Samsung va Vodafone Open RAN tarmog‘ida AMD protsessorlari bilan eng birinchi raqamli qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirdi
Kompaniyalar keng ko‘lamli tijoriy Open RAN tarmog‘ini joylashtirishdan to‘plangan texnik tajribalaridan foydalangan holda Open RAN tarmog‘ining kengayishiga turtki bermoqdalar
Samsung Electronics va Vodafone AMD bilan hamkorlikda bugun sanoatda ilk bor Open RAN texnologiyasini ta’minlovchi eng so‘nggi AMD protsessorlari bilan raqamli shifrlangan (end-to-end) qo‘ng‘iroqni muvaffaqiyatli namoyish etganini e’lon qildi. Ushbu qo‘shaloq yutuq sanoat bo‘ylab Open RAN ekotizimini boyitishda bu kompaniyalarning texnik yetakchiligini ifodalaydi.
Samsung’ning Koreyadagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida o‘tkazilgan birinchi qo‘ng‘iroq Samsung’ning multifunksional, O-RAN texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi, virtualizatsiyalangan RAN (vRAN) dasturida Supermicro’ning Telco/Edge serverlarida AMD EPYC™ 8004 seriyasidagi protsessorlari bilan jihozlangan, Wind River Studio tomonidan qo‘llab-quvvatlangan xizmat asosida taqdim etiladigan konteyner (CaaS) platformasida amalga oshirildi. Ushbu namoyish texnologiyaning optimal ishlash tartibi, energiya tejash samaradorligi va hamkorlarning mahsulot yechimlari o‘rtasida o‘zaro muvofiqligini tasdiqlashga qaratildi.
Mazkur qo‘shma namoyish Samsung va Vodafone’ning Open RAN bozoridagi o‘z o‘rnini mustahkamlaydi hamda sanoatning yetakchi hamkorlari bilan bu ekotizimni kengaytirish bo‘yicha olib borayotgan mehnat va hissasini ifodalaydi. Keng va o‘sib borayotgan Open RAN ekotizimi operatorlarga mobil tarmoqlarni yanada moslashuvchan, yanada tez bozorga chiqish vaqtiga erishish (TTM) va avval kuzatilmagan tezlik va barqarorlikda ishlashini ta’minlash va modernizatsiya qilishga yordam beradi.
“Open RAN kelajak uchun mobil tarmoqlarni rivojlantirishda kirib kelayotgan yuksak o‘zgarishlarni ifodalaydi. Samsung va AMD kabi yetakchi sanoat hamkorlari bilan ushbu marraga erishish Vodafone kompaniyasining Open RAN innovatsiyalarini ro‘yobga chiqarishga sodiqligini ko‘rsatadi”, — dedi Vodafone Group’ning tarmoq strategiyasi va muhandislik direktori Nadiya Benabdalla. “Vodafone doimiy ravishda ekotizimning potensialini va turli qirralarini o‘rganish orqali o‘z tarmog‘ini yangilashga intiladi.”
“Ushbu jamoaviy sa’y-harakatlar mobil tarmoq sanoati uchun tarmoq stekining har bir qatlamida bir nechta provayderlarni qamrab olgan holda Open RAN’ni taraqqiy etish uchun muhim hisoblanadi. Bu namoyish Samsung’ning bu ishga qanchalik bel bog‘laganini, mobil tarmoqlarning to‘liq salohiyatini ochib berishga sodiqligini ko‘rsatadi”, dedi Samsung Electronics’ning ijrochi prezident o‘rinbosari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va tarmoq biznesi rahbari Jun Mun. “Samsung doimiy ravishda boshqa texnologiya yetakchilari bilan hamkorlik qilgan holda operatorlarga o‘z tarmoqlarini taraqqiy etish va Open RAN ekotizimining serqirraligidan foydalanish vositalarini taklif qiladi.”
