Samsung SmartThings Find tezkorlik bilan kengaymoqda: 300 milliondan ziyod “tugunlar” qurilmalarni topishga yordam beradi

19/05/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Qurilmalar lokatsiyasini aniqlash xizmati tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda: bir yildan kamroq vaqt ichida 100 milliondan ziyod “tugunlar” ro‘yxatdan o‘tdi

 

 

Samsung Electronics Co., Ltd. kompaniyasi SmartThings Find kengayganini va endilikda 300 milliondan ziyod “qidiruv tugunlarini”, ya’ni boshqa Samsung Galaxy foydalanuvchilariga o‘z qurilmalarini topishga yordam berishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tgan va ulangan qurilmalarni o‘z ichiga olishini e’lon qildi.

 

 

Ushbu davrda SmartThings Find xizmatining tezkor va barqaror kengayishi kuzatilmoqda — 2022 yilning iyulidan boshlab yana 100 milliondan ortiq “tugunlar” ro‘yxatdan o‘tdi va atigi 10 oy davomida 1,5 barobarga o‘sdi. Bu qurilmalar joylashuvini aniqlash xizmatining samaradorligi oshishini ham bildiradi. Qurilmalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydalanuvchilar uchun SmartThings Find shunchalik samarali bo‘lib boraveradi.

 

 

“Biz SmartThings Find’ning bunday tez sur’atda o‘sishini ko‘rishdan juda mamnunmiz. Bizning ulangan qurilmalar ekotizimimiz qurilmani yo‘qotish bilan bog‘liq stressni kamaytirish va shaxsiy ma’lumotlar saqlanishini ta’minlash kabi ko‘plab imkoniyatlar va sezilarli afzalliklar taqdim etadi[1]”, — deydi Samsung Electronics korporativ ijrochi vitse-prezidenti va SmartThings yo‘nalishi rahbari Jeyon Yung (Jaeyeon Jung). — SmartThings Find taqdim etayotgan afzalliklar bizning zamonaviy texnologiyalarni xavfsiz va ishonchli tarzda foydalanishga bo‘lgan yondashuvimizni yana bir bor isbotlaydi. SmartThings Find xizmati foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoyalash hamda ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olish uchun xavfsizlik va maxfiylikning kengaytirilgan funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, xavfsizlikni yanada oshiruvchi o‘ziga xosliklar va standartlar shakllantirish maqsadida sohadagi boshqa ishtirokchilar bilan ham ishlar olib bormoqdamiz”.

 

 

SmartThings Find bir qancha turdagi Samsung Galaxy qurilmalarini, jumladan, smartfonlar, planshetlar, soat va quloqchinlarni tezda topib berishi mumkin. U kalit yoki biror yukka biriktiriladigan Galaxy SmartTag yoki SmartTag+[2] qurilmalarini ham aniqlash imkonini beradi.

 

 

 

Qulaylik va xavfsizlik orqali xotirjamlik

 

 

SmartThings Find kun sayin yanada ko‘proq foydalanuvchilarga foyda keltirayotgani sababli Samsung uchun xavfsizlik va daxlsizlik ustuvor maqsad bo‘lib qoladi. Maxfiy ma’lumotlarning himoyalanganligini ta’minlash uchun SmartThings Find foydalanuvchi ma’lumotlarini shifrlaydi va Samsung Galaxy qurilmalarida mavjud mudofaa turidagi xavfsizlik platformasi Samsung Knox orqali qo‘shimcha himoyani amalga oshiradi. Qurilmaning joylashuvi haqidagi ma’lumotlar faqat foydalanuvchi ruxsati bilan boshqa odamlarga ulashiladi hamda har bir foydalanuvchi qurilmasining identifikatori har 15 daqiqada o‘zgarib turadi va anonim tarzda saqlanadi.

 

 

“Yoningizdagi noma’lum teglarni qidirish” funksiyasi yordamida Android va iOS foydalanuvchilari noma’lum teglar ularning yonida bor yoki yo‘qligini osongina aniqlashlari mumkin. Bu funksiya tegning signal kuchi ko‘rsatkichini taqdim etishi mumkin, bu foydalanuvchilarga noma’lum teg ularning hozirgi manziliga qanchalik yaqinligini bilish imkonini beradi. Zarurat bo‘lganda foydalanuvchilar aniqlangan teglarni “xavfsiz” deb belgilashlari mumkin.

 

 

Galaxy foydalanuvchilari uchun SmartThings Find o‘zining “Noma’lum teg ogohlantirishlari” funksiyasi bilan ham xavfsizlikni ta’minlashi mumkin. Agar SmartThings Find ergashayotgan noma’lum SmartTag’ni aniqlasa, bu funksiya ruxsatsiz kuzatuvlar haqida foydalanuvchilarga bildirishnoma yuborish orqali ogohlantiradi. Bu foydalanuvchilarni himoya qilishga va joylashuvni kuzatish xizmatlaridan noto‘g‘ri foydalanishning oldini olishga yordam beradi.

 

 

Funksiyani faollashtirish uchun foydalanuvchilar SmartThings ilovasining “Life” qismida Find xizmatini topishlari kerak. Sozlamalar menyusida foydalanuvchilar “Noma’lum teglar ogohlantirishlari” funksiyasini yoqish va o‘chirishi yoki o‘zlariga yaqin noma’lum teglarni mustaqil qidirishlari mumkin.

 

 

 

 

 

 

[1] Tegishli Samsung Galaxy qurilmalarining Bluetooth diapazoni doirasida bo‘lishi lozim.

[2] SmartTag va SmartTag+ Android 8 yoki undan keyingi versiyalari boshqaruvidagi barcha Samsung Galaxy smartfonlari, planshetlari va boshqa qurilmalarda ishlaydi. SmartTag+’dagi AR (to‘ldirilgan voqelik) qidiruvi funksiyasi UWB bilan jihozlangan qurilmalarda, jumladan Galaxy S23+ va Ultra, Galaxy S22+ va Ultra, S21+ va Ultra, Note20 Ultra, Z Fold2, Z Fold3 va Z Fold4’da mavjud.

 

Korporativ > Texnologiyalar

Qurilmalar > Uy uchun

Yuklab olish

  • SmartThings-Find_Find_Notification_dl1.jpg

  • SmartThings-Find_Search-unknown-tag_dl2.jpg

  • Galaxy-Quick-Share_main7.gif-min.gif

  • SmartThings-Find_Search-unknown-tag_dl4.jpg

  • SmartThings-Find_Search-unknown-tag_dl2.jpg

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga