahnaga chiqishning joʻshqinligini taʼkidlash, isteʼdod sohiblarining oʻsishini ragʻbatlantirish va hip-hop madaniyatining ushbu dinamik elementini qadrlashdir. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun ProBreakingtour.com saytiga tashrif buyuring.

 

 

[Ilova]

 

Hujjatli filmlar seriyasida qatnashgan sportchilar toʻliq ro’yxati:

 

“Mustahkam orzular”
Skay Braun (Skeytbording, Great Britain), Samsung Galaxy Jamoasi
Jagger Iton (Skeytbording, U.S.), Samsung Galaxy Jamoasi
Orelyen Jiro (Skeytbording, France), Samsung Galaxy Jamoasi
Rayssa Leal (Skeytbording, Brazil), Samsung Galaxy Jamoasi
Kris Kout, Jurnalist
Erik Koston, Professional skeytbordchi

 

“Chegaralardan tashqarida”
Sunny Choi (Breyking, U.S.), Samsung Galaxy Jamoasi
Karam Singh (Breyking, Great Britain), Samsung Galaxy Jamoasi
Devid “Kid Devid” Shraybman, B-Boy
Ken Svift, B-Boy
ROOKIE, FlowXL, Breyking jamoasi
Wonyoung Baek, Breyking afsonasi
Cheoljong Jeong, Breyking afsonasi
Kris “CrosOne” Rayt, Breyking afsonasi

 

“Keyingi to’lqin”
Yoxanna Defey (So’rfing, France), Samsung Galaxy Jamoasi
Jon Jon Florens (So’rfing, U.S.), Samsung Galaxy Jamoasi
Jack Robinson (So’rfing, Australia), Samsung Galaxy Jamoasi
Shon Tomson, So’rfing afsonasi
Moana Jones Wong, Professional so’rfingchi
Lea Dovson, So’rfingchi
Eshton Goggans, Jurnalist

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Yuklab olish

  • Paris-2024-Concrete-Dream_dl1.jpg

  • Paris-2024-Concrete-Dream_dl2.jpg

  • Paris-2024-Concrete-Dream_dl3.jpg

  • Paris-2024-Concrete-Dream_dl4.jpg

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga