Samsung The Serif televizorini xarid qilgan har bir mijozga smartfon sovg‘a qiladi

01/02/2022
Share open/close
Havola nusxalandi.

Noyob dizaynga ega yangi Samsung The Serif televizorini xarid qilish sovg‘a sifatida Galaxy A52 smartfonini olish imkonini beradi.

Samsung The Serif_01

 

 

Samsung Galaxy A52 smartfonini olishingiz mumkin. U bilan birga uyingizda mohir san’at obyekti, cho‘ntagingizda esa suv va changdan himoyasi bo‘lgan, katta sig‘imli batareyaga ega yangi gadjet paydo bo‘ladi.

 

 

 

 

Ajoyib, zamonaviy tandem

 

Ortiq devorda zerikarli qora to‘rtburchaklar bo‘lmaydi, dizayndagi yangicha yechim turar joylarni o‘zi bilan bezab turadi. O‘ziga xos I profilli televizor uy egalari xohlagan joyda, oyoqlari ustiga yoki boshqa tekis yuzaga o‘rnatiladi. 1-fevraldan 28-fevralgacha bo‘lgan muddatda sovg‘a sifatida olish mumkin bo‘lgan Samsung Galaxy A52 smartfoni esa The Serif televizorini xarid qilganda yoqimli qo‘shimcha bo‘ladi.

 

Galaxy A52 kameralarining innovatsion texnologiyasi bilan yanada ko‘proq sifatli suratlar olib, videolar yarating. Smartfon to‘rt modulli kameralar va 64 megapikselli asosiy obyektiv bilan jihozlangan. U yorqin va aniq suratlar va videolarni olish uchun g‘oyatda mos keladi. Batareyasi gadjetning ikki kungacha ishlashini ta’minlaydi. Galaxy A52 smartfonlari IP67 standarti bo‘yicha suvga qarshi himoyaga ega bo‘ldi, bu ortiq suv sachrashi hamda yomg‘irdan xavotir olish kerak emasligini bildiradi.

 

 

Samsung The Serif_3

 

The Serif har qanday interyerni bezatadi, smartfon esa masofadan turib media kontentni boshqarish imkonini beradi. Buning uchun ilovani o‘rnatish kifoya. Telefon ekranidagi har qanday kontent: fotosurat, video, taqdimotlar The Serif ekranida aks ettiriladi.

 

  • NFC rejimida mobil telefondagi kontent birgina harakat bilan televizorda osongina namoyish ettiriladi.
  • Filmni ko‘rishni smartfonda boshlab, keyin televizorning katta ekraniga o‘tish mumkin.
  • Multi View rejimida ekran bir vaqtning o‘zida telekanallardagi yangiliklarni kuzatish va smartfondagi kontent bilan tanishish uchun ikki qismga bo‘linadi.

 

 

Samsung The Serif_4

 

 

QLED texnologiyasi bilan tomoshabinlarni ranglar olamiga to‘liq sho‘ng‘ish kutmoqda: turli yuzalar va ranglarning naqadar hayotiyligidan hayratga tushasiz. Faol tovush kuchaytirgich tufayli televizor ovozining balandligi va shovqinni pasaytirish funksiyasi avtomatik ravishda sozlanadi, hatto yoningizda bolalar o‘ralashib turgan yoki ota-onangiz telefonda gaplashayotgan bo‘lsalar ham qahramonlarning har bir so‘zini eshita olasiz.

 

Aksiya butun fevral oyi davomida Mediapark, Diskont, Mudo Concept do‘konlari, shuningdek, butun O‘zbekiston bo‘ylab texnika bozorlarida amal qiladi.

 

Faqat 1-fevraldan 28-fevralgacha.

 

 

 

YouTube video: https://youtu.be/43ygbhqCf58

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz

 

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga