Samsung virtuallashtirilgan RANni joylashishini va ekspkutatsiyasini Samsung Cloud Orchestrator bilan avtomatlashtiradi

03/03/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Cloud Orchestrator tomonidan virtual RAN avtomatlashtirilgan versiyasi endilikda Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi global operatorlar tomonidan qo’llaniladi.

Yangi takomillashtirilgan SCO koʻp bulutli sistemani taklif etadi, keng koʻlamli vRAN oʻrnatish uchun masshtablilik va moslashuvchanlikni yaxshilaydi va yangi xizmat turlarinii bozorga chiqarish vaqtini tezlashtiradi.

 

 

 

Barselona, ​​Ispaniya – 2023-yil 27-fevral – Samsung Electronics Co., Ltd. bugun o’zining Samsung Cloud Orchestrator (SCO) ni takomillashtirilgan ko`rinishini taqdim etdi, bu keng ko’lamli virtualizatsiyalangan radio ulanish tarmoqlarining (vRAN) boshqaruvinii avtomatlashtiradigan yechim. SCO operatorlarga yuzlab va minglab saytlarni bitta platformadan boshqarishni, roʻyxatga olish jarayonini, joylashuvini va operatsiyalarni osonlashtiradi.

 

SCO endi shaxsiy va ommaviy bulutlarda vRAN oʻrnatishni avtomatlashtirishni qoʻllab-quvvatlaydi, bu tarmoq xizmatlarini bir nechta bulutlar orqali yetkazib berish imkonini beradi va bu koʻp tarmoqli operatorlarga turli joylashuv sharoitlariga moslashuvchanlikni masshtablashtirish opsiyasini yaratadi.

 

Samsung SCOni virtualizatsiyalangan RAN Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi birinchi darajali operatorlarga oʻz tarmoqlarini joylashtirishlari va ishlatishlari uchun foydalanishga topshirdi.

 

“Avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotga asoslangan tarmoqlarga tezlik bilan oʻtayotgan operatorlar uchun ajoyib imkoniyat yaratilmoqda. Bizning takomillashtirilgan Samsung Cloud Orchestratorimiz yordamida operatorlar o‘z vRAN’larini maksimal samaradorlik va moslashuvchanlik bilan joylashtirishlari va boshqarishlari mumkin bo`ladi”, dedi Ijrochi vitse-prezident Jun Mun, Samsung Electronics kompaniyasining tarmoq biznesi bo’yicha ilmiy-tadqiqot bo’limi boshlig’i. “Bu Samsungning vRANni keyingi bosqichga olib chiqish vositalarni ishlab chiqish va joylashtirish uchun yonaltirilgan maqsadlaridan biri.”

 

SCO virtuallashtirilgan va Open RAN tarmoqlari operatorlariga tarmoq yaratish jarayonida qo’lda bajariladigan vazifalarni soddalashtirish imkonini yaratadi. Bu markazlashtirilgan portal orqali jarayonlarni oxirigacha muvofiqlashtirishni qo’llab-quvvatlaydigan integratsiyalashgan avtomatlashtirish platformasi bo’lib, unda foydalanuvchilar o’z tarmog’ining holatini yagona platformada ko’rishlari va nazorat qilishlari mumkin.

 

 

 

SCO tomonidan taqdim etilgan takomillashkan asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat:

 

  • Onboarding: Operatorlar ushbu funksiyadan har bir saytga o’rnatish uchun tayyorlangan paketlarni va rejalashtirilgan joylashtirish vazifalarini avtomatik ravishda bajarish uchun foydalanilishi mumkin. Bu operatorlarga o’zlarining CI/CD (uzluksiz integratsiya va uzluksiz joylashtirish) muhitini osongina amalga oshirish imkonini beradi. U paket versiyasini va fayl formatlarini tekshiradi va paketdagi yetishmayotgan komponentlarni avtomatik ravishda tekshiradi.

 

  • Joylashtirish. Operatorlar markazlashtirilgan joydan bitta tugmani bosish orqali katta saytlarning populyatsiyalarini ishga tushirish uchun zarur bo’lgan bir nechta dasturiy ta’minot paketlarini va vRAN konteynerlarini tarqatishi mumkin, bu esa umumiy joylashtirish vaqtini qisqartiradi. Bundan tashqari, markazlashtirilgan vazifalarni boshqarish orqali har bir tayanch stantsiyani o’rnatish jarayonini soddalashtirishga yordam beradi.

 

  • Operatsiyalar: SCO har bir tarmoqning barqarorligini ta’minlash uchun vRAN dasturiy ta’minotini avtomatik yangilanishi, tiklanishi va masshtablanishi mumkin, bu esa operatorlarga ushbu vazifalarni masofadan masshtabda bajarish orqali optimal tarmoq sharoitlarini saqlab qolish imkonini beradi.

 

 

 

Samsung 5G yechimlarini, jumladan, chipsetlar, radiolar va yadrolarni muvaffaqiyatli yetkazib berishda yetakchi kompaniyalarni biri dep hisoblanadi. Davom etayotgan tadqiqot va ishlanmalar orqali Samsung oʻzining bozorda yetakchi mahsulot portfeli bilan virtualizatsiyalangan RAN va Core dan xususiy tarmoq yechimlari va sunʼiy intellekt yordamida boshqariladigan avtomatlashtirish sanoatini 5G tarmoqlarini rivojlantirishga undamoqda. Hozirda kompaniya butun dunyo bo’ylab yuz millionlab foydalanuvchilarni bog’laydigan uyali aloqa operatorlariga tarmoq yechimlarini taqdim etadi.

 

 

Pressa uchun > Press-relizlar

Korporativ > Texnologiyalar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga