Samsung tadqiqotchisi ITU-R 6G’ni standartlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish guruhi raisi etib tayinlandi
Samsung Electronics 2029-yilgacha Xalqaro telekommunikatsita ittifoqining Radioaloqa sektori (ITU-R, International Telecommunication Union Radiocommunication Sector)[1] bilan 6G texnologiyalarini standartlashtirish bo‘yicha yetakchilar qatorida bo‘ladi.
Samsung Research tadqiqotchisi HyoungJin Choi 25-iyundan 2-iyulgacha Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo’lib o’tgan ITU-R Ishchi guruhi 5D (WP, Working Party 5D) yig’ilishida IMT-2030 (6G) bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh raisi etib tayinlandi. Choi ikkinchi bor 6G standartlashtirish bilan shug’ullanuvchi ITU-R guruhiga raislik qiladi, chunki u ilgari 2021-yildan 2023-yilgacha 6G Vision guruhiga rahbarlik qilgan.
Muvofiqlashtiruvchi guruh 6G texnologiyasi standartlarini ishlab chiqish jarayonini belgilash, shuningdek nomzod 6G texnologiyalari uchun taqdim etish shablonini yaratish va nomzodlar takliflarini ko’rib chiqish uchun javobgar bo’ladi.
Yangi avlod kommunikatsiyalarini standartlashtirish turli manfaatdor tomonlar o’rtasida yuqori raqobatbardosh va hamkorlik jarayonini o’z ichiga oladi.
2023-yil noyabr oyida ITU-R 6G kelajagi va umumiy yo‘nalishini belgilab beruvchi IMT-2030 asosli tavsiyanomasini chiqardi. 2026-yilga kelib ITU-R 6G texnologiyalarining texnik ishlash talablarini belgilashni maqsad qilgan. Ushbu talablar 3-avlod hamkorlik loyihasi (3GPP, 3rd Generation Partnership Project)[2] kabi standart tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan va keyinchalik ITU-Rga taqdim etiladigan nomzod 6G texnologiyalari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Keyin ITU-R taqdimotlarni baholaydi va muvofiqlashtiradi, 6G uchun texnik xususiyatlar 2030-yilgacha yakunlanishi kutilmoqda.
Asosiy ishlash ko’rsatkichlari, foydalanish stsenariylari va 6Gni standartlashtirish, spektr va tijoratlashtirish bo’yicha yo’l xaritasini taqdim etgan IMT-2030 asosli tavsiyasi bilan sanoat endi batafsil standartlashtirish bo’yicha sa’y-harakatlarni boshlashga tayyor. Oldinga qarab, mamlakatlar va kompaniyalar 6G aloqa standartlarini, jumladan ishlash talablari va chastota diapazonlarini belgilashda yetakchilik uchun kurashadi.
Samsung nufuzli standartlar tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi va 6G’ni standartlashtirish bo‘yicha jahon yetakchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlash yo‘lida innovatsion aloqa texnologiyalarini rivojlantirishni davom ettiradi.
[1] ITU Birlashgan Millatlar Tashkilotining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) boʻyicha ixtisoslashgan agentligi boʻlib, 193 ta aʼzo davlat va 1000 dan ortiq kompaniyalar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarni o’z ichiga oladi. ITU’ning Radioaloqa sektori (ITU-R) global radioaloqani tartibga solish va standartlashtirish uchun javobgardir.
[2] 3GPP mobil aloqa uchun global yagona texnik xususiyatlarni ishlab chiqishga bag’ishlangan.
TAGS3GPP6GInternational Telecommunication UnionInternational Telecommunication Union - RadiocommunicationITUITU-RSamsung Research
Korporativ > Texnologiyalar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.