Samsung va O2 Telefónica Germaniyada vRAN va Open RAN tarmogʻini ishga tushirdi

14/05/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

 

Samsung Electronics va O2 Telefónica kompaniyalari bugun Germaniyada oʻzlarining birinchi virtual RAN (vRAN) va Open RAN tijoriy uyali tarmoq stansiyasini ishga tushirganliklarini eʼlon qilishdi. Samsung’ning 5G vRAN yechimi Germaniyada birinchi marta tijorat tarmogʻida qoʻllanilmoqda. Stansiya hozirda Bavariyaning Landsberg am Lech shahrida faoliyat yuritib, mijozlarga yuqori samarador va ishonchli 4G va 5G xizmatlarini taqdim etadi. Kelgusi oylarda ikki kompaniya vRAN va Open RAN tarmogʻini mintaqadagi yettita qoʻshimcha stansiyaga oʻrnatib, Open RAN chizigʻini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.

 

Ushbu erishilgan muhim natija kompaniyalarning 2023-yilning oktyabr oyida eʼlon qilingan qoʻshma tashabbusiga asoslanadi. Unga binoan, ikki kompaniya vRAN va Open RAN texnologiyalarining bir nechta sinovlari uchun yoʻl xaritasini ishlab chiqishga kelishgan. Keng koʻlamli sinovlardan soʻng O2 Telefónica va Samsung birinchi tijoriy stansiyani ishga tushirish orqali endilikda sinov laboratoriyasidan ishchi maydon yaratishga kirishmoqda.

 

▲ O2 Telefónica va Samsung Germaniyada birinchi vRAN va Open RAN tijoriy stansiyalarini ishga tushirdilar.

 

“Biz Open RAN texnologiyasini qoʻllash yoʻlida yana bir katta qadam tashlamoqdamiz. Samsung bilan birgalikda ishlaganimiz tufayli mobil tarmogʻimizda eng yangi Open RAN texnologiyalaridan foydalanishga erishdik. Kelajak tarmogʻi sari yoʻlda biz mijozlarimizga ajoyib ulanuvchanlikni taʼminlash uchun yangi tarmoq yechimlarini qoʻllash niyatidamiz. Open RAN bizga tarmogʻimizni avtomatlashtirish, yangilanishlarni tezroq yetkazish va tarmoq komponentlaridan moslashuvchan foydalanishda yordam beradigan muhim unsurdir”, dedi O2 Telefónica kompaniyasining texnologiya va axborotlashtirish boʻyicha bosh direktori Mallik Rao.

 

“Samsung innovatsion vRAN va Open RAN imkoniyatlari bilan telekommunikatsiya sanoatida mukammallikka erishish uchun yangi standartlarni oʻrnatmoqda. Telefónica kompaniyasining 100 yilligini nishonlar ekanmiz, biz O2 Telefónica’ning Germaniyada ulanuvchanlikning yangi davrini boshlash yoʻlidagi asosiy hamkori ekanligimizdan faxrlanamiz”, dedi Samsung Electronics’ning ijrochi prezident oʻrinbosari, global savdo va marketing boʻlimi rahbari Junehee Lee.

 

Open RAN va vRAN: yanada kengroq moslashuvchanlik va avtomatlashtiruvni vujudga keltirish yoʻlida

 

O2 Telefónica zamonaviy va ilgʻor RAN texnologiyalari, ochiq interfeyslar va avtomatlashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda yanada samarador va kelajak uchun moʻljallangan zamonaviy tarmoqni barpo etmoqda. Open RAN mobil tarmoqda yanada kengroq moslashuvchanlikni taʼminlaydi. Ochiq interfeyslarga asoslangan holda, operatorlar turli provayderlarning tarmoq komponentlarini birlashtirishi va ularni oʻz tarmogʻiga integratsiya qila oladi.

 

Dasturiy taʼminotga asoslangan vRAN bulutli arxitekturaga tezda oʻtishga yordam beradi, bu tarmoq operatorlariga funksiyalarni yanada yaxshiroq avtomatlashtirish, oʻz tarmoqlariga yangi texnologiyalar va xizmatlarni tez va samarali joriy etish imkonini beradi. Bu tarmoqni qurish jarayonini tezlashtirish va yangi 5G ilovalarini, jumladan, virtual reality va augmented reality (VR/AR) yoki korxonalar uchun o‘ta tezkor javob talab qilinadigan holatlar uchun muhimdir.

