Samsung QLED televizorlari TÜV Rheinland’dan “Real Quantum Dot Display” sertifikatini oldi

01/08/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung QLED televizorlari xalqaro Quantum Dot displey standartlariga muvofiq deb topildi
Ushbu sertifikat Samsung’ning innovatsiya va sifatga sodiqligini tasdiqlaydi

SEUL, Koreya — 2025-yil, iyul — Samsung Electronics kompaniyasi o‘zining QLED televizorlari seriyasi nufuzli Germaniyadagi sertifikatlashtirish tashkiloti TÜV Rheinland tomonidan “Real Quantum Dot Display” deb e’tirof etilganini e’lon qildi. Bu e’tirof Samsung QLED televizorlarining haqiqiy quantum dot texnologiyasi asosida ishlab chiqilganini va ular global displey standartlariga javob berishini tasdiqlaydi.

 

TÜV Rheinland tomonidan berilgan ushbu sertifikat IEC 62595-1-6 xalqaro standartiga muvofiqlikni tasdiqlaydi — bu standart quantum dot texnologiyasining moviy yorug‘lik manbasi bilan birgalikda qo‘llanilishini belgilaydi.

 

 

 

Sertifikat jarayonida mutaxassislar Samsung QLED televizorlarining yorug‘lik spektrini tahlil qildilar va ranglarning — qizil, yashil va moviy — aniq ajralishini qayd etdilar. Ranglarning bu tarzda ajralib turishi displeyning yuqori aniqlikdagi rang uzatishi va realizmini ko‘rsatadi. Bunday aniqlik, aynan quantum dot nanomateriallarining afzalligi bilan ta’minlanadi.

 

Samsung’ning ushbu sertifikati kompaniya mahsulotlarining texnologik yetakchiligini yana bir bor isbotladi va premium televizorlar segmentida foydalanuvchi ishonchini yanada mustahkamladi.

 

“Bu sertifikat Samsung QLED televizorlarining haqiqiy quantum dot texnologiyasi asosida ishlab chiqilganini va xalqaro talablar darajasida ishlashini tasdiqlaydi,” — dedi Samsung Electronics kompaniyasining Vizual Displey biznesi bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Taeyong Son.

“Biz yangilik qilishda davom etamiz va premium televizor segmentida etakchilikni mustahkamlashni maqsad qilganmiz.”

 

Sertifikatga ega bo‘lgan modellarga quyidagilar kiradi:

  • Neo QLED 8K: QN990F, QN900F
  • Neo QLED 4K: QN90F, QN85F, QN80F, QN70F
  • QLED 4K: Q8F, Q7F, Q6F

 

Quantum dotlar bu inson sochidan minglab baravar kichik, ultra-nozik nanomateriallar bo‘lib, turli to‘lqin uzunliklaridagi yorug‘lik bilan birikkanida aniq va yorqin ranglarni uzatishga qodir. Aynan shu texnologiya bugungi kunda premium televizorlar segmentidagi eng ilg‘or yondashuv sifatida baholanmoqda.

 

Bundan tashqari, Samsung’ning quantum dot texnologiyasi SGS (Société Générale de Surveillance) tomonidan ham kadmiydan holi, ekologik xavfsiz dizayni uchun e’tirof etildi. Bu esa inson salomatligiga va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kadmiy kabi moddalardan butunlay voz kechilganini bildiradi.

Pressa uchun > Press-relizlar

Korporativ > Texnologiyalar

Qurilmalar > TV va Audio

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga