Samsung va Qualcomm ilgʻor modulyatsiya texnologiyasi bilan innovatsion sanoatning yangi bosqichiga chiqdi
Kompaniyalar eng soʻnggi 1024 QAM texnologiyasidan foydalangan holda internetdan yuklab olish tezligini 20% ga oshirishdi
Samsung Electronics va Qualcomm Technologies, Inc. bugun FDD boʻyicha birinchilardan boʻlib Frequency Division Duplex (FDD) va Time Division Duplex (TDD) spektr diapazonlari uchun 1024 Quadrature Amplitude Modulation (QAM) sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlaganini eʼlon qilishdi. Ushbu innovatsion bosqich va hamkorlik 5G taʼsirini kuchaytirish va uning tarmoqlarining spektral samaradorligini oshirish orqali ikki kompaniyaning operatorlarni qoʻllab-quvvatlashga sodiqligini koʻrsatadi.
QAM maʼlumot yoki fayllarni yanada samaraliroq uzatuvchi ilgʻor modulyatsiya texnologiyasidir. Bu har bir uzatishda qancha bit maʼlumotlar yetkazib berilishi mumkinligiga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir koʻrsatadi. 256 QAM tijoriy tarmoqlarida keng qoʻllanilsa-da, Samsung va Qualcomm Technologies yaqinda 3GPP Release 17 spetsifikatsiyalarida belgilangan eng soʻnggi 1024 QAM’ga erishishdilar. Ushbu takomillashtirilgan QAM texnologiyasi operatorlarga spektr resurslaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi va mobil foydalanuvchilarga yuqori yuklash tezligini talab qiluvchi jonli efir va multipleyer onlayn video oʻyinlar kabi turli mobil xizmatlardan muammosiz foydalanish imkonini beradi.
Sinov Samsung kompaniyasining Koreyadagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida oʻtkazildi. Bunda Samsung kompaniyasining 2.1 GHz (FDD) va 3.5 GHz (TDD) diapazonlarni qoʻllab-quvvatlaydigan 5G vRAN dasturiy taʼminoti va radio qurilmalari hamda Qualcomm Technologies’ning soʻnggi Snapdragon® 5G Modem-RF System bilan jihozlangan mobil form-faktorli sinov qurilmasidan foydalanildi.
Bu juda muhim yutuq boʻldi, chunki bu sanoatda birinchi marta FDD diapazoni uchun 1024 QAM’ga erishildi. 20MHz tarmoq kengligidan foydalangan holda kompaniyalar 485 Mbit/s ga yetib, nazariy jihatdan bu texnologiya erisha oladigan maksimal tezlikka chiqdilar. Oʻz oʻrnida bu yuklab olish tezligi joriy 256 QAM bilan solishtirganda 20% ga oshganini bildiradi.
Bundan tashqari, Samsung anʼanaviy RAN’da 1024 QAM’ning davom etayotgan sinovlarini yakunlashni rejalashtirmoqda va texnologiya shu yil ichida savdoga chiqarilishi kutilmoqda.
“Biz spektral samaradorlikni oshirish keyingi avlod yechimlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Bu yutuq Samsung kompaniyasining mobil texnologiyalar chegaralarini yorib oʻtish yoʻlidagi izchil majburiyatini oʻtayotganini alohida taʼkidlaydi, — dedi Samsung Electronics kompaniyasining mahsulot strategiyasi, tarmoqlar biznesi boʻyicha prezident oʻrinbosari Ji-Yun Seol, — Qualcomm Technologies bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlarimiz bizga yana bir bor ajoyib natijalarni olib keldi va biz mobil tarmoq innovatsiyasini rivojlantirish uchun oʻzaro tajriba-koʻnikmalarimizdan unumli foydalanishni intiqlik bilan kutmoqdamiz”.
“Biz Samsung bilan ushbu sohadagi yangi yutuqda hamkorlik qilganimizdan faxrlanamiz. Ushbu yutuq operatorlarning 5G ga oʻtishlarini yengillashtirish hamda spektral samaradorlikni oshirish borasidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga doimo sodiqligimizni koʻrsatadi. Ilgʻor QAM texnologiyasidan foydalangan holda biz operatorlarga spektr resurslarini maksimal darajada oshirish va 5G foydalanuvchilariga uzluksiz va yuqori tezlikdagi mobil xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beramiz”, — dedi Qualcomm Technologies, Inc. mahsulot menejmenti, prezident oʻrinbosari Sunil Patil.
Oʻtgan yilning oxirida Samsung va Qualcomm Technologies FDD spektri uchun dunyodagi ilk parallel 5G 2x yuklash va 4x yuklab olish texnologiya aggregatsiyasiga erishishdi. Shuningdek, kompaniyalar mobil 5G texnologiyasi chegaralarini kengaytirish yoʻlida hamkorlikni toʻxtovsiz davom ettirmoqda.
Samsung chipsetlar, radioqurilmalar va modem chiplarni oʻz ichiga olgan 5G raqamli shifrlash yechimlarini muvaffaqiyatli yetkazib berishda kashshoflik qilib kelmoqda. Davom etayotgan tadqiqot va ishlanmalar orqali Samsung oʻzining bozordagi yetakchi mahsulotlar kategoriyasi — vRAN 3.0, Open RAN, modem chipsetlar, xususiy tarmoq yechimlari va sunʼiy intellekt yordamida boshqariladigan avtomatlashtirish vositalari bilan sanoatni 5G tarmoqlarini rivojlantirishga undaydi. Kompaniya hozirda uyali aloqa operatorlariga butun dunyo boʻylab yuz millionlab foydalanuvchilarga ulanish imkonini beruvchi innovatsion tarmoq yechimlarini taqdim etib kelmoqda.
Pressa uchun > Press-relizlar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.