 

▲ O2 Telefónica Samsung kompaniyasining 4G va 5G vRAN hamda Open RAN yechimlaridan foydalangan holda oʻz mijozlariga ishonchli mobil aloqani taqdim etadi.

 

Samsung’ning ilgʻor va tasdiqlangan tarmoq yechimlari

 

4G va 5G yechimlari yoʻlga qoʻyilganidan beri atigi uch oy oʻtgach, kompaniyalar ushbu birinchi tijoriy stansiyasiga muvaffaqiyatli koʻchib oʻtishdi. Bunda Samsung kompaniyasining tajribasi va butun dunyo boʻylab keng koʻlamli tijoriy vRAN va Open RAN integratsiyasida oldindan isbotlangan va tasdiqlangan ekotizimdan foydalanildi.

 

Dastlabki tarmoqni oʻrnatish yechimlari sifatida Samsung takliflariga bozorda yetakchi boʻlgan 4G va 5G vRAN 3.0 yechimi hamda past va oʻrta diapazonlarni (700MHz, 800MHz, 1.8GHz 2.1GHz, 2.6GHz va 3.6GHz), shu jumladan 64T64R massiv MIMO radiolarini qoʻllab-quvvatlovchi O-RAN’ga mos radiostansiyalari kiradi. Samsung’ning ilgʻor vRAN 3.0 texnologiyasi energiya samaradorligini oshirish, optimallashtirilgan tezlik va aqlli avtomatlashtirish kabi kengaytirilgan imkoniyatlarga ega.

 

Keyingi qadamda kompaniyalar Samsung’ning tarmoqni avtomatlashtirish boʻyicha intellektual yechimlarini joriy etish niyatida. Bu tarmoqni oʻrnatishdan tortib, texnik xizmat koʻrsatishgacha boʻlgan hayot siklini boshqarish yechimlarini oʻz ichiga oladi. Ushbu yechim O-RAN standartiga amal qiladi va dasturiy taʼminot bilan yangi uyali aloqa stansiyalarni sozlashni osonlashtiradi. Shunda har bir uyali aloqa stansiyasini birma-bir sozlab oʻtirish oʻrniga ushbu tizim bir vaqtning oʻzida minglab stansiyalarni sozlashni avtomatlashtirishi mumkin, bu esa yangi qamrov zonalarini onlaynlashtirish jarayonini tezlashtira oladi.

 

 

O2 Telefónica haqida

 

O2 Telefónica isteʼmolchilar va biznes mijozlar uchun toʻlaqonli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi yetakchi provayderdir. O2 ildiz brendi va turli ikkilamchi va hamkor brendlar xizmat kategoriyalari nafaqat anʼanaviy telefoniya va internetga ulanishni, balki IoT va maʼlumotlarni tahlil qilish sohasidagi innovatsion raqamli xizmatlarni ham oʻz ichiga oladi. Mobil aloqada O2 Telefónica 45 milliondan ortiq mobil liniyalarga xizmat koʻrsatadi (jumladan, M2M. 2023-yil 31-dekabr holatiga koʻra). Bu mamlakatda boshqa hech bir tarmoq operatori bunchalik odamlarni bogʻlay olmaydi. Kompaniyaning yuqori samarador va mukofotga sazovor boʻlgan mobil tarmogʻi aholining 99% dan ortigʻini qamrab olgan. Simli tarmoqda O2 Telefónica oʻz mijozlariga Germaniya boʻylab boshqa provayderlarda boʻlmagan eng soʻnggi texnologik xilma-xillikni taklif qiladi hamda geografik jihatdan koʻplab nuqtalarda internet tarmoqlari mavjud. 2023-yilning moliya yilida kompaniya 7500 nafarga yaqin xodimi bilan 8,6 milliard yevro daromad chiqardi. Kompaniyaning aksariyat qismi Madridda joylashgan dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya guruhlaridan biri boʻlgan Ispaniya telekommunikatsiyalar guruhi Telefónica S.A. ga tegishlidir.

Korporativ > Boshqa

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga