Samsung va Hershey’s Samsung Friends jozibador aksessuarlari to’plamini hamkorlikda chiqardilar

13/08/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics kompaniyasi 29-iyul kuni The Hershey Company global qandolat brendi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Samsung Friends aksessuarlarining yangi to’plamini taqdim etdi. Samsung Friends – bu Samsung Electronics va uchinchi tomon aksessuarlar ishlab chiqaruvchilari hamkorligida yaratilgan turmush tarzi aksessuarlar brendidir. Brend turli xil brendlar bilan hamkorlik qilish, yangi materiallardan foydalanish va ekologik mavzuga doir xabarlarni yetkazish uchun hamkorlik kabi turli tadbirlar bilan shug’ullanadi. Hershey’s kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida Samsung’ning so‘nggi Galaxy qurilmalari – Galaxy Z Fold6 va Z Flip6, Galaxy Buds3 seriyasi va Galaxy Watch7 uchun Hershey’ning mashxur qandolat qadoqlaridan ilhomlangan 12 ta o‘ziga xos aksessuarlarni taqdim etilgan. 29-iyul kuni Koreyadagi debyutidan so‘ng Samsung Friends & Hershey kolleksiyasi shu yil oxirida Yaponiya, Indoneziya, Filippin va AQShda sotuvga chiqariladi.[1]

 

▲ Samsung Friends & Hershey to’plami Hershey’ning eng so’nggi Galaxy qurilmalari uchun qandolat mahsulotlari qadoqlaridan ilhomlangan 12 ta o’ziga xos aksessuarlarni taqdim etdi

 

Yangi to’plamning taqdimotini nishonlash uchun Samsung kompaniyasining Gangnam flagman do‘konida 29-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Flip Tour With Hershey’s maxsus stendni taqdim etdi. Tashrif buyuruvchilar u yerda ushbu noyob to’plamni bevosita tanishib chiqdilar. Ular xususiy Samsung texnologiyasidan foydalangan holda Hershey plastik qadoqlash chiqindilaridan tashkil topgan 100% qayta ishlangan material bilan o‘z aksessuarlarini qoplash uchun oziq-ovqat qadoqlash plastmassasining o‘zlari xohlagan qismini tanlashlari va biriktirish, shuningdek, maxsus Hershey’s nomli ichimliklarni tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

▲ (chapdan) Mehmonlar Samsung Friends & Hershey’ning yangi kolleksiyasini sinab ko‘rishmoqda va aksessuarlarini Hershey’ning plastik qadoqlash chiqindilaridan yaratilgan 100% qayta ishlangan material bilan o’zlariga moslashtiradilar.

 

Yangi Galaxy Z Fold6 va Galaxy Z Flip6 taqdimoti bilan Samsung Friends o‘zining mobil aksessuarlar assortimentini yanada kengaytirib, Sticky Monster Lab, Smiley, Keith Haring, Disney, Minions va Pokémon kabi 17 xil mashhur brendlarning qahramonlari va dizaynlarini namoyish etadi.

 

▲ Samsung Friends qurilmangizni noyob aksessuarlari bilan bezab turadi, bunda yoqimli dizayn va jozibali materiallar ajoyib uyg’unlik orqali jonlanadi

 

Aksessuarlarni Samsung.com va SLASH B SLASH onlayn savdo markazida xarid qilish mumkin.

 

“Samsung bizning hamkorlarimiz bilan foydalanuvchilarning shaxsiy didini aks ettiruvchi va mijozlar tajribasini yaxshilaydigan noyob aksessuarlar yaratishni maqsad qilgan”, dedi Jongmoo Lee, Future Generation Lab rahbari, Samsung yosh xodimlaridan iborat bo’lgan va bo‘lajak avlodlar faoliyati bo‘yicha izlanish bilan shug’ullanadigan guruh. “Biz ekologik ongli qadriyatlarimiz va innovatsion texnologiyalarimizni ta’kidlaydigan mahsulotlarni ishlab chiqish orqali foydali takliflarimizni kengaytirishda davom etamiz.”

 

▲ Sticky Monster Lab qahramonlari Galaxy Z Flip6 korpusi va katta FlexWindow oynasini bezatib, qurilmaning umumiy taqdimotiga ajoyib tus qo‘shadi

 

▲ Samsung Friends mobil aksessuarlar assortimentini kengaytirib, 17 xil mashhur brendlarni, jumladan Sticky Monster Lab, Smiley, Keith Haring, Disney, Minions va Pokémon’ni taqdim etadi.

 

[1] Sotib olish mumkin bo’lgan aksessuarlar turlari va dizaynlari mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga