Samsung Road to Paris 2024 da sport jamoatlarini tabriklash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida so’rfing, skeytbording va breykdansing ligalari bilan hamkorlik qiladi

29/03/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Umumiy qadriyat va munosabatlarga asoslangan World Surf League, Street League Skateboarding va Pro Breaking Tour bilan yangi hamkorliklar brendning “Ochiqlik doim gʻalaba qozonadi” degan tamoyilini oʻzida mujassam etadi.

 

Butunjahon Olimpiya va Paralimpiya hamkori boʻlgan Samsung Electronics bugun brendning sportni uzoq yillik qoʻllab-quvvatlashi va oʻzining ochiqlik tomon chuqur ildiz otgan qiymatini yanada mustahkamlaydigan uchta yangi hamkorligini eʼlon qildi. Hamkorlikda World Surf League (WSL), Street League Skateboarding (SLS) va Pro Breaking Tour (PBT) bilan birgalikda syorfing, skeytbording va breykdansing sportlarini va ularning jamoatini nishonlash uchun Samsung Road to Paris 2024 da hamda boshqa tadbirlarda ham ular bilan birga ish olib boradi.

 

Joriy yil boshida eʼlon qilinganidek, Samsung’ning 2024-yilgi Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari uchun rasmiy mavzusi “Dunyoga ochiq har doim gʻalaba qozonadi” brendning ochiq fikr bilan har bir yangi voqea yangicha istiqbollar va cheksiz imkoniyatlarni ochadigan mazmunli yutuqqa aylanishiga boʻlgan ishonchini ifodalaydi. Har biri umumiy qadriyatlar va munosabatlar asosida qurilgan ushbu uchta sport turi “Dunyoga ochiq har doim gʻalaba qozonadi” ruhini o‘zida mujassam etadi va Samsung ularni ilhomlantirishga va bir-biriga yaqin jamoatni qo‘llab-quvvatlashga sodiqdir.

 

 

“So’rfing, skeytbording va breykdansing, garchi noyob sport turlari boʻlsa-da, ular bir asosga ega”, dedi Samsung Electronics’ning ijrochi prezident oʻrinbosari va Mobile eXperience Business marketingi rahbari Stefani Choi. “Yangi narsalarni sinab koʻrish uchun ochiq fikrlash, chegaralardan chiqish qatʼiyati va hammani boricha qabul qiluvchi inklyuzivlik madaniyati har bir sport turining yuragida yotadi. Bu xossalar Samsung kompaniyasida biz uchun ham ishtiyoqli tushunchalardir va biz ushbu uch tashkilot va ularning sportchilarini qo‘llab-quvvatlash va ularning jamoatini rasman tan olish sharafiga muyassar bo‘lar ekanmiz, bu nafaqat Parij 2024 uchun ortga sanoq davom etayotgan bir paytda, balki ular o‘z sportlarini dunyoga ochishga harakat qilayotgan har bir kunida oldilarida boʻlamiz”.

 

Samsung WSL, SLS va PBT sportchilari va muxlislarini Road to the Games asosiy tadbirlariga jalb qiladi. Ushbu hamkorliklar har bir jamoaning timsoli va ichki madaniyatlarini, shuningdek, hamma uchun tayyorlab qoʻyishgan noyob hikoyalarini namoyish etish uchun aprel oyida moʻljallangan yangi hamkorlik tashabbusi orqali jonga kiradi.

 

“Biz Samsung bilan ajoyib sportchilarimiz va ularning Parij 2024 va Taitiga sayohatini namoyish etish uchun hamkorlik qilishdan faxrlanamiz”, dedi WSL ijrochi prezident oʻrinbosari, kontent strategi va ishlab chiqaruvchisi Tim Greenberg. “Biz birgalikda ushbu sport uchun ushbu muhim va hayajonli yilda syorfingning noyob madaniyati, jamoalari va sportchilarni birga nishonlaymiz”.

 

“Bizning tashkilotimiz koʻcha skeytbordingining butun dunyo boʻylab mashhurligini va keng qabul qilinishini kuchaytirish maqsadida vujudga kelgan”, dedi SLS bosh menejeri Mett Rodriges. “Biz har kuni bu qadriyatlarni yodimizda tutgan holda yashab kelamiz va o‘z mohiyatini ochiqlik va inklyuzivlikka qaratgan Samsung brendi bilan hamkorlik qilishdan juda mamnunmiz. Birgalikda biz platformamizni rivojlantiramiz, jamoatimizni qo‘llab-quvvatlaymiz va ochiqlikka bo‘lgan umumiy ishonchimizni mustahkamlaymiz”.

 

“Sayohatimiz boshlanganidan beri soʻnggi oʻn yil ichida biz sportimiz va madaniyatimizdagi ajoyib evolyutsiyaning guvohi boʻldik”, dedi PBT asoschisi, shuningdek, “Cros One” nomi bilan ham tanilgan Kris Rayt. “Har kuni ijodkorlik va oʻzini namoyon qilish chegaralarini ochib boruvchi b-boy bolalar va b-girl qizlarga men katta olqishlar tilayman. Endi biz Olimpiya o‘yinlaridagi debyutimiz bilan tarixda iz qoldirishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz va Samsung bizning sport sayohatimizdagi ushbu muhim lahzani kuchaytirishda ishtirok etganidan xursandmiz”.

