Samsung va Dezeendan “Dizayn challenge”
Samsung Electronics kompaniyasi va Dezeen global dizayn va arxitektura jurnali 31 May 2023 yil barqaror rivojlanishka qaratilgan so’nggi global dizayn tanlovining boshlanishini e’lon qildi. Jami 18 000 funt sterling miqdoridagi mukofot jamg’armasini taklif qiluvchi Re:Create Design Challengi butun dunyo bo’ylab ishtirokchilarni eski Samsung qurilmalarini yoki ularning materiallarini qayta ishlash, qayta foydalanish va utilizatsiya qilish bo’yicha o’zlarining ijodiy g’oyalarini ishlab chiqishga taklif qiladi.
Re:Create Design vazifasi nima?
Re:Create Design vazifasi Samsungning mahsulotlari va xizmatlari ekologiyaning himoyasiga yonaltirilganligan sa’y-harakatlarini aks ettirish. Tanlov ishtirokchilarni eski qurilmalar yoki chiqindilarni odamlarga ham, sayyoraga ham foyda keltirishi mumkin bo’lgan yangi mahsulotlar yoki xizmatlarga aylantirish orqali ularni qayta qo`llanilishining innovatsion usullarini ishlab chiqarishka undashka yordam beradi.
Bunga Samsung-ning “Eyelike™” loyihasi misol bo’la oladi, u eski smartfonlarni tibbiy diagnostika kameralariga aylantiradi, tashlab yuborilgan baliq ovlash to’rlari va qayta ishlangan plastmassadan esa yangi Galaxy qurilmalari va Solarcell masofadan boshqarish pultlari (24% qayta ishlangan materiallardan iborat va oddiy bir martalik batareyalar o’rniga yorug’lik bilan quvvatlanadi) ishlab chiqarilishida foydalanadi.
“Biz noaniqlik va cheksiz imkoniyatlar davrida yashayapmiz, ayniqsa ijodiy dizayn uchun”, dedi Samsung Electronics korporativ dizayn markazi prezidenti va rahbari. “Samsung ijodkorlik kuchiga ishonadi va bizning kelajagimiz mazmunli va barqaror innovatsiyalar orqali himoya qilinishi va o’zgartirilishi kerak. Umid qilamizki, ushbu tanlov barchamiz uchun ajoyib o’zgarishlarga olib keladigan uchqun bo`ladi.”
Tanlovda qanday qilib ishtirok etish mumkin?
Tanlovda yashash mamlakatidan mustaqil, 18 yoshdan oshgan va ingliz tilini biladigan har bir kishi ishtirok etishi mumkin. U professional dizayner, talaba yoki rasmiy dizayn bo’yicha ma’lumotga ega bo’lmagan shaxs bo’lsa ham.
Tanlovda ishtirok etish uchun Dezeenning rasmiy veb-saytiga o`tib, tanlov haqidagi to’liq ma’lumotga ega bolaolasiz, jumladan, ariza topshirish bo’yicha ko’rsatmalar va sovrinlar haqidagi ma’lumotlarga ham. Ishtirok etishni istaganlar o’z g’oyalarini Dezeen veb-saytiga 19 Iyul GMT 23:59 ga qadar yuborishlari kerak.
G’oliblar qanday tanlanadi?
Taqdim etilgan materiallar to’rtta mezon bo’yicha bir necha bosqichli baholashdan o’tkaziladi.
* Innovatsiya: g’oya qanchalik original?
* Muammoni hal qilish: g’oya odamlar hayotini yaxshilash uchun mazmunli echimlarni taklif qiladimi?
* Ijtimoiy va ekologik ta’sir: g’oya odamlarga va sayyoraga qanday ijobiy ta’sir qiladi?
* Inson farovonligiga yo’naltirilgan dizayn: g’oya Samsung dizayn falsafasiga, mahsulotlari va iste’molchilarining turmush tarziga qanchalik mos keladi?
Dastlabki turlar tugagandan so’ng, qisqa ro’yxat tanlanadi va avgust oyida e’lon qilinadi. Dezeen muharrirlari va dizayn mutaxassislaridan tashkil topgan ekspertlar guruhi birinchi o’rinni egallagan g’olibni va ikkita ikkinchi o’rinni egallagan g’olibni tanlaydi.
Birinchi o’rinni egallagan shaxs yoki jamoa bosh sovrin 10 000 funt sterlinga ega bo`ladi. Ikkinchi o’rinni egallagan ikki kishi/lamoaga har biriga 4000 funt sterling miqdorida pul mukofotlari beriladi.
Qo’shimcha ma’lumot olish uchun Dezeenning rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.