“Mobil tarmoqlar tobora o‘sib borayotgan ma’lumotlar trafigini va yangi ilovalardagi murakkab hisob-kitoblarni bajarishda tezkor va samarali usullarni talab qilibgina qolmay energiyani tejashning yangi bosqichlariga o‘tishni ham talab qilib kelmoqda, — dedi AMD’ning bozorni strategik rivojlantirish bo‘yicha korporativ prezident o‘rinbosari Kumaran Siva. — AMD EPYC 8004 seriyali protsessorlari telekommunikatsiya sanoati chinakam raqamli shifrlangan va virtuallashtirilgan tarmoqlarga o‘tishini ta’minlashda zamonaviy tarqalgan tarmoqlar va o‘rnatiluvchan vRAN modellari uchun optimallashtirilgan. Biz Samsung va Vodafone bilan hamkorligimizdan juda faxrlanamiz. Shuningdek, eski telekommunikatsion infratuzilmani modernizatsiya qilish va yuqori innovatsion mobil tarmoqlarni yuzaga keltirish uchun zarur bo‘lgan yetakchi, tezkor va samarador Open RAN modelini yetkazish uchun eng so‘nggi ma’lumotlar markazi protsessorlaridan foydalanamiz”.
“Telekommunikatsiya sanoati jadal rivojlanishda davom etar ekan, Samsung va uning ekotizim hamkorlari innovatsiya va transformatsiyalarning boshida turishadi, — dedi Tantra Analyst asoschisi va direktori Prakash Sangam. — Samsung, Vodafone va AMD o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik ularning texnologiyalari Open RAN tarmog‘ida yaxshi ishlashini isbotlaydi. Bu boshqa kompaniyalar uchun Open RAN ekotizimiga qo‘shilish va yangi yechimlarni ishlab chiqish uchun yo‘l ochadi.”
MWC 2024 ko‘rgazmasida uch kompaniya Open RAN tarmog‘idagi bir nechta uyali aloqa minoralariga ulangan bir nechta qurilmalar 1 Gbit/s dan yuqori ma’lumotlar tezligiga erishishi bo‘yicha muvaffaqiyatli o‘tkazilgan sinov natijalarini namoyish etadilar.
2021-yilning iyun oyida Samsung Vodafone kompaniyasining eski tarmoqlarni modernizatsiya qilish va kuchli Open RAN ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha Vodafone’ning Open RAN’ga nisbatan qarashlarini va rejalarini amalga oshirishda yordam berish uchun strategik hamkorga aylandi. O‘shandan buyon Samsung va Vodafone hamkorlikni yanada chuqurlashtirdi. Bu muhim yutuq bilan nishonlandi: Buyuk Britaniyada 2023-yilning avgust oyida yakunlangan eng katta Open RAN dasturining ishga tushirilishi. Shuningdek, Samsung tarmoqni takomillashtirish maqsadida 5G vRAN va virtualizatsiyalangan Open RAN’ni rivojlantirish uchun AMD bilan yangi hamkorlikni e’lon qildi.
Samsung’ning kuchli ekotizimi uning ishonchli va barqaror hamda eski telekommunikatsiya tezligidan yuqori bo‘lgan vRAN va Open RAN yechimlarini taklif qilishda yetakchi ekanligini ko‘rsatadi. Tarmoq operatorlariga o‘z tarmoqlarini tez va samarali joylashtirishga yordam berish uchun Samsung o‘zining vRAN va Open RAN yechimlarini ishga tushirishdan oldin faol ravishda sinab ko‘rish va integratsiya qilishini nazarda tutadi. Samsung Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi 1-darajali operatorlarga tijoriy tarmoqlarida o‘zining keng tajribasini isbotlagan.
Samsung chipsetlar, radiolar va markaziy tarmoq uskunalarini o‘z ichiga olgan 5G raqamli shifrlangan mahsulot yechimlarini muvaffaqiyatli yetkazib berishda yetakchilik qildi. Davom etayotgan tadqiqot va ishlanmalar orqali Samsung o‘zining vRAN 3.0, Open RAN, Core’dan to xususiy tarmoq yechimlari va sun’iy ongga asoslangan avtomatlashtirish vositalarigacha bo‘lgan bozordagi yetakchi mahsulot portfeli bilan sanoatni 5G tarmoqlarini rivojlantirishga undaydi. Hozirda kompaniya butun dunyo bo‘ylab yuz millionlab foydalanuvchilarga aloqada bo‘lish uchun uyali aloqa operatorlariga tarmoq yechimlarini taqdim etib keladi.
Korporativ > Boshqa
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.