 

Jamoa tashabbusi va hamkorlik faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar kelgusi haftalarda eʼlon qilinadi.

 

Samsung’ning Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki haqida
Samsung 1998-yil Nagano qishki Olimpiya o‘yinlaridan buyon Butunjahon Olimpiya hamkori hisoblanadi. 25 yildan ortiq vaqt davomida sportchilar va muxlislar Samsung’ning transformativ mobil texnologiyasi butun dunyo bo‘ylab Olimpiya ruhini birga boʻlishishi va Parij 2024 Olimpiya o‘yinlarining raqamli kelajagini shakllantirishda davom etishiga va bu bilan toʻxtab qolmasligiga ishonishadi. Kompaniyaning Olimpiya harakatiga sodiqligi yaqin orada hamkorlikning to‘rtinchi o‘n yilligiga to‘g‘ri keladi va Los Angeles 2028 gacha davom etadi. Samsung’ning simsiz aloqa va hisoblash uskunalari toifasidagi maqsadli innovatsiyalari, jumladan, sun’iy intellekt, virtual reallik, kengaytirilgan reallik va 5G’ni o‘z ichiga oluvchi texnologiyalari dunyo Olimpiya oʻyinlarini qanday oʻtkazishini tubdan o‘zgartirib yuboradi.

 

Samsung’ning Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki haqida
Samsung simsiz aloqa va hisoblash uskunalari toifasida Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining (IPC) Butunjahon hamkori hisoblanadi. 2006-yil Torino qishki Paralimpiya oʻyinlaridan boshlab kompaniya Paralimpiya harakatini gʻurur bilan qoʻllab-quvvatlab keladi va butun dunyo boʻylab sportchilar va muxlislarga Samsung’ning transformativ mobil texnologiyasi orqali oʻyinlarning hayajon va ilhomini keng baham koʻrish imkonini berdi. Samsung’ning Paralimpiya o‘yinlariga sodiqligi Los Angeles 2028 gacha davom etadi va simsiz aloqa va hisoblash uskunalari toifasidagi maqsadli innovatsiyalar, jumladan sun’iy intellekt, virtual reallik, kengaytirilgan reallik va 5G bilan jihozlangan innovatsion mobil va kompyuter texnologiyalari orqali nishonlanadi.

 

World Surf League haqida
World Surf League (WSL) 1976-yildan beri jahon chempionatlarini qoʻlga kiritib, dunyodagi eng yaxshi syorfingni namoyish qiluvchi raqobatbardosh syorfingning global uyidir. WSL syorfingning global raqobatbardosh landshaftini nazorat qiladi va barcha sport turlari boʻyicha eng dinamik oʻyin sifatida maydonda elita ijrosi standartlarini belgilaydi. Oʻz qadriyatlariga qatʼiy sodiqlik bilan WSL taraqqiyot va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlagan holda dunyo okeanlarini, oʻzaro tenglikni va sportning boy merosini himoya qilishni birinchi oʻringa qoʻyadi. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun WorldSurfLeague.com saytiga tashrif buyuring.

 

Street League Skateboarding haqida
2010-yilda tashkil etilganidan beri Street League Skateboarding (SLS) koʻcha skeytbordingini mustaqil tadbirlar toʻplamidan mashhur global sportga aylantirdi. Koʻcha skeytbordingining yuqori malakali tizimi va musobaqa formatining kashshoflari sifatida SLS havaskorlardan professionalgacha boʻlgan trening mashgʻulotlarini taklif qiladi va butun dunyo boʻylab shiddatli jonli voqealarni uyushtiradi. SLS Championship Tour koʻcha skeytbordingi boʻyicha dunyodagi birinchi professional musobaqa sifatida tan olingan. Tadbirlar dunyoning yirik shaharlarida maxsus qurilgan, oʻzgacha va SLS sertifikatiga ega plazalarda bo‘lib o‘tadi va eng yaxshi sportchilar eng yuqori stavkalar uchun kurashadilar. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun StreetLeague.com saytiga tashrif buyuring.

 

Pro Breaking Tour haqida
Pro Breaking Tour raqs shaklining badiiyligi, atletizmi va madaniy merosini nishonlaydigan bosh raqobat tadbirlariga mezbonlik qilib, breykdansingni tanitishda birinchi oʻrinda turadi. Puxtalik bilan tashkil etilgan musobaqalarimiz orqali biz oʻz isteʼdodlarini namoyish etish uchun dinamik platformani sportchilarga taqdim etishni maqsad qilganmiz, shu bilan birga biz hurmat, birdamlik va ijodiy ifodaga asoslangan jamiyatni rivojlantiramiz. Bizning vazifamiz global sahnaga chiqishning joʻshqinligini taʼkidlash, isteʼdod sohiblarining oʻsishini ragʻbatlantirish va hip-hop madaniyatining ushbu dinamik elementini qadrlashdir. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun ProBreakingtour.com saytiga tashrif buyuring.

Korporativ > Odamlar va madaniyat

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga