Samsung Raqamli Maishiy Texnikalari Birinchi TÜV Nord IoT Xavfsizlik Sertifikatini Qo‘lga Kiritdi

29/08/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Sertifikat Samsung’ning qurilma xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilishdagi kuchini tasdiqlaydi hamda Yevropaning IoT xavfsizlik standartlariga javob beradi.

SEUL, Koreya – 2025-yil 26-avgust – Samsung Electronics Co., Ltd.  e’lon qilishicha, Bespoke AI Jet Bot Steam va Bespoke Jet Bot Combo robot changyutgichlari seriyalari, shuningdek, Bespoke AI muzlatkichlari Germaniyada joylashgan global sertifikatlash tashkiloti TÜV Nord tomonidan IoT xavfsizlik sertifikatiga ega bo‘ldi.

 

 

 

 

Bu Samsung’ning raqamli m aishiy texnikalari birinchi bor TÜV Nord xavfsizlik sertifikatiga ega bo‘lishini anglatadi. Ushbu yutuq kompaniyaning nafaqat uy texnikasi texnologiyalarida, balki ma’lumotlar xavfsizligida ham yetakchiligini yana bir bor tasdiqlaydi.

 

“Global miqyosda aqlli uy xavfsizligiga qiziqish kuchayib borar ekan, Samsung o‘zining Knox xavfsizlik platformasi orqali ishonchli himoyani taqdim etishda davom etmoqda,” — dedi Samsung Electronics Raqamli Maishiy Texnika Biznesining R&D jamoasi rahbari va ijrochi vitse-prezidenti Chong Syon Mun. “Bu sertifikat bizning mahsulotlarimiz foydalanuvchilar uchun xavfsiz, ishonchli va himoyalangan ekotizim yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni tasdiqlaydi.”

 

TÜV Nord — IECEE tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan Milliy Sertifikatlash Organ sifatida butun dunyoda tan olingan institutdir. Sertifikat ETSI EN 303 645 standartiga asoslangan bo‘lib, u Yevropa Telekommunikatsiya Standartlari Instituti (ETSI) tomonidan ishlab chiqilgan va iste’molchi IoT qurilmalarining butun hayotiy sikli davomida — loyihalash va ishlab chiqishdan tortib taqsimlash va ishlatishgacha — xavfsizlik va maxfiylik talablarini belgilaydi. Asosiy mezonlarga ma’lumotlarni shifrlash, autentifikatsiya va kirishni nazorat qilish, xavfsiz dasturiy ta’minot yangilanishlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va zaifliklarni boshqarish kiradi.

 

 

 

 

Yevropa bozori allaqachon Radio Uskunalar Direktivasi (RED) yangilanishlari va tez orada kuchga kiradigan Cyber Resilience Act (CRA) orqali xavfsizlik talablarini kuchaytirmoqda. Shu sharoitda TÜV Nord sertifikati Samsung’ning xalqaro standartlarga moslashishga tayyorligini va ulanuvchi muhitlarda foydalanuvchilarni himoya qilishga sodiqligini namoyon etadi.

 

Samsung o‘zining maishiy texnikalarini bir nechta himoya qatlamlari orqali foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qiluvchi keng qamrovli Knox xavfsizlik texnologiyalari bilan mustahkamladi. Bularga qurilma yoqilganda ruxsatsiz firmware o‘zgarishlarini tekshirish kiradi. Bundan tashqari, robot changyutgichdan olingan barcha video yozuvlar va foydalanuvchi buyruqlari shifrlanadi va faqat mo‘ljallangan manzilda deshifrlanadi.

 

Sertifikatlangan 2025-yilgi Bespoke AI muzlatkichlari va Bespoke AI Jet Bot Steam xavfsizlik imkoniyatlarini yanada kuchaytiradi, ular Knox Matrix va Knox Vault integratsiyasiga ega. Knox Matrix qurilmalar orasida o‘zaro xavfsizlik tekshiruvini amalga oshirib, foydalanuvchilarga ma’lumot o‘g‘irlanish xavfi yuzaga kelganda darhol xabar beradi. Knox Vault esa parol kabi maxfiy ma’lumotlarni maxsus apparat tizimida qayta ishlash va saqlash orqali himoya qiladi.

 

Bespoke AI Jet Bot Steam sentabr oyida IFA 2025 ko‘rgazmasida taqdim etiladi. Bespoke Jet Bot Combo va Bespoke AI muzlatkichlari esa allaqachon jahonning ayrim bozorlarida sotuvga chiqarilmoqda.

 

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > Uy uchun